Koreya Eksimbanki ishtirokida “6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-289-son)
12.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Temir yoʻl transportida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, hududlarning turizm salohiyatini rivojlantirish, shaharlararo temir yoʻl transporti qatnovlarini kengaytirish uchun yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy elektropoyezdlar harakatini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2024-yil yakuniga qadar 465 km boʻlgan Buxoro-Urganch-Xiva va 2026-yil yakuniga qadar 196 km boʻlgan Miskin-Nukus temir yoʻl uchastkalarida elektrlashtirish ishlarining yakunlanishi natijasida elektropoyezdlar harakati tezligi 250 km/soatgacha yetkazilishi rejalashtirilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-329-son qaroriga asosan, 2024-yil 14-iyunda 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha “Nyundai Rotem” (Koreya Respublikasi) kompaniyasi bilan shartnomalar imzolanganligi;
“6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) umumiy qiymati 220,03 mln yevroga teng ekanligi, shundan Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — 21,3 mln yevro hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ulushi — 13,5 mln yevroni tashkil etishi;
loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Eksimbanki oʻrtasida 40 yil muddatga, shu jumladan 10 yillik imtiyozli davr bilan yillik 0,05 foiz stavkada 185,18 mln yevro ekvivalentida koreya vonida qarz mablagʻlarini ajratish boʻyicha 2024-yil 14-iyunda qarz bitimi imzolanganligi;
loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2024 — 2030-yillar) tashkil qilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan infratuzilma loyihalari uchun xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish 2028-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 297-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan tovarlarga bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari qoʻllanilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibidagi “Temiryoʻlekspress” AJ loyihani oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirish hamda Koreya Eksimbankining qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzmilliybank” AJ) Koreya Eksimbanki tomonidan taqdim etiladigan qarzlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi. Bunda moliyaviy agent xizmatlari uchun toʻlovlar “Oʻzmilliybank” AJning amaldagi tariflariga asosan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan amalga oshiriladi;
Koreya Eksimbanki tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, shu jumladan ustamalar, foiz va boshqa toʻlovlar boʻyicha xarajatlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidagi “Temiryoʻlekspress” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda, “Temiryoʻlekspress” AJning qarzlarni oʻz vaqtida qaytarish boʻyicha qobiliyati pasaygan taqdirda, ushbu toʻlovlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish” loyihasi doirasida Koreya Eksimbanki tomonidan ajratiladigan qarz mablagʻlarini qaytarish va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibidagi “Temiryoʻlekspress” AJ hamda “Oʻzmilliybank” AJ bilan Koreya Eksimbanki oʻrtasidagi qarzlarni qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
5. “Oʻzmilliybank” AJga Koreya Eksimbanki qarzi boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreya Respublikasining vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati berilsin.
6. Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Eksimbanki oʻrtasida imzolangan qarz bitimi, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha bitimlarga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Transport vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻladigan infratuzilmani yaratish, loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga erishilishi hamda yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar orqali koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha daromadlar hajmini oshirish yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin va ijrosini tashkil etsin.
8. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirish doirasida respublikaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-avgust,
PQ-289-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-289-son qaroriga 1-ILOVA
“6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami Moliyalashtirish manbasi, jumladan: Koreya Eksimbanki krediti “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari Davlat ulushi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming yevro 220 027,6 185 185,0 13 540,5 21 302,2 2. Umumiy kapital qoʻyilmalar, shu jumladan: ming yevro 197 498,6 185 185,0 12 313,6 2.1. mashina va uskunalar, shundan: ming yevro 156 777,2 154 035,0 2 742,2 erkin konvertatsiyalanadigan valyutada ming yevro 156 777,2 154 035,0 2 742,2 2.2. Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ming yevro 354,2 185,0 169,2 2.3. Boshlangʻich aylanma kapital ming yevro 23 483,0 23 483,0 2.4. Boshqa xarajatlar ming yevro 7 497,0 7 482,0 15,0 erkin konvertatsiyalanadigan valyutada ming yevro 7 482,0 7 482,0 milliy valyutada ming yevro 15,0 15,0 2.5. Kutilmagan xarajatlar ming yevro 9 387,1 9 387,1 3. QQS ming yevro 22 529,1 1 226,9 21 302,2 xarid qilish boʻyicha ming yevro 21 302,2 21 302,2 xizmatlar orqali ming yevro 1 226,9 1 226,9 4. Tashkilot quvvati, shu jumladan: Yoʻlovchi tashish ming yoʻlovchi yiliga 1 312,1 5. Yangi ishchi oʻrinlar soni kishi 303 6. Loyihaning oʻzini-oʻzi oqlashi taxminiy muddati yil 25,1 7. Investitsiya davrining davomiyligi oy 72 8. Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlari qiymati ming yevro 197 498,6 9. Qarzni soʻndirish muddati, yil 40 shu jumladan, imtiyozli davr 10
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-289-son qaroriga 2-ILOVA
“6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish” loyihasi doirasida Koreya Eksimbanki tomonidan ajratiladigan qarz mablagʻlarini qaytarish va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Kreditning umumiy qiymati 185 185 000 yevro; Qarzni qoplash muddati 40 yil; Imtiyozli davr 10 yil; Foiz stavkasi 0,05 foiz; Bank xizmatlari uchun toʻlov 0,1 foiz. ming yevro Sana Oʻzlashtirish summasi Qarzdorlik qoldigʻi Asosiy qarzni qaytarish Foiz toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi marjasi Jami 20.10.2024 53 309,00 53 309,00 0,00 20.06.2025 53 309,00 17,7 8,9 26,62 20.12.2025 53 309,00 13,4 6,7 20,05 20.06.2026 53 309,00 13,3 6,6 19,94 20.12.2026 53 309,00 13,4 6,7 20,05 20.06.2027 58 666,50 111 975,50 13,3 6,6 19,94 20.12.2027 58 666,50 170 642,00 28,1 14,0 42,11 20.06.2028 3 238,00 173 880,00 42,8 21,4 64,17 20.12.2028 3 238,00 177 118,00 43,6 21,8 65,38 20.06.2029 2 910,50 180 028,50 44,2 22,1 66,24 20.12.2029 2 910,50 182 939,00 45,1 22,6 67,70 20.06.2030 1 123,00 184 062,00 45,6 22,8 68,41 20.12.2030 1 123,00 185 185,00 46,1 23,1 69,21 20.06.2031 185 185,00 46,2 23,1 69,25 20.12.2031 185 185,00 46,4 23,2 69,63 20.06.2032 185 185,00 46,4 23,2 69,63 20.12.2032 185 185,00 46,4 23,2 69,63 20.06.2033 185 185,00 46,2 23,1 69,25 20.12.2033 185 185,00 46,4 