SHNQ 2.02.05-22 “Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-29-son)
09.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 5-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 268]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.02.05-22 “Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 20-yanvardagi 7-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.02.05-98 “Dinamik yuklamali mashinalarning poydevorlari” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-iyul,
01/2-29-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 17-iyun
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 11-iyun
Tabiiy pardozbop toshlar va boshqa tosh mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha rais oʻrinbosari B. BOBOKULOV
2024-yil 12-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal hoʻjaligi vazirining 2024-yil 9-iyuldagi 01/2-29-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.02.05-22 “Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) dinamik yuklamali dastgohlarning (aylanuvchi qismlari, krivoship-shatunli mexanizmlari mavjud boʻlgan hamda temirchilik bosqonlari, quyuvchilikda qoliplash, qoziqlar qoqiladigan maydonlardagi koper, maydalash, prokat, press jihozlari, tegirmon, metall kesish uskunalari va aylanuvchi pechlar) poydevorlarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalar”;
SHNQ 2.02.01-19 “Bino va inshootlar zaminlari”;
SHNQ 2.02.03-12 “Qoziqli poydevorlar”;
QMQ 2.01.07-96 “Yuklar va taʼsirlar”;
QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
QMQ 2.09.03-02 “Sanoat korxonalarining inshootlari”;
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
GOST 12.1.012-2004 SSBT. “Vibratsiya xavfsizligi. Umumiy talablar” (rasmiy manba: SSBT. “Vibratsionnaya bezopasnost. Obshiye trebovaniya”);
GOST 263-75 “Rezina. Shoru A boʻyicha qattiqlikni aniqlash usuli” (rasmiy manba: Rezina. Metod opredeleniya tverdosti po Shoru A);
GOST 8486-86 “Igna bargli daraxtlardan tayyorlangan yogʻoch materiallari” (rasmiy manba: Pilomateriali xvoynix porod. Texnicheskiye usloviya);
GOST 2695-83 “Listvyak turidagi yogʻoch materiallar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Pilomateriali listvennix porod. Texnicheskiye usloviya).
2-bob. Umumiy qoidalar
2. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlarini loyihalashda dastlabki maʼlumotlarga quyidagilar kiritilishi lozim:
dastgohlarning texnik koʻrsatkichlari (nomi, turi, quvvati, umumiy massasi, harakatlanuvchi qismlarning massasi kinematik sxemasi, zarb beruvchi qismlari va tezligi);
statik kuchlarning qiymati, qoʻyilish joylari va taʼsir etish yoʻnalishlari, meʼyordagi ishlatish hamda avariya rejimlarida dinamik kuchlarning, shuningdek poydevor boltlariga taʼsir etadigan kuchlarning amplitudalari, chastotalari, fazalari, vaqt boʻyicha oʻzgarishi;
taʼsir etish yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (kuchlarni uzatish maydonlarining oʻlchamlari, zavodda dastgohlarga vibrozolyatsiya (titrashga qarshi tadbir) qilinganligi haqidagi maʼlumotlar;
ishlab chiqarish texnologiyasi shartlari, poydevorlar va zaminlarning deformatsiyalanishi (choʻkishi, ogʻishi, egilishi, tebranishlari amplitudasi) chegaraviy qiymatlari haqidagi maʼlumotlar, dastgohlar ayrim qismlarining uzaro deformatsiyalanishi cheklashga doir talablar;
dastgoh (agregat) tagiga alohida poydevor qilish yoki ularni umumiy poydevor ustiga oʻrnatish;
agregatlangan jihozning tayanch plitalari (ramalari) koʻrsatkichlari hamda ularni poydevorga biriktirish turi;
dastgoh mahkamlash elementlari hamda qoʻshimcha jihozlar va kommunikatsiyalarni joylashtirish chegarasida poydevor gabaritlari chizmasi (oʻyiqlar, ariqchalar va teshiklarning oʻrni va oʻlchamlari)
poydevor boltlarni joylashtirish chizmalari (boltlarning turi va diametrlarini quyma detallar);
loyihalanayotgan poydevorni bino (inshoot) konstruksiyalariga ularning poydevoriga bogʻlash;
bino (inshoot) ning xususiyatlari, uning ichidagi jihozlar va kommunikatsiyalar;
siqiladigan qatlam chuqurligida zamin gruntlarining fizik-mexanik xossalari;
poydevorning deformatsiyalanishi cheklangan hollarda gruntlarning titrashdan yoyiluvchanligi;
statik va dinamik kuchlar taʼsiridagi gruntlarning bikr (qattiq)lik koeffitsiyentlari va qoziqlarning yuklama koʻtaruvchanlik xususiyatlari;
poydevor va uning chuqurchalarini yer osti suvlaridan, zararli muhitlar va sanoat oqovalari taʼsiridan, harorat oʻzgarishlaridan himoya qilishga qoʻyiladigan maxsus talablar.
3. Poydevor tagligidagi hisobiy statik yuklardan hosil boʻladigan oʻrtacha statik bosim yuk boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti , 1 ga teng deb qabul qilinishi, bunda zamin gruntining hisobiy qarshiligi koeffitsiyenti R ni SHNQ 2.02.01-19ga muvofiq poydevorning oʻlchami va chuqurligini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
3-bob. Poydevorlarni loyihalashga oid talablar
4. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlari quyidagilarni taʼminlashi lozim:
mustahkamlik va meʼyordagidek ishlashga yaroqlilik boʻyicha hisoblarni;
ish oʻrinlarida joylashtirilgan poydevorlar yoʻl qoʻyiladigan titrashlar darajalari boʻyicha mehnat xavfsizligini;
5. Poydevorlarning tebranishlari texnologik jarayonlarga, poydevor ustida yoki undan tashqarida, shuningdek binolar va inshootlar konstruksiyasi yaqinida joylashgan jihozlarga zararli taʼsir koʻrsatmasligi lozim.
6. Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlarini loyihalash SHNQ 2.02.01-19, SHNQ 2.02.03-12, SHNQ 2.03.01-24 hamda SHNQ 2.03.05-23 talablariga muvofiq amalga oshirish kerak.
7. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlari yaxlit, yigʻma-yaxlit va yigʻma-beton yoki temir-betondan boʻlishi, shuningdek metalldan qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
8. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlarini yaxlit, davriy ishlaydigan, (aylanuvchi qismlari boʻlgan, krivoship-shatunli) yigʻma-yaxlit hamda yigʻma koʻrinishda loyihalash lozim.
9. Yaxlit va yigʻma-yaxlit poydevorlar uchun ishlatiladigan betonning siqilishiga mustahkamlik sinfi 12,5 dan yigʻma poydevorlar uchun esa, V15 dan past boʻlmasligi lozim.
Uskunalarning armaturalanmagan poydevorlari uchun V7,5 sinfdagi betonni ishlatishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, poydevorga dinamik yuklamalar, yuqori texnologik harorat taʼsir qiladigan boʻlsa, beton sinfi V15dan past boʻlmasligi kerak.
10. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlari har bir dastgoh (agregat) uchun alohida yoki bir necha dastgoh (agregat)ga umumiy qilib loyihalanishga yoʻl qoʻyiladi.
11. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlari bino, inshoot va jihozlarning qoʻshni poydevorlaridan hamda poldan ochiq chok bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
12. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlarini binoning poydevoriga tutashtirishga yoki ularga binolarning konstruksiyasini tirashga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlarining tebranishini kamaytirish uchun asoslantirilgan hisoblar bilan tebranishdan himoya vositalari qoʻllashga yoʻl quyiladi.
14. Tebranish yordamida poydevor tagligidagi tebranish darajasini fon rejimi qiymatigacha tushirilganda zamin faqat statik yuklar taʼsiriga hisoblanishi kerak.
15. Seysmik faol hududlarda uskunalarni seysmik kuchlar taʼsiridan himoya qilish uchun poydevorlarni himoyalash tadbirlari amalga oshirilishi kerak.
16. Seysmik himoya tayanch qurilmalari zilzilalar taʼsirini soʻndiruvchi inshootlarning poydevori va yer usti bikr konstruksiyasi orasida joylashgan elastik, plastik, qovushqoq, quruq ishqalanish va aralash xususiyatlarga ega boʻlgan qurilmalardan iborat tayanchlar hisoblanishi kerak.
17. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlari bino va inshootlar, uskunalarning poydevoridan hamda poldan alohida qilib loyihalanishi lozim.
18. Seysmik himoya tayanch qurilmalariga gorizontal va vertikal yuklarning teng taqsimlanishini taʼminlash uchun ularning ustki qismida bikr balkalar tizimi yoki yaxlit poydevor plitasi (rostverk) konstruksiyasini loyihalash kerak.
Bikr balkalar tizimi yoki yaxlit poydevor plitasi (rostverk) konstruksiyasi uskunalar tayanchlari bilan bikr mahkamlangan boʻlishi, bunda zilzila paytida uskunaning nomuntazam shakli hisobiga buralish deformatsiyasining paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Bikr balkalar tizimi yoki yaxlit temir-beton poydevor plitasi (rostverk) massasi, poydevor tizimini dinamik kuchlar taʼsiriga chiziqli hamda chiziqsiz hisob natijalariga asosan oʻrnatilishi kerak.
20. Seysmik himoya tayanch qurilmalari tizimida konstruktiv tizimga bogʻliq holda bir paytning oʻzida dempferlar, soʻndirgichlar, bogʻlar, koʻchishlarni cheklovchi elementlarni hisobga olgan holda asoslangan dinamik hisob natijalari asosida qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
21. Seysmik himoya tayanch qurilmalari bir xil sathda hamda tashqi taʼsirlarning teng taqsimlanishini taʼminlash maqsadida poydevorning loyihasida oʻzaro simmetrik joylashtirish kerak.
22. Seysmik himoya ustida joylashgan tayanchlar hamda ularga yaqin inshootlar orasidagi masofa dinamik hisob natijalari asosida aniqlanishi lozim.
23. Zilzila taʼsirida seysmik himoya qurilmalari ustida joylashgan bikr konstruksiyaning erkin koʻchishiga imkoniyat yaratilishi kerak.
24. Ushbu SHNQning 1-rasmiga muvofiq quyidagi seysmik himoya tayanchining noanʼanaviy usuli qoʻllanilishi, bunda uskuna poydevori va uning ostida joylashgan bikr poydevor plitasi (rostverk) orasiga seysmohimoya qatlami loyihalanishi zarur.
1-rasm. Uskunaning seysmik himoyalash usuli
1-yaxlit poydevor, 2-qum-shagʻal aralashmasi, 3-elastik sterjenlar, 4-poydevor plitasi (rostverk), 5-yaxlit poydevorning yon devorlari, 6-rezina parchalari yoki rezina-shagʻal aralashmasi, 7-tebranish himoyasi (vibroizolyatsiya), 8-uskunaning tayanch qismi, 9-dinamik yuklamali uskuna
25. Mazkur SHNQning 1-rasmidagi aktiv seysmik himoya chora-tadbiri yaxlit poydevor, bikr temir-beton poydevor plitasi (rostverk) orasida qum-shagʻal aralashmasida joylashgan qistirib bikr mahkamlangan elastik sterjenlar hamda poydevor plitasi (rostverk) va poydevor yon devorlari perimetri boʻylab toʻldirilgan shagʻal yoki shagʻal-rezina parchalari aralashmasidan iborat boʻlishi lozim.
26. Qum-shagʻal aralashmasida joylashgan elastik sterjenlar binodan tushadigan vertikal yuklarning bir qismini oʻziga qabul qilishi, bikr poydevor plitasi (rostverk) konstruksiyasini seysmik tebranishlarda boshlangʻich holatiga qaytarishi kerak.
27. Qum-shagʻal aralashmasidan iborat qatlam uskuna poydevor plitasi (rostverk)idan tushadigan yuklarning bir qismini elastik sterjenlarning boʻylama siqilishdagi deformatsiyasiga mos ravishda qabul qilishi lozim.
28. Dinamik hisob natijalari boʻyicha seysmik kuchlar taʼsirida uskuna ustuvorligini taʼminlashda, seysmohimoya tayanch qurilmalarining ustki bikr balkalar tizimi yoki yaxlit poydevor plitasi (rostverk) konstruksiyasining massasini toʻgʻri tanlash kerak.
29. Uskunalar seysmik himoya tayanch yechimining ishlashini taʼminlash uchun uskuna poydevor plitasi (rostverk) yon devorlaridagi toʻldiruvchilari orqali tashqi suvlarning tushishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
30. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlarini (quvvati 25 ming kW va undan ortiq boʻlgan turboagregatlar poydevorlari bundan mustasno) barpo etishda agar gruntning tarkibida zamin siqilishi paytida notekis choʻkishga olib keladigan organik aralashmalar boʻlmaganda koʻtarma gruntlardan qurishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, koʻtarmali gruntlardan tayyorlangan zamin SHNQ 2.02.01-19 talablariga muvofiq zichlangan boʻlishi kerak.
31. Yuritgichning quvvati 500 kW dan kam boʻlgan, noimpuls taʼsir qiladigan dastgohlarning poydevorlarini (poydevor tovoni tagida hisobiy statik yuklardan paydo boʻladigan oʻrtacha bosim 70 kPa (0,7 kgf/cm2) dan kichik kamida ikki yil turgan qumli toʻkma gruntlarda va kamida 5 yil turgan changli-loyli gruntlardan qurishga yoʻl qoʻyiladi.
32. Dinamik yuklamani dastgohlarning poydevorlarini tabiiy zaminda loyihalashda poydevor tovoni yuzasining ogʻirlik markazi va dastgoh, poydevor hamda uning chetlari va chiqiqlaridagi gruntlar ogʻirligidan paydo boʻladigan statik yuklamalarning teng taʼsir etuvchilari taʼsir chizigʻi, qoziqli poydevorlarda esa qoziqlar tarhi ogʻirlik markazi va dastgoh hamda poydevor plitasi (rostverk) ogʻirligidan paydo boʻladigan statik yuklamalarning teng taʼsir etuvchilari taʼsir chizigʻi bir vertikal (tik) chiziqda yotishi lozim.
33. Ekssentrisitet hisobiy qarshiligi Ro 3) boʻlgan gruntlar uchun ogʻirlik markazi siljigan yoʻnalishdagi poydevor tovoni oʻlchamlarining 3 foizdan hisobiy qarshiligi Ro > 150 kPa (1,5 kgf/cm3) boʻlgan gruntlar uchun, shuningdek osma qoziqlardan iborat poydevorlar uchun 5 foizdan oshmasligi kerak.
34. Ro qiymatini SHNQ 2.02.01-19ning jadval maʼlumotlari boʻyicha aniqlanishi, bunda turboagregatlarning poydevorlari uchun ekssentrsitet, Ro qiymatidan qatʼiy nazar koʻrsatilgan oʻlchamning 3 foizidan oshmasligi lozim.
Qoyatoshli gruntlardan iborat zaminlar uchun hamda ustun-qoziqli poydevorlar uchun ekssentrisitet qiymati normalanmaydi.
35. Ekssentrisitet boʻyicha cheklovlar buzilganda mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq massiv va devorli poydevorlarni tebranishlarga hisoblanishi, bunda poydevorning nomarkaziy yuklanishi natijasida yuzaga keladigan chetdagi bosim qiymati 1-formula boʻyicha aniqlanadigan qiymatdan 25 foizdan katta boʻlmasligi kerak.
36. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlarini quyidagicha loyihalash lozim:
blok yoki plita koʻrinishida yaxlit holda (dastgoh qismlarini, qoʻshimcha jihozlarini, kommunikatsiyani joylashtirish uchun zarur chuqurchalar, quduqlar va teshiklar boʻlishi);
pastki poydevor plitasi, devorlar va yuqori plita yoki ramadan iborat boʻlgan devorli koʻrinishda (yuqori plitaga jihoz joylashtiriladi);
ramali koʻrinishda;
har xil konstruksiyali, shuningdek poydevor plitasi (rostverk)siz qoziqli yengil koʻrinishda.
37. Aylanuvchi qismlari, krivoshiv-shatun mexanizmlari mavjud jihozni hamda temir-beton tayanch plitalarga agregatlanadigan uskuna jihozini sanoat binolarining poliga toʻshama qatlam ustiga poydevorsiz oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
38. Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorining tomoni toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻlishi va bir belgida joylashtirilishi lozim.
39. Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlarining balandligini past qilib loyihalanishi, bunda texnologik jihozlarning joylashtirilishi, oʻyiqlar va shaxtalar, poydevor boltlarining chuqurligi hisobga olinishi kerak.
40. Ramali poydevorlarni loyihalashda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
umumiy geometrik sxema, elementlarning shakli hamda poydevor simmetriyasiga rioya qilish;
kundaning ramalar rigellarini tayanchning oʻqlariga nisbatan simmetrik tarzda joylashtirish;
ekspentrisitetli rigellar va toʻsinlarga yuklar tushishidan himoyalash;
poydevorlarning ustini balandlik boʻyicha chiqiqlarsiz loyihalash.
41. Devorli va ramali poydevorlarda pastki poydevor plitasi balandligini hisoblab aniqlanishi, biroq devor qalinligi yoki tayanchlarning katta oʻlchamidan kam boʻlmasligi hamda kamida 0,4 m ga teng boʻlishi lozim.
42. Devorli poydevorning yuqori temir-beton plitasi (rama) devorlarga qattiq biriktirilishi lozim.
43. Devorlarni gorizontal dinamik yuklamalar taʼsiri boʻylab joylashtirish kerak.
44. Poydevor boltlarining turi, ularni oʻrnatish usullari hamda material va oʻrnatish koʻrsatkichlari QMQ 2.09.03-02 talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
45. Yuklamalar hamda diametri kamida 42 mm li boltlarni oʻrnatishni talab qiladigan dinamik yuklamalar uchun ajraladigan poydevor boltlarini qoʻllash lozim.
