“E-saylov” axborot tizimining reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (1352-son)
19.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qarori
Saylov jarayonini tashkil qilishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali saylov jarayoni ishtirokchilari tomonidan saylov komissiyalariga hujjatlarni taqdim etish, saylov komissiyalarining qarorlarini qabul qilish, shuningdek saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa jarayonlarni elektron shaklda amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 26-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda “E-saylov” axborot tizimi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “E-saylov” axborot tizimining reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman, shahar Kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman, shahar hokimliklari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari, xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar, shuningdek Tashqi ishlar vazirligi “E-saylov” axborot tizimidan foydalanuvchilar (bundan buyon matnda tizimdan foydalanuvchilar deb yuritiladi) hisoblanadi;
Tizimdan foydalanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi va mazkur qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga qatʼiy rioya qilgan holda foydalanishlari lozim.
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi bir oy muddat ichida tizimdan foydalanuvchilar uchun “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (OneID) orqali “E-saylov” axborot tizimiga kirish imkoniyatini yaratsin.
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Markaziy saylov komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
bir hafta muddatda tizimdan foydalanuvchilar roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlasin;
oʻn kun muddatda tizimdan foydalanuvchilarni “E-saylov” axborot tizimidan foydalanish boʻyicha tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtadigan manzillari va aniq muddatlari belgilangan reja-grafikni ishlab chiqib tasdiqlasin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
joylarda tizimdan foydalanuvchilarga tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlarini yuqori saviyada oʻtkazish uchun barcha shart-sharoitlari yaratilgan oʻquv xonalari bilan taʼminlash;
tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlarida tizimdan foydalanuvchilarni toʻliq qatnashishlarini taʼminlash choralarini koʻrsin.
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda tasdiqlangan reja-grafikka asosan belgilangan muddatlarda tizimdan foydalanuvchilarga oʻqitish ishlarini tashkil etsin.
8. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 19-iyul,
1352-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 19-iyuldagi 1352-son qaroriga ILOVA
“E-saylov” axborot tizimining reglamenti
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament saylov jarayonlarini tashkil qilishda “E-saylov” axborot tizimi orqali saylov jarayoni ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro elektron axborot almashinuvi tartibini belgilaydi.
Ushbu Reglament qoidalari “E-saylov” axborot tizimidan foydalanuvchilarga tatbiq etiladi.
Quyidagilar “E-saylov” axborot tizimidan foydalanuvchilar (bundan buyon matnda tizimdan foydalanuvchilar deb yuritiladi) hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi);
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;
viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyalari deb yuritiladi);
tuman, shahar saylov komissiyalari;
siyosiy partiyalar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shahar Kengashlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shahar hokimliklari;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda Tashqi ishlar vazirligi deb yuritiladi);
xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar;
xorijiy, xalqaro va mahalliy ommaviy axborot vositalari;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
rahbar — tizimidan foydalanuvchi tegishli vakolatli organning rahbari boʻlib, “E-saylov” axborot tizimiga kiritilgan hujjatlarni Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydigan shaxs;
elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirishlar natijasida hosil qilingan hamda ERIning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va ERI kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo;
ERI kalitining egasi — oʻziga ERI kalitining sertifikati berilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, ERI bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot;
soʻrovnoma — tizimdan foydalanuvchilarning “E-saylov” axborot tizimi orqali yuborgan murojaati (ariza, taqdimnoma, tavsiyanoma);
Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) — “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha yagona axborot tizimi.
3. Markaziy saylov komissiyasi “E-saylov” axborot tizimining egasi va uning buyurtmachisi hisoblanadi.
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi “E-saylov” axborot tizimining ishlab chiquvchisi va operatori hisoblanadi.
5. Quyidagilar operatorning asosiy vazifalari hisoblanadi:
“E-saylov” axborot tizimiga texnikaviy xizmat koʻrsatish hamda samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda tizimdan foydalnuvchilarni “E-saylov” axborot tizimida ishlashga oʻqitish;
idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashni taʼminlash;
“E-saylov” axborot tizimini takomillashtirib borish;
tizimdan foydalanuvchilar “E-saylov” axborot tizimiga kirishlari uchun imkoniyat yaratish;
“E-saylov” axborot tizimining axborot xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.
