Buxoro viloyatida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish va turizmni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-287-son)
12.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Buxoro viloyatida tadbirkorlik subyektlari uchun infratuzilmani yaxshilash, turizm xizmatlarini yanada kengaytirish, aholi daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash uchun tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2028-yil 1-iyulga qadar Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar uchun ikki yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga 100 million AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlarini ajratsin.
2. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan mablagʻlarning:
a) 51,7 mln AQSH dollari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga foizsiz kredit sifatida ajratiladi. Bunda mazkur mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Buxoro viloyatida mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq yoʻnalishlardagi loyihalarni moliyalashtirish uchun quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
11,7 million AQSH dollari miqdorida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmoni va 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qarorida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida kichik va oʻrta biznes, xizmat koʻrsatish va turizm loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga ikki yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga foizsiz kredit sifatida keyinchalik tijorat banklariga joylashtirish sharti bilan;
40 million AQSH dollari Buxoro viloyati hokimligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun ikki yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga budjet ssudasi sifatida;
b) 48,3 million AQSH dollari Buxoro viloyatida turizm, xizmat koʻrsatish, sanoat, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini hamda Belarus Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish va oʻz vaqtida ishga tushirish uchun yillik 4 foiz stavkada tijorat banklari tomonidan jalb qilinadi.
Bunda:
a) Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorovga haqiqiy talabdan kelib chiqqan holda mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan mablagʻlarni yoʻnalishlar kesimida qayta taqsimlash vakolati beriladi;
b) mazkur bandning “b” kichik bandida belgilangan mablagʻlarning:
tijorat banklari kesimidagi taqsimoti hamda investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
tijorat banklari tomonidan kreditlar tadbirkorlik subyektlariga ikki yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga yillik 7 foiz stavkada ajratiladi;
tijorat banklar tomonidan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
3. Buxoro viloyatida tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash va loyihalarni moliyalashtirishni muvofiqlashtirish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
master-rejalar asosida infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish;
infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va master-rejalarni ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachilarni belgilash;
loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish ishlarini tashkil etish, mablagʻlardan samarali foydalanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.
4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish va loyihalarni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlasin:
har bir loyiha boʻyicha zarur mablagʻlarni ishchi guruh xulosasiga koʻra Buxoro viloyati hokimligi buyurtmasi asosida ajratish;
qiymati 1 million AQSH dollarigacha boʻlgan loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni qisqa muddatlarda amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov) bilan kelishilgan holda tezkor qarorlar qabul qilish.
5. Quyidagilar:
Buxoro viloyati tuman (shahar)larining arxitektura qiyofasini yaxshilash, aholi, tadbirkorlar va turistlarga qulay sharoitlar yaratish uchun ishlab chiqiladigan master-rejalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Buxoro viloyatining tuman (shahar)larida turizm, koʻngilochar, gastronomik, savdo va servis faoliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil qilinadigan tunu kun faoliyat koʻrsatadigan koʻchalar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Buxoro viloyatining tuman (shahar)larini ixtisoslashtirish hamda unga asosan ularning “oʻsish nuqta”lari (drayverlari)ni rivojlantirish yoʻnalishlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Buxoro viloyati hokimligi (Zaripov):
ikki hafta muddatda tadbirkorlik uchun Buxoro viloyatining tuman (shahar)lari infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasida taqdimot qilsin;
mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxatini master-rejalarni hisobga olgan holda tasdiqlasin.
7. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov ikki hafta muddatda mazkur qarorga muvofiq kichik va oʻrta biznes subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning tijorat banklari va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ oʻrtasidagi taqsimotini tasdiqlasin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-avgust,
PQ-287-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son qaroriga 1-ILOVA
Buxoro viloyatida kichik va oʻrta biznes, xizmat koʻrsatish va turizmni rivojlantirish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish
YOʻNALISHLARI
I. Buxoro shahrining turistik jozibadorligini oshirish — “Imom al-Buxoriy” memorial obidasi, “Abbos Aliyev” va “Muxtor Ashrafiy” koʻchalari, “Alisher Navoiy”, “Jalol Ikromiy” va “Koʻkaldosh” mahallalari, Buxoro markaziy dehqon bozori, “Buxoroning Talipoch darvozasi”, “Ismoil Somoniy” maqbarasi, istirohat bogʻi va sunʼiy koʻlni hamda “Guliston” mahallasidagi “Baydarka va kanoe eshkak eshish” sport majmuasi hududlarini rivojlantirish boʻyicha master-rejalar ishlab chiqish, shuningdek, mazkur qarorning 3-ilovasida nazarda tutilgan istiqbolli loyihalarning master-rejalarini ishlab chiqish.
II. Gʻijduvon tumanini kompleks rivojlantirish:
tuman markazini aholi, sayyohlar va tadbirkorlar uchun qulay hududga aylantirish, jumladan, energotejamkor koʻp qavatli uy joylar qurish, renovatsiya dasturini amalga oshirish, tunu kun ishlaydigan maxsus savdo va koʻngilochar koʻchalar tashkil qilish, istirohat bogʻlarini rekonstruksiya qilish;
yoshlar koʻp jamlanadigan va aholi gavjum boʻlgan hududda davlat-xususiy sheriklik asosida yoki xususiy IT markazi, kutubxona, “vork-aut” zonalari, oʻquv markazlarini oʻz ichiga olgan yoshlar sayilgohini tashkil etish;
“Qoʻrgʻon” va unga tutash boʻlgan mahallalarni turizm hududi sifatida rivojlantirish boʻyicha master-reja ishlab chiqish;
sanoat va xizmat koʻrsatish loyihalarini zarur infratuzilma bilan taʼminlash.
III. Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish va turizm sohasini rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmani yaxshilash:
elektr energiya, ichimlik suvi, oqova suv tarmoqlari va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash;
sohilboʻyi xizmatlarni rivojlantirish, shu jumladan, “Toʻdakoʻl” suv havzasi boʻyida akvapark, “Plyaj zona”lari hamda sayilgoh tashkil etish master-rejasini ishlab chiqish va loyihalarni amalga oshirish;
etnoturizmni rivojlantirish, oilaviy mehmon uylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
xalqaro avtomagistral yoʻllari boʻyida infratuzilma obyektlarini barpo etish;
istirohat bogʻlarini rekonstruksiya qilish yoki yangidan barpo etish;
aholi gavjum tunu kun ishlaydigan maxsus savdo va koʻngilochar koʻchalar infratuzilmasini yaxshilash, gastronomik koʻchalarni tashkil etish;
akvapark va koʻngilochar majmualarini oʻzida mujassam etgan jozibador va zamonaviy mavze barpo etish, renovatsiya dasturini amalga oshirish.
IV. Buxoro shahri hududidagi madaniy meros obyektlarini 2024 — 2026-yillar davomida restavratsiya, tiklash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish:
“Shahriston qoʻrgʻoni” devori (2-bosqich);
Ulugʻbek madrasasi (2-bosqich);
Gavkushon madrasasi (Gavkushon majmuasi);
Xoja Kalon hovuzi (Gavkushon majmuasi);
Magʻoki Attori masjidi;
Olimjon karvon saroyi;
Mirzo Ulugʻbek tamokifurushon karvon saroyi (qoldiqlari);
Ahmadjon karvon saroyi (qoldiqlari);
Ayozjon karvon saroyi;
Fothullajon karvon saroyi;
Sadriddin Ayniy teatri;
Tasviriy sanʼat muzeyi, shu jumladan, ushbu muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish.