46. Boltlarning pastki uchidan poydevor tovonigacha boʻlgan masofa kamida 100 mm boʻlishi zarur.
47. Yaxlit poydevorlarni konstruktiv armaturalashda quyidagilar armaturalanishi kerak:
dastgohlarning staninalari tagidagi qismi;
poydevor kesimining oʻlchami keskin oʻzgaradigan joylari.
48. Poydevor tovonini umumiy armaturalashda boʻylama va koʻndalang sterjenlarning diametrini quyidagicha qabul qilish lozim:
kamida 10 mm (tovonning tomoni 3 m dan kam boʻlganda) va kamida 12 mm;
kamida 10 mm (tovonning tomoni 3 m dan katta boʻlganda) va kamida 12 mm (sterjenlarning qadami 200 mm).
49. Nozarbaviy taʼsirli dastgohlarning staninalari tagidagi poydevorni mahalliy armaturalashda sterjenlarning diametrini jihozni poydevorga mahkamlaydigan boltlarning diametriga koʻra mazkur SHNQning 1-jadvaliga asosan tanlash lozim.
50. Sterjenlar toʻrining oʻlchami dastgoh staninasining rejadagi oʻlchamidan 300 — 600 mm katta boʻlishi kerak.
51. Zarbaviy taʼsirlarni (yuklarni, kuchlarni) qabul qiladigan poydevorlar qismlarini armaturalashda toʻqima armaturadan foydalanalishi, bunda betonning himoya qatlami kamida 30 mm boʻlishi lozim.
1-jadval
52. Devorli va ramali poydevorlarni armaturalash ishlari SHNQ 2.03.01-24 ga muvofiq amalga oshirilishi, bunda quyidagi talablar ham hisobga olinishi lozim.
toʻsinlar, rigellar va ustunlarning oʻzagi konstuksiyaning koʻndalang kesimi perimetri boʻylab boʻylama sterjenlarga payvandlab qoʻyiladigan yopiq xomutlar yoki sterjenlar;
ustunlar simmetrik boʻylama armatura bilan (300 mm) armaturalanishi;
toʻsinlar va rigellarning yon yoqlari boʻylab balandlik boʻyicha kamida har 300 mm da oraliq sterjenlar (diametri kamida 12 mm) oʻrnatilishi;
devorli poydevor devorlarini konstruktiv armaturalashda vertikal sterjenlarning diametri kamida 12 mm, gorizontal sterjenlarniki esa kamida 10 mm boʻlishi, bunda ikkala yoʻnalishda ham sterjenlarning qadamini 200 mm ga teng deb qabul qilishi.
53. Poydevorlardagi harorat kirishish choklarini quyidagi masofalarda loyihalash lozim:
yaxlit beton poydevorlar uchun — 20 m;
yaxlit temir-beton poydevorlar uchun — 40 m;
yigʻma-yaxlit poydevorlar uchun — 50 m.
54. Poydevorlarning choklar bilan ajratilgan ayrim qismlariga bir-biri bilan qattiq biriktirilmagan jihozlar joylashtiriladigan boʻlishi kerak.
55. Haroratdan deformatsiyalanishni kamaytirish uchun vaqtinchalik harorat kirishish choklarini loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
56. Texnologik talablar boʻyicha poydevorlarning egilishi cheklangan hollarda harorat-kirishish choklari oʻrniga betonni quyish vaqtida harorat rejimini bir maromda tutib turish lozim.
Bunda, vaqtinchalik harorat-kirishish choklari qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
57. Agressiv muhitlar taʼsirida boʻladigan poydevorlar yoki ularning ayrim qismlari uchun QMQ 2.03.11-96 talablariga muvofiq ularni muhofaza qilish choralari koʻrilishi lozim.
4-bob. Zamin va poydevorlarni hisoblashga talablar
58. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlari va ularning zaminlarini hisoblashda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
poydevorlar yoki ularning alohida elementlarini tebranishlari amplitudalari ni aniqlash;
zamindagi poydevor tovoni tagidagi oʻrtacha statik bosim ni yoki qoziqlarning yuk koʻtaruvchanligini tekshirish;
poydevor konstursiyalari elementlarining mustahkamligini hisoblash.
2-jadval
59. Loyihalash topshirigʻida poydevorlarning siljishi va deformatsiyalanishini cheklovchi texnologik talablar mavjud boʻlganda, ularning statik hisoblarini zamin va poydevorning birgalikda deformatsiyalanishi lozimligi shartidan kelib chiqib bajarilishi lozim.
60. Tebranishlar amplitudalarini aniqlash ularning yoʻnalishlari va tegishli chastotalari boʻyicha alohida bajarilishi kerak.
Poydevor tebranishlari amplitudalari quyidagi shart bajarilishi lozim:
(1)
bu yerda:
α — poydevor tebranishlarining eng katta amplitudasi;
— poydevor tebranishlarining yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy amplitudasi boʻlib, loyihalash topshiriqda belgilanadi. Agar bu topshiriqda boʻlmasa, ushbu SHNQning 2-jadvaliga asosan aniqlanadi.
61. Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlarining tebranishlarini hisoblashda quyidagilarga yoʻl qoʻyiladi:
zaminni qayishqoq-qovushqoq chiziqli deformatsiyalanadigan jism deb hisoblashga;
ekssentrisitet ushbu SHNQning 10-bandida keltirilgan qiymatlardan oshmasa, poydevor massalarini taqsimlashda ekssentrisitetni hisobga olmaslikka;
ravon boʻlmagan qayishqoq siqilishda (poydevor tovoni shu poydevor tovoni ogʻirlik markazi orqali tebranishlar tekisligiga perpendikulyar oʻtuvchi gorizontal oʻqqa nisbatan burilganda) tebranishlar tekisligi qoʻzgʻatuvchi kuchlar taʼsiri chizigʻiga yoki qoʻzgʻatuvchi moment taʼsiri tekisligiga parallel deb qabul qilishga.
62. Dinamik yuklamali dastgohlar poydevoriga bir necha qoʻzgʻatuvchi kuchlar taʼsir qilgan va ularning bazaviy nisbatlari haqida maʼlumotlar boʻlmaganda, tebranishlarning eng noqulay shakllarini keltirib chiqaradigan kuchlarning sinfaza va fazaga qarshi taʼsiri variantlari koʻrib chiqilishi kerak.
63. Tabiiy zamindagi poydevor tovoni tagidagi oʻrtacha statik bosim ρ mazkur SHNQning 3-jadvalida keltirilgan dastgohlarning barcha turlari uchun quyidagi shart orqali aniqlanadi:
(2)
bu yerda:
ρ — poydevor tovoni ostidagi oʻrtacha statik bosim;
— ish sharoitlari koeffitsiyenti;
ushbu SHNQning 3-jadvalidan qabul qilinadi;
— zamin gruntlarining ish sharoitlari koeffitsiyenti;
oquvchan konsistensiyadagi (quyuqlikdagi)mayda changsimon suvga toʻyingan qumlar hamda changsimon gruntlar uchun 0.7 deb qabul qilinadi (zarb bilan tushuvchi qismining massasi 10 t dan ortiq boʻlgan temirchilik bosqonining poydevorini loyihalashda namligi kam va nam mayda va changsimon qumlar hamda oʻrtacha yiriklikdagi va yirik suvga toʻyingan qumlar uchun =0.7 deb qabul qilinadi);
boshqa barcha tur va holatdagi gruntlar uchun =1 deb olinadi;
R — zamin gruntining hisobiy qarshiligi boʻlib, SHNQ 2.02.01-19 talablariga muvofiq aniqlanishi kerak.
64. Har xil turdagi dastgohlarning poydevorlari konstruksiyalarining elementlarini ushbu SHNQning 3-formulasi boʻyicha aniqlanadigan hisobiy dinamik yuklar (kuchlari) statik taʼsiriga mustahkamligini hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, kuchsizlashgan kesimlar, konsolli qismlardan tashqari yaxlit poydevorlar mustahkamlikka hisoblanmaydi.
65. Hisobiy statik yuklar (kuchlar)ni aniqlashda (poydevorning ogʻirligi, chetlaridagi grunt ogʻirligi) yuklama (kuch) boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti QMQ 2.01.07-96 ga muvofiq olinishi, shuningdek 1 ga teng deb qabul qilinishi lozim.
66. Dinamik yuklamali dastgohlar aylanuvchi qismlari dinamik taʼsirdan paydo boʻladigan hisobiy dinamik kuchlar yoki kuch taʼsirining alohida turidan iborat boʻlgan yuklamalar (masalan, qisqa tutashuv payti, tegirmon bolgʻasining uzilib ketishi) quyidagi hollarda aniqlanishi kerak:
tebranishlarni dastgoh ishining meʼyordagi foydalanishga;
meʼyoriy dinamik kuch qiymatining yuklama (kuch) boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti =1 ga koʻpaytmasi sifatida hisoblashda.
3-jadval
Poydevor konstruksiyalari elementlarining mustahkamligini quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(3)
bu yerda:
va — yuklama (kuch )boʻyicha ishonchlilik va dinamiklik koeffitsiyentlari ushbu SHNQning 4-jadvali boʻyicha qabul qilinadi;
— dastgoh ishining meʼyordagidek foydalanishga hamda dinamik yuklama (kuch) ning meʼyoriy qiymati.
67. Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlarini seysmik hududlarda loyihalashda yaxlit poydevorlar elementlarining mustahkamligini hisoblash ishlarini seysmik taʼsirlarini inobatga olmay bajarish lozim.
68. Ramali, devorli va yengil poydevorli seysmik taʼsirlarga hisoblashda yuklama(kuch) larning alohida uygʻunlashuvi (birikishi) jumlasiga dastgohlar meʼyordagi foydalanish tartibida paydo qiladigan hisobiy dinamik yuklama (kuch) larni (yuklama boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti =1) qoʻshish lozim.
69. Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlari tabiiy zaminlarning asosiy qayishqoqlik koʻrsatkichi qayishqoq siqilish koeffitsiyenti ) (t/) ni sinashlar natijalari boʻyicha aniqlash kerak.
70. Sinashlar natijalari boʻlmagan taqdirda, tovonning yuzasi A 200 m2 dan katta boʻlgan poydevorlar uchun qiymatini quyidagi formuladan aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
=E (4)
bu yerda:
— koeffitsiyent, m-1 qumli gruntlar, 1, qumoq va qumloq gruntlar, 1 2, loylar va yirik boʻlakli gruntlar uchun 1,5 deb qabul qilinadi;
E — poydevor tagligidagi gruntning deformatsiyalanish moduli kPa (t/m2) boʻlib, SHNQ 2.02.01-19 talablariga muvofiq aniqlanadi:
m2
A — poydevor tovoni yuzasi , m2.
71. Tovonining yuzasi A 200 m2 dan katta boʻlgan poydevorlar uchun koeffitsiyent qiymati xuddi tovonining yuzasi A=200 m2 poydevorlardagidek qabul qilinishi lozim.
72. Ravon boʻlmagan qayishqoq siqilish koeffitsiyenti kN/m3 ravon qayishqoq siljish koeffitsiyenti kN/m3 hamda ravon boʻlmagan qayishqoq siljish koeffitsiyenti kN/ m3 quyidagicha olinadi:
(5)
(6)
(7)
73. Tabiiy zaminlar uchun bikrlik (qattiqlik )koeffitsiyentlari va quyidagi formulalardan aniqlanishi lozim:
ravon qayishqoq siqilishda — , kN/m:
A (8)
ravon boʻlmagan qayishqoq siqilishda (poydevor tovonining shu poydevor tovoni ogʻirlik markazi orqali tebranishlar tekisligiga perpendikulyar oʻtuvchi gorizontal oʻqqa nisbatan burilganda) — ,;
(9)
ravon qayishqoq siljishda,;
=A; (10)
ravon boʻlmagan qayishqoq siljishda (poydevor tovonining shu poydevor tovoni ogʻirlik markazi orqali oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan burilganda)-,;
(11)
9 va 11-formulalarida:
— poydevor tovoni yuzasining tebranishlar tekisligiga perpendikulyar gorizontal oʻqqa va uning ogʻirlik markazi orqali oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan inersiya momentlari, .
4-jadval
74. Zaminning dempferlash xossalari nisbiy dempferlash ξ (tebranishlarning kritik soʻnishi ulushi) bilan hisobga olinishi, bunda sinashlar natijalari boʻyicha aniqlanishi kerak.
75. Tajribaviy maʼlumotlar boʻlmaganda, vertikal tebranishlar uchun nisbiy dempferlash ni quyidagi formulalar boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
a) barqaror va tasodifiy tebranishlar uchun:
, (12)
(* qavslardagi formulalar “texnik” birliklar tizimiga mos).
b) barqarormas (impuls) tebranishlar uchun:
, (13)
bu yerda:
r — ushbu SHNQning 22-bandida keltirilgandek boʻlishi, kPa (t/);
E, — ushbu SHNQning 27-bandida keltirilgandek boʻlishi.
76. Poydevorlarni hisoblashda dempferlash koʻrsatkichi sifatida soʻnish moduli dan foydalanishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, u garmonik va tasodifiy tebranishlar uchun quyidagi formuladan aniqlanishi lozim:
. (14)
Impuls tebranishlar uchun qiymati 2-marta kattalashtiriladi.
77. Gorizontal va vertikal oʻqlarga nisbatan gorizontal va vertikal tebranishlar uchun nisbiy dempferlash va soʻnish moduli quyidagilarga teng deb qabul qilinishi kerak:
; (15)
(16)
=0,3; (17)
78. Bir turdagi dastgohlarni umumiy poydevorga guruhlab oʻrnatganda, ϳ poydevor tebranishlari amplitudalari qiymati α ni ϳ=2 da amplitudalar yigʻindisi sifatida, ϳ>2 da esa quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
(18)
bu yerda:
k — koeffitsiyent, davriy ishlaydigan dastgohlar uchun 1,5, impuls yuklama(kuch) li dastgohlar uchun 0,7 tasodifiy dinamik yuklama (kuch)li dastgohlar uchun 1 deb qabul qilinadi;
— i dastgoh ishlaganda poydevor tebranishlar amplitudasi;
ϳ — dastgohlar soni.
79. Amplitudalarning hisobiy qiymati ushbu SHNQning 1-formulasini taʼminlashi lozim.
80. Turli turdagi dastgohlarni umumiy poydevorga guruhlab oʻrnatishda, poydevor tebranishlari amplitudasini uning ishlaganda paydo boʻladigan tebranishlar amplitudasi yigʻindisi sifatida aniqlash lozim.
81. Mazkur SHNQning 1-shartida yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy amplituda dastgoh turi va hisobiy amplitudaning eng katta tashkil etuvchisiga mos tebranishlar chastotasi uchun mazkur SHNQning 2-jadvalida keltirilgan qiymatlardan 30 foizdan katta qilib olinishi kerak.
82. Davriy va tasodifiy yuklama (kuch)li dastgohlarni alohida turgan poydevorlarga oʻrnatishda, poydevorlarning tebranishlar amplitudasi boshqa poydevorlarga oʻrnatilgan dastgohlar ishlaganda gruntda tarqaladigan tebranishlarni ham hisobga olgan holda ushbu SHNQning 4-ilovasiga muvofiq aniqlash lozim.
Bunda, yuklama (kuch)larni qabul qiluvchi poydevorning yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy tebranishlari amplitudasini mazkur SHNQning 2-jadvalida keltirilgan yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy amplitudalar qiymatidan 30 foiz katta olish kerak.
83. Alohida poydevorlarga oʻrnatiladigan impuls yuklama(kuch)li dastgohlarning poydevorlari uchun tebranishlar amplitudalarini hisoblash ishlarini tebranishlarning grunt boʻyicha uzatilishini hisobga olmasdan bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
84. Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlarining vertikal (gorizontal) titrashlarida gruntning vertikal (gorizontal)tebranishlari amplitudalarini quyidagi formula boʻyicha hisoblash lozim:
, (19)
bu yerda:
— poydevor, gruntdagi toʻlqinlar manbai oʻqidan r masofada yotgan nuqtada gruntning sirtda vertikal(gorizontal) tebranishlar amplitudasi;
— poydevor, gruntdagi toʻlqinlar manbaining poydevor tovoni sathida erkin yoki majburiy vertikal tebranishlari amplitudasi;
turli xil dinamik yuklamali dastgohlar uchun majburiy ushbu SHNQning 1 — 3-ilovalaridagi formulalar boʻyicha aniqlanadi, bunda ni minus (ayiruv) ga almashtirish lozim:
bu yerda:
r — poydevor-manba oʻqidan tebranishlar amplitudasi aniqlanadigan grunt sirtidagi nuqtagacha boʻlgan masofa;
— poydevor manba tovonining keltirilgan radiusi, .
85. Gruntda tarqaladigan toʻlqinlar chastotasini dastgoh poydevori tebranishlari chastotasiga teng deb qabul qilish lozim.
86. Gruntda tarqaladigan tebranishlar amplitudalarini aniqlash uchun maxsus tajribaviy tadqiqotlar asosida grunt tebranishlarini aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
87. Notekis choʻkishlarga sezgir va qurilish konstruksiyalari yoki grunt orqali dinamik yuklamali dastgohlardan tushadigan dinamik yuklamalar (kuchlar)ni qabul qiluvchi binolar va inshootlarni loyihalashda tabiiy zamindagi poydevor tovoni ostidagi oʻrtacha bosim quyidagi 20-formula orqali aniqlanadi:
pR (20)
88. Impulsli manbalardan grunt sirtida paydo boʻladigan tebranishlar tezligi, zona chegaralarida bino va inshootlar poydevorlari uchun ushbu SHNQning 20-formulasi bajarilishi lozim:
15 mm/s dan katta;
bu yerda:
— mazkur SHNQning 19-formulasidan aniqlanadigan grunt tebranishlari amplitudasi;
— davriy yuklama (kuch)li dastgohlar uchun poydevor-manbaining majburiy tebranishlari burchak chastotasi yoki impulsli yoki tasodifiy yuk (kuch)li dastgohlar uchun xususiy tebranishlari burchak chastotasi;
davriy va tasodifiy manbalarda 2 mm/s dan katta boʻladigan.
