Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (161-son)
16.04.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ Boj tarifi”, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 16-aprel,
161-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada bojxona xizmatini tashkil etish va uning faoliyati masalalari haqida” 1991-yil 26-oktabrdagi 272-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 12-avgustdagi 375-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatining baʼzi masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 1-martdagi 111-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika isteʼmol bozorini muhofaza qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 19-maydagi 236-son qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1996-yil 16-sentabrdagi 319-son qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chetdan keltirilayotgan tovarlarning ayrim turlariga aksiz soligʻi joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 23-sentabrdagi 333-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirishlar kiritilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini barter asosida amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 25-oktabrdagi 520-son qaroriga ilovaning 12-bandidan “Bunda 2-roʻyxatda keltirilgan tovarlarga koʻproq ustunlik berilishi kerak” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarorida:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati”ga soʻzlari “Milliy xavfsizlik xizmatiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasining” soʻzlari “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Milliy xavfsizlik xizmati” soʻzlari “Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari boʻlishlari yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroridagi (Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-apreldagi 121-son qarori tahririda):
5-bandning uchinchi xat boshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining bojxona xizmati organlari” soʻzlari “bojxona organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qaroridagi:
4-band chiqarib tashlansin;
1-ilovaning 8-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari va bojxona xizmatlarida” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida viloyatlar soliq boshqarmalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar Toshkent shahar boshqarmalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilova chiqarib tashlansin:
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chetga olib chiqib ketilayotgan tovarlarning ayrim turlariga aksiz soligʻi joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 1-oktabrdagi 343-son qaroriga ilovadan “Qayta eksport sifatida chetga olib chiqib ketilayotgan boshqa mahsulotlar — 25%” soʻzlari chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1998-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va Oʻzbekiston Respublikasi budjetining prognozi toʻgʻrisida” 1997-yil 5-dekabrdagi 540-son qaroriga 14-3-ilovadagi “qayta eksport sifatida chetga olib chiqib ketilayotgan boshqa mahsulotlar 25%” soʻzlari chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-fevraldagi 61-f-son farmoyishidagi:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “14 va 15-bandlar bilan” soʻzlari “14-band bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band chiqarib tashlansin.
