Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan belgilanadigan taqiqlar (cheklovlar) va majburiyatlar ularning yoshi, jinsi, sogʻligʻining holati, xulq-atvori, ijtimoiy moslashtirish dasturlaridagi ishtiroki hamda ushbu shaxslar sodir etgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati, ilgari jinoyatlar sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilganligi faktlari mavjudligi, shuningdek yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanganligi va maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinganligi hisobga olingan holda tabaqalashtiriladi.
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ijtimoiy moslashtirish choralari ularning xulq-atvorini ijtimoiy-psixologik baholash natijalari asosida yakka tartibda qoʻllaniladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-7050441
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 8-modda. Tabaqalashtirish va individual yondashish prinsipi Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son). neolex.uz/uz/laws/law-7050445/8 (lex.uz/docs/-7050441)