“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida (3489-1-son)
17.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3489-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-son “Davlat xizmatlari koʻrsatish hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 11-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 20-dekabrdagi 2023/31-10-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 14-dekabrdagi 01/14-07-2/30-son qarori (roʻyxat raqami 3489, 2024-yil 10-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2024-y., 10/24/3489/0018-son) bilan tasdiqlangan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
