Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalarida valyuta boyliklari bilan kassa ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (468-1-son)
29.03.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 29-martda 468-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalarida valyuta boyliklari bilan olib boriladigan kassa ishi toʻgʻrisida Nizom”ga (1998-yil 3-avgustda 468-son bilan davlat roʻyxatiga olingan) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan sanadan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-fevral,
34-1-son
