37-modda. Tabiatni muhofaza qilish tizimidagi ragʻbatlantirish
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida (754-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Tabiatdan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni ragʻbatlantirish:
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirganlari taqdirida ularga soliq solishda imtiyozlar berish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiat muhofazasini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish uchun imtiyozli shartlarda qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar (ssudalar) berish;
asosiy ishlab chiqarish fondlari uchun yuqori amortizatsiya normalari belgilash;
Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlarining bir qismini ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizishni kamaytirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish maqsadida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga foizli qarzlar sifatida shartnoma asosida berish orqali amalga oshiriladi.
