31-modda. Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish tartibi
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish mazkur shaxsning yashash joyidagi tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasining xodimi tomonidan probatsiyaga oid axborot tizimiga ushbu shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarini hamda sudning hukmi, ajrimi yoki qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Probatsiyaga oid axborot tizimiga kiritilayotgan maʼlumotlar probatsiya xizmati xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish chogʻida sudning hukmi, ajrimi yoki qarori ushbu shaxsga tanishtirilganligi faktini tasdiqlash uchun barmoqlar izlarini tanib olish tizimidan foydalaniladi.
Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish chogʻida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda probatsiya nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi subyektlarga ular tomonidan tegishli choralar koʻrish uchun xabarnomalar yuboriladi.