23,2 69,63 20.06.2034 185 185,00 46,2 23,1 69,25 20.12.2034 182 098,60 3 086,40 46,4 23,2 3 156,03 20.06.2035 179 012,20 3 086,40 45,4 22,7 3 154,50 20.12.2035 175 925,80 3 086,40 44,9 22,4 3 153,71 20.06.2036 172 839,40 3 086,40 44,1 22,1 3 152,55 20.12.2036 169 753,00 3 086,40 43,3 21,7 3 151,39 20.06.2037 166 666,60 3 086,40 42,3 21,2 3 149,88 20.12.2037 163 580,20 3 086,40 41,8 20,9 3 149,07 20.06.2038 160 493,80 3 086,40 40,8 20,4 3 147,57 20.12.2038 157 407,40 3 086,40 40,2 20,1 3 146,75 20.06.2039 154 321,00 3 086,40 39,2 19,6 3 145,27 20.12.2039 151 234,60 3 086,40 38,7 19,3 3 144,43 20.06.2040 148 148,20 3 086,40 37,9 19,0 3 143,27 20.12.2040 145 061,80 3 086,40 37,1 18,6 3 142,11 20.06.2041 141 975,40 3 086,40 36,2 18,1 3 140,65 20.12.2041 138 889,00 3 086,40 35,6 17,8 3 139,79 20.06.2042 135 802,60 3 086,40 34,6 17,3 3 138,34 20.12.2042 132 716,20 3 086,40 34,0 17,0 3 137,47 20.06.2043 129 629,80 3 086,40 33,1 16,5 3 136,03 20.12.2043 126 543,40 3 086,40 32,5 16,2 3 135,14 20.06.2044 123 457,00 3 086,40 31,7 15,9 3 133,98 20.12.2044 120 370,60 3 086,40 30,9 15,5 3 132,82 20.06.2045 117 284,20 3 086,40 30,0 15,0 3 131,42 20.12.2045 114 197,80 3 086,40 29,4 14,7 3 130,50 20.06.2046 111 111,40 3 086,40 28,5 14,2 3 129,11 20.12.2046 108 025,00 3 086,40 27,9 13,9 3 128,18 20.06.2047 104 938,60 3 086,40 26,9 13,5 3 126,80 20.12.2047 101 852,20 3 086,40 26,3 13,2 3 125,86 20.06.2048 98 765,80 3 086,40 25,5 12,8 3 124,70 20.12.2048 95 679,40 3 086,40 24,8 12,4 3 123,54 20.06.2049 92 593,00 3 086,40 23,9 11,9 3 122,18 20.12.2049 89 506,60 3 086,40 23,2 11,6 3 121,22 20.06.2050 86 420,20 3 086,40 22,3 11,2 3 119,87 20.12.2050 83 333,80 3 086,40 21,7 10,8 3 118,90 20.06.2051 80 247,40 3 086,40 20,8 10,4 3 117,56 20.12.2051 77 161,00 3 086,40 20,1 10,1 3 116,58 20.06.2052 74 074,60 3 086,40 19,3 9,7 3 115,41 20.12.2052 70 988,20 3 086,40 18,6 9,3 3 114,25 20.06.2053 67 901,80 3 086,40 17,7 8,8 3 112,95 20.12.2053 64 815,40 3 086,40 17,0 8,5 3 111,93 20.06.2054 61 729,00 3 086,40 16,2 8,1 3 110,64 20.12.2054 58 642,60 3 086,40 15,5 7,7 3 109,61 20.06.2055 55 556,20 3 086,40 14,6 7,3 3 108,33 20.12.2055 52 469,80 3 086,40 13,9 7,0 3 107,29 20.06.2056 49 383,40 3 086,40 13,2 6,6 3 106,13 20.12.2056 46 297,00 3 086,40 12,4 6,2 3 104,97 20.06.2057 43 210,60 3 086,40 11,5 5,8 3 103,71 20.12.2057 40 124,20 3 086,40 10,8 5,4 3 102,65 20.06.2058 37 037,80 3 086,40 10,0 5,0 3 101,41 20.12.2058 33 951,40 3 086,40 9,3 4,6 3 100,33 20.06.2059 30 865,00 3 086,40 8,5 4,2 3 099,10 20.12.2059 27 778,60 3 086,40 7,7 3,9 3 098,01 20.06.2060 24 692,20 3 086,40 7,0 3,5 3 096,85 20.12.2060 21 605,80 3 086,40 6,2 3,1 3 095,68 20.06.2061 18 519,40 3 086,40 5,4 2,7 3 094,48 20.12.2061 15 433,00 3 086,40 4,6 2,3 3 093,36 20.06.2062 12 346,60 3 086,40 3,8 1,9 3 092,17 20.12.2062 9 260,20 3 086,40 3,1 1,5 3 091,04 20.06.2063 6 173,80 3 086,40 2,3 1,2 3 089,86 20.12.2063 3 087,40 3 086,40 1,5 0,8 3 088,72 20.06.2064 0 3 087,40 0,8 0,4 3 088,56 Jami 185 185,00 0 185 185,00 2 103,82 1 051,91 188 340,73
