Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-939-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Markaziy xarid qiluvchi funksiyalari Energetika bozori regulatori tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Markaziy xarid qiluvchi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi yuz foiz boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
Markaziy xarid qiluvchi va uzatish tizimi operatori elektr energiyasini uzatish tizimi orqali ishlab chiqaruvchilarning ulanish nuqtalaridan taqsimlash tizimining tegishli ulanish nuqtalarigacha yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan isteʼmolchilarning ulanish nuqtalarigacha uzatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzadi. Bunda uzatilgan elektr energiyasining hisobini uzatish tizimi operatori yuritadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-7051573
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 30-modda. Markaziy xarid qiluvchi Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-939-son). neolex.uz/uz/laws/law-7051594/30 (lex.uz/docs/-7051573)