6. Tizimdan foydalanuvchilar oʻrtasida soʻrovnomalar quyidagi tarzda elektron shaklda amalga oshiriladi:
a) Markaziy saylov komissiyasi bilan:
siyosiy partiyalar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar;
mahalliy ommaviy axborot vositalari;
Tashqi ishlar vazirligi;
hududiy saylov komissiyalari;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalari bilan:
siyosiy partiyalar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari;
tuman va shahar hokimliklari;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatligiga nomzodlar;
xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
tuman, shahar saylov komissiyalari;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodning ishonchli vakillari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatligiga nomzodning ishonchli vakillari;
xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodning ishonchli vakillari;
Tashqi ishlar vazirligi;
v) tuman, shahar saylov komissiyasi bilan:
siyosiy partiyalar;
tuman va shahar hokimliklari;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillari.
2-bob. “E-saylov” axborot tizimi orqali soʻrovnoma yuborish tartibi
7. Tizimdan foydalanuvchilar tomonidan saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikda koʻrsatilgan talablar boʻyicha tayyorlangan soʻrovnomalar tegishli saylov komissiyalariga “E-saylov” axborot tizimi orqali elektron tarzda yuboriladi.
Tizimdan foydalanuvchilar “E-saylov” axborot tizimi orqali soʻrovnoma yuborishi uchun ERI kalitiga ega boʻlishi kerak.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar va ularning ishonchli vakillarining soʻrovnomalaridan tashqari barcha murojaatlar tizimdan foydalanuvchining ERI bilan tasdiqlanadi.
8. Tizimdan foydalanuvchi yuridik shaxsning rahbari ERI orqali “E-saylov” axborot tizimiga kiradi. Tegishli soʻrovnoma turini tanlaydi, uni shakllantiradi hamda ERI bilan imzolaydi. Soʻrovnoma tegishli saylov komissiyasiga avtomatik tarzda yuboriladi.
9. Tizimdan foydalanuvchilar tomonidan saylov toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga asosan soʻrovnomalarni yuborish, koʻrib chiqish, qaror qabul qilish jarayonlari mazkur Reglamentning 1.1 — 1.31-ilovalariga asosan amalga oshiriladi. Bunda tegishli soʻrovnoma turi boʻyicha 2.1 — 2.17-ilovalarga muvofiq shakldagi soʻrovnomalar toʻldiriladi.
Tizimdan foydalanuvchilarning “E-saylov” axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga kirishi Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali ERIdan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bundan deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari mustasno.
Deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari shaxsiy kabinetiga kirish “E-saylov” axborot tizimida ularning roʻyxatga olingan shaxsiy mobil telefon raqamiga yuborilgan SMS-xabarnomadagi maxfiy kodni kiritish orqali amalga oshiriladi.
3-bob. “E-saylov” axborot tizimi orqali kelib tushgan soʻrovnomalarni koʻrib chiqish tartibi
10. Saylov komissiyalari bilan boshqa foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Saylov komissiyalari oʻzlariga kelib tushgan soʻrovnomalarni saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, qaror qabul qiladi. Qaror nusxasi soʻrovnomani yuborgan tizimdan foydalanuvchiga avtomatik tarzda yuboriladi.
11. “E-saylov” axborot tizimiga kiritilgan qarorlar tegishli saylov komissiyasi raisi yoki komissiya raisining oʻrinbosari tomonidan ERI bilan tasdiqlanadi.
12. Saylov komissiyasiga kelib tushgan soʻrovnomalar boʻyicha qarorlar loyihalari komissiya raisining oʻrinbosari yoki kotibi tomonidan “E-saylov” axborot tizimida elektron shaklda tayyorlanadi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
13. “E-saylov” axborot tizimiga kirish huquqini olgan tizimdan foydalanuvchilarning barchasi oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarning sir saqlanishiga, axborotlar xavfsizligi va maʼlumotlar daxlsizligini taʼminlashga masʼul hisoblanadi.
14. Markaziy saylov komissiyasi “E-saylov” axborot tizimiga egalik qiladi, uning uzluksiz ishlashini nazorat qiladi, zaruratga koʻra mazkur tizimni takomillashtirish boʻyicha Raqamli texnologiyalar vazirligiga takliflar kiritadi.