Sitorai Mohi Xosa saroyi muzeyi, shu jumladan, ushbu muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son qaroriga 2-ILOVA
Buxoro viloyatida tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash va loyihalarni moliyalashtirishni muvofiqlashtirish boʻyicha
ISHCHI GURUH TARKIBI
B.K. Zaripov — Buxoro viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbari S.A. Sadullayev — iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari D.K. Adilov — qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari U.R. Shadiyev — Turizm qoʻmitasi raisi B.G. Abdikarimov — Madaniy meros agentligi direktori B.I. Axmedov — Buxoro viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son qaroriga 3-ILOVA
Buxoro viloyati tuman (shahar)larining arxitektura qiyofasini yaxshilash, aholi, tadbirkorlar va turistlarga qulay sharoitlar yaratish uchun ishlab chiqiladigan master-rejalar
ROʻYXATI
T/r Tanlangan mahalla (hudud) Maydon (ga) Master-reja yoʻnalishi Asosiy ixtisoslashuv turlari 1. Buxoro shahri 1. “Shirbuddin” MFY 253 Urbanizatsiya va tuman markazlarini rivojlantirish 1. Uy-joy 2. Ekobozor 3. Savdo va servis obyektlari 4. Salomatlik yoʻlaklari 5. Koʻngilochar maskanlar 6. Istirohat bogʻlari 2. “Shirbuddin” MFY 8 Turizm hamda koʻngilochar maskanlarini tashkil etish 1. Istirohat bogʻlari 2. Savdo va servis obyektlari 3. Koʻngilochar maskanlar 3. “Havzinav” MFY 10,5 Turizm hamda koʻngil ochar maskanlarini tashkil etish 1. Istirohat bogʻlari 2. Savdo va servis obyektlari 3. Koʻngilochar maskanlar 4. “Guliston” MFY 7,93 Sohil boʻyi 1. Istirohat bogʻlari 2. Savdo va servis obyektlari 5. “Koʻksarom” MFY 19,6 Zamonaviy kvartal barpo etish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 6. “Olim Xoʻjayev” MFY 34,7 Zamonaviy kvartal barpo etish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 7. “Otbozor” MFY 2,7 Turizm hamda koʻngil ochar maskanlarini tashkil etish 1. Istirohat bogʻlari 2. Savdo va servis obyektlari 3. Koʻngilochar maskanlar 8. “Otbozor” MFY 0,7 Turizm hamda Zamonaviy kvartal barpo etish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 3. Koʻngilochar maskanlar 9. “B. Naqishban” MFY 0,7 Zamonaviy kvartal barpo etish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 10. “Sifat Muniy” MFY 0,5 Zamonaviy kvartal barpo etish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 2. Kogon shahri 1. “Arabxona” MFY 64 Zamonaviy kvartal barpo etish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 3. Salomatlik yoʻlaklari 4. Koʻngilochar maskanlar 2. “Doʻstlik” MFY 75 Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 3. Salomatlik yoʻlaklari 3. “A. Navoiy” MFY 176,4 Turizm 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 4. “Mahtumquli” MFY 130 Turizm 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 5. “Bunyodkor” MFY 145 Zamonaviy kvartal barpo etish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 3. Salomatlik yoʻlaklari 4. Koʻngilochar maskanlar 3. Buxoro tumani 1. “Rabotak” MFY 1,8 Turizm maskanlarini tashkil etish 1. Turizm kompleksi oldida bogʻ tashkil etish 2. 