67-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxsni probatsiya hisobidan chiqarish asoslari
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Probatsiya nazoratidagi shaxsni probatsiya hisobidan chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi:
jazoni oʻtab boʻlganlik;
shartli hukmning bekor qilinganligi;
jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish bekor qilinganligi;
jazoning oʻtalmagan qismi ozodlikdan mahrum qilish yoki jarima bilan almashtirilganligi;
takroran jinoyat sodir etganlik uchun hukm qilinganlik;
kasallik yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik oqibatida jazodan ozod qilinganlik;
amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilinganlik;
sud hukmining (ajrimining) bekor qilinganligi;
probatsiya nazoratidagi shaxsning vafot etganligi.
