Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bilan bogʻliq ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (481-son)
05.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son Farmoni hamda “Respublikada kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytirishda mahalliy tadbirkorlarni keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 11-yanvardagi PQ-17-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
b) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
v) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga 4-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan maxsus elektron tizim orqali rasmiylashtirish;
mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalash pasportini tasdiqlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrga qadar mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanmasini va bu boradagi xalqaro tajribani tahlil qilib, Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan hamda tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar roʻyxatiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi xavf-xatarlarni tahlil qilib, xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmini shakllantirsin va amaliyotga joriy etilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qarorning 1-2-bandlari mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-avgust,
481-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qaroriga 1-ILOVA
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
AAT — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
ruxsatnoma — mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar (keyingi oʻrinlarda — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar)ni mazkur Nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat;
talabgor — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma olish maqsadida murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxs.
3. Ruxsatnoma Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan beriladi.
4. Ruxsatnoma talab etiladigan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning roʻyxati mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yoki oʻz ehtiyojlari uchun ishlatadigan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladi.
Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni oʻz ehtiyojlari uchun olib kirgan jismoniy va yuridik shaxslar ulardan oʻzlariga tegishli yer maydonlarida oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalanadilar. Bunda, ular bilan ulgurji yoki chakana savdo amalga oshirilishi taqiqlanadi.
5. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ruxsatnomada belgilangan talab va shartlarga rioya etilishi Agentlik va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar) tomonidan nazorat qilinadi.
6. Ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy mamlakatlardan sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni, shuningdek, ularning gʻayriqonuniy nusxalarini olib kirishdan muhofaza etish maqsadida beriladi.
7. Agentlik talabgorlar tomonidan ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni rasmiy veb-saytiga, “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi hamda AATga joylashtiradi.
8. Ruxsatnoma ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
2-bob. Ruxsatnomani berishga oid talablar va shartlar
9. Quyidagilar ruxsat berishga oid talablar va shartlar hisoblanadi:
ushbu Nizomning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan pasport (keyingi oʻrinlarda — Pasport)ning 9-bandida keltirilgan talablar va shartlarga rioya etilishi shartligi hamda ularni bajarish boʻyicha majburiyatni oʻz zimmasiga olish;
ruxsatnomani olish, qayta rasmiylashtirish va muddatini uzaytirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash;
yuridik shaxs boʻlgan talabgorning nomi, yuridik manzili oʻzgarganligi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yoki filial va vakolatxona ochilgandan soʻng vakolatli organga oʻn ish kuni ichida “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki AATdagi shaxsiy kabineti orqali murojaat qilish;
jismoniy shaxs boʻlgan talabgorning unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki AAT orqali murojaat qilish.
Pasportning 9-bandida ushbu bandga qoʻshimcha ravishda mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kirish faoliyatini amalga oshirish (harakatlarni bajarish) uchun alohida talab va shartlar belgilanadi.
3-bob. Ruxsatnoma olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
10. Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda (talabgor — jismoniy shaxslar uchun ERI oʻrniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsatnomani olish uchun “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ariza yuboradi.
Arizaga Pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlar ilova qilinadi.
Ariza talabgordan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga integratsiya qilingan AAT orqali elektron shaklda, talabgorning ERI bilan tasdiqlangan holda qabul qilinadi va roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda talabgorga yuboriladi.
11. Talabgordan ushbu Nizomning 10-bandi va Pasportning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni va maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
12. Arizani koʻrib chiqish uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Agentlikning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻim talabgor arizasidan voz kechgan taqdirda yoki ariza koʻrib chiqilgandan soʻng ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda talabgorga qaytarilmaydi.
13. Arizaga kiritilgan maʼlumotlar AAT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida dastlab avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Ariza quyidagi hollarda avtomatik ravishda qabul qilinmaydi:
notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi AAT orqali aniqlanganda;
mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan yigʻim toʻlanmaganda;
ruxsatnoma berishga oid talab va shartlarga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi uchun litsenziya mavjud boʻlmaganda;
ruxsatnomalar reyestrida talabgorning ayni bir xil faoliyat boʻyicha kiritilgan va amalda boʻlgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud boʻlgan taqdirda;
talabgorning ayni bir xil faoliyatni yoki harakatni amalga oshirishi muayyan muddatga toʻxtatilganda;
talabgor tomonidan ruxsatnoma boʻyicha tanlangan faoliyatni amalga oshirish va/yoki harakat sudning qaroriga asosan muayyan muddatga taqiqlanganda.
