“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1183-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4512-IV-son)
01.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 25-iyunda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1183-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 1-iyul,
4512-IV-son
