“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (180-son)
04.04.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida Nizomga hamda davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining baʼzi qarorlarini 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Kapital qurilish, transport va aloqa hamda Yuridik boʻlimlariga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 4-aprel,
180-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga 1-ILOVA
Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqining oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
1. Xususiylashtirilgan uy-joylarga pulli, imtiyozli yoki bepul asosda mulk qilib berilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) kiradi.
2. Xususiylashtirilgan kvartira (kvartiraning bir qismi), uy (uyning bir qismi) mulkdori jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmagan holda ushbu uy-joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga egadir.
Xususiylashtirilgan uy-joyning mulkdori mazkur uy-joyni oʻz xohishiga koʻra har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoki koʻchmas mulk bilan operatsiyalarni amalga oshirishga vakil qilingan organga berish va vasiyat qilib qoldirish, shuningdek, uni koʻchmas mulk savdosi boʻyicha kimoshdi savdosiga qoʻyish huquqiga egadir.
Kvartirani (kvartiraning bir qismini), uyni (uyning bir qismini) jismoniy yoki yuridik shaxslarga berishda mulkdor boshqalarga berish shartnomasini tasdiqlatish uchun notarial idoraga, kimoshdi savdosi orqali sotishda esa – koʻchmas mulk savdosini amalga oshirishga vakil qilingan organga murojaat qiladi.
3. Boshqalarga berilayotgan xususiylashtirilgan uy-joyning qiymati tomonlarning kelishuviga koʻra, biroq boshqalarga berish paytida uy-joyning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan baholangan qiymatidan past boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Meros tartibida oʻtadigan uy-joyning qiymati merosxoʻrlik tayinlangan kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan belgilangan baholash maʼlumotlari hisobga olingan holda belgilanadi.
4. Xususiylashtirilgan kvartirani (kvartiraning bir qismini), uyni (uyning bir qismini) sotib olish, almashtirish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va doimiy yashovchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnomasi boʻlgan fuqarolar ega boʻladilar.
5. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan mulkdordan sotib olingan uy-joydan faqat uy-joy sifatida foydalanilishi mumkin.
6. Xususiylashtirilgan uy-joyni boshqa shaxsga oʻtkazish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
8. Oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalarini notarial tasdiqlashda va xususiylashtirilgan uy-joyga merosxoʻrlik huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berishda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiriladi.
9. Oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitishuvlari amalga oshirilgandan soʻng, shuningdek, mulkchilik huquqi merosxoʻrlik tartibida oʻtgandan soʻng, boshqalarga berish yoki meros qilib qoldirish vaqtidan qatʼi nazar, kvartira (kvartiraning bir qismi), uy (uyning bir qismi) xususiylashtirilgan uy-joy maqomini yoʻqotadi.
10. Notarial tartibda rasmiylashtirilgan, texnik oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish shartnomasi, shuningdek, qonun bilan belgilangan tartibda berilgan merosxoʻrlik huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma ilgari xususiylashtirilgan sotib olingan uy-joyga egalik qilish huquqini beruvchi huquqni belgilovchi hujjat boʻlib hisoblanadi.
ILOVA
MAʼLUMOTNOMAFuqaro ___________________________________________________________________________________________________________________________________manzilida joylashgan kvartira, uy (uyning bir qismi) __________________________________________________________________________________________________________________________________________asosida uning xususiy mulki ekanligi toʻgʻrisida berildi. Bu yerda quyidagilar yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan:T/rFamiliyasi, ismi, otasining ismiTugʻilgan yiliQarindoshlik darajasiYashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan vaqti1.2.3.4.5.6.Ishlab chiqarish-uy-joy inspeksiyasi boshligʻi Ishlab chiqarish-uy-joy inspeksiyasi bosh muhandisi
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uy-joy fondini xususiylashtirishning asoslarini, tartibini va shartlarini belgilaydi.
Mudofaa vazirligining uy-joy fondi kvartiralarini xususiylashtirish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va tegishli normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Mudofaa vazirligining uy-joy fondida yashayotgan ishchilar, xizmatchilar va boshqa shaxslar xususiylashtirish subyektlari hisoblanadilar.
3. Yopiq harbiy shaharchalardagi kvartiralar va uylar, yotoqxonalardagi kvartiralar, yashash uchun yaroqsiz deb topilgan yoki xizmat kvartiralari (xonalari) hisoblangan, ikki yoki undan koʻp ijarachilar yashaydigan kvartiralar (egallab turgan kvartiralarni xususiylashtirish boʻyicha ularning roziligi boʻlmagan taqdirda), boshqa davlatlarning Qurolli Kuchlarida xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan band etib turilgan boʻsh kvartiralar hamda band etib qoʻyilgan kvartiralar xususiylashtirilmaydi.
4. Kvartiralarni xususiylashtirishga doir hujjatlarni rasmiylashtirish shahar va viloyatlar hokimliklari huzuridagi tegishli organlar tomonidan uy-joy fondi egasi bilan tuzilgan shartnoma shartlari boʻyicha yoki Mudofaa vazirligining kvartiralardan foydalanish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Kvartiralarni xususiylashtirgan harbiy xizmatchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) sotib olish-sotish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq sotish, almashtirish va hadya etish bilan bogʻliq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
6. Harbiy xizmatchilar yangi xizmat joyiga joʻnab ketishayotganda oʻz xohishiga koʻra xususiylashtirgan uy-joyi boʻyicha Mudofaa vazirligining kvartiralardan foydalanish organlari bilan yoki ularning tavsiyasiga binoan navbatdagi harbiy xizmatchi bilan qoldiq balans qiymati boʻyicha sotib olish-sotish shartnomasini rasmiylashtirishlari mumkin, bunda ular uy-joyni topshirganligi toʻgʻrisida belgilangan namunadagi maʼlumotnoma oladilar.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 13-avgustdagi 378-son qarori;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarorining 10-bandi.