Mazkur bandda koʻrsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Ruxsatnoma ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Ruxsatnoma oʻn ikki oy muddatga taqdim qilinadi, agar talabgor tomonidan oʻn ikki oy muddatda mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar olib kirilmagan taqdirda, ruxsatnomaning amal qilish muddati toʻxtatiladi va yangi ruxsatnoma olish uchun qayta ariza beriladi.
15. Ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Agentlikka ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida qabul qilinadi va qarorga muvofiq tegishli hujjat haqida talabgorga AAT orqali elektron shaklda xabar beriladi.
16. Quyidagilar ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻladi:
ruxsatnoma berilishi uchun Pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlarning talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
talabgorning ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlarning mavjudligi;
olib kirilishi rejalashtirilgan mahsulotning yaroqlilik muddati Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan davrdan boshlab olti oydan kam ekanligi;
Agentlik yoki soha yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshiruvlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa olish.
Mazkur bandning ikkinchi-beshinchi xatboshilarida belgilangan ruxsatnomani berishni rad etish uchun asoslarning bartaraf etilishiga muddat berilishi nazarda tutiladi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, ruxsatnomani berishni maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma talabgorga elektron shaklda rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat belgilangan holda yuboriladi.
Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
18. Talabgor ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish talabgordan rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Agentlik tomonidan takroran koʻrib chiqiladi. Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
19. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma xabarnomada bayon qilinmagan rad etish sabablari Agentlik tomonidan keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
20. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangi topshirilgan hisoblanadi va Agentlik tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
21. Talabgor ruxsatnoma berish rad etilganligi, shuningdek, Agentlik mansabdor (vakolatli) shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
4-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning muddatini uzaytirish va oʻzgartirish tartibi
22. Ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagach, u talabgor arizasiga koʻra qoʻshimcha oʻn ikki oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza Agentlikka mazkur hujjatning amal qilish muddati tugaguniga qadar topshirilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddati yigʻim undirilmagan holda uzaytiriladi.
23. Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar qayta roʻyxatdan oʻtganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, besh ish kuni davomida Agentlikka ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrsatilgan maʼlumotlarning tasdiqlovchi hujjatlarini ilova qilgan holda topshirishi shart.
24. Ruxsatnoma olgan jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, besh ish kuni davomida Agentlikka ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
25. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar uni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan jismoniy va yuridik shaxslar yoxud ularning huquqiy vorisi ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida Agentlikning belgisi qoʻyilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni amalga oshiradi.
26. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda Agentlik tomonidan ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. Ruxsatnoma arizaga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda, Agentlik tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni davomida qayta rasmiylashtiriladi.
27. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchilarning ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizasi Agentlik tomonidan koʻrib chiqilganda va ruxsatnoma qayta rasmiylashtirib berilganda, mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan yigʻimning yarmi undiriladi.
5-bob. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish
28. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32, 33 va 34-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Ruxsatnomalar reyestrini yuritish
29. Agentlik ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va ularni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
30. Ruxsatnomalar reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
ruxsatnoma berilgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar: nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami;
ruxsatnoma berilgan sana va raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishning hamda amal qilish muddatini uzaytirishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish va tiklash uchun asos va sana;
ruxsatnomani bekor qilishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish, qayta rasmiylashtirishning hamda bekor qilishning asoslari va sanasi.
31. Ruxsatnomalar reyestridagi maʼlumotlar ochiq hisoblanadi hamda ushbu reyestr “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtirilgan ruxsatnomalar asosida “real vaqt” rejimida shakllanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning roʻyxati
* Ushbu Nizom talablari oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo sifatida olib kelinadigan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi bundan mustasno). Bunda talabgor tomonidan tovarlar oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarurligi toʻgʻrisida kafolat xati taqdim etilishi shart.