89. Zarbiy taʼsir qiladigan dastgohlarning poydevorlari uchun yaxlit kesimli temir-beton qoziqlarni qoʻllash lozim.
Qoziqlar markazlari oʻrtasidagi masofani SHNQ 2.02.03-12 ga muvofiq, biroq koʻpi bilan 10d deb qabul qilish lozim (d — qoziqlar diametri yoki koʻndalang kesimi tomonining kichik oʻlchami).
90. Dinamik yuklamali dastgohlarning qoziqli poydevorlarini zamin gruntlarining koʻtaruvchanlik xususiyati boʻyicha hisobiy statik yuklar taʼsiriga hisoblashni SHNQ 2.02.03-12 ga muvofiq bajarish lozim.
91. Qoziqlarning yon sirtida va ularning pastki uchi ostida zaminlarning hisobiy qarshiligi qoʻshimcha ravishda zamin grunti ish sharoitlari koeffitsiyentlari va osma qoziqlar uchun ularning yigʻindisi esa ish sharoiti koeffitsiyenti ga (qiymati ushbu SHNQning 3-jadvalida keltirilgan) koʻpaytirilishi lozim.
Ustun-qoziqlar uchun koeffitsiyent birga (1ga) teng deb qabul qilinishi kerak.
92. Qoziqlarning koʻtaruvchanlik hususiyati dala sinovlari natijalari boʻyicha aniqlanganda, koeffitsiyentlar oʻrniga zamin gruntlari ish sharoitlari koeffitsiyenti kiritilishi lozim.
93. Qoziqlar mazkur SHNQning 5-jadvalidagi “a” kichik bandida keltirilgan gruntlarga tiralgan holda qoziqlarning koʻtaruvchanlik hususiyatini uzoq muddat taʼsir qiladigan dinamik yuklama (kuchlar) bilan oʻtkaziladigan dala sinovlari natijalari boʻyicha aniqlash lozim.
Bunday maʼlumotlar boʻlmaganda, qoziqlarning koʻtaruvchanlik hususiyatini SHNQ 2.02.03-12 ga muvofiq dala sinovlari natijalari boʻyicha koeffitsiyentlar va oʻrniga koeffitsiyent ni qoʻllagan holda aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
5-jadval
94. Dinamik yuklama (kuch)lar paydo boʻladigan dastgohlarning poydevorlari yaqinida joylashgan binolar va inshootlarning qoziqli poydevorlarini loyihalashda qoziqlarning koʻtaruvchanlik hususiyati SHNQ 2.02.03-12 talablariga muvofiq zamin gruntlarining qoʻshimcha ish sharoitlari koeffitsiyenti ni hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
Bunda, ushbu koeffitsiyentning qiymati mazkur SHNQning 36-bandiga muvofiq aniqlanishi, bu koeffitsiyent hisobga olinadigan zona oʻlchamlarini esa mazkur SHNQning 34-bandiga koʻra qabul qilish lozim.
95. Dastgohlarning qoziqli poydevorlari tebranishlari tabiiy zamindagi poydevorlar uchun foydalanilgan formulalar boʻyicha hisoblanadi, biroq quyidagilar kiritilishi kerak:
massa va bikrlik (qattiqlik)lar inersiya momentlari m, qiymatlari oʻrniga ularga mos keltirilgan qiymatlar ;
ushbu SHNQning 95-bandidagi qiymatlar va 21 — 36-formulalar.
96. Qoziqli poydevorlarning vertikal tebranishlari uchun quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanishi lozim:
; (21)
; (22)
bu yerda:
; (23)
; =;
ushbu SHNQning 21 — 23 formulalarida:
— poydevor plitasi (rostverk) va uning ustiga oʻrnatilgan dastgohning umumiy massasi, t (t m);
mi,p — i qoziqning gruntga botgan qismi massasi, t (t );
mio — i qoziqning grunt sirtidan yuqori qismi massasi, t (t /m);
N — qoziqlar soni;
— qoziq materialining qayishqoqlik moduli, kPa (t/);
— qoziqning gruntga botish chuqurligi, m;
— poydevor plitasi (rostverk) tovonidan grunt sirtigacha boʻlgan masofa, m, past poydevor plitasi (rostverk) uchun =0;
— qoziq koʻndalang kesimi yuzasi,
u — qoziq koʻndalang kesimi perimetri, m;
— qoziqlarning pastki uchlari sathida gruntning ravon qayishqoq siqilish koeffitsiyenti, kN/ (t/formula (4) boʻyicha aniqlanadi (poydevor tovoni yuzasi A qoziqning pastki uchi eng katta koʻndalang kesimi yuzasiga teng, koeffitsiyent qiymati esa qoqma qoziqlar uchun ikki marta katta olinadi);
k* — qoziqlar uchun quyidagicha qabul qilinadigan koeffitsiyent:
yaxlit temir-beton qoziqlar uchun — 2;
ichi boʻsh temir-beton qoziqlar uchun — 2,5;
yogʻoch qoziqlar uchun — 3,5;
Cp.k — k qatlamda qoziqning yon sirtiga gruntning solishtirma qayishqoq qarshiligi ushbu SHNQning 6 va 7-jadvallari boʻyicha qabul qilinadi;
C0 — 10000 kN/ deb qabul qilinadigan koeffitsiyent;
kl va kl* — grunt sirtidan =0,2 ga teng chuqurlikkacha hisoblanadigan grunt qatlama raqami;
lk — gruntning k qatlami qalinligi;
th — giperbolaik tangens.
97. Qoziqlar orasida masofani 5d dan 2d gacha qisqartirilganda, qiymatini ikki marta kamaytirish lozim (oraliq masofalar uchun interpolyatsiya yoʻli bilan aniqlanadi).
98. Qoziqli poydevorlarning gorizontal tebranishlari uchun quyidagi formulalar bajarilishi kerak:
, (24)
, (25)
6-jadval
, (26)
bu yerda:
I — qoziq koʻndalang kesimi yuzasining inersiya momenti, m4;
— “qoziq-grunt” tizimining qayishqoq deformatsiyalanish koeffitsiyenti ushbu formuladan aniqlanadi:
; (27)
— da SHNQ 2.02.03-12 talablariga muvofiq aniqlanadigan deformatsiya koeffitsiyenti.
Poydevor plitasi (rostverk) bilan sharnirli tutashgan qoziqlar uchun:
P=+, (28)
Poydevor plitasi (rostverk)ka qisilgan qoziqlar uchun:
P=, (29)
mazkur SHNQning 28 va 29-formulalarida:
— qoziqni botirish keltirilgan chuqurligi = va uning pastki uchi tiralish shartlari koeffitsiyentlari.
7-jadval
Qoziqli poydevorlarning gorizontal-aylanma tebranishlari uchun:
, (30)
, (31)
; (32)
, (33)
mazkur SHNQning 31 — 33-formulalarida:
— poydevor plitasi (rostverk) va dastgohning umumiy ogʻirlik markazi orqali tebranishlar tekisligiga perpendikulyar oʻtuvchi gorizontal oʻqiga nisbatan shu poydevor plitasi (rostverk) va dastgoh massasining inersiya momenti, t ∙ (t ∙ m ∙ );
h2— massa ogʻirlik markazi dan poydevor plitasi (rostverk) tovonigacha boʻlgan masofa, m;
rh,i — i qoziq oʻqidan poydevor tovoni ogʻirlik markazi orqali tebranishlar tekisligiga perpendikulyar oʻtuvchi gorizontal oʻqqacha boʻlgan masofa.
Qoziqli poydevorning vertikal oʻqqa nisbatan aylanma tebranishlari uchun:
=; (34)
; (35)
; (36)
mazkur SHNQning 35 va 36 formulalarida:
— poydevor plitasi (rostverk)ning ogʻirlik markazi orqali oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan poydevor plitasi (rostverk) va dastgoh massasining inersiya momenti, t (t ∙ m ∙ );
rv,i — i qoziq oʻqidan poydevor plitasi (rostverk)ning ogʻirlik markazi orqali oʻtuvchi vertikal oʻqqacha boʻlgan masofa, m.
99. Qoziqli poydevorlar uchun nisbiy dempferlanishini sinovlar natijalari boʻyicha aniqlash lozim.
Bunday natijalar boʻlmaganda qoziqli poydevorlarning vertikal tebranishlarida nisbiy dempferlanishni barqaror tebranishlar uchun 0,2 va nobarqaror tebranishlar uchun 0,5 deb qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi, shuningdek larning qiymatlari mazkur SHNQning 15 — 17-formulalari boʻyicha aniqlanishi kerak.
5-bob. Aylanuvchi qismlari mavjud dastgohlarning poydevorlari
100. Turbodastgohlar (quvvati 100 ming kW gacha boʻlgan energetik, neft va gaz tortib chiqarish turboagregatlari, turbokompressorlar, havo yuborish turbodastgohlari, turbonasoslar), elektr dastgohlar (motor-generatorlar va sinxron kompensatorlar), sentrifugalar, markazdan qochma nasoslar, tutun xaydash nasoslari, ventilyatorlar va boshqa dastgohlarning poydevorlari mazkur bob talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
101. Mazkur SHNQning 40-bandida keltirilgan dastgohlarning poydevorlarini loyihalash uchun zarur dastlabki maʼlumotlarga quyidagilar kirishi lozim:
generatorning qisqa tutashuv paytida va kondensatorda vakuumni soʻrishda xosil boʻladigan yuklamalarning qiymatlari (bu yuklarni qoʻyish nuqtalarining koordinatalari va yuklamalarni uzatish yuzalarining oʻlchamlari dastgohlarning issiqlikdan deformatsiyalanishida paydo boʻladigan yuklamalar) haqidagi maʼlumotlar;
qoʻshimcha jihozlar (yogʻ va havo sovitkichlari moy baklari, nasoslar, quvur oʻtkazgichlari)ni joylashtirish sxemalari va bu jihozlar paydo qiladigan yuklamalar;
poydevorga tayanadigan yuzalarning sxemalari va ulardan tushadigan yuklama (kuch) larning meʼyoriy qiymatlari haqidagi maʼlumotlar;
montaj yuklamalarini aniqlash uchun zarur maʼlumotlar (bu yuklamalarni uzatish yuzalarining oʻlchamlari).
102. Quvvati 25 ming kW va undan yuqori boʻlgan turboagregatlarning poydevorlarini loyihalashda gruntlarning fizik-mexanik koʻrsatkichlari dala yoki laboratoriya sharoitida bevosita sinashlar asosida aniqlanishi lozim.
103. Aylanuvchi qismlari mavjud dastgohlarning poydevorlarini ramali, devorli yahlit yoki yengillashtirilgan poydevorlar tarzida loyihalash lozim.
104. Poydevorning konstruktiv sxemasini mazkur SHNQning 13 — 15-bandlaridagi talablarga asosan tanlanishi, bunda dastgoh vali oʻqi orqali oʻtadigan vertikal tekislikka nisbatan poydevorning simmetrik boʻlishiga rioya qilish lozim.
105. Devorli poydevorlarni dastgoh podshipniklari ostida joylashgan koʻndalang devorli qilib loyihalash kerak.
106. Tayyorlovchi zavodda temir-beton tayanch plitalar yordamida quvvati 400 kW gacha boʻlgan elektr dvigatellar yoki ichki yonuv yuritgichlari bilan agregatlanadigan markazdan qochma nasoslarni polning toʻshama qatlama ustiga poydevorsiz oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Quvvati 50 kW gacha boʻlgan yuritgichli agregatlar uchun temir-beton tayanch plitalarni 30 — 50 mm qalinlikdagi qum-sement qorishmada quyilgan toʻshama ustiga maxsus mahkamlashlarsiz oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Quvvati 50 kW yuqori yuritgichli agregatlar uchun temir-beton tayanch plita polning toʻshama qatlamiga poydevor boltlari bilan mahkamlanishi lozim.
107. Quvvati 25 ming kW va undan yuqori boʻlgan turboagregatlarning poydevorlarini namlikdagi gʻovak qumlarga, zichlikdagi mayda va changsimon suvga toʻyingan qumlarga, oquvchanlik koʻrsatkichi boʻlgan changsimon loyli gruntlarga, shuningdek deformatsiyalanish moduli 10 MPa dan kichik boʻlgan gruntlarga va suvga toʻyingan suffozi holatidagi gruntlarga tayantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
108. Ushbu SHNQning 40-bandida keltirilgan dastgohlarning ramali poydevorlari pastki plitalarni (poydevor plitasi (rostverk)larga) dastgohlarga xizmat koʻrsatish maydonchalarning ustunlarini va yertoʻla ustidagi orayopmani tayantirishga yoʻl qoʻyiladi.
109. Dastgoh xona ostiga umumiy poydevor plitasi loyihalanganda, shu plitaning ustiga bevosita dastgohlarning poydevorlarini qurishga yoʻl qoʻyiladi.
110. Poydevorlarning yuqori qismi elementlarini bino elementlari va konstruksiyalariga bogʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
111. Aylanuvchi qismlari mavjud dastgohlardan tushadigan meʼyoriy dinamik yuklamalar (vertikal va gorizontal ), kN ni loyihalash topshirigʻi maʼlumotlari boʻyicha qabul qilish lozim. Bu maʼlumotlar boʻlmaganda, quyidagi formula boʻyicha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi:
; (37)
bu yerda:
μ — mutanosiblik koeffitsiyenti;
9-jadval boʻyicha belgilanadi;
s — rotorlar soni;
Gi — dastgohning har qaysi rotori ogʻirligi.
112. Dastgohlardan tushadigan hamda ushbu dastgohlar poydevorga koʻrsatadigan eng katta dinamik taʼsirga mos boʻlgan dinamik yuklamalarni toʻplangan va podshipniklarni tutib turuvchi elementlar (rigellar,toʻsinlar)ning oʻqlari sathida ushbu elementlarga qoʻyilgan yuklamalar deb qabul qilish lozim.
8-jadval
113. Turbodastgohlarning poydevorlari uchun boʻylama gorizontal yoʻnalishdagi hisobiy dinamik yuklamani koʻndalang gorizontal yoʻnalishda dinamik yuklama qiymatining 0,5 qismiga teng deb qabul qilish lozim.
Aylanuvchi qismlari mavjud boshqa dastgohlar uchun boʻylama yuklama (kuch)ni nolga teng deb olish kerak.
114. Turbodastgohlarning poydevorlariga tushadigan qisqa tutashuv momenti , kN m va kondensator elastik ulangan holda, undagi tortish kuchi kN (t) ga mos keladigan meʼyoriy yuklamalarni loyihalash topshirigʻi boʻyicha yoki quyidagi formuladan aniqlash lozim:
; (38)
; (39)
Ushbu SHNQning 38 va 39-formulalarida:
N — elektr dastgohning meʼyoriy quvvati, kW;
nr — dastgohning aylanishlar chastotasi,ayl/min;
ksc — qisqa tutashuvdagi aylanish momentining karralik koeffitsiyenti; (loyihalash topshirigʻidan aniqlanadi, loyihalash topshirigʻida boʻlmaganda 10ga teng deb olishga yoʻl qoʻyiladi);
100(10) — quvuroʻtkazgich kesimining har 1 dagi vakuum tortish kuchi, kN/;
a — kondensatorni turbinaga biriktirish kallagi koʻndalang kesim yuzasi,
115. Aylanuvchi qismlari mavjud dastgohlar poydevorlari elementlaridagi zoʻriqishlarning hisobiy qiymatlarini aniqlashda, har qaysi alohida yuklama (kuch)lar birikuviga dastgohning dinamik taʼsiriga mos keladigan yuklamalardan faqat bittasini vertikal tekislikdagi vertikal kuch va momentni yoki gorizontal va vertikal tekisliklardagi gorizontal kuch va unga mos momentlarni qoʻshish lozim.
116. Kuch (yuklama)lar birikuvida kondensatordagi vakuum tortish kuchidan tushadigan yukni yuk boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti boʻlgan uzoq taʼsir etuvchi statik yuklama (kuch)sifatida hisobga olinishi kerak.
117. Qisqa tutashuv momenti kiradigan yuklamalar alohida birikuv hisoblanishi kerak.
118. Poydevorning yuqori plitasidagi meʼyoriy montaj yuklamasini loyihalash topshirigʻi boʻyicha qabul qilish kerak, biroq u kamida 10 kN/ boʻlishi lozim.
Yuklama (kuch) boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti =1,2 va dinamiklik koeffitsiyenti =1 ga koʻpaytirish kerak.
119. Aylanuvchi qismlari mavjud dastgohlarning barcha turdagi poydevorlari tebranishlarini hisoblash yuqori plita (ramali poydevorlar uchun) yoki poydevorning yuqori tomoni (yaxlit va devorli poydevorlar uchun) tebranishlarining eng katta amplitudasini aniqlanishi, shuningdek hisoblash ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq bajarilishi lozim.
120. Vertikal tebranishlar amplitudalari hisoblanmasligi zarur.
121. Tebranishlarni hisoblashda hisobiy dinamik yuklamalar qiymatlarini ushbu SHNQning 25 va 46-bandlari talablariga muvofiq aniqlash lozim.
122. Aylanishlar chastotasi 1000 ayl/min dan yuqori boʻlgan aylanuvchi qismlari mavjud dastgohlarning yaxlit va devorli poydevorlari uchun tebranishlarni hisoblamaslikka yoʻl qoʻyiladi.
123. Agregatlanadigan jihozlar tayanch plitasi tebranishlarini hisoblash yaxlit poydevorlardagi kabi bajarilishi, bunda poydevor massasiga jihozning massasini, tayanch plita massasini hamda bevosita plita ostidagi va plita yoqlaridan 0,5 m masofada yotgan tutashuvchi zonadagi polning toʻshama qatlama ogʻirligini qoʻshish lozim.
124. Temir-beton tayanch plitalarga montaj qilingan jihozdan paydo boʻladigan tebranishlarning tarqalishini cheklashda polning toʻshama qatlamida ochiq chok qilish lozim.
