29-modda. Oliy Majlis deputatligiga nomzodlik maqomidan mahrum etish. Deputatlikka nomzodlikdan voz kechish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida (990-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Kuchini yo'qotgan
Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi, saylovchilar tashabbuskor guruhi u yoki bu shaxsni deputatlikka nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi deputatlikka nomzodlar koʻrsatish muddati tugagunga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyxatga olish toʻgʻrisida taklif kiritishi mumkin.
Roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlar ularni Oliy Majlis deputatligiga nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya oʻz faoliyatini toʻxtatgan taqdirda ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin.
Oliy Majlis deputatligiga nomzod saylovga qadar istagan vaqtida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