Kafolat xatida belgilangan talablarga rioya etilishi va mahsulotlardan oʻz ishlab chiqarish ehtiyoji uchun foydalanilishi boʻyicha javobgarlik tadbirkorlik subyekti zimmasiga yuklanadi.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma berish
SXEMASI
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma
PASPORTI
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga4-ILOVA
izoh: 13-band 2026-yil 1-maydan amal qiladi;
* olib kiriladigan mahsulotlarni raqamli markirovkalash uchun “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatoriga ariza bilan murojaat qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qaroriga 2-ILOVA
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qonunchilikda belgilangan talab va shartlarga rioya etilganligini koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
AAT — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Agentlik — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi;
koʻrik dalolatnomasi — oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi belgilangan mineral oʻgʻitlarning va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar (keyingi oʻrinlarda — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar)ning qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻtkazilgan koʻrik natijasida rasmiylashtiriladigan hujjat;
ruxsatnoma — Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirishga ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga Agentlik tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat;
xabar beruvchi — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish vaqtida ularning ruxsatnoma talablariga muvofiqligi yuzasidan koʻrikdan oʻtkazish uchun murojaat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar;
oʻsimliklar karantini davlat inspektori — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar)ning, tuman (shahar) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman/shahar boʻlimlari)ning agronomlari, oʻsimliklar karantini boʻyicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlaridagi, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlatlararo chegara punktlaridagi, respublika ichki avtomobil yoʻllaridagi, temir yoʻl stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi oʻsimliklar karantini chegara punktlarining, shuningdek, pochtamtdagi oʻsimliklar karantini punktining mudirlari hamda agronomlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi belgilangan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan koʻrikdan oʻtkaziladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan qoida hamda tartiblarga, mazkur vositalar qishloq xoʻjalik mahsulotlari va atrof-muhitga salbiy taʼsiri yuzasidan nazorat oʻrnatilgan tartibda rioya etiladi.
2-bob. Dastlabki koʻrikdan oʻtkazish
5. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish vaqtida dastlabki koʻrikdan oʻtkaziladi.
6. Koʻrikdan oʻtkazish uchun xabar beruvchi tomonidan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kirishdan kamida uch ish kuni oldin Agentlikka ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq AAT orqali elektron xabar beriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasiga mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar Agentlik tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida olib kiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar yuklangan transport vositalari chegara maskanlarida oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan dastlabki koʻrikdan oʻtkaziladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi chegara oʻtkazish punktlarida dastlabki koʻrik jarayonida transport vositalari va ularning yuk xonalari (maxsus plombalangan yukxonalar bundan mustasno) oʻsimliklar karantini davlat inspektori talabiga binoan, ushbu transport vositalaridagi haydovchilar yoki yuk egalari ishtirokida ochib koʻriladi.
10. Oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan chegara maskanlarida dastlabki koʻrik oʻtkazishda ruxsatnomaning mavjudligi, amal qilish muddati AAT orqali tekshiriladi, shuningdek, transport vositalarining tashqi qismi, muhrlanmagan boshqa kimyoviy vositalarni yashirin olib kirishi mumkin boʻlgan joylar vizual koʻrikdan oʻtkaziladi.
Oʻsimliklar karantini davlat inspektori koʻrik natijasi ijobiy boʻlganda, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni respublika hududiga chegara oʻtkazish punkti orqali olib kirishga ruxsat beradi hamda AATda shu haqda belgi qoʻyadi.
11. Koʻrik natijasida ruxsatnoma mavjud boʻlmagan yoki uning amal qilish muddati oʻtganligi yoxud mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning yashirin ravishda olib kirilayotganligi aniqlangan taqdirda, ushbu vositalar oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan reeksport tartibida olib chiqib ketilishiga oid ushbu Nizomga 31-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kiruvchi yuridik shaxs vakili yoki jismoniy shaxsga (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchiga) beriladi, ikkinchi nusxasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorida qoladi. Dalolatnoma tuzilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida Agentlikka AAT orqali xabar beriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasiga mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kirishda bojxona organi bilan kelishilgan xavfni boshqarish tizimi orqali ular tasodifiy tanlov asosida ikkilamchi koʻrikdan oʻtkaziladi.