125. Pastki poydevor plitasining qalinligi ushbu SHNQning 3-ilovasidagi talablarga muvofiq deformatsiyani hisoblash bilan aniqlanishi kerak.
Bunda, poydevor tagligi maydoni ogʻirlik markazining ekssentrisiteti va statik yuklarning taʼsir chizigʻi quyidagi qoʻshimcha talablar bilan meʼyorlanmaydi:
poydevorning nomarkaziy yuklanishi uchun chekka bosimlar mazkur SHNQning 2-ifodasining oʻng tomonidan 25 foizdan ortiq boʻlmasa;
tebranishlarning hisobida eksentrisitetni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
6-bob. Krivoship-shatunli mexanizmlari mavjud dastgohlarning poydevorlari
126. Krivoship-shatunli mexanizmlari mavjud dastgohlarning poydevorlarini yaxlit yoki devorli koʻrinishda loyihalash lozim.
Krivoship-shatunli mexanizmlari vertikal joylashgan dastgohlar uchun ramali poydevorlar qilishga yoʻl qoʻyiladi.
127. Quvvati 400 kW gacha boʻlgan elektr yuritgich yoki ichki yonuv yuritgichli kompressorlar tayyorlovchi zavodda temir-beton tayanch plitalar yordamida agregatlangan boʻlsa, ularni polning toʻshama qatlamiga poydevorsiz oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Tebranishlarni hisoblash va temir-beton tayanchni polning toʻshama qatlamiga mahkamlash ishlarini ushbu SHNQning 43 va 55-bandlari talablarini hisobga olgan holda bajarish lozim.
128. Bino konstuksiyalari elementlarini dastgohlarning poydevorlariga tirash maxsus texnik shartlarni ishlab chiqgan holda yoʻl qoʻyiladi.
129. Poydevorlar konstuksiyalari elementlarining mustahkamligini hisoblashni ushbu SHNQning 24 va 25-bandlari talablarini hisobga olib bajarish lozim.
Mazkur SHNQning 3-formulasida - dastgohning qoʻzgʻatuvchi yuklamalari birinchi va ikkinchi garmonikasi eng katta amplitudasiga mos keladigan meʼyoriy dinamik yuklamani loyihalash topshirigʻida belgilanganidek qabul qilinishi lozim.
130. Gorizontal dastgohlar poydevorlarining tebranishlari amplitudalarini aniqlashda porshenlarning sirpanishiga parallel yoʻnalishdagi tebranishlar amplitudasini hisoblash bilan cheklanishga va qoʻzgʻatuvchi kuchlarning vertikal tashkil etuvchilari taʼsirini hisobga olmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
131. Vertikal dastgohlar poydevorlarining tebranishlar amplitudalarini hisoblashda quyidagilarga yoʻl qoʻyiladi:
gorizontal tebranishlar amplitudalarini faqat dastgohning bosh valiga perpendikulyar yoʻnalish uchun hisoblashga;
vertikal tebranishlar amplitudalarini faqat qoʻzgʻatuvchi kuchlar vertikal tashkil etuvchisi taʼsirini hisobga olib xisoblashga.
132. Silindrlari bir-biriga nisbatan maʼlum burchak ostida joylashgan dastgohlarning poydevorlari uchun majburiy tebranishlar amplitudalarini hisoblashni poydevorning dastgoh bosh valiga perpendikulyar tekislik uchun dastgoh qoʻzgʻatuvchi kuchlari va momentlarining vertikal xamda gorizontal tashkil etuvchilarini hisobga olib bajarish lozim.
133. Krivoship-shatunli mexanizmlari mavjud dastgohlarning poydevorlari tebranishlarini hisoblash mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq bajarilishi lozim.
134. Qoʻzgʻatuvchi kuchlar va momentlarning ikki garmonikadan biri ikkinchisining 20 foizidan kam boʻlsa va uning chastotasi poydevor tebranishlari chastotasidan 20 foizdan ortiq farq qilsa, majburiy tebranishlar amplitudalarini hisoblashda, uni hisobga olmaslik kerak.
Boshqa hollarda amplitudalarini hisoblashni qoʻzgʻatuvchi kuchlar va momentlarining birinchi ikki garmonikalaridan uchun bajarish lozim.
Bunda, garmonika uchun poydevor tebranishlari amplitudalarining hisobiy qiymati ushbu SHNQning 2-jadvalida keltirilgan eng katta qiymatlardan oshmasligi lozim.
135. Qoʻzgʻatuvchi kuchlar va momentlarning ikkinchi garmonikasi uchun gorizontal va vertikal tebranishlar amplitudalari qiymatini birinchi garmonika uchun aniqlangandek aniqlash lozim, biroq bunda formulalarda dastgoh aylanish burchak chastotasi oʻrniga 2 deb olish kerak.
7-bob. Temirchilik bosqonlarining poydevorlari
136. Temirchilik bosqonlarining poydevorlarini loyihalash uchun zarur dastlabki materiallar tarkibiga quyidagilar kiritilishi lozim:
bosqonning gabarit chizmalari (bosqonning turi (shtamplash, bolgʻalash) va markasi ham koʻrsatiladi);
tushuvchi qismlarning nominal (meʼyoriy) va haqiqiy massasi, ularning tushish balandligi;
shabot va staninaning massasi;
shabot tovonining oʻlchamlari va uning sex poliga nisbatan belgisi, shuningdek stanina tayanch plitasining oʻlchamlari;
rangli metallar yoki ularning qotishmalaridan buyumlar shtamplashda zarb tezligini tiklash koeffitsiyentining qiymati;
silindrning ichki diametri va bu yoki havoning ishchi bosimi (yoki zarb energiyasi).
137. Bosqonlarning poydevorlarining bikr plitalar yoki yaxlit bloklar tarzida loyihalash lozim.
Tushuvchi qismining massasi 3 t gacha va 3 t boʻlgan hamda bir qator joylashtirilgan bir nechta bosqon uchun bitta umumiy poydevor qilishga yoʻl qoʻyiladi.
138. Poydevorning shabot ostidagi qismining qalinligi mazkur SHNQning 9-jadvalida keltirilganidan kam boʻlmasligi lozim.
139. Temirchilik bosqonlarining poydevorlari ushbu SHNQning 17-bandi talablariga muvofiq armaturalanishi lozim.
9-jadval
140. Poydevorning shabot ostidagi qistirmaga tutash qismini 10 — 12 mm dan metrli sterjenlardan qilingan 100x100 mm oʻlchamdagi kvadrat uyali gorizontal toʻrlar bilan armaturalash lozim.
Toʻrlar vertikal boʻyicha 100 — 120 mm oraliqda qator qilib joylashtirilishi, ularning soni bolgʻa tushuvchi qismining massasi ga koʻra ushbu SHNQning 9-jadvaliga asosan qabul qilinishi lozim.
141. Bolgʻalash bosqonlari poydevorlarining bosqon staninasi tovoni tagida yotgan qismini 12 — 16 mm diametrli sterjenlardan qilingan kvadrat uyali gorizontal toʻrlar bilan armaturalanishi, bunda ularning qadami boʻylama va koʻndalang yoʻnalishlarda 200-300 mm boʻlishi kerak.
Temirchilik bosqonlarining barcha turdagi shaboti uchun moʻljallangan chuqur yoqlariga armatura toʻrlarini oʻrnatish hamda bunday toʻrlarning vertikal sterjenlari poydevor tovoniga yetib turishi lozim.
142. Shabot ostidagi yogʻoch qistirmalarni eman daraxti gʻoʻlachalardan tayyorlash kerak.
Tushuvchi qismlari massasi 1 t gacha boʻlgan bosqonlar uchun shabot ostidagi qistirmani tilogʻoch yoki qaragʻay daraxti yogʻochidan tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi.
143. Yogʻoch qistirmalarni GOST 2695-83* va GOST N486-86 E boʻyicha olinishi kerak.
144. Shabot ostiga yogʻoch qistirmalar oʻrniga rezinalangan gazlamadan tayyorlangan qistirma qoʻyishga yoʻl qoʻyiladi.
145. Markazga oʻrnatilgan bosqonlar poydevorlarining vertikal tebranishlari amplitudalari , m ni ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 1-formulaga asosan aniqlanishi, bunda vertikal kuch impulsi , (kN s) quyidagi formuladan aniqlanadi:
=; (40)
bu yerda:
m0 — bosqonning tushuvchi qismlarining soni, t;
v — bosqon tushuvchi qismlarining zarba boshidagi tezligi, m/s;
loyihalash topshirigʻida aniqlanadi yoki bunday maʼlumot boʻlmasa, quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
erkin tushuvchi (friksion va bir tomonlama ishlovchi) bosqonlar uchun:
=0,9; (41)
ikki tomonlama ishlovchi bosqonlar uchun:
v=0,65; (42)
yoki ; (43)
Ushbu SHNQning 41 — 43-formulalarida:
— bosqon zarba beruvchi qismlarining ishchi tushish balandligi, m;
— silindrdagi porshen yuzasi, ;
— bugʻ yoki havoning oʻrtacha bosimi, kPa;
— zarba energiyasi, kJ;
g — erkin tushish tezligi, g=9,81 m/;
Ushbu SHNQning 2-ilovasining 1-formulasidagi zarbaning tiklanish tezligi koeffitsiyenti ni quyidagicha qabul qilish kerak:
shtamplash bosqonlarida poʻlat buyumlar shtamplanganda =0,5, bolgʻalash bosqonlari uchun =0,25;
rangli metallar va ularning qotishmalaridan buyumlar shtamplashda koeffitsiyent ni loyihalash topshirigʻi boʻyicha qabul qilish lozim.
146. Bosqonni ekssentrisitet bilan oʻrnatishda, poydevorlarning vertikal tebranishlari amplitudasini ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 2 — 4-formulalar boʻyicha aniqlanishi, bunda qiymati ushbu SHNQning 71-bandida keltirilgandek hisoblanishi, shuningdek moment impulsi qiymati esa quyidagi formulaga asosan aniqlanishi kerak:
; (44)
bu yerda:
— zarba ekstsentrisiteti, m.
147. Bir necha bosqon ostiga mazkur SHNQning 67-bandiga muvofiq umumiy plita loyihalanganda va korxonada bir nechta alohida poydevor boʻlganda, poydevorning vertikal tebranishlari amplitudasini ushbu SHNQning 32-bandi talablarini hisobga olib aniqlash lozim.
148. Bosqonlar poydevorlarining tebranishini ularning xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga, texnologik jarayonlarga, yaqinroqda joylashgan jihozlarga hamda binolar va inshootlarga zararli taʼsirini kamaytirish uchun bosqonlar poydevorlarini titrashdan himoya qilish kerak.
149. Bosqonlarning va temirchilik korxonalarining binolari, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning poydevorlari zamin suviga toʻyingan mayda va changsimon qumlardan iborat boʻlsa, tushuvchi qismlarining massasi 1 t va undan yuqori boʻlgan bosqonlar poydevorlari uchun titrashdan himoya qilish tadbirlarini bajarish zarur.
150. Shabot tagidagi qistirmaga tushadigan statik va dinamik bosimlar yigʻindisi yogʻochning tolalarga koʻndalang siqilgandagi hisobiy qarshiligidan oshmasligi lozim.
151. Shabot tagidagi qistirmaga tushadigan hisobiy dinamik bosim kPa, quyidagi formulaga asosan hisoblanishi lozim:
; (45)
bu yerda:
— shabot tagidagi qistirma materialining elastiklik moduli, kPa;
— shtamplash bosqonlari uchun shabot va staninaning jami massasi hamda bolgʻalash bosqonlari uchun shabot massasi, t;
— shabotning tayanch yuzasi, ;
— qistirma qalinligi, m.
8-bob. Ishlab-chiqarishning quymachilik, qoliplash dastgohlarining poydevorlari
152. Ishlab chiqarishining quymachilik zarbaviy yuklamalari tik (vertikal) yoʻnalgan qoliplash (silkitish) dastgohlari poydevorlari mazkur bobga muvofiq loyihalanishi kerak.
153. Ishlab-chiqarishining quymachilik, qoliplash dastgohlari poydevorlarini loyihalash uchun quyidagi dastlabki maʼlumotlar kiritilishi lozim:
asosiy mexanizmlar (silkitish, burish, qabul qilish mexanizmlari)dan poydevorga tushadigan meʼyoriy statik yuklamalar va bu yuklamalarning qoʻyiladigan nuqtalari;
dastgohlarning yuk koʻtaruvchanlik (opeka va qoliplash massasining jami massasi), tushuvchi qismlar va silkitish mexanizmi staninasi massasi;
dastgoh silkitish (tushuvchi) qismlarining ishchi tushish balandligi;
rejadagi oʻlchamlar, poydevor ustidagi qayishqoq qistirma qalinligi va materiali.
154. Poydevor ustidagi qayishqoq qistirmani tayyorlash uchun eman daraxti gʻoʻlachalari va rezina listlarni qoʻllash lozim.
Yuk koʻtaruvchanligi 5 t dan kam boʻlgan silkituvchi qoliplash dastgohlari uchun tilogʻoch yoki qaragʻay gʻoʻlachalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
155. Yogʻoch gʻoʻlachalarni ushbu SHNQning 70-bandida keltirilgan talablarga javob beruvchi yogʻochdan tayyorlash lozim.
156. Ishlab-chiqarishining quymachilik, qoliplash dastgohlari poydevorlarini yaxlit temir-beton poydevor tarzida loyihalash lozim.
157. Silkitish mexanizmlari ostidagi poydevor balandligi, kanallar, tunnellar va chuqurlar tubidan poydevor tovonigacha boʻlgan masofa ushbu SHNQning 10-jadvalida keltirilgan koʻrsatkichlardan kam boʻlmasligi kerak.
158. Qoliplash dastgohlari poydevorlari va ularning ayrim elementlarini armaturalash ishlarini mazkur SHNQning 17-bandiga muvofiq bajarish lozim.
159. Poydevorning bevosita silkitish mexanizmi staninasi ostida yotgan yuqori qismi gorizontal toʻrlar tarzida armaturalanishi, toʻrlar soni mexanizimining yuk koʻtaruvchanligiga koʻra belgilanishi zarur:
5 t gacha……………..1-2;
5 dan 15 t gacha……..2-3;
15 t dan yuqori……..3-4.
160. Qoliplash dastgohini toʻsib turadigan tashqi temir-beton devorlarni qoʻsh toʻrlar bilan armaturalanishi, bunda vertikal armatura sifatida diametri 12 — 14 mm li sterjenlar (dastgohlarning yuk koʻtaruvchanligi 15 t gacha) hamda 16 — 20 mm li sterjenlar (yuk koʻtaruvchanlik katta boʻlganda) qoʻllanilishi kerak.
Boʻylama armatura sifatida qadami 300-400 mm boʻlgan 10 — 12 mm li sterjenlar loyihalanilishi, shuningdek toʻrlarni bir-biriga 10 — 12 mm li koʻndalang sterjenlar bilan 600 — 800 mm oralatib biriktirish lozim.
161. Poydevorning tashqi yon yoqlarini hajmi 80 gacha va undan kam boʻlgan poydevorlar uchun diametri 12 — 14 mm va qadami 200 mm li vertikal sterjenlardan, hajmi 80 dan katta boʻlgan poydevorlar uchun esa diametri 16 — 20 mm va qadami oʻshanday sterjenlardan tayyorlangan armatura toʻrlari bilan armaturalash zarur.
10-jadval
162. Qoliplash dastgohlari poydevorlarining vertikal tebranishlari amplitudalarini poydevor tepasidagi qayishqoq qistirma ustiga joylashtirilgan dastgoh qoʻzgʻaluvchi qismlarining erkin vertikal tebranishlari burchak chastotasi bilan grunt ustiga joylashtirilgan butun uskunaning erkin vertikal tebranishlari burchak chastotasi nisbatiga koʻra aniqlanishi, bunda va lar quyidagi formulalar orqali hisoblanishi kerak:
= (46)
=; (47)
bu yerda:
— poydevor tepasidagi qayishqoq qistirmaning jamlama bikrlik koeffitsiyenti, kN/m quyidagi formuladan aniqlanadi:
=,
bu yerda:
— silkitish dastgohi staninasining yuzi, ;
— yogʻoch qistirmaning qayishqoqlik moduli, kPa;
Er — rezina qistirmaning qayishqoqlik moduli, GOST 263-75 boʻyicha qatiqlikka koʻra qabul qilinadi;
— rezina qistirma qalinligi, m;
— yogʻoch qistirma qalinligi, m;
— uskunaning massasi, t, quyidagi formuladan aniqlanadi:
=; (48)
— dastgoh tushuvchi qismlarining jami massasi, t;
— poydevor, dastgohning qoʻzgʻalmas qismlari va poydevor chetidagi gruntning umumiy massasi, t.
163. Ushbu 0,7 shartda qoliplash dastgohlari vertikal tebranishlari amplitudalari ni ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 1 — 4-formulalari boʻyicha aniqlash lozim. Bu formulalarda:
— zarba tezligini tiklash koeffitsiyenti, nolga teng deb qabul qilinadi;
— vertikal kuch impulsi,
kN — s, (40) formuladan aniqlanadi;
— gorizontal oʻqqa nisbatan kuchlar momenti impulsi, kN k m (t k m) mazkur SHNQning 44-formulasidan aniqlanadi;
— qoliplash dastgohi tushuvchi qismining tezligi, m/s ushbu SHNQning 42-formulasidan aniqlanadi;
— dastgoh silkitish qismlarining ishchi tushish balandligi, m.
164. Mazkur SHNQning 2-ilovasining 1-formulasidagi va qiymatlari oʻrniga ushbu SHNQning 47 va 48-formulalari boʻyicha hisoblangan , shuningdek 2-ilovaning 4-formulasidagi va qiymatlarni quyidagi formulaga asosan aniqlash kerak:
(49)
bu yerda:
— poydevor tovonining ogʻirlik markazi orqali tebranishlar tekisligiga perpendikulyar oʻtuvchi oʻqqa nisbatan butun uskuna massasining inersiya momenti (qoʻzgʻaluvchi qismlar massasi ham kiradi), t ∙ .
