52-modda. Probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy va huquqiy yordam koʻrsatish
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Ijtimoiy va huquqiy yordamga muhtoj boʻlgan probatsiya nazoratidagi shaxslarga probatsiya xizmati xodimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida yordam koʻrsatiladi.
Tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalarining vakolatlariga kirmaydigan ijtimoiy va huquqiy masalalar boʻyicha probatsiya nazoratidagi shaxslarga tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalarining yoʻllanmalari asosida davlat organlari tomonidan ijtimoiy va huquqiy yordam koʻrsatiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlarining taqdimnomasi asosida tuman (shahar) hokimligi yashash joyiga ega boʻlmagan probatsiya nazoratidagi shaxslarni uy-joy bilan taʼminlash masalasini belgilangan tartibda hal etishda koʻmaklashadi.