3-bob. Ikkilamchi koʻrikdan oʻtkazish
13. Ikkilamchi koʻrik:
oʻsimliklarni himoya qilish va boshqa qonunchilikni buzganlik toʻgʻrisidagi mavjud axborotni tekshirish uchun;
tanlab tekshirish prinsipiga rioya etgan holda xavfni boshqarish tizimi asosida oʻtkaziladi.
Bunda dastlabki koʻrik davomida oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan ikkilamchi koʻrik oʻtkazish xulosasi qabul qilinadi.
14. Ikkilamchi koʻrik oʻtkazish boʻyicha xulosa qabul qilingan vaqtdan boshlab, bir ish kunida xabar beruvchi AAT orqali bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlovni amalga oshirgan holda, yukni bojxona nazorati ostidagi omborga joylashtirib, oʻsimliklar karantini davlat inspektorini ikkilamchi koʻrikka jalb etishi shart.
15. Xabar beruvchining AAT orqali mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni ikkilamchi koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha yuborgan murojaati oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi hamda ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq koʻrik dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
16. Koʻrik dalolatnomasi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning belgilangan talablarga muvofiqligini baholashga asos boʻladi.
17. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholanishi quyidagi holatlarda rad etiladi va xabar beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan respublika hududidan reeksport tartibida olib chiqib ketilishi taʼminlanadi:
roʻyxatga olingan guvohnomada koʻrsatilgan qoʻllash doirasi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarining oʻram-quti va yorligʻidagi matnga mos kelmasa;
talabgor tomonidan har bir qadogʻiga raqamli markirovkalanmaganda;
import qilinishi rejalashtirilgan mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan davrdan yaroqlilik muddati olti oydan kam boʻlganda;
laboratoriya ekspertizasi xulosasida davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisida guvohnomada belgilangan tarkibga nomuvofiq deb baholanganda.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa holatlarda mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning importi rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlashtirish organi mutaxassisi tomonidan talabgor (yoki uning vakili) hamda oʻsimliklar karantini davlat inspektori ishtirokida mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning muvofiqligini baholash uchun belgilangan tartibda va belgilangan miqdorda namuna oladi va sinov laboratoriyasiga yuboradi.
19. Sinov laboratoriyasida mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnomada belgilangan tarkibga muvofiqligi baholanadi.
Laboratoriya ekspertizasi talab etiladigan muddat qoʻllanmalarda belgilanadi.
20. Mazkur Nizomning 17-bandida kuzatilgan holatlarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi taʼminlanmagan taqdirda, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan reeksport tartibida olib chiqib ketilishiga oid ushbu Nizomga 31-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kiruvchi yuridik shaxs vakili yoki jismoniy shaxsga (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchiga) beriladi, ikkinchi nusxasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorida qoldiriladi.
4-bob. Raqamli markirovka (matrik shtrixli kod) bilan boshqarish
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalarni olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinda — raqamli markirovka) bilan boshqariladi.
22. Olib kiriladigan mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalar raqamli markirovkalangan boʻlishi talab etiladi. Bunda “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatoriga ariza bilan murojaat qilinadi.
23. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarda oʻtkazilgan koʻrikda raqamli markirovkalanmaganligi (yoki toʻliq qoʻyilmaganligi) aniqlanganda, xabar beruvchiga raqamli markirovkalash boʻyicha oʻttiz kun muddat beriladi.
24. Xabar beruvchi “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatoridan raqamli markirovka kodini olib, mahsulotning har bir qadogʻiga qoʻyilishini taʼminlaydi. Mazkur Nizomning 23-bandi bilan belgilangan oʻttiz kun muddat ichida ushbu amaliyot bajarilmagani olib kirishning toʻliq rad etilishiga sabab boʻladi.
5-bob. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni oʻrganish hamda tahlil ishlarini amalga oshirish
25. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan qoida hamda tartiblarga rioya etilishi, mazkur vositalar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va atrof-muhitga salbiy taʼsiri yuzasidan oʻrganish hamda tahliliy ishlar bevosita Agentlik tomonidan tashkil etiladi.
26. Agentlik tomonidan oʻrganish hamda tahliliy ishlar amalga oshirilishida sanitariya-epidemiologik va ekologik xavfsizlik yuzasidan nazorat talab etilgan taqdirda, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi organlari mansabdor shaxslari jalb qilinishi mumkin.
27. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar boʻyicha oʻrganish hamda tahlil ishlari quyidagi joylarda amalga oshiriladi:
Oʻsimliklar karantini chegara maskanlarida;
bojxona omborlari;
ulgurji va chakana savdo obyektlarida (savdo rastalari va omborlar);
isteʼmolchi omborlarida.
28. Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari hamda tuman/shahar boʻlimlarining oʻsimliklar karantini davlat inspektor(lar)i tomonidan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar boʻyicha oʻrganish va tahlil ishlari davomida quyidagilar tekshiriladi:
a) roʻyxatga olinganligi;
b) tarkibi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va sifatlilik darajasi;
v) markirovkasi mahsulotni tasniflash, qadoqlash va markirovkalash toʻgʻrisidagi talablarga muvofiqligi;
g) yaroqlilik muddati;
d) tavsiya etilgan oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlariga nojoʻya taʼsiri;
e) tavsiya etilgan zararli organizmlarga nisbatan samarasizligi yoki samaradorligi past holatlari.
29. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalardan quyidagilarni aniqlashda tahlil ishlari uchun namunalar olinadi:
tarkibi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va sifatlilik darajasi;
tavsiya etilgan oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlariga nojoʻya taʼsiri;
samaradorligi.
30. Namunalar oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan belgilangan miqdorda olinadi va 4-ilovadagi shaklga asosan uch nusxada namuna olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorida, bir nusxasi akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaga hamda bir nusxasi namuna olingan joyning masʼul xodimiga beriladi.
31. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar yorligʻi (markirovkasi) nazoratdan oʻtkazilganda, yorligʻi mahsulotni tasniflash, qadoqlash va markirovkalash toʻgʻrisidagi talablarga javob bermagan taqdirda, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalardan majburiy tartibda ikki nusxadan namuna olinadi, qoʻshimcha tarzda 5-ilovadagi shakl boʻyicha “Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar yorligʻi (markirovkasi) nazorati dalolatnomasi” rasmiylashtiriladi.
32. Nazorat maqsadida mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning laboratoriya tahlillari faqatgina mazkur sohada akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya tomonidan amalga oshiriladi.
33. Mineral oʻgʻitlarning sifati ularning roʻyxatga olinganlik guvohnomasida belgilangan tarkib va xossalari (texnik standart va/yoki analiz sertifikati)ga muvofiqligi boʻyicha aniqlanadi.
Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning sifatini oʻrganish va tahlil qilish maqsadida oʻtkazilgan fizik-kimyoviy tahlillarda 6-ilovada koʻrsatilgan xususiyatlar aniqlanadi.
34. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning sifatini oʻrganish (tahlil qilish) davomiyligi tahlil oʻtkazish uslublariga muvofiq belgilanadi.
35. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning sifatini nazorat qilish boʻyicha oʻtkazilgan tahlil natijalari boʻyicha hisobotlar uch kundan kechiktirmay 7-ilovalardagi shakllar asosida Agentlikka yuboriladi.
36. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar sifatini nazorat qilish boʻyicha oʻtkaziladigan laboratoriya tahlillari natijalarida faol moddalar miqdorida aniqlangan koʻrsatkichlar sifatni nazorat qilish maqsadida tahlil qilingan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarga taalluqli faol moddalar miqdoridagi farqlar mazkur Nizomga 8-ilovadagi hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 115-son qarori bilan tasdiqlangan Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ilovadagi ruxsat etilgan salbiy ogʻishi doirasida boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
37. Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning fizik xossalarida ruxsat etilgan salbiy ogʻishini qoʻllash mezonlarida Nizomga 9-ilovaga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri qishloq xoʻjaligida nazorat qilish uchun ishlatiladigan oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan faol moddaning tozaligi inobatga olinadi.
Oʻrganish davomida oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy taʼsiri mavjudligi aniqlansa, Agentlik tomonidan mahsulotni foydalanishdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
38. Import qilinishi rad etilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar uch oy muddatgacha xabar beruvchi tomonidan reeksport tartibida olib chiqib ketilishi shart.
39. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar boʻyicha laboratoriya tekshiruvlari, tegishli ekspertiza oʻtkazish, raqamli markirovka kodini ishlab chiqarish yoki yuklash va har bir qadogʻiga raqamli markirovka kodini qoʻyish bilan bogʻliq hamda reeksport tartibida olib chiqib ketilishi bilan bogʻliq xarajatlar xabar beruvchi hisobidan qoplanadi.
40. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi
41. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish
SXEMASI
* Laboratoriya tahlillari oʻtkazilishiga hamda raqamli markirovka kodi qoʻyilishiga talab etiladigan muddatga qarab, bajarish 30 kungacha boʻlgan muddatgacha oʻzgarishi mumkin.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar olib kirilishi uchun oldindan xabar berish shakli
Oldindan xabarnoma sanasi: 20___ y. “____” ____________.(1) Jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs nomi: __________(2) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun berilgan ruxsatnoma raqami va sanasi: __________(3) olib kirilishi qayd etilgan punkt nomi: __________(4) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning savdo nomi: __________(5) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni roʻyxatdan oʻtkazish raqami: __________
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga3-ILOVA
“0000000 — sonKOʻRIK DALOLATNOMASI___________________________ oʻsimliklar karantini davlat inspektori _____________________________ tomonidan_____(hududiy boʻlinma nomi)_______________________________________________________ (F.I.O.)________20____ yil “_____” ____________da xabar beruvchi vakili ____________________________________________________________________________________________________________________________________(F.I.O.)ishtirokida __________________________________________________________________________________________________(yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor nomi)STIR/JSHSHIR: __________________da Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan koʻrikdan oʻtkazildi.Ikkilamchi koʻrikdan oʻtkazilgan mineral oʻgʻitlarni va/yoki oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositaning:Lot raqami № ________________________________Mahsulot nomi: _______________________________Mahsulot yuklangan transport birligi raqami: __________________Ruxsatnoma raqami: № ________ berilgan sana: ____________.Koʻrik davomida quyidagilar aniqlandi (tegishlisi belgilanadi!):□ 1. Bojxona rasmiylashtiruviga ruxsat etiladi.□ 2. Bojxona rasmiylashtiruviga ruxsat etilmaydi (quyidagi sabablar koʻrsatilgan holda):□ roʻyxatga olingan guvohnomada koʻrsatilgan qoʻllash doirasi mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarining oʻram-quti va yorligʻidagi matnga mos emas;□ mahsulotga raqamli markirovka kodi qoʻyilmagan (yoki toʻliq qoʻyilmagan);*□ mahsulotning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan davrdan yaroqlilik muddati olti oydan kam;□ laboratoriya ekspertizasi xulosasi davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisida guvohnomada belgilangan tarkibga nomuvofiq deb baholangan;* 2026-yil 1-maydan amal qiladi.Hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlovchiQR-kod
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga31-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi belgilangan mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarning qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
20____ yil “____” __________________________________(rasmiylashtirish joyi nomi)_________________________________________________________________________________________________________________(dalolatnoma rasmiylashtirgan oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi)_________________________________________________________________________________________________________________(OʻKCHM nomi)Ushbu dalolatnoma oʻsimliklar karantini davlat inspektori __________________________________________________ tomonidan___________________________________________________________________________(F.I.O.)20_____ yil “______” _______________da kelib tushgan ______-son xabarnomaga asosan mahsulot egasi (yoki uning vakili) ____________________________________ ishtirokida _______________________ bojxona hujjatiga binoan olib kelingan________________(F.I.O.)________________________________________________________________________________________________________________ga(mahsulot nomi)nisbatan oʻtkazilgan koʻrik natijasida aniqlangan qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida tuzildi. Koʻrik davomida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishida qonunchilik hujjatlari talablari boʻyicha quyidagi nomuvofiqliklar aniqlandi (tegishlisi belgilanadi):Mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun:□ruxsatnoma mavjud emas;□ruxsatnoma amal qilish muddati oʻtgan;□roʻyxatga olingan guvohnomada koʻrsatilgan qoʻllash doirasi mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarning oʻram-quti va yorligʻidagi matnga mos emas;□olib kirish taqiqlangan mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalar roʻyxatiga kiritilgan mahsulot;□import qilinishi rejalashtirilgan mahsulotning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan davrdan yaroqlilik muddati olti oydan kam;□ bir lot (partiya) raqamida olib kirilgan mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalar haqida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan yukning yaxlitligi nomuvofiq (yukning turi, soni, miqdori va boshqa);□laboratoriya ekspertizasi xulosasida davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisida guvohnomada belgilangan tarkibga nomuvofiq deb baholangan;□ roʻyxatga olingan guvohnomada koʻrsatilgan qoʻllash doirasi mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarning oʻram-quti va yorligʻidagi matnga mos emas;□talabgor tomonidan har bir qadogʻiga raqamli markirovkalanmaganda*;□transport vositalarining tashqi qismi, muhrlanmagan joylarida mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarni yashirin olib kirish holatlari aniqlangan.* 2026-yil 1-maydan amal qiladi.Yuqoridagi nomuvofiqliklarga binoan ushbu dalolatnomada koʻrsatilgan mahsulot reeksport tartibida olib chiqib ketilsin.Eslatma. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11, 17, 20, 38, 39-bandlaridagi mahsulotni reeksport tartibida olib chiqib ketish bilan bogʻliq qoidalariga rioya qilinishi lozim.Oʻsimliklar karantini davlat inspektori:________________________________________________________(imzo)(F.I.O.)Mahsulot egasi________________________________________________________(yoki uning vakili):(imzo)(F.I.O.)
