18-modda. Elektr energiyasi bozori faoliyatining monitoringi
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-939-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Elektr energiyasi bozori faoliyatining monitoringi Energetika bozori regulatori tomonidan amalga oshiriladi.
Energetika bozori regulatori quyidagi tahlilni oʻz ichiga olgan yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 31-martiga qadar eʼlon qiladi:
elektr energiyasi bozorining faoliyati;
bozor ishtirokchilarining faoliyati;
narxlash mexanizmlari;
tartibga solinadigan tariflarni qoʻllash va elektr energiyasi bozoridagi oʻzgarishlar dinamikasi.
Elektr energiyasi bozori operatori va tegishli tizim operatori elektr energiyasi bozori ishtirokchilarining faoliyatini monitoring qiladi hamda bozor qoidalari buzilganligi hollari toʻgʻrisida energetika bozori regulatorini hamda raqobat sohasidagi vakolatli davlat organini xabardor qiladi.