165. Ushbu 0,7 shartda qoliplash dastgohlari poydevorlarining vertikal tebranishlari amplitudalarini ushbu SHNQning 1-ilovasidagi 35-formula boʻyicha aniqlanishi lozim.
Bu yerda:
— poydevor va dastgohning qoʻzgʻaluvchi qismlari umumiy ogʻirlik markazi vertikal tebranishlari amplitudasi ushbu SHNQning 1-ilovasining 34-formulasi boʻyicha aniqlanadi;
— poydevor va dastgoh qoʻzgʻaluvchi qismlarining umumiy ogʻirlik markazi orqali tebranishlar tekisligiga perpendikulyar oʻtuvchi aylanma tebranishlarining vertikal tashkil etuvchilari amplitudasi.
Dinamik yuklamalar markazga qoʻyilgan dastgohlar (shtift yordamida mahkamlanadigan silkitish stollari va qoliplash dastgohlari) poydevorlari uchun =0 hisoblanishi kerak.
Dinamik yuklama (kuch) ekssentrisitetli qoʻyilgan holda (burilma-tashlama qoliplash dastgohlari) ushbu SHNQning 1-ilovasidagi 36-formula boʻyicha aniqlanishi kerak.
166. Ushbu SHNQning 1-ilovasidagi 34 va 36-formulalarida qoliplash dastgohining poydevoriga tushadigan dinamik yuklama (kuch) ni quyidagi formuladan aniqlash lozim:
; (50)
167. Dastgohning aylanish burchak chastotasi oʻrniga poydevor tepasidagi qayishqoq qistirma ustiga joylashtirilgan dastgoh qoʻzgʻaluvchi qismlarning erkin vertikal tebranishlari burchak chastotasini qabul qilinishi, burchak chastotasi ushbu SHNQning 40-formulasidan aniqlanishi kerak.
168. Burilma-tashlama mexanizmli qoliplash dastgohlari poydevorlarining aylanma tebranishlarini kamaytirish uchun dinamik yuklama qoʻyiladigan ekssentrisitetni poydevor tovonining zarbaviy kuch qoʻyiladigan nuqtaning siljishi yuz beradigan tomoni oʻlchamining 5 — 10 foizigacha cheklash lozim.
169. Qoliplash dastgohlari poydevorlarining vertikal tebranishlari amplitudasi hisobiy qiymati ushbu SHNQning 1-shartiga javob berishi zarur.
170. Burilma-tashlama mexanizmli qoliplash dastgohlari poydevorlarining torets yoqlar uchun aniqlangan vertikal tebranishlari amplitudasini 20 foizga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
171. Mayda yoki changsimon suvga toʻyingan qumlardan iborat zaminda yuk koʻtaruvchanligi 10 t va undan yuqori boʻlgan dastgohlar uchun poydevorlarni titrashdan himoya qilish tadbirlari nazarda tutilishi lozim.
9-bob. Yigʻma temir-beton mahsulotlar va qurilmalar ishlab-chiqarish uchun moʻljallangan qoliplash dastgohlarining poydevorlari
172. Yigʻma temir-beton mahsulotlar va qurilmalar ishlab-chiqarish uchun moʻljallangan quyidagi qoliplash dastgohlarining poydevorlari mazkur bobga muvofiq loyihalanishi kerak:
qayishqoq tayanchlarga tayangan tirama maydonchalar;
qayishqoq tayanchlarga tayangan tirama zarbaviy maydonchalar;
harakatlanuvchi qismlari erkin tushadigan zarbaviy (doʻng qismli) maydonchalar;
muhim (statsionar) va sirpanma titrama shtamplar.
173. Mazkur SHNQning 84-bandida keltirilgan dastgohlarning poydevorlarini loyihalash uchun quyidagi dastlabki maʼlumotlar kiritilishi lozim:
maydonchaning qoʻzgʻaluvchi qismlari massasi;
qayishqoq tayanchlarning joylashish sxemasi turi va bikrlik (qattiqligi);
vibratorning har minutdagi aylanishlar soni va qoʻzgʻatuvchi kuchlari amplitudasi, vibrator ekssentriklari momenti;
inersiyasiz qoʻshimcha yuk qiymati;
maydoncha zarbaviy qismining tushish balandligi;
agar ishlab-chiqarish texnologik jarayonida ushbu qoliplash dastgohsining ishini masofadan boshqarilmasa, ish oʻrinlarining joylashuvi va oʻlchamlari.
174. Yigʻma temir-beton mahsulotlari va qurilmalar ishlab chiqarish uchun moʻljallangan qoliplash dastgohlarining poydevorlarini plitalar yoki bloklar koʻrinishida yaxlitlab loyihalash lozim.
Poydevorlarni mazkur SHNQning 17-bandi talablariga muvofiq armaturalash kerak.
175. Poydevordagi ish oʻrni GOST 12.1.012-2004 ga muvofiq tebranishdan himoya qilinishi lozim.
176. Buyumlarni yuqori qoliplarda (masalan kassetali) qoliplashda qoliplar atrofidagi xizmat koʻrsatish maydonchalarini, qoliplash dastgohlari poydevorlariga tirash hamda ular bilan birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
177. Tebratish, tebranma zarba va zarba berish maydonchalari, shuningdek statsionar tebranma shtamplar, poydevor osti maydonchasining ogʻirlik markazi hamda elastik tayanchlarning bikrlik markazi, shuningdek, tebratgichning uygʻotuvchi kuchlari teng taʼsir etuvchisi yoki zarbaning taʼsir chizigʻi bitta vertikalda joylashishi lozim.
178. Tebratgichni taʼsir etuvchi kuchlar teng taʼsir etuvchisi yoki zarbalar taʼsir chizigʻining ekssentrisiteti poydevor osti yuzasining ogʻirlik markaziga nisbatan teng taʼsir etuvchi suriladigan yoʻnalishda poydevor osti oʻlchamining quyidagi miqdorlardan oshib ketmasligi lozim:
tebranma maydonlar va statsionar tebranma shtamplarda 3 foizdan;
tebranma hamda zarba berish maydonchalarida 1 foizdan.
179. Elastik tayanchlardagi tebranma maydonchalar ostidagi poydevorlarning vertikal tebranish amplitudalari ushbu SHNQning 1-ilovasining 35 — 38-formulalariga asosan topilishi kerak.
Bunda, ularda poydevorga tushadigan dinamik kuch kN quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
F=; (51)
bu yerda:
— tebratgich ekssentriklarining momenti kN m loyihalash topshirigʻi boʻyicha qabul qilinadi;
— qoliplanadigan buyum bilan birgalikda maydoncha qoʻzgʻaluvchan qismlarining massasi, t butun qurilmaning massasi ni aniqlashda (ushbu SHNQning 1-ilovasining 5-bandi) u hisobga olinmaydi;
K — tayanchlar bikrligi koeffitsiyentlarining yigʻindisi kN/m loyihalash topshirigʻi boʻyicha qabul qilinadi.
180. Tebranma zarba va zarba berish maydonchalari poydevorlari uchun tebranma izolyatsiyalar boʻlishi kerak.
181. Tebranma izolyatsiyasi boʻlmagan poydevorlar vertikal tebranishlarining amplitudasi ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 1-formula boʻyicha hisoblanishi, bunda = , zarb tezligining tiklanish koeffitsiyenti deb qabul qilinishi kerak.
Zarba tezligi , m/s, zarba maydonchalari uchun ushbu SHNQning 43 va 71-formulalariga asosan, tebranma zarba berish maydonchasi esa quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi kerak:
; (52)
bu yerda:
— tebratgichni uygʻotuvchi kuchning, hisobiy qiymati kN;
— beton quyilgan qolipning massasi bilan birgalikda qoʻzgʻaluvchan qismlarning massasi, t;
— aylanish burchak chastotasi, .
182. Tebranma shtamplar poydevorlarining vertikal tebranishlari amplitudalari ushbu SHNQning 1-ilovasining 35-formulasi boʻyicha topilishi, bunda ulardagi va m qiymatlar mos ravishda quyidagi formulalar boʻyicha hisoblanishi kerak:
=; (53)
=; (54)
ushbu SHNQning 53 va 54-formulalarida:
— dastgohga taʼsir etuvchi kuchlar vertikal tashkil etuvchilarining hisobiy qiymati, kN;
— uning qoʻyilishi ekssentrisiteti, m, statsionar tebranma shtamplar uchun bu qiymat nolga teng qilib olinadi;
— poydevorning, grunt qoʻyilgan chetlarining, dastgoh qoʻzgʻalmas qismlari va qoliplanadigan buyumning massasi, t;
— poydevor uning chetlariga qoʻyilgan grunt, dastgoh qoʻzgʻalmas qismi va qoliplanayotgan buyum massasining umumiy ogʻirlik markazidan tebranish tekisligiga perpendikulyar oʻtuvchi oʻqqa nisbatan inersiya momenti, t m;
— majburiy 1-ilovaning (29) formulasi boʻyicha topiladigan poydevorning aylanma tebranishlari burchak chastotasi , undagi -poydevor uning chetlariga qoʻyilgan gruntning dastgoh qoʻzgʻalmas qismining va qoliplanayotgan buyumning poydevor tebranish tekisligiga perpendikulyar ravishda poydevor ostining ogʻirlik markazidan oʻtuvchi oʻqqa nisbatan massasining inersiya momenti, t ∙ ;
ω, λz, l — ushbu SHNQning 1-ilovasining formulalarida keltirilganidek.
10-bob. Koperli sindirish maydonchalari jihozlarining poydevorlari
183. Koperli sindirish maydonchalari jihozlari poydevorini loyihalash uchun boshlangʻich maʼlumotlar tarkibiga kuyidagilar kiritilishi kerak:
koper zarba beradigan qismining massasi, t va tushish balandligi, m;
temir-tersaklar joylashtiriladigan maydonning rejadagi oʻlchamlari;
mavjud va loyihalanadigan bino va inshootlarga nisbatan koperning joylanishi haqidagi maʼlumotlar.
184. Sindirish maydonchalarining konstruksiyalari zamin gruntlarining hisobiy qarshiligi R0, SHNQ 2.02.01-19 talablari boʻyicha aniqlanishi hamda koper zarba beradigan qismining energiyasiga bogʻliq holda belgilanishi kerak.
185. Hisobiy qarshiligi 200 kPa boʻlgan gruntlarda va koper zarba beradigan qismining energiyasi 300 kJ gacha boʻlganda, koperlarning zarba maydonchalari poʻlat plita koʻrinishida quriladi, ularning qatlamlariga temir gʻoʻla yoki marten chorpoyalari va qalinligi kamida 1 m li mayda temir-tersaklar bilan kamida 2 m chuqurlikdagi kotlovan toʻldirilishi lozim.
186. Hisobiy qarshiligi 200 kPa boʻlgan gruntlarda va koper zarba beradigan qismining energiyasi 300 kJ gacha boʻlganda, poʻlat plita (shabot) ostiga temir gʻoʻlalar yoki marten chorpoyalari va mayda temir-tersak ushbu SHNQning 95-bandiga muvofiq 1-1,5 m qalinlikda tayyorlangan temir-beton plita kamida 1 m qalinlikdagi qum yostiqqa yotqizilishi kerak.
187. Hisobiy qarshiligi 200 kPa boʻlgan gruntlarda va koper zarba beradigan qismining energiyasi 300 kJ dan ortiq boʻlganda, koperli sindirish maydonchalari poʻlat plita (shabot) koʻrinishida tayyorlanadi, kamida 1,5 m qalinlikdagi temir gʻoʻla yoki marten chorpoyalari va mayda temir-tersaklar ustiga avval kamida 1 m qalinlikda qum toʻkilib keyin plita yotqizilishi, shuningdek atrofi ichi boʻsh temir-beton silindr yoki quti bilan toʻsib qoʻyilishi lozim.
188. Hisobiy qarshiligi 200 kPa boʻlgan gruntlarda va koper zarba beradigan qismining energiyasi 300 kJ dan ortiq boʻlganda, koperli sindirish maydonchasi toʻgʻri toʻrtburchak yoki rejada dumaloq togʻorasimon temir-beton koʻrinishidagi konstruksiya (poydevor) sifatida qilinishi, ularga poʻlat plitalar (shabotlar) joylashtirilishi hamda shabotlar ostiga qistirma yotqizilishi, bunda qistirma uchta qatlamli qilinishi kerak:
pastki himoya qatlami umumiy qalinligi 800 m gacha boʻlgan eman yogʻochdan yasalgan toʻsin gʻovdan;
oʻrta amortizatsiyalovchi qatlam galma-gal takrorlanadigan 80 — 100 mm qalinlikdagi choʻyan qirindi va kamida 20 mm qalinlikdagi poʻlat listlardan iborat qavatlardan tashkil topadi;
yuqori qatlam 30 — 100 mm qalinlikdagi bron plitadan iborat boʻlib, ularda poʻlat buyumlar joylashtiriladi.
189. Koperli sindirish maydonchalari ostidagi poydevorlarning temir-beton konstruksiyalari yaxlit qilib loyihalanishi lozim.
190. Koperli sindirish maydonchasining shaboti qalinligi kamida 0,5 m boʻlgan poʻlat plitalardan tayyorlanishi kerak.
Shabotning tahminiy massasi , t, kamida qabul qilinishi lozim.
Bu yerda:
va — mos ravishda koper zarb beradigan qismining massasi, t va tushish balandligi, m.
191. Temir-beton toʻsiqlarning yon devorlari ich tomondan va tashqarisidan butun yuzasi boʻylab, koʻndalang kesim yuzasi kamida 150x150 mm boʻlgan yogʻoch bruslarga mahkamlanadigan qalinligi kamida 50 mm boʻlgan poʻlat plita bilan himoyalanishi kerak.
192. Sindiriladigan metall parchasining uchib chiqishini kamaytirish uchun shabot sathidan yuqoridagi temir-beton toʻsiq devorlarini (kami bilan rejadagi eng katta oʻlcham yarmisi balandligida) ichkari tomonga 7 — 100 qiya qilib qurish kerak.
193. Koperli sindirish qurilmasidan bino va inshoot qurilish konstruksiyalari poydevorlarigacha boʻlgan minimal masofa quyidagi 11-jadval boʻyicha qabul qilinishi kerak.
11-jadval
11-bob. Maydalagichlarning poydevorlari
194. Maydalagichlar poydevorlarini loyihalashda quyidagilar boʻlishi lozim:
dinamik kuchlar teng taʼsir etuvchisi ning gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarining qiymatlari va maydalagich poydevor yuqori tomoniga nisbatan va maydalagich qurilmasining ogʻirlik markazidan oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan ularning qoʻyilish joyi;
konussimon maydalagichlar uchun ekssentrik valining yoki boshqa xil maydalagichlar uchun bosh valining aylanishlar chastotasi;
aylanuvchi qismlarning massasi;
bolgʻalarning soni va massasi, bolgʻachali maydalagichlar uchun aylanish oʻqidan bolgʻacha ogʻirlik markazigacha boʻlgan masofa;
maydalagich korpusining massasi, toʻldiriladigan massa.
195. Maydalagichlarning yaxlit poydevorlarini ikkita devor (ular orasidan transporter oʻtkaziladi), pastki va yuqori plitalar (yoki ikkita yuqorigi koʻndalang rigellar )dan iborat devorli qilib loyihalash zarur.
196. Maydalagichlarning yigʻma-yaxlit poydevorlarini devorli yoki ramali qilib loyihalanishi, bunda yaxlit temir-betondan pastki plita va yuqori rigel nazarda tutilishi lozim.
197. Bir nechta maydalagichlar uchun ular bir qavat joylashganda, devorli yoki ramali poydevorlar guruhi, ikki yoki uch qavat joylashganda esa devorli poydevorlar boʻlishi, bunda yigʻma-yaxlit poydevorlar pastki yaxlit plitaga tayanib turuvchi yuqoridan yaxlit belbogʻ bilan biriktiriladigan blok yoki devorlardan loyihalanishi kerak.
198. Konussimon maydalagichlarning alohida poydevorlari ostiga kvadrat koʻrinish berilishi hamda boshqa koʻrinishdagi maydalagichlar poydevorlari toʻgʻri toʻrtburchak koʻrinishida dinamik kuchlar taʼsiri yoʻnalishida choʻziqroq qilinishi lozim.
199. Maydalagichlar poydevorlari tebranishlari hisobi poydevor yuqori qirrasi gorizontal tebranishlarining eng katta amplitudasini aniqlashga keltirilishi zarur.
200. Maydalagichlar poydevorlari hisobi ushbu SHNQning 1-ilovasidagi 22-bandiga muvofiq bajarilishi kerak.
201. Tovoni toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻlgan konussimon maydalagichlar poydevorlari hisobini tovonning kichik oʻlchamiga yoʻnalishiga mos tekislikda bajarish lozim.
202. Maydalagichlarning ramali poydevorlarini toʻldirgich ogʻirligini hamda dastgohning dinamik taʼsiri oʻrnini bosuvchi kuch ni hisobga olgan holda ushbu SHNQning 24 va 25-bandlariga muvofiq qurilmaning barcha elementlari ogʻirligi taʼsiriga mustahkamlik boʻyicha hisoblash lozim.
203. qiymati mazkur SHNQning 3-formulasi boʻyicha aniqlanishi, bunda dinamik kuch ning meʼyoriy qiymati loyihalash topshirigʻi boʻyicha, kuch boʻyicha dinamiklik koeffitsiyenti ushbu SHNQning 4-jadvali boʻyicha aniqlanishi lozim.
204. Zavod koʻrsatmalari boʻlmaganda, bolgʻali maydalagichlar uchun dinamik kuch , kN ning meʼyoriy qiymatini quyidagi formula boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
; (55)
bu yerda:
m0 — maydalagich aylanuvchi qismlari massasi, t;
e — m0 massaning ekssentrisiteti; 0,001 m ga teng qilib olinadi;
ω — m0 massasining burchakli aylanish chastotasi, s-1.