1,8 ga yer maydonida bogʻ tashkil etish 3. Talab etiladigan mablagʻ (tadbirkorlik mablagʻlari hisobidan) 2. “Navroʻz” MFY 800 metr Sohil boʻyi 1. Yoʻl boʻyida salomatlik yoʻlkasi 2. Talab etiladigan mablagʻ (tadbirkorlik mablagʻlari hisobidan) 3. “Doʻstlik” MFY 8 Turizm va dam olish maskanlarini tashkil qilish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 4. Attraksionlar 5. Choʻmilish havzasi 4. “Xonabod” MFY 11,7 Yoʻl boʻyi 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 4. Avtotransportlarga xizmat koʻrsatish 5. “Bogʻikalon”, “Koʻchkoʻmar” MFYlar 2,4 Yoʻl boʻyi 1. Savdo va servis obyektlari 2. Tir park 3. Avtotransportlarga xizmat koʻrsatish 4. Vobkent tumani 1. “Vobkent” va “Charmgaron” MFYlar 2 Tuman markazini rivojlantirish (“Soyil boʻyi saylgohi”) 1. Salomatlik yoʻlaklari 2. Koʻngilochar maskanlar 2. “Doʻstlik” MFY 4 Urbanizatsiya va tuman markazlarini rivojlantirish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 3. “Istiqlol” MFY 2,5 Urbanizatsiya va tuman markazlarini rivojlantirish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 4. “Doʻstlik” MFY hududidagi Radio aloqa stansiyasiga qarashli yer uchastkasi 2,5 Urbanizatsiya va tuman markazlarini rivojlantirish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 5. “Istiqlol” MFY hududidagi ekin yerining yer toifasini oʻzgartirish orqali 3,5 Urbanizatsiya, tuman markazlarini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini tashkil qilish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 3. Ijtimoiy soha obyektlari 6. “Shirin” MFY hududi 2 Turizm yoʻnalishini rivojlantirish, etno turizm obyektlarini tashkil etish 1. Turizm yoʻnalishi 2. Koʻngilochar maskanlar 5. Jondor tumani 1. “Navgadi” MFY 31,3 Urbanizatsiya va tuman markazlarini rivojlantirish 1. Uy-joy 2. Ekobozor 3. Savdo va servis obyektlari 4. Salomatlik yoʻlaklari 5. Koʻngilochar maskanlar 6. Istirohat bogʻlari 2. “Qozikenti” MFY 2 Yoʻl boʻyi (service point) markazlarini tashkil etish 1. Zamonaviy bozor 2. Savdo va servis obyektlari 3. “Zarafshon” MFY 5,2 Sohil boʻyini obodonlashtirish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Koʻngilochar maskanlar 3. Istirohat bogʻlari 4. Umumiy ovqatlanish markazlari 4. “Namgoni” MFY 2,5 Xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish 1. Zamonaviy bozor 2. Savdo va servis obyektlari 3. Avtoturargoh 5. “Zarafshon” MFY 4,2 Dam olish maskanini tashkil etish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 4. Istirohat bogʻlari 6. Kogon tumani 1. “Niyozhoji” MFY 15,9 Tuman markazini rivojlantirish 1. “Yangi Oʻzbekiston” massivi 2. Savdo va servis obyektlari 3. Davlat idoralari 4. Yashil hudud 2. “Suxor” MFY 10,8 Yoʻl boʻyida zamonaviy savdo va servis obyektlarini joylashtirish 1. Xizmat koʻrsatish obyektlari 2. Savdo va servis obyektlari 3. Tuman markaziy Istirohat bogʻi 3. “Choloki” MFY 2,1 Turizm maskanlarini tashkil etish 1. Hunarmandchilik markazi 2. Mehmonxona va umumiy ovqatlanish markazi 3. Savdo va servis obyektlari 4. Xizmat koʻrsatish obyektlari 4. “B. Naqshband” MFY 2,4 Turizm maskanlarini tashkil etish 1. Hunarmandchilik markazi 2. Savdo va servis obyektlari 5. “Siyozpoyon” MFY 40 Toʻdakoʻl suv ombori atrofida turizm maskanlarini tashkil etish 1. Suv ombori boʻyida aholi va turistlar uchun dam olish maskanlar 2. Savdo va servis obyektlari 3. Koʻngilochar maskanlar 7. Qorakoʻl tumani 1. “Xoʻjalar” MFY 6,1 Urbanizatsiya va tuman markazlarini rivojlantirish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 2. “Chekirchi” MFY 