18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining va uning hududiy boʻlinmalarining probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Probatsiya toʻgʻrisida (O‘RQ-938-son) · Sana: 07.08.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari:
probatsiyani amalga oshirish sohasidagi davlat dasturlarini roʻyobga chiqarishda ishtirok etadi;
probatsiya nazoratidagi yoshlarni ijtimoiy moslashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
probatsiya nazoratidagi yoshlarni ishga joylashtirishga, yoshlarni kichik biznesga, xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etishga koʻmaklashadi;
probatsiya nazoratidagi yoshlarni madaniyat va sanʼat sohasidagi tadbirlarga, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
