58-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarining qoʻllanilishi uchun asoslar
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
qonunga rioya etish va ijtimoiy-foydali xulq-atvorda boʻlish;
sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etish;
ijtimoiy moslashtirish dasturlari asosida oʻtkazilayotgan tadbirlarda, shuningdek tarbiyaviy tadbirlarda muntazam ravishda ishtirok etish;
probatsiya nazoratidagi boshqa shaxslarga “usta-shogird” prinsipi boʻyicha kasb-hunar oʻrgatish;
huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, fosh etishga koʻmaklashish.
