Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (364-son)
28.06.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlarini ishga solish, mahallalarni ekin ekishga va kichik ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish orqali aholi daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2024-yilda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida tadbirkorlik, elektr energiyasi va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablagʻlar ajratish koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi mahallalarda mikro va kichik loyihalarni oyma-oy amalga oshirish hamda 2024-yilda beriladigan moliyaviy xizmat paketini ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
2024-yilda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida qishloq xoʻjaligi, tomorqa, sanoat, savdo va xizmat koʻrsatish sohalarida aholini ish bilan taʼminlashning maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
2024-2025-yillarda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi sholi ekish yer maydonlarini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislash, hosildorligini oshirish va suv nasoslarini energiya tejaydiganga almashtirish koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;
2024-yilda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 2-3 sotixli kichik issiqxonalar va 5-6 sotixli parniklar tashkil qilish koʻrsatkichlari 6-ilovaga muvofiq;
2024-yilda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 3 sotixli intensiv bogʻlar tashkil qilish koʻrsatkichlari 7-ilovaga muvofiq;
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabining Sayxunobod tumani hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladigan bino va inshootlarda joylashtiriladigan tashkilotlar roʻyxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida (keyingi oʻrinlarda — Sayxunobod tumani) tadbirkorlik, elektr energiyasi va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash dasturini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 60 milliard soʻm ajratilishini taʼminlasin.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga asosan Sirdaryo axborot texnologiyalari texnikumi negizida Sayxunobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi tashkil etilganligi;
Sayxunobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan obyektning bir qismida maktab internati qurilishi rejalashtirilganligi hamda qolgan qismi bir necha yillardan buyon boʻsh turganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Sayxunobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabiga tegishli bino va inshootlarning (keyingi oʻrinlarda — obyekt) maktab ehtiyojlari uchun zarur boʻlmagan qismini Sayxunobod tumani hokimligiga va omborxona qismini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish;
obyektning maktab ehtiyojlari uchun zarur boʻlmagan qismida davlat tashkilotlarini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish, chet tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv markazlariga ijara huquqi asosida berish, shuningdek, obyektning omborxona qismida nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotini tashkil etish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorga 8-ilovaga muvofiq Sayxunobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabini obyektlari belgilangan tartibda topshirish-qabul qilish dalolatnomalari asosida Sayxunobod tumani hokimligiga hamda omborxona qismi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. Sirdaryo viloyati hokimligi:
uch oy muddatda mazkur qarorga 8-ilovaga muvofiq Sayxunobod tumani hokimligiga oʻtkaziladigan obyektlarda davlat tashkilotlarini joylashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda kamida 200 oʻrinli nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotini tashkil etish sharti bilan obyektni omborxona qismini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻrsin.
7. Sirdaryo viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Sayxunobod tumanida, tajriba tariqasida, 19 ta mahallaning har biriga “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan 1 tadan mini-traktorni, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan 4 tadan moto-kultivatorni boshlangʻich toʻlovsiz yetti yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga berish yoki “mahalla yettiligi” tavsiya etgan tadbirkorga (fuqaroga