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalardan namuna olish dalolatnomasi
Izoh: Agar namuna olishda ishtirok etgan shaxslardan biri imzo qoʻyishdan bosh tortsa, bu haqdagi maʼlumot dalolatnomada qayd etiladi.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar yorligʻini (markirovkasini) nazorat qilish dalolatnomasi
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Sifat nazoratida oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning fizik va kimyoviy tahlilida aniqlanadigan xususiyatlar
Izoh: WP — s.e. — suvli eritma;
SP — n.kuk — namlanuvchi kukun;
WG — s.e.g. — suvda eruvchan granula;
YES — em.k. — emulsiya kon;
SL — s.e.sus. — suvda eruvchan suspenziya;
SC — sus.k. — suspenziya konsentrati.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Hududiy boʻlinmaning mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar sifatini nazorat qilish boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganish hisoboti
* mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar formulasini hisobga olgan xolda, tegishli choralar koʻrishni talab qiladi.
** Bu Agentlik tomonidan roʻyxatga olingan tarkib qiymatlari.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar faol moddasining ruxsat etilgan salbiy ogʻishlari jadvali
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Sifatni nazorat qilishda oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning fizik xossalarida ruxsat etilgan salbiy ogʻishi boʻyicha mezonlari jadvali
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qaroriga 3-ILOVA
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom sifatsiz, qalbakilashtirilgan va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar (keyingi oʻrinlarda — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar) va ularning gʻayriqonuniy nusxalari, shuningdek, oʻsimliklarni himoya qilishda zararli taʼsiri aniqlangan vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
2. Mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
sifatsiz mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar — qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan va (yoki) yaroqlilik muddati oʻtgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar;
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning gʻayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar;
qalbakilashtirilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar — tarkibi yoki xususiyati toʻgʻrisida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolgʻon axborot ilova qilingan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar;
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilardan ikkilamchi xom ashyo, yoqilgʻi, oʻgʻit sifatida va boshqa maqsadlarda foydalanish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar mulk egalarining yoki sudning qarori bilan muomaladan chiqariladi hamda yoʻq qilinadi.
Bunda mulk egasi tomonidan qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar aniqlanganda, ularni zudlik bilan muomaladan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va oʻttiz kun ichida yoʻq qilish chorasi koʻriladi. Muomaladan chiqarish va yoʻq qilishga oid sud qarori qabul qilinganda, qaror talablari asosida ish yuritiladi.
5. Bojxona hududida bojxona rasmiylashtiruvlari davomida yoki laboratoriya tekshiruvlari natijasida olib kirish rejalashtirilgan mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning qoʻllashga yaroqsizligi aniqlanganda, ushbu vositalar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda eksport qiluvchi mamlakatga qaytarib yuboriladi.
6. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni qaytarib yuborish hamda yoʻq qilish bilan bogʻliq xarajatlar ularning egalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
2-bob. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish usullari
7. Suyuq mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar ekologiya normalari va sanitariya qoidalari va talablariga muvofiq yoʻq qilinadi.
8. Boʻshagan idishlar, aerozol ballonlar, paketlar va flakon qoldiqlari konteynerlarga joylashtiriladi hamda chiqindilarni utilizatsiya qilish talablariga muvofiq yoʻq qilinadi.
9. Tarkibida suvda erimaydigan moddalar mavjud boʻlgan qattiq mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning shakllari, yumshoq mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning shakllari, vositalarning transdermal shakllari, shuningdek, substansiyalar faolsizlantirilib, maxsus konteynerlarga joylanadi hamda chiqindilar uchun moʻljallangan maxsus joyga tashlanadi.
10. Tarkibida tirik organizmlar mavjud kimyoviy vositalar oldin dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida faolsizlantirilib, yuqori bosim va harorat taʼsirida ularning hujayralari parchalanadi hamda chiqindilar uchun moʻljallangan maxsus joyga tashlanadi.
11. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar ularning fizik hamda kimyoviy xususiyatlari hisobga olingan holda utilizatsiya yoki yoʻq qilinadi.
12. Tarkibida radioaktiv elementlar mavjud boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning atrof-muhitga bezararligi toʻgʻrisida xulosa olingandan soʻng mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan Yaroqsiz mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish komissiyasi tomonidan ularni yoʻq qilish masalasi koʻrib chiqiladi.
3-bob. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi
13. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi hamda “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga rioya qilgan holda yoʻq qilinadi.
14. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar aniqlanganda, uning egasi zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tegishli tuman (shahar) boʻlimiga murojaat qiladi.
15. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish boʻyicha murojaat kelib tushganda, Agentlikning tegishli tuman (shahar) boʻlimi besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tuman (shahar) inspeksiyasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmasi mutaxassislaridan iborat Yaroqsiz mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish komissiyasini (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuzadi.
16. Komissiya mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalarning atrof-muhit uchun bezararligini, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ularning fizik-kimyoviy mutanosibligini eʼtiborga olgan holda ularni yoʻq qilish sanasi, usuli va joyini belgilash haqida qaror chiqaradi.
17. Yoʻq qilish lozim boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar yoʻq qilingunga qadar saqlab turish uchun javobgarlik uning egasi hisoblangan tashkilotga yoki jismoniy shaxsga (yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektiga) yuklanadi.
Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning egasi hisoblangan tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan moddiy javobgar shaxs tayinlanadi, buyruqda javobgar shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi, saqlashga qoldirilgan yoʻq qilish lozim boʻlgan mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning nomlari va seriyalari, oʻramlari soni (miqdori) koʻrsatiladi.
18. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar uning egasi yoki vakili ishtirokida Komissiya tomonidan yoʻq qilinadi.
Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalar yoʻq qilish jarayoni foto yoki videosuratga olinib, bir yil muddatga saqlanadi.
4-bob. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni yoʻq qilish boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtirish tartibi
19. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar belgilangan tartibda yoʻq qilingandan soʻng komissiya tomonidan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi, koʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning egasi hisoblangan tashkilot rahbarining imzosi va muhri (jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bilan tasdiqlanadi.
20. Dalolatnoma nusxalari mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning egasiga, Agentlikning hududiy boʻlinmasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitalarining hududiy vakillariga buyruq va Komissiya qarori nusxalari va foto yoki videomateriallar bilan birgalikda taqdim etiladi.
21. Tergov ishlari yoki sud muhokamasi uchun mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning namunalari olingan taqdirda, saqlash muddatidan qatʼi nazar, koʻrib chiqish oxiriga yetmagunga qadar ular yoʻq qilinmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish
SXEMASI
* Tergov ishlari yoki sud muhokamasi uchun mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning namunalari olingan taqdirda, saqlang muddatidan qatʼi nazar, koʻrib chiqish oxiriga yetmagunga qadar ular yoʻq qilinmaydi.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yaroqsiz mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni yoʻq qilish komissiyasining
QARORI
* Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
* Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qaroriga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “2 — 35-ilovalarda” soʻzlari “2 — 36-ilovalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 36-ilova bilan toʻldirilsin:
“Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga 36-ILOVA
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalash
PASPORTI
