“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari - Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A. Shinning javobi haqida (4532-IV-son)
02.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari — Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A. Shin tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-iyul,
4532-IV-son