205. Bolgʻali maydalagichlar poydevorlarining mustahkamligini hisoblashda, bolgʻali uzilishga tekshirilishi, bunda dinamik kuchning meʼyoriy qiymati ushbu SHNQning 55-formulasi boʻyicha aniqlanishi lozim.
Massa bitta bolgʻaning massasiga, ekssentrisitet esa aylanish oʻqidan bolgʻa ogʻirlik markazigacha boʻlgan masofaga hisoblanishi zarur.
12-bob. Tegirmon qurilmalarining poydevorlari
206. Tegirmon qurilmasi poydevorini loyihalash uchun quyidagilar kirishi lozim:
baraban va elektr yuritgich rotori massasining inersiya momentlari, valning burilish bikrligi va tishli uzatmaning uzatish soni;
tegirmon qurilmasi barabanining aylanish oʻqidan poydevor yuqorisigacha boʻlgan masofa;
tegirmon qurilmasi korpusining toʻla massasi, toʻldirish massasi.
207. Tegirmon qurilmalarining poydevorlarini yaxlit yoki yigʻma-yaxlit qilib loyihalash lozim.
208. Quvurli tegirmonlar poydevorlarini alohida temir-beton plitalarga tayanadigan qator koʻndalang (tegirmon oʻqiga nisbatan) P-simon ramalar koʻrinishida, kalta barabanli tegirmonlar poydevorlarini esa umumiy yaxlit koʻndalang devorli plitalar yoki dastgohning qismlari tayanadigan ramalar koʻrinishida loyihalash kerak.
209. Titrashlar darajasini kamaytirish uchun alohida tegirmonlar ostidagi ramali poydevorlar yuqori tomondan umumiy temir-beton plita ostiga birlashtirilishi kerak.
210. Quvurli tegirmonlarning alohida tayanchlarini alohida plitalardagi koʻndalang devorlar koʻrinishda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
211. Toshloq va yirik boʻlakli gruntlarda kalta barabanli tegirmon qismlarini tutib turuvchi tayanch devorlarining alohida plitalarga tayanishiga yoʻl qoʻyiladi.
212. Yuritgich, reduktor va tegirmon tayanchlaridan birini oʻzaro bikr qilib tutashtirilmagan turli poydevorlarda oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
213. Tegirmon qurilmalari poydevorlarining tebranishi barabandagi toʻldiruvchining harakati tufayli yuzaga keladigan tasodifiy dinamik kuch taʼsiriga hisoblanishi lozim.
214. Tegirmonlar qurilmasining yaxlit, devorli va ramali poydevorlari yuqori qirrasining tasodifiy dinamik kuch taʼsiridan gorizontal tebranishlari amplitudasi ushbu SHNQning 3-ilovasidagi formulalar boʻyicha aniqlanishi lozim.
215. Tegirmonlar poydevorlari tebranishlarining burchak chastotasi elektr yuritgich valining buralma tebranishlari burchak chastotasi dan kamida 25 foizga farq qilishi kerak.
Buralma tebranishlarning burchak chastotasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
=; (56)
bu yerda:
— toʻlatilgan baraban massasining uning aylanish oʻqiga nisbatan inersiya momenti t ∙ ;
— elektr yuritgich rotori massasining uning aylanish oʻqiga nisbatan inersiya momenti, t ∙ ;
K — yuritgich rotorini harakatlantirish shesternyasi bilan tutashtiruvchi valning buralma bikirligi, kN ∙ m/rad;
i — tegishli juft (shesteriya va barabanning tishli gardishi)ning uzatma soni.
216. Tegirmonlar poydevorlari konstruksiyasi elementlarini mustahkamlikka hisoblash quyidagi kuchlarni hisobga olib bajarilishi lozim:
toʻldirgich ogʻirligini hisobga olgan holda tegirmon qismlari va konstruksiya elementlari ogʻirligining hisobiy qiymati;
berilgan tayanchga qoʻyilgan va ushbu SHNQning 3-formulasi boʻyicha aniqlanadigan hisobiy dinamik kuchning gorizontal tashkil etuvchisi , kN.
Kuch boʻyicha va dinamiklik boʻyicha koeffitsiyentlarning qiymatlari ushbu SHNQning 4-jadvaliga muvofiq qabul qilinishi, bunda qiymati quvurli tegirmonlar uchun 0,2 boʻyicha hisoblanishi kerak.
Bu yerda:
— tegirmon ogʻirligi meʼyoriy qiymatining (yanchiladigan jism bilan toʻldirgichsiz) ushbu tayanchga toʻgʻri keladigan qismi, kN.
13-bob. Presslarning poydevorlari
217. Presslarning poydevorlarini loyihalash uchun quyidagi boshlangʻich maʼlumotlar kiritilishi lozim:
bajariladigan texnologik jarayonlarlar (shtampovkalash, choʻkichlash, qirqish)ni koʻrsatgan holda pressning gabarit chizmalari;
pressning ilgarilama harakat qiluvchi ishchi qismlari massasi, vintli pressning aylanuvchi ishchi massalari vint oʻqiga nisbatan inersiya momenti;
pressning bosh inersiya momentlari;
shtampovkalash yoki choʻkichlash jarayonida pokovkaning toʻla, deformatsiyasi (u ishchi kuchlarning namunaviy pokovkalash grafigidan aniqlanadi).
218. Presslarning poydevorlarini bikr plita yoki yaxlit blok koʻrinishida loyihalash kerak.
219. Shtampovkalash yoki choʻkichlash uchun xizmat qiladigan vintli presslarning poydevorlari vertikal kuch impulsi va vertikal oʻqqa nisbatan burovchi momemtini inobatga olgan holda quyidagicha hisoblanishi lozim:
a) poydevor vertikal tebranishlarining amplitudasi , m ushbu SHNQning 2-ilovasidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak.
Undagi zarb tezligining koeffitsiyenti sovuq holda shtampovkalash va choʻkichlashda =0,5, qizdirib shtampovkalash va choʻkichlashda =0,25 deb qabul qilinishi, vertikal kuchning impulsi qiymati : kN s quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
=; (57)
bu yerda:
m0 — pressning ilgarilama xarakat qiluvchi ish qismi massasi, t;
— pressning ilgarilama harakat qiluvchi ish qismining zarb berishdagi tezligi, m/s.
b) poydevor gorizontal tebranishlarining amplitudasi, m ular ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 6 va 7-formulalar boʻyicha aniqlanishi, bunda ning qiymati mazkur SHNQning 123-bandida keltirilgandek boʻlishi, moment impulsi esa quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
=; (58)
bu yerda:
θ0z — press aylanuvchi ish massasining vint oʻqiga nisbatan inersiya momenti, t-;
— vint aylanuvchi qismining zarb hosil qilishdagi burchak chastotasi, , loyihalash topshirigʻiga asosan qabul qilinadi.
220. Shtampovkalash jarayonlarida krivoshipli presslar poydevorlarining vertikal gorizontal , m amplitudalari ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 2 — 5-formulalari boʻyicha topilishi lozim.
m, ularda =0 vertikal kuchning impulsi . tajriba yoʻli bilan aniqlanishi kerak.
Tajriba natijalari boʻlmaganda, vertikal kuchning impulsi ushbu SHNQning 59-formulasi boʻyicha aniqlanishi hamda topilgan qiymat koeffitsiyentga koʻpaytirilishi, bu koeffitsiyent pokovkaning bikirligini va krivoship shatun mexanizmining kinematik juftlarida lgoftlar borligini hisobga olishi kerak.
kN kN boʻlganda, /6,3 qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
kN boʻlganda, koeffitsiyentini 1 ga teng qilib olinishi lozim.
Moment impulsi press ishchi qismlari aylanishi shtampovkani bajarishda sekinlashishidan hosil boʻladigan burovchi moment impulsiga teng qilib olinishi lozim.
Burovchi moment impulsi tajriba yoʻli bilan aniqlanishi, tajriba natijalari boʻlmaganda, qiymati kN ∙ m ∙ s quyidagi formula bilan aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi:
=0,1; (59)
bu yerda:
— pressning nominal kuchi, kN;
— shtampovkalash jarayonida pokovkaning toʻla deformatsiyalanishi, m qoʻyilayotgan press modeli uchun ish kuchining andozaviy grafigidan aniqlanadi;
— krivoship aylanishining burchak chastotasi, loyihalash topshirigʻiga koʻra qabul qilinadi.
221. Qirqish jarayonlarida poydevor vertikal tebranishlarining amplitudasi m, ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 1-formula boʻyicha topilishi, bunda koeffitsiyent =0 qabul qilinishi, impulsi esa tajriba yoʻli bilan aniqlanishi, tajriba maʼlumotlari boʻlmaganda, impuls ning qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi zarur:
; (60)
bu yerda:
— qirqish jarayonlarida pressning meʼyoriy kuchi, kN;
— staninaning erkin tebranishlari burchak chastotasi, boʻlib, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
; (61)
bu yerda:
— staninaning vertikal bikrlik koeffitsiyenti boʻlib, loyihalash topshirigʻi boʻyicha qabul qilinadi, kN/m;
— stanina balandligining yarmisidan yuqorida joylashgan press qismining massasi, t.
222. Shtampovkalash yoki choʻkichlash uchun moʻljallangan gidravlik presslarining poydevorlari vertikal kuch impulsi taʼsiriga hisoblanishi, bunda poydevorning vertikal tebranishlari amplitudasi ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 1-formula boʻyicha aniqlanishi, koeffitsiyent =0 deb qabul qilinishi hamda impuls qiymati ushbu SHNQning 59-formulasi boʻyicha topilishi lozim.
— qoʻzgʻaluvchan traversaning pastga tushish maksimal tezligi m/s.
14-bob. Chigʻirlash (prokatlash) uskunalarining poydevorlari
223. Chigʻirlash uskunalari poydevorlarini loyihalashda quyidagi boshlangʻich maʼlumotlar kirishi lozim:
bino oʻqlariga bogʻlangan uskuna asosiy oʻqlarining rejasi, shuningdek uskunalarning asosiy belgilari;
texnik yertoʻla yoki qavatning qirqimi va rejimi;
metall qasmoqlarini (okalina) gidravlik yuvish uchun novlarning joylashishi haqidagi maʼlumotlar, novlarning zovurlarga kirishi, shuningdek ishlab chiqarish suvlari paydo boʻladigan joy haqidagi maʼlumotlar;
zinapoyalar, oʻyma, toʻsiq va yopmalar montaj qilinadigan joylarning oʻrni xaqidagi talablar;
yertoʻla yopmalari chegarasida va uning yaqinida joylashgan montaj kuchlarini aniklash uchun reja koʻrinishidagi maʼlumotlar, unda kuchlar taʼsiriniig quyidagi asosiy zonalari koʻrsatiladi:
statsionar texnologik uskunalardan, vaqtincha joylashtiriladigan uskunalardan va taʼmirlash vaqtida ishlatiladigan uskunalardan ogʻirligi, gabaritlari, montaj qilinadigan birliklar soni va xamda eng ogʻir uskunalar uchun minimal oʻtishlarni koʻrsatgan holda (almashinuvchi kataklar, yostiqli valiklar va boshqalar);
transport vositalarining soni va xususiyatlarini oʻz ichiga olgan, qoʻzgʻaluvchan transportdan tushadigan muvaqqat kuchlarni aniqlash uchun maʼlumotlar;
metall yigʻiladigan joylardagi kuchlarni aniqlash uchun maʼlumotlar (shtabellar, piramidalar va shu kabilar namunaviy variantlarining oʻlchamlari va ogʻirligi hamda ular orasidagi oʻtish yoʻllarini koʻrsatgan holla);
boshqa uskunalardan tushadigan muvaqqat kuchlarning bir meʼyorda tekis taqsimlangan kuchlar koʻrinishida olinishi.
224. Asosiy va yordamchi chigʻirlash uskunasi ostiga tirqishlar, teshiklar va kanallar bilan yaxlit beton va temir-beton poydevorlar yoki yengil (ramali yoki devorli koʻrinishda) yaxlit yoki yigʻma-yaxlit temir-beton poydevorlar yopqichlarni qoʻllash va stanlar oraliqlarida umumiy hamda mahalliy texnik qavatlar yoki yertoʻla joylashtirish bilan loyihalanishi kerak.
Bunda, ishchi va shesteriya kataklari, reduktor va yurgizish britgichini umumiy poydevorga oʻrnatish lozim.
225. Mayda navli, sim va shtrips stanlar uskunalarini yuqori poydevor plitalar oralarida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
226. Chuqur ochiq zovurlar bilan boʻlingan poydevorlarning yuqori qismi har 3 — 6 m da temir-beton bilan bogʻlanadi, ular esa uskunalarning joylashishiga bogʻlik boʻlishi lozim.
227. Poydevorlarni armaturalash ushbu SHNQning 1-bobi talablariga muvofiq boʻlishi, bunda yaxlit poydevorlarning yuqori oʻzagi dinamik yuklama tushadigan uskunalar staninasi ostiga yotqizilishi lozim.
228. Pastki armatura sterjenlarining diametri uzunligi 30 m gacha boʻlgan poydevorlar uchun kamida 16 mm, uzunligi 30 m dan ortiq boʻlgan poydevorlar uchun esa 20 mm qabul qilinishi kerak.
229. Muntazam ravishda zarb kuchlari taʼsirida boʻladigan uskunalar ostiga ushbu SHNQning 17-bandi talablariga muvofiq 2-3 ta toʻr oʻrnatilishi, bunda poydevorning chetiga yetuvchi yuqori toʻrlar vertikal yok boʻylab bukiladigan sterjenning 15 diametri uzunligida pastga bukilishi lozim.
230. Nur issiqligi, uchib tushuvchi qasmoqlar boʻlaklari zarbasidan mahalliy taʼsir mavjud boʻlsa, poydevor vertikal yoqlari diametri 12 mm li sterjenlardan kvadrat katagining oʻlchami 200 mm li toʻrlar bilan armaturalanishi kerak.
231. Chigʻirlash uskunasi ostidagi yaxlit poydevorlar tebranishi xisobini bajarmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
232. Poydevorlar elementlari mustahkamligini hisoblash 24 va 25-band talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
15-bob. Metall qirqish uskunalarining poydevorlari
233. Metall qirqish uskunalarining loyihalanadigan poydevorlari uchun boshlangʻich maʼlumotlar qatoriga quyidagilar kirishi kerak:
metall qirqish uskunani oʻrnatish va mahkamlash usullari, tayanch nuqtalar koʻrsatilgan holda uskuna staninasi tayanch sirtining chizmasi;
poydevorga tushadigan kuchlar haqida maʼlumotlar;
massasi 10 t gacha boʻlgan uskunalar uchun-uskunaning umumiy massasi, massasi 10 t dan katta boʻlgan uskunalar uchun poydevorga beriladigan statik kuchlarning joylanish sxemasi va ularning qiymatlari;
poydevorning elastik ogʻishi cheklanishi talab qilinadigan uskunalar uchun ogʻir detallarni oʻrnatish natijasida uskuna ogʻirlik markazi oʻzgarishining ruxsat etilgan chegaralari va uskuna uzellarining surilishi (yoki detallar massasinnng maksimal qiymatlari;
uskunaning aniqlik sinfi haqidagi, shuningdek uskuna staninasi bikrligi haqidagi poydevor hisobiga bikrlikni taʼminlash kerakligi hakida va uskunaning joyini tez-tez oʻzgartirish mumkinligi hakidagi maʼlumotlar.
234. Uskunalar massasi konstruksiyasi va aniqlik sinfiga koʻra beton yotqizilgan sex poliga, polga oʻrnatilgan qalin beton yoki temir-beton lentalarga (lentali poydevorlar) yoki yaxlit poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
235. Beton toʻshalgan sex poliga meʼyordagi va yuqori aniqlikdagi bikir va oʻrtacha bikrlikdagi staninalari massasi 10 t boʻlgan uskunalar (15 t boʻlgan uskunalarni asoslash zarur) oʻrnatiladi ular uchun l/h < 8 (bu yerda l — uskuna tanasining uzunligi, m, h — uskuna ctaninasi kesimining balandligi, m), shuningdek yuqori aniqlikdagi vibroizolyatsiyasini elastik tayanchlar yordamida amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladigan uskunalar oʻrnatiladi, tebranish izolyatsiya uskunaning bevosita staninaci ostida joylashishi kerak.
236. Sex poliga yotqizilgan qalin beton yoki temir-beton lentalarga massasi 30 t gacha boʻlgan uskunalar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
237. Poydevorlarga quyidagi koʻrinishdagi uskunalar oʻrnatilishi lozim:
nisbati l/h ≥8 boʻlgan bikrmas staninali va talab qilinadagan bikrlik poydevor hisobiga taʼminlanadigan qoʻshma staninali uskunalar;
polga yotqiziladigan beton katlami massasi 10 t katta boʻlgan (yoki massasi 15 t boʻlganida asoslash kerak boʻladi) uskunalarni oʻrnatish uchun yetarli boʻlmaganida;
tebranish izolyatsiyasi uchun maxsus poydevorlar oʻrnatish kerak boʻladigan yukori aniqlikdagi uskunalar.
238. Umumiy poydevorga oʻrnatiladigan uskunalar guruhi ichida ishlash vaqtida amplitudalari loyihalash topshirigʻida koʻrsatilgan ruxsat etilgan qiymatdan ortib ketadigan tebranishlarni yuzaga keltiradigan dinamik kuchlar hosil qiluvchi uskunalar boʻlmasa, yukori aniqlikdagi uskunalarni umumiy poydevorga oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
239. Tebranish izolyatsiyalangan poydevorlarga oʻrnatilib, davriy surʼatda sozlanib turiladigan yuqori aniqlikdagi uskunalar uchun elastik-bikr tayanch elementlardan foydalanish lozim.