15. Raqamli texnologiyalar vazirligi “E-saylov” axborot tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlaydi hamda tizimda ishlash boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqadi.
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.1-ILOVA
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi boʻyicha siyosiy partiyaning vakolatli vakilini “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va vakolatini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Chora-tadbirlar Muddatlar 1-bosqich Ariza beruvchi (siyosiy partiya) 1. Siyosiy partiya vakolatli vakilini roʻyxatdan oʻtkazish uchun “E-saylov” axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtadi. 2. Ariza beruvchi soʻrovnomani toʻldiradi va tasdiqlash uchun yuboradi. Saylov kampaniyasi eʼlon qilingan kundan boshlab 2-bosqich “E-saylov” axborot tizimi Toʻldirilgan soʻrovnomani Markaziy saylov komissiyasiga yuboradi. Avtomatik tarzda 3-bosqich Markaziy saylov komissiyasi 1. Soʻrovnomani koʻrib chiqadi va roʻyxatdan oʻtkazish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi. 2. Qabul qilingan qarorni ariza beruvchiga yuboradi. 5 ish kunida 4-bosqich Ariza beruvchi (siyosiy partiya) 1. Roʻyxatdan oʻtkazilganligi yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorni (maʼlumot) “E-saylov” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yuklab oladi. 2. Murojaat rad etilganida, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda avvalgi raqamini koʻrsatib, qayta murojaat qilish mumkin. Zaruratga koʻra Roʻyxatdan oʻtgan vakolatli vakilning vakolatini muddatidan ilgari tugatish 5-bosqich Ariza beruvchi (siyosiy partiya) Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtgan vakolatli vakilining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish boʻyicha soʻrovnomani toʻldiradi va tasdiqlash uchun yuboradi. Zaruratga koʻra 6-bosqich “E-saylov” axborot tizimi Toʻldirilgan soʻrovnomani Markaziy saylov komissiyasiga yuboradi. Avtomatik tarzda 7-bosqich Markaziy saylov komissiyasi 1. Soʻrovnomani koʻrib chiqadi va vakolatli vakilning vakolatini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi. 2. Qabul qilingan qarorni ariza beruvchiga yuboradi. 2 ish kunida 8-bosqich Ariza beruvchi (siyosiy partiya) Vakolatli vakilning vakolatini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qarorni “E-saylov” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yuklab oladi. Zaruratga koʻra
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.2-ILOVA
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashiga saylov boʻyicha siyosiy partiyaning vakolatli vakilini “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va vakolatini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.3-ILOVA
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov boʻyicha siyosiy partiyaning vakolatli vakilini “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va vakolatini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.4-ILOVA
Siyosiy partiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida ishtirok etishiga “E-saylov” axborot tizimi orqali ijozat berish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.5-ILOVA
Siyosiy partiyaga xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi deputatlari saylovida ishtirok etishiga “E-saylov” axborot tizimi orqali ijozat berish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.6-ILOVA
Siyosiy partiyaga xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatlari saylovida ishtirok etishiga “E-saylov” axborot tizimi orqali ijozat berish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.7-ILOVA
Siyosiy partiyadan bir mandatli saylov okrugi boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodni “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatga olish va nomzodni nomzodlik maqomidan mahrum etish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.8-ILOVA
Siyosiy partiyadan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodni “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatga olish va nomzodni nomzodlik maqomidan mahrum etish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.9-ILOVA
Siyosiy partiyadan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodni “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatga olish va nomzodni nomzodlik maqomidan mahrum etish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.10-ILOVA
Siyosiy partiyadan yagona saylov okrugi boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatga olish va nomzodni nomzodlik maqomidan mahrum etish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.11-ILOVA
Siyosiy partiyadan bir mandatli saylov okruglari boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodning ishonchli vakilini “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatga olish va deputatlikka nomzodning ishonchli vakilini vakolatidan mahrum etish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.12-ILOVA
Siyosiy partiyadan yagona saylov okrugi boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodning ishonchli vakilini “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatga olish va nomzodning ishonchli vakilini vakolatidan mahrum etish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.13-ILOVA
Siyosiy partiyadan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashiga deputatlikka nomzodning ishonchli vakilini “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatga olish va nomzodning ishonchli vakilini vakolatidan mahrum etish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.14-ILOVA
Siyosiy partiyadan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga deputatlikka nomzodning ishonchli vakilini “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatga olish va nomzodning ishonchli vakilini vakolatidan mahrum etish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.15-ILOVA
Hududiy saylov komissiyasi aʼzolari tarkibini “E-saylov” axborot tizimi orqali tasdiqlash va aʼzosining vakolatini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.16-ILOVA