3,1 Sohilboʻyi dam olish maskanini obodonlashtirish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 4. Istirohat bogʻlari 3. “Paxtakor” MFY 1,7 Sport va sogʻlomlashtirish maskanini tashkil etish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 3. Workout 4. “Eski qalʼa” MFY 3,7 Xizmat koʻrsatish va koʻngilochar dam olish maskanini tashkil etish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 4. Istirohat bogʻlari 5. “Eski qalʼa” MFY Gastronomik koʻchasi 0,9 Gastronomik va koʻngilochar dam olish maskanini tashkil etish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 8. Olot tumani 1. “Eski Olot” MFY 0,7 km Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish koʻchasini rivojlantirish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 2. “Maʼrifat” MFY 0,6 km Gastronomik koʻcha tashkil qilish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 3. “Xalifa” MFY 1,1 km Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish koʻchasi tashkil qilish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 4. Attraksionlar 4. “Xalifa” MFY 1,2 km Sport va shou-konsertlar koʻchasi tashkil qilish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 5. “Chovdur” MFY 0,6 km Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish koʻchasini rivojlantirish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 9. Peshku tumani 1. “Yangibozor” MFY Amir Temur koʻchasi va Abu Ali ibn Sino shoh koʻchalari kesishmasi 15,8 Zamonaviy kvartal barpo etish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 3. Salomatlik yoʻlaklari 4. Koʻngilochar maskanlar 2. “Yangibozor” MFY Abu Ali ibn Sino shoh koʻchasi va Navroʻz koʻchalari kesishmasi 6,2 Zamonaviy kvartal barpo etish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 3. “Yangibozor” MFY Amir Temur koʻchasi 4,8 Ekobogʻ 1. Salomatlik yoʻlaklari 2. Koʻngilochar maskanlar 4. “Chigʻirchi” MFY Yangibozor koʻchasi 1,1 Sohil boʻyi 1. Salomatlik yoʻlaklari 2. Koʻngilochar maskanlar 5. “Yangibozor” MFY Amir Temur koʻchasi 1,1 Urbanizatsiya va tuman markazlarini rivojlantirish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 3. Salomatlik yoʻlaklari 4. Koʻngilochar maskanlar 10. Romitan tumani 1. “Afrosiyob” MFY, Muhammad Samosiy koʻchasi 3,3 M. Samosiy koʻchasida tartibsiz joylashgan bino-inshootlarni buzib, oʻrnida “Yoshlar parki”, koʻp qavatli turar-joy va tadbirkorlik binolarini loyihalashtirib qurish 1. “Yoshlar Parki” 2. Koʻp qavatli turar-joy binolari 3. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari 4. Salomatlik yoʻlaklari 5. Koʻngilochar maskanlar 2. “Guliston”, “Afrosiyob” va “A. Navoiy” MFYlar 3,4 Tuman markazida joylashgan “Guliston”, “Afrosiyob” va “A. Navoiy” MFYlar hududidan oʻtuvchi “Hayrabot” kanalining himoya mintaqasida “Sohil boʻyi dam olish” maskanlarini tashkil etish 1. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 4. Umumiy ovqatlanish binolari 3. “Qahramon” MFY, Istiqlol koʻchasi 7,4 Istiqlol koʻchasida joylashgan boʻsh yer maydonida “Yangi Oʻzbekiston” massivini barpo etish 1. Koʻp qavatli turar-joy binolari 2. Oilaviy poliklinika 3. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari 4. Mahalla guzari 5. Kovorking markazi 6. Sportzal 7. Umumiy ovqatlanish markazlari 8. Maktab va maktabgacha taʼlim muassasasi 4. “Guliston” MFY, Guliston koʻchasi 1,7 Guliston koʻchasida joylashgan boʻsh yer maydonida kompleks ravishda koʻp qavatli turar-joy binolari, madaniyat markazi va kutubxona binolarini loyihalashtirib qurish 1. Koʻp qavatli turar-joy binolari 2. Madaniyat markazi 3. Kutubxona 4. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish 5. Dam olish saylgohi va sogʻlomlashtirish yoʻlaklari 5. “Alisher Navoiy” MFY, Doʻstlik koʻchasi 3,7 Doʻstlik koʻchasida joylashgan yer maydonida zamonaviy bozor tashkil etish 1. Zamonaviy bozor 2. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari 3. Avtoturargoh 11. Shofirkon tumani 1. “Xoʻja Orif” MFY 6,3 Gastronomik va koʻngilochar dam olish maskanlarini tashkil qilish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 4. Istirohat bogʻlari 2. “Xoʻja Orif” MFY 0,8 Sohilboʻyi dam olish maskanlarini tashkil qilish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 3. “Mazlaxon-Chandir” MFY 1,8 Mahallalararo xizmat koʻrsatish markazi 1. Savdo va servis obyektlari 2. Salomatlik yoʻlaklari 3. Koʻngilochar maskanlar 4. “Savrak” MFY 2,2 Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish majmuasi 1. Savdo va servis obyektlari 5. “Qalmoqon” MFY 2 Qurilish mollari savdo majmuasi 1. Savdo va servis obyektlari 12. Gʻijduvon tumani 1. “Sardor” MFY 2 Koʻzi ojizlar jamiyatiga qarashli eski, foydalanish muddati oʻtib boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar va boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ishlab chiqarish sexlari va yopiq inshootlar oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli uy-joylar, yashil bogʻlar, dam olish va koʻngil ochar maskanlar hamda savdo maishiy xizmat koʻrsatish nuqtalari qurish 1. Uy-joy 2. Savdo va servis obyektlari 3. Salomatlik yoʻlaklari 4. Koʻngilochar maskanlar 5. Istirohat bogʻlari 2. “Guliston” MFY 0,7 Urbanizatsiya va tuman markazlarini rivojlantirish 1. Savdo va servis obyektlari 2. Koʻp qavatli uy-joy 3. Istirohat bogʻi 3. “Qoʻrgʻon” MFY 3,3 Turizm maskanlarini tashkil qilish 1. Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish 2. Koʻngil ochar maskanlar tashkil qilish 4. “Gʻalaba” MFY 6,4 Gʻijduvon tumanidagi “Paxtakor” oʻyingohini qayta rekonstruksiya qilish 1. Oʻyingoh 2. Salomatlik yoʻlaklari 13. Qorovulbozor tumani 1. “Choʻlquvar” MFY 6 Turizm maskanlarini tashkil qilish 1. Xizmat koʻrsatish obyektlari 2. Savdo va servis obyektlari 3. Tuman markaziy istirohat bogʻi 2. “Tinchlik” MFY 1 Hunarmandchilik koʻchasi 1. Xizmat koʻrsatish obyektlari 2. Savdo va servis obyektlari 3. Hunarmandchilik markazi 3. “Navbahor” MFY 1 Yoʻl boʻyida zamonaviy savdo va servis obyektlarini joylashtirish 1. Xizmat koʻrsatish obyektlari 2. Savdo va servis obyektlari 3. Koʻp qavatli turar joylar 4. “Imom Buxoriy” MFY 1 Tuman markazida sayilgoh koʻcha 1. Sunʼiy koʻl boʻyida aholi va turistlar uchun dam olish maskanlar 2. Savdo va servis obyektlari 3. Koʻngilochar maskanlar 5. “Choʻlquvar” MFY 1 Tuman markazini rivojlantirish (Gastranomik) 1. Xizmat koʻrsatish obyektlari 2. Savdo va servis obyektlari 3. Koʻngilochar maskanlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son qaroriga 4-ILOVA
Buxoro viloyatining tuman (shahar)larida turizm, koʻngilochar, gastronomik, savdo va servis faoliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil qilinadigan tunu kun faoliyat koʻrsatadigan koʻchalar