Ular vibroizolyatsiyani taʼminlovchi elastik oʻrnatilgan poydevordan bikir oʻrnatilgan poydevorga oʻtish imkonini beradi.
240. Uskunalarning rezina toʻshamali tebranish izolyatsiyalangan poydevorlarini loyihalashda bu toʻshamalarni almashtirish imkonini beradigan qurilma boʻlishi kerak.
241. Massasi 30 t gacha boʻlgan meʼyordagi va yuqori aniqlikdagi uskunalarning yakka poydevorlari balandligini ushbu SHNQning 13-jadvalida keltirilgan qiymatlarga muvofiq qabul qilinishi, bunda massasi 30 t dan katta boʻlgan uskunalar uchun poydevor hisobidan staninaning zarur bikrligini taʼminlash shartidan, shuningdek konstruktiv talablaridan kelib chiqib (chuqurchalar chuqurligiga koʻra) belgilanishi zarur.
242. Meʼyordagi va yuqori aniqlikdagi uskunalar umumiy poydevorlarining balandligi poydevorni mustahkamlik va bikrlik boʻyicha hisoblash natijasiga koʻra zarur minimal balandlikni ushbu SHNQning 13-jadvali inobatga olingan holda belgilanishi lozim.
Minimal balandlik ayrim uskunalar staninasining bikirligi taʼminlanishi, shuningdek uskunaning ushbu xili va unga xizmat koʻrsatishiga muvofiq (konstruktiv mulohazalar asosida) olinishi lozim.
243. Uskuna poydevorlari diametri 8 — 10 mm boʻlgan sterjenlardan tayyorlangan kvadrat kataklarining oʻlchami 300 mm li toʻrlar bilan armaturalanishi, bunda toʻrlar poydevorning yuqori va pastki qismlaridan 20 — 30 mm masofada yotqizilishi lozim.
244. Uskunalarni poydevorga boltlar bilan mahkamlab xam mahkamlamasdan xam oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Uskunalarni poydevor boltlari bilan mahkamlash quyidagi hollarda amalga oshirilishi kerak:
staninaniig poydevor bilan birgalikda ishlashini taʼminlash zaruriyati boʻlganda (masalan, alohida poydevorlarga oʻrnatiladigan yuqori aniqlikdagi uskunalarning yoki staninaniig bikirligi poydevor hisobiga taʼminlanadigan staninasi bikrmas uskunalarning);
massaning ilgarilama-qaytalama harakatidan (masalan, boʻylama randalash uskunalarida) yoki tezkor tartiblarda poydevorning surilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan muvozanatlanmagan massaning aylanma harakatidan (masalan, tokarlik va frezerlash uskunalarida) dinamik kuchlar paydo boʻlganda.
245. Polning qalinlashtirilgan beton yoki temir-beton lentalariga yoki ayrim poydevorlarga uskunalar oʻrnatilganida, lenta va poydevorlarni ushbu SHNQning 24 va 25-bandlari talablariga muvofiq hisobiy statik kuchlar taʼsiridan mustahkamlikka va zarur boʻlganda bikrlikka mazkur SHNQning 135-bandiga muvofiq hisoblash kerak.
246. Poydevorning burilish burchagi cheklangan hollarda poydevorlar zamini deformatsiyalar boʻyicha hisoblanishi kerak.
Bunda, poydevorning elastikligini hisobga olmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Poydevorning burilish burchagini hisoblash hisobiy statik (kuch boʻyicha puxtalik koeffitsiyenti ) ekssentrik qoʻyilgan kuchlar boʻyicha bajarilishi lozim.
12-jadval
247. Yuqori aniqlakdagi uskunalarning poydevorlaridan katta kuch bilan ishlaydigan uskunalarning poydevorlarigacha boʻlgan masofa kamida 15 m boʻlishi kerak.
248. Tebranishlar hosil qiluvchi turli xil sanoat va transport vositalari taʼsiri zonasida yuqori aniqlikdagi uskunalarni oʻrnatish mumkinligini ushbu SHNQning 4-ilovasiga muvofiq tekshirish lozim.
16-bob. Aylanuvchi pechlarning poydevorlari
249. Loyihalash uchun dastlabki maʼlumotlar tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak:
poʻlat qobiq qalinligi, bandaj oʻlchamlari va futerovka qalinligini koʻrsatgan holda pech korpusining chizmalari;
tandirsimon shesternya tishlari soni haqidagi maʼlumotlar;
tayanch ramalaridan va roliklardan poydevorlarga, shuningdek yuritma mexanizmidan harakatlantirish uskunasi tayanchiga tushadigan kuchlar qiymati;
foydalanishda pech korpusining aylanish chastotasi;
gidrotiraklar bilan taʼminlangan pechlar uchun gidrotirakdagi maksimal kuch qiymati.
250. Aylanuvchi pech poydevori rama yoki devor konstruksiyali ayrim temir-beton tayanchlar koʻrinishida loyihalanishi kerak.
Ular monolit yoki yigʻma-monolit hamda poydevorlar va binolarning boshqa konstruksiyalardan alohida tayyorlanishi, bunda harakatlantirish uskunasi va unga yaqin turgan rolik tayanch ikkita oʻzaro perpendikulyar yoʻnalishdagi devorlari boʻlgan devor konstruksiyali bitta tayanchda joylashtirilishi lozim.
251. Qurilmaning (pech va poydevorning) hisob sxemasi elastik tayanchlarga sharnir vositasida tayanib turadigan tutash balka (pech korpusi) hisoblanishi kerak.
Tayanchlarning elastikligi vertikal va gorizontal yoʻnalishlarda hisobga olinishi lozim.
252. Pech oʻqi boʻylab va unga perpendikulyar yoʻnalishda tayanchga tushadigan vertikal va gorizontal kuchlar pech korpusi va poydevorining birgalikdagi ishini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
253. Tayanchlarni loyihalashda pech oʻqiga perpendikulyar gorizontal yoʻnalishdagi bikrlik koeffitsiyentlari pech korpusi bikirlik koeffitsiyentidan kam boʻlmagan holda qabul qilinishi, bunda eng chekka tayanchlar uchun ular bilan qoʻshni joylashgan tayanchlardagi pech korpusi bikrligidan kam boʻlmasligi kerak.
254. Pech korpusining bikrlik koeffitsiyenti tutash toʻsinning koʻrib chiqilayotgan tayanchda pechning oʻqiga nisbatan koʻndalang tarzda gorizontal yoʻnalishda yakka surilishida yuzaga keladigan reaksiyasi hisoblanadi.
255. Pech oʻqi boʻylab tayanchlarga taʼsir etuvchi meʼyoriy gorizontal kuchlar kN quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
=, (62)
bu yerda:
— ushbu SHNQning 151-bandi boʻyicha topiladigan birikmalarning meʼyoriy vertikal kuchi, kN;
— tayanch roliklar boʻylab bandaj osti gardishning ishqalanish koeffitsiyenti, 0,2 ga teng qilib olinadi;
— pech korpusining oʻqini tayanch rolik oʻqi bilan tutashtiruvchi toʻgʻri chiziq bilan vertikal orasidagi burchak.
256. Pech oʻqi boʻylab tayanchlarga taʼsir etuvchi gorizontal kuchlar (hisob bilan asoslanganda) harakatlantirish uskunasining tayanchiga yuqoridan tayanchlarni bogʻlab turuvchi poʻlat tirgovichlar bilan uzatishga yoʻl qoʻyiladi.
Tirgovichlar hisoblashda harorat taʼsiridan paydo boʻladigan kuchlarni hisobga olish kerak.
257. Pech, issiqlik almashuvchi qurilma, futerovka va pishiriladigan materiallardan ogʻirligidan tayanchlarga taʼsir qiluvchi meʼyoriy siklik kuchlar (pech oʻqiga perpendikulyar taʼsir qiluvchi vertikal va gorizontal kuchlar), pechning ekssentrisitet bilan aylanishi oqibatida pech korpusining montaj va temperatura taʼsiridan yuzaga keladigan kuchlar, kN, ushbu SHNQning 148-bandida keltirilgan hisob sxemasiga mos ravishda aniqlanishi kerak.
Bunda, pech korpusi oʻqining ekssentrisiteti 20 mm ga teng boʻlganda, har bir tayanchda vertikal va gorizontal yoʻnalishlarda hosil boʻladigan reaksiya kuchlarining maksimal qiymatini qabul qilish kerak.
Tayanchlar soni toʻrttadan ortiq boʻlmaganda, pechning maksimal hisobiy kuchlarini pech korpusi oʻqining ekssentrisitetini 10 mm ga teng qilib aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
258. Uch va toʻrt tayanchli pechlar uchun pech korpusi oʻqining ekssentrisiteti 10 mm ga teng qilib Fn,v va Fn,h kuchlarni topishga yoʻl qoʻyiladi.
259. Tayanchlarni mustahkamlikka hisoblash kuchlarning quyidagi birikmalari boʻyicha bajarilishi lozim:
Fv, Ft
Fv,c , Ft,c
Bu yerda:
Fv, Ft, Fh — koʻrilayotgan tayanchlar uchun hisobiy kuchlar, kN;
Fv,c — tayanchga tushadigan hisobiy vertikal kuch, kN, boʻlib, pechning ekssentrisitetini hisobga olmasdan mazkur SHNQning 146-bandi talablariga muvofiq topilishi lozim;
Ft,c — pech oʻqi boʻylab taʼsir etuvchi tayanchga tushadigan hisobiy gorizontal kuch, kN.
260. Gidrotiraklar bilan jihozlangan tayanchlar uchun pech oʻqi boʻylab yoʻnalgan hisobiy gorizontal kuch sifatida sifatida , kN ushbu SHNQning 62-formulasi boʻyicha qabul qilinishi hamda gidrotirakdagi kuch boʻyicha aniqlanadigan kuchlar har ikkalasidan qay biri katta boʻlsa oʻshanisi qabul qilinishi lozim.
261. Kuchlarning ikkinchi birikmasiga tayanch hisobi pech tayanchining roliklaridan biriga qoʻyilgan kuchdan paydo boʻladigan gorizontal tekislikda taʼsir etuvchi momentni inobatga olgan holda bajarilishi kerak.
262. Tayanchlarning temir-beton elementlarini chidamlikka hisoblash mazkur SHNQning 151-bandi talablariga muvofiq aniqlanadigan kuch boʻyicha bajarilishi, bunda kuch boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti=0,8 deb qabul qilinishi kerak.
263. Tayanch tagining yuzasi uning zamindan koʻpi bilan toʻrtdan biri qadar koʻchishi mumkinligi shartidan aniqlanilishi kerak.
264. Pech tagiga qoʻyiladigan poydevorlarni mazkur SHNQning 146-bandidagi hisob sxemasi uchun aniqlanadigan qurilma vertikal va gorizontal tebranishlari birinchi chastotalarining qiymati yuritma ishlari ilashishi chastotasi qiymatidan koʻpi bilan 25 foiz ga farq qiladigan boʻlishi lozim.
265. Yuritma tishlarining ilashish chastotasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
(63)
bu yerda:
— shesternya gʻildirak gardishidagi tishlar soni;
— pechning aylanish chastotasi ayl/min.
SHNQ 2.02.05-22 “Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Davriy yuklamali dastgohlarning poydevorlarini tebranishlarga hisoblash
1-§. Ramali poydevorlar
1. Aylanish chastotasi 1000 ayl/min ortiq boʻlgan dastgohlar ramali poydevorlari toʻgʻridan-toʻgʻri dinamik hisoblar amalga oshirilishi lozim.
2. Ramali poydevorlar yuqori plitasining vertikal oʻqiga nisbatan gorizontal-aylanma tebranishlar amplitudasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
, (1)
bu yerda:
-yuqori plita ogʻirlik markazining gorizontal tebranishlari amplitudasi, m. u quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
; (2)
— yuqori plitaning ogʻirlik markazidan oʻtuvchi oʻqqa nisbatan uning aylanma tebranishlari amplitudasi (burchak burilishi) u quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
; (3)
— dastgohning burchak aylanishlari chastotasi, s-1, =0,105 ;
— dastgohning aylanishlar chastotasi, ayl/min;
— statik taʼsir etuvchi kuch va taʼsiridan yuqori plita ogʻirlik markazining mos ravishda siljishi, m va burilish burchagi ular quyidagi formulalar boʻyicha topiladi:
; (4)
; (5)
bu yerda:
— dinamik kuch gorizontal tashkil etuvchisining hisobiy qiymati, kN;
— yuqori plita ogʻirlik markazidan oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan uygʻotuvchi momentning hisobiy qiymati, kN m.
U aylanuvchi qismli dastgohlar uchun ga teng deb olinadi;
— mazkur ilovaning (12) va (13) formulalari boʻyicha topiladigan poydevor-zamin tizimining nisbiy dempferlanishi;
— mazkur ilovaning (14) va (15) boʻyicha aniqlanadigan yuqori plitaning ogʻirlik markazidan oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan poydevor gorizontal va aylanma tebranishlari burchak chastotalari,
— yuqori plita ogʻirlik markazidan dastgohning eng chekka podshipnigi oʻqigacha boʻlgan masofa, m.
3. Zaminning elastikligini hisobga olgan holda, poydevor konstruksiyasining bikrlik koeffitsiyentlari kN/m va , kN m quyidagi formulalar boʻyicha hisoblanadi:
; (6)
; (7)
(6)-(7) formulalarda:
— ushbu SHNQning 29-bandi yoki 38-bandlariga muvofiq topiladigan tekis elastik va notekis elastik siljishdagi hamda notekis siqilishdagi zaminning bikirlik koeffitsiyentlari;
— poydevor barcha koʻndalang ramalarining dastgoh vali oʻqiga perpendikulyar gorizontal yoʻnalishdagi bikrlik koeffitsiyentlari yigʻindisi, kN/m (N-koʻndalang ramalar soni) quyidagi formula boʻyicha topiladi:
(8)
— yuqori plitaning gorizontal tekislikda oʻz ogʻirlik markaziga nisbatan burilishida barcha koʻndalang ramalar bikrlik koeffitsiyentlarining yigʻindisi, kN ∙ m, u quyidagi formula boʻyicha topiladi:
(9)
bu yerda:
ei — i koʻndalang rama tekisligidan yuqori plitaning ogʻirlik markazigacha boʻlgan masofa, m.
Uzellar bikr boʻlgan bir qavatli koʻndalang ramaning bikrlik koeffitsiyentlari kN/m, quyidagi formuladan topiladi:
; (10)
bu yerda:
— yuqori qavat ramalari materialining elastiklik moduli, kPa;
; (11)
— mos ravishda rama ustuni va rigeli koʻndalang kesim yuzalarining inersiya momentlari .
— rama ustuninig balandligi va rigelning hisobiy qulochi, m.
4. Ustunning hisobiy balandligini pastki plita yuqori chekkasidan rigel oʻqigacha (uning koʻndalang kesim yuzasi ogʻirlik markazidan oʻtuvchi) boʻlgan masofaga teng qilib, rigelning hisobiy qulochini ustunlar orasidagi masofaning 0,9 qismiga teng qilib olishga yoʻl qoʻyiladi.
5. Poydevor-zamin tizimining nisbiy dempferlanishi ni quyidagi formulalar boʻyicha topiladi:
; (12)
; (13)
bu yerda:
— ushbu SHNQning 31 yoki 39-bandlariga muvofiq poydevorning gruntdagi gorizontal va aylanma hamda tebranishlarining nisbiy dempferlanishi;
— tebranishlarda energiyaning yutilish koeffitsiyenti, u temir-beton konstruksiyalar uchun 0,06, poʻlat konstruksiyalarda esa 0,02 ga teng qilib olinadi.
6. Poydevor tebranishlari burchak chastotalari quyidagi formulalar boʻyicha topiladi:
; (14)
; (15)
(14), (15) formulalarda:
— butun dastgoh, yuqori plita, boʻylama balkalar (toʻsinlar) va ramaning koʻndalang rigellaridan iborat tizim va poydevor barcha ustunlarining 30 foizini qamrab olgan tizimning massasi, t;
— massaning yuqori plita ogʻirlik markazidan oʻtuvchi (gorizontal ramaning) vertikal oʻqqa nisbatan inersiya momenti, t ∙ qiymatni quyidagi formula boʻyicha topishga yoʻl qoʻyiladi:
0,1; (16)
bu yerda:
l — yuqori plitaning uzunligi, m.
2-§. Yaxlit va devorli poydevorlar
7. Yaxlit va devorli poydevorlar yuqori yogʻining gorizontal oʻqqa nisbatan gorizontal-aylanma tebranishlari amplitudalari , m, quyidagi formula boʻyicha topiladi:
(17)
bu yerda:
=; (18)
; (19)
bu yerda:
; (20)
; (21)
; (22)
; (23)
; (24)
; (25)
; (26)
; (27)
— poydevor tagining ogʻirlik markazidan tebranish tekisligiga perpendikulyar oʻtuvchi gorizontal va aylanma tebranishlar burchak chastotalari quyidagi formulalar boʻyicha topiladi:
; (28)
; (29)
=; (30)
— ushbu SHNQning 29 yoki 38-bandi talablariga muvofiq topiladigan asosning bikrlik koeffitsiyentlari, kN/m va kN ∙ m;
— poydevor tagining ogʻirlik markazidan tebranish tekisligiga perpendikulyar yoʻnalishda oʻtuvchi oʻqqa nisbatan butun qurilma massasining inersiya massasi, t ∙ ; quyidagi formuladan topiladi
; (31)
— tovoni chetlariga, chiqiqlariga grunt toʻldirilgan poydevorning va dastgohning ogʻirlik markazidan tebranish tekisligiga nisbatan perpendikulyar ravishda oʻtuvchi oʻqqa nisbatan butun qurilma umumiy massasining inersiya momenti, t ∙ ;
— butun qurilma tovoni (chetlariga va chiqiqlariga grunt toʻldirilgan poydevorning va dastgoh)ning massasi, t;
— dastgohni uygʻotuvchi kuchning hisobiy gorizontal tashkil etuvchisi, kN, 25-bandning kerakli boʻlimlari koʻrsatmalarining hisobga olgan holda topiladi;
M — uygʻotuvchi momentning hisobiy qiymati, kN m;
uygʻotuvchi kuchlar gorizontal tashkil etuvchilarini qurilma ogʻirlik markazi orqali tebranish tekisligiga perpendikulyar oʻqqa keltirishda hosil boʻladigan momentlar va dastgohni uygʻotuvchi moment yigʻindisiga teng moment sifatida topiladi;
— qurilma umumiy ogʻirlik markazidan mos ravishda poydevorning yuqori chegarasigacha hamda poydevor tagigacha boʻlgan masofalar,m.