Tuman, shahar saylov komissiyasi aʼzolari tarkibini “E-saylov” axborot tizimi orqali tasdiqlash va aʼzosini vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.17-ILOVA
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi aʼzolari tarkibini “E-saylov” axborot tizimi orqali tasdiqlash va aʼzosini vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.18-ILOVA
Uchastka saylov komissiyalari aʼzolari tarkibini “E-saylov” axborot tizimi orqali tasdiqlash va aʼzosini vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.19-ILOVA
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilganda ommaviy axborot vositalari vakillarini “E-saylov” axborot tizimi orqali akkreditatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyadan oʻtgan ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.20-ILOVA
Mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini “E-saylov” axborot tizimi orqali akkreditatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyadan oʻtgan ommaviy axborot vositasi vakillarining vakolatini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.21-ILOVA
Mahalliy Kengashlarga boʻshab qolgan oʻrinlarga oʻtkazilayotgan saylovda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini “E-saylov” axborot tizimi orqali akkreditatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyadan oʻtgan ommaviy axborot vositasi vakillarining vakolatini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.22-ILOVA
Siyosiy partiyadan kuzatuvchilarni “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatga olish va roʻyxatga olingan kuzatuvchilarning vakolatini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.23-ILOVA
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilarni “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatga olish va roʻyxatga olingan kuzatuvchilarning vakolatini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.24-ILOVA
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha bir mandatli saylov okruglarini “E-saylov” axborot tizimi orqali tuzish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.25-ILOVA
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglarini “E-saylov” axborot tizimi orqali tuzish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.26-ILOVA
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglarini “E-saylov” axborot tizimi orqali tuzish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.27-ILOVA
Saylov uchastkalarini “E-saylov” axborot tizimi orqali tuzish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.28-ILOVA
Xorijdagi saylov uchastkalarini “E-saylov” axborot tizimi orqali tuzish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.29-ILOVA
Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari tarkibini “E-saylov” axborot tizimi orqali tasdiqlash
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.30-ILOVA
Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarini “E-saylov” axborot tizimi orqali roʻyxatga olish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 1.31-ILOVA
Xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini “E-saylov” axborot tizimi orqali akkreditatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyadan oʻtgan ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatini muddatidan ilgari tugatish
SXEMASI
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.1-ILOVA
Siyosiy partiyaning vakolatli vakilini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.2-ILOVA
Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.3-ILOVA
Bir mandatli saylov okrugidan deputatlikka nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.4-ILOVA
Yagona saylov okrugi boʻyicha Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiya tomonidan koʻrsatilgan nomzodlar roʻyxatini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.5-ILOVA
Deputatlikka nomzodning ishonchli vakilini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.5.1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatligiga nomzodning ishonchli vakilini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.6-ILOVA
Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasining aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.6.1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasining aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.7-ILOVA
Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.7.1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.8-ILOVA
Siyosiy partiyaning kuzatuvchilarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.9-ILOVA
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining kuzatuvchilarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.10-ILOVA
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha bir mandatli saylov okruglari toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.10.1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bir mandatli saylov okruglarini tuzish boʻyicha
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.11-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.12-ILOVA
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.12.1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.13-ILOVA
Saylov uchastkalarini tuzish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.13.1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida saylov uchastkalarini tuzish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.14-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.15-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.16-ILOVA
Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
“E-saylov” axborot tizimining reglamentiga 2.17-ILOVA
Xorijiy ommaviy axborot vositasini vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
I. Ommaviy axborot vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
II. Akkreditatsiyaga taqdim qilingan OAV vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