ROʻYXATI
T/r Hudud nomi Koʻcha nomi Koʻchaning uzunligi (metr) Tashkil etiladigan obyektlar soni Jami 54 43 160 1 951 1. Buxoro shahri B. Naqshband koʻchasi 500 45 Mustaqillik koʻchasi 600 53 Otaboy Eshonov koʻchasi 650 32 S. Ayniy koʻchasi 700 65 Hamza koʻchasi 480 37 I. Moʻminov koʻchasi 520 67 Q. Murtazoyev koʻchasi 800 78 A. Jomiy koʻchasi 700 76 Namozgoh koʻchasi 650 37 Piridastgir koʻchasi 580 49 T. Farogʻiy koʻchasi 500 34 Sulaymon Murodov koʻchasi 600 80 Sulaymon Murodov-2 koʻchasi 650 45 Afrosiyob koʻchasi 700 21 X. Nurobod koʻchasi 480 26 Haqiqat koʻchasi 520 46 M. Anbar koʻchasi 800 34 B. Naqshband-2 koʻchasi 500 36 B. Naqshband-3 koʻchasi 600 26 B. Naqshband-4 koʻchasi 700 46 Mustaqillik-2 koʻchasi 650 21 Mustaqillik-3 koʻchasi 520 15 M. Burxonov koʻchasi 480 21 Alpomish koʻchasi 800 19 2. Kogon shahri M. Tarobiy koʻchasi 2 000 49 Xalqobod koʻchasi 1 400 28 Buxoro shoh koʻchasi 1 000 34 3. Buxoro tumani Buxoro shoh koʻchasi 500 21 Dehoji koʻchasi 800 12 Chorbakr koʻchasi 900 8 4. Vobkent tumani Shakarkent massivi 500 18 Imom Buxoriy koʻchasi 700 26 Ahmad Donish 1- va 2-koʻchalari kesishmasi 1 200 12 5. Jondor tumani Zarafshon koʻchasi 1 000 8 M. Tarobiy-1 koʻchasi 500 14 6. Kogon tumani Sayid Amir Kulol koʻchasi 1 200 25 Qasri Orifon koʻchasi 1 000 35 7. Olot tumani Yangi kuch koʻchasi 650 15 Olot koʻchasi 650 6 8. Peshku tumani Yangibozor koʻchasi 1 400 125 Abu Ali ibn Sino shoh koʻchasi 1 340 43 9. Romitan tumani Amir Temur koʻchasi 700 89 Buxoro koʻchasi 320 10 Doʻstlik koʻchasi 650 45 Shifokor koʻchasi 800 25 Nurafshon koʻchasi 750 15 Bahoriston koʻchasi 540 20 10. Shofirkon tumani Shofirkon shoh koʻchasi 2 560 10 Tagitepa koʻchasi 400 6 11. Qorakoʻl tumani Ulugʻbek koʻchasi 1 200 150 12. Qorovulbozor tumani Buyuk ipak yoʻli koʻchasi 2 200 20 13. Gʻijduvon tumani Yu. Hamadoniy koʻchasi 1 500 51 21-Asr shoh koʻchasi 700 22
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PQ-287-son qaroriga 5-ILOVA
Buxoro viloyatining tuman (shahar)larini ixtisoslashtirish hamda unga asosan ularning “oʻsish nuqta”lari (drayverlari)ni rivojlantirish
YOʻNALISHLARI
T/r Tuman (shahar) nomi Tuman (shahar)larning “oʻsish nuqta”lari (drayverlari) 1. Buxoro shahri Turizm, hunarmandchilik, savdo va servis, toʻqimachilik 2. Kogon shahri Sanoat, savdo va servis 3. Buxoro tumani Sanoat, xizmat koʻrsatish, meva-sabzavotchilik 4. Vobkent tumani Toʻqimachilik va trikotaj sanoati, xizmat koʻrsatish va servis, turizm, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash 5. Jondor tumani Issiqxona xoʻjaligi, parrandachilik, chorvachilik, toʻqimachilik, mebelchilik 6. Kogon tumani Sanoat, ziyorat turizmi, parrandachilik 7. Gʻijduvon tumani Sanoat, savdo va servis, turizm 8. Qorakoʻl tumani Kimyo sanoati, toʻqimachilik, savdo va servis, dehqonchilik, chorvachilik 9. Qorovulbozor tumani Neft-gaz, kimyo va qurilish materiallari sanoati, savdo va servis, qishloq xoʻjaligi 10. Olot tumani Toʻqimachilik sanoati, savdo va servis, chorvachilik 11. Peshku tumani Savdo va xizmat koʻrsatish, dehqonchilik va chorvachilik, issiqxona xoʻjaligi 12. Romitan tumani Toʻqimachilik sanoati, issiqxona xoʻjaligi, savdo va servis 13. Shofirkon tumani Chorvachilik va bogʻdorchilik