8. Qurilma tebranishlarining bosh hususiy chastotalari, quyidagi nisbatlardan topiladi:
(32)
bu yerda:
, (33)
9. Yaxlit va devorli poydevorlarning tebranishlarida gorizontal , rad, amplitudalar mazkur ilovaning (17) formulasidan = ( ni aniqlashda) va =0, deb olib topiladi.
10. Poydevor yuqori yonining gorizontal-aylanma tebranishlari amplitudalari, faqat moment taʼsir qilganida, quyidagi formuladan topiladi:
, (34)
11. Yaxlit va devorli poydevorlar vertikal tebranishlari amplitudalari , m, tebranish tekisligiga perpendikulyar boʻlgan gorizontal oʻqqa nisbatan aylanishi hisobga olgan holda quyidagi formula boʻyicha topiladi:
; (35)
bu yerda:
; (36)
— poydevorning qurilma ogʻirlik markazidan tebranish tekisligiga perpendikulyar oʻtuvchi gorizontal oʻqqa nisbatan aylanma tebranishining vertikal tashkil etuvchi amplitudasi gorizontal kuch va moment taʼsir qilganida (vertikal va gorizontal kuch momentlarini hisobga olganda) quyidagicha topiladi:
, (37)
gorizontal kuchlar boʻlmaganida quyidagi formula boʻyicha topiladi:
(38)
— poydevor gorizontal oʻqqa nisbatan aylanma tebranishlari amplitudasi;
— dastgohni uygʻotuvchi kuchning hisobiy tashkil etuvchisi, kN, u mazkur SHNQning 25-bandi talablariga muvofiq aniqlanadi;
— uygʻotuvchi momentning hisobiy qiymati; vertikal va gorizontal kuchlar momentlaridan tashkil topadi, kN ∙ m;
— asosning bikirlik koeffitsiyenti, kN/m, ushbu SHNQning 29 yoki 38-bandi talablariga muvofiq topiladi;
— poydevor hususiy vertikal tebranishlarining burchak chastotasi, , u quyidagi formuladan topiladi:
; (39)
— poydevorning vertikal tebranishlarida nisbiy dempferlanish;
— qurilmaning orgʻirlik markazidan oʻtuvchi vertikal oʻqdan kuch va momentlar yoʻnalishi boʻyicha poydevor yuqori chegarasining chekkasigacha boʻlgan masofa, m.
12. Yahlit va devorli poydevorlarning vertikal oʻq atrofida aylangandagi amplitudalari quyidagi formula boʻyicha topiladi:
, (40)
bu yerda:
— qurilma ogʻirlik markazidan oʻtuvchi vertikal oʻqdan poydevorning eng uzoqda joylashgan nuqtasigacha boʻlgan masofa, m;
— qurilma ogʻirlik markazidan oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan poydevor aylanma tebranishlarining amplitudasi (burchak burilishi) quyidagi formula boʻyicha topiladi:
, (41)
bu yerda:
— qurilmaning ogʻirlik markazidan oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan uygʻotuvchi momentning hisobiy qiymati, kN ∙ m;
— asosning notekis elastik siljishida bikrlik koeffitsiyenti;
— poydevorning aylanma tebranishlari uchun nisbiy dempferlanish;
— qurilma ogʻirlik markazidan oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan poydevor vertikal aylanishlarining burchak chastotasi, , quyidagi formula boʻyicha topiladi:
(42)
— qurilma ogʻirlik markazidan oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan (tovon chetlariga va chiqiqlariga grunt toʻldirilgan poydevorning va dastgohning) butun qurilma massasining inersiya momenti, t ∙ .
Oppozitiv kompressorlarning poydevorlari tebranishlarini hisoblashda ushbu formulalardan foydalanilishi lozim.
SHNQ 2.02.05-22 “Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Impuls yuklamali (kuchli) dastgohlar poydevorlari tebranishlarini hisoblash
1. Dastgoh markazga oʻrnatilganda, poydevor vertikal tebranishlari amplitudasi , m quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
, (1)
bu yerda:
ε — zarba tezligining tiklanish koeffitsiyenti;
— vertikal kuch impulsi, kN ∙ s;
m, λz — ushbu SHNQning 1-ilovasidagi formulalardagidek.
2. Tebranish tekisligiga perpendikulyar boʻlgan gorizontal oʻqqa nisbatan aylanishini hisobga olgan holda, poydevor vertikal tebranishlari amplitudasi, quyidagi formula boʻyicha topiladi:
=, (2)
bu yerda:
ushbu ilovaning (1) formulasidek,esa quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
, (3)
bu yerda:
— poydevor vertikal oʻqidan impuls kuch taʼsiri yoʻnalishida yuqori chegarasining qirrasigacha boʻlgan masofa, m;
— tebranish tekisligiga perpendikulyar boʻlgan gorizontal oʻqqa nisbatan poydevor aylanma tebranishlari amplitudasi (burilish burchagi) quyidagi formula boʻyicha topiladi:
, (4)
bu yerda:
Jφ — tebranish tekisligiga perpendikulyar boʻlgan poydevorning gorizontal oʻqiga nisbatan kuch momentining impulsi, kN ∙ s ∙ m;
— 1-ilovaning 5-b.dagidek.
3. Qurilma ogʻirlik markazidan tebranish tekisligiga perpendikulyar ravishda oʻtuvchi gorizontal va vertikal oʻqlarga nisbatan mos ravishda poydevor gorizontal-aylanma tebranishlari amplitudalarining gorizontal hamda tashkil etuvchilari quyidagi formulalardan topiladi:
(5)
(6)
bu yerda:
h — poydevor tovonidan yuqori chegarasigacha boʻlgan masofa, m;
— poydevorning vertikal oʻqqa nisbatan aylanma tebranishlari amplitudasi (burchak burilishi), rad u quyidagi formula boʻyicha topiladi:
(7)
— qurilmaning ogʻirlik markazidan oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan moment impulsi, kN ∙ s ∙ m;
— majburiy 1-ilovaning 10-b. dagidek.
SHNQ 2.02.05-22 “Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Tasodifiy dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlari tebranishlarini hisoblash
1. Dastgohlarning yaxlit va devorli poydevorlari (masalan, tegirmon) yuqori chegarasining gorizontal tebranishlari amplitudalari tasodifiy dinamik kuchlarga quyidagi formula boʻyicha topiladi:
(1)
bu yerda:
Sq — tasodifiy kuchlarning spektral zichligi, s quyidagi formula boʻyicha topiladi:
, (2)
, (3)
, (4)
— qurilma ogʻirlik markazidan tegirmon barabani aylanish oʻqigacha boʻlgan masofa, m;
— tegirmon barabaniga yuklanadigan massa, t;
— baraban aylanishining burchak chastotasi,;
d — baraban diametri, m;
— dastgoh (tegirmon) turiga bogʻliq boʻlgan koeffitsiyent,u sterjenli tegirmonlar uchun
boshqa turdagi tegirmonlar uchun ga teng deb qabul qilinadi;
g — erkin tushish tezligi, 9,81 m/
belgilarning maʼnosi 1-ilovaning majburiy 5, 6-bandlaridagi formulalardagiga oʻxshash.
2. Ramali poydevorli dastgohlar (masalan, tegirmon) poydevorlarining tasodifiy dinamik kuchlar taʼsiridan boʻladigan gorizontal tebranishlar amplitudalari quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(5)
bu yerda:
— poydevor yuqori qismining ogʻirlik markazidan tegirmonning eng uzoqdagi podshipnigi oʻqigacha boʻlgan masofa, m;
— mos ravishda poydevor yuqori qismining gorizontal, m, va poydevor yuqori qismining ogʻirlik markazidan oʻtuvchi vertikal oʻqqa nisbatan aylanma tebranishlari amplitudalar, rad, ular quyidagi formulalar boʻyicha topiladi:
= (6)
(7)
bu yerda:
— ushbu ilovaning (2) formulasidan aniqlanadi;
— poydevor ogʻirlik markazidan baraban uzunligining oʻrtasigacha boʻlgan plandagi masofa, m.
— belgilari ushbu ilovaning 1 — 4-bandlaridan olinadi.
SHNQ 2.02.05-22 “Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Dastgohlarning yaxlit va devorli poydevorlarining kinematik tebranishlarini hisoblash
1. Yuklamani qabul qiluvchi poydevor yuqori yogʻining bitta poydevor-manbadan kinematik uygʻotilgandagi gorizontal-aylanma tebranishlari amplitudasi quyidagi formuladan topiladi:
=, (1)
bu yerda:
(2)
;
qiymatlari qiymatlar ushbu SHNQning 1-ilovasidagi (20)-(23) formulalari boʻyicha hisoblanadi:
; (3)
; (4)
Hisob ning har bir qiymati uchun bajarilishi kerak.
(1) — (4) formulalarda quyidagilar qabul qilingan:
— yuklamani qabul qiluvchi poydevor oʻrnatilgan joyda poydevor-manbaning gorizontal tebranishidan grunt yuzasi gorizontal tebranish nuqtasining amplitudasi 33 band koʻrsatmalariga muvofiq topiladi;
, (5)
bu yerda:
— poydevor-manba vertikal tebranishlaridan yuklamani qabul qiluvchi poydevor tomonlari eng chekka nuqtalariga mos keluvchi grunt yuzalari nuqtalari vertikal tebranishlari amplitudalari;
— yuklamani qabul qiluvchi poydevor tovoni gorizontal tebranishlari koʻrilayotgan yoʻnalishdagi tomonlarining oʻlchamlari;
— poydevor-manba tebranishlari burchak chastotasi.
— belgilarning maʼnosi majburiy 1-ilovaning 5-b. formulalaridagi kabi.
2. Yuklamani qabul qiluvchi poydevorning bitta poydevor-manbadan kinematik uygʻotilgandagi aylanishlarni hisobga olgan holda, vertikal tebranishlari amplitudasi quyidagi formula bilan topiladi:
+ (6)
bu yerda:
; (7)
; (8)
bu yerda:
; (9)
, — belgilar majburiy 1-ilovaning 9-b.dagi kabi.
Yukni qabul qiluvchi poydevor bir nechta poydevor-manbadan kinematik tebranishlarni hisoblashda har bir tebranish manbai uchun mos ravishda (1) yoki (6) formulalar boʻyicha hisoblanadigan (yoki ) qiymatlar jamlanadi.
SHNQ 2.02.05-22 “Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Nosimmetrik massiv va devorli poydevorlarning tebranishlarining hisobi
1. Yukning vaqtga ixtiyoriy ravishda bogʻliqligida erkinlik darajasi 6 taga teng boʻlgan nosimmetrik massiv va devorli poydevorlarning tebranishlarining hisobi: O' koordinata boshiga nisbatan 3 ta ilgarlanma x', y', z' koʻchishlar va mos ravishda x',y',z' oʻqlarga nisbatan 3 ta burchak χ',φ',ψ' koʻchishlar.
1-rasm — Poydevorning erkinlik darajasi
2. Oltita differensial tenglamalar sistemasi poydevor tebranishini oʻzida aks etadi:
, (1)
bu yerda:
, , — mos ravishda inersiya, soʻnish va bikrlik matritsalar elementlari;
— poydevorga taʼsir qiluvchi (ilgarlanma va aylanma taʼsirlar, meʼyoriy qiymatlar) umumlashgan kuchlar.
3. O' koordinata boshi poydevor tagligining ogʻirlik markaziga joylashadi, z' oʻq vertikal yoʻnalishda tepaga yoʻnaladi, gorizontal oʻqlar poydevorning tagligi tekisligida yotadi va bosh oʻqlar hisoblanadi.
Bunda, diogonal bikrlik va soʻnig matritsalari: i pri , .
4. Noldan farqli diagonal bikrlik matritsa elementlari quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
; ; ; ; , (2)
bu yerda:
Kx, Kz, va Kψ (11), (9) va (12) formulalar boʻyicha hisoblanadi, va esa — oʻzaro munosobatdan olinadi.
; , (3)
bu yerda:
va — poydevor tagligining x' va u' oʻqlariga nisbatan mos ravishda inersiya momentlari.
5. Inersiya elementlari matritsasi barcha uskunalar oʻzida massasini ifodalaydi (qirralari va chetlari grunt bilan toʻldirilgan poydevor), statik va inersiya momentlari O'x'y'z' koordinata oʻqlari sistemasiga nisbatan aniqlash lozim.
6. Noldan farqli boʻlgan diagonal soʻnish matritsasi boʻlib, quyidagi ifodalar yordamida aniqlash kerak:
, (4)
bu yerda:
D1 = D2 = ξx, D3 = ξz, D4 = D5 = ξφ, D6 = ξψ; nisbiy soʻnish qiymatlari ξx, ξz, ξφ va ξψ 6.1.5-6.1.6 koʻrsatmalarga muvofiq aniqlanadi.
7. Yukning vaqtga ixtiyoriy bogʻliqligi bilan tenglamalar tizimi (1) uchun differensial tenglamalarni yechishning sonli usullaridan foydalanish kerak.
Davriy, impulsli yoki tasodifiy yuklanishning alohida holatlarida, shuningdek simmetriya tekisligi mavjud boʻlganda, analitik usullardan qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.02.05-22 “Dinamik yuklamali dastgohlar poydevorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
Deformatsiya boʻyicha aylanuvchi qismlarni hisobga olgan holda dastgohlar poydevorlarining hisobi
1. Aylanadigan qismlarga yega dastgohlar poydevorini deformatsiyalar boʻyicha hisoblash yuk uchun ishonchlilik koeffitsiyenti boʻlgan doimiy yuklar uchun amalga oshirilishi kerak.
Yuklarni poydevorning ustki tuzilishi tomonidan qayta taqsimlanishini hisobga olmasdan aniqlashiga yoʻl qoʻyiladi.
2. Pastki poydevor plitasining deformatsiyalarini cheklashda unga yoriqbardoshlilik talabi qoʻyiladi: doimiy va montaj yuklari taʼsirida pastki plitada yoriqlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Deformatsiyalari cheklangan dastgohlar poydevori uchun tabiiy asos sifatida quyidagi tuproqlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
boʻshashgan qumlar;
suv bilan toʻyingan holatda suffuziyaga duchor boʻlgan mayda va loyli qumlar;
oquvchan gil tuproqlar;
deformatsiya moduli 10 MPa dan kam boʻlgan toʻkma va yuviladigan tuproqlar;
loy, torf va torf tuproqlari.
4. Turboagregatlarning poydevorlari uchun texnologik cheklovlar mavjud boʻlgan hollarda, pastki poydevor plitasining zamini gruntida uzoq muddatli deformatsiyasining qiymati (toʻrt yillik ekspluatatsiya salqilikning oʻzgarishi) Δf toʻliq salqilik f ning hisobiy kattaligining κ ulushi sifatida baholashga yoʻl qoʻyiladi:
(1)
κ koeffitsiyentining qiymati quyidagi 1-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
1-jadval
κ — koeffitsiyentning qiymati zamin va poydevor toʻliq deformatsiyasining ulushini ifodalab, dastgohning dastlabki toʻrt yillik faoliyati davomida oʻrnatishdan keyin ishga tushirilgandan boshlab va birinchi kapital taʼmirga qadar oʻzini namoyon qiladi. Har bir keyingi davr uchun mos keladigan deformatsiyaning qiymati kamayadi.
5. Poydevorning umumiy salqiligining hisobiy qiymati f zamin va poydevorning birgalikdagi deformatsiyasini hisoblash orqali aniqlash lozim.
6. Faqat pastki plitani hisobga olish va umumiy salqilikning hisobiy qiymatini 15 foiz ga kamaytirish orqali ramali poydevorning yuqori tuzilishi bikrligining taʼsirini hisobga olishga yoʻl qoʻyiladi.
7. Uzaytirilgan poydevorlar uchun pastki plitaning boʻylama yoʻnalishida balka sxemasi boʻyicha dastgohning oʻqi yoʻnalishi bilan toʻgʻri keladigan, plitani koʻndalang yoʻnalishda absolbt qattiq deb qabul qigan holda egilishga hisoblashga hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
8. Deformatsiyalarni hisoblashda pastki plitaning bikrligi ish sharoitidan kelib chiqqan holda quyidagi ifoda yordamida yaxlit bir jinsli egilishga ishlaydigan jism deb aniqlanadi:
, (2)
bu yerda:
— betonning uzoq muddatli va qisqa muddatli polzuchestini taʼsirini hisobga oladigan koeffitsiyent boʻlib, 0,6 teng qilib qabul qilingan.
— choʻzilish va siqilishda betonning boshlangʻich elastiklik moduli;
— ogʻirlik markaziga nisbatan plita kesim yuzasining keltirilgan inersiya momenti.
9. Poydevor deformatsiyalari chegaralangan hollarda va zaminda oquvchanlik koʻrsatkichi mavjud boʻlgan gil gruntlar, shuningdek mayda va changli suvga toʻyingan qumlar mavjud boʻlganda, pastki poydevor plitasining deformatsiyalarini hisoblashda grunt hisobiy deformatsiya moduliga dinamik yuklar taʼsirida uzoq muddatli deformatsiyalar imkoniyatini hisobga olish imkoniyatini beruvchi zamin gruntining ish sharoiti koeffitsiyenti kiritiladi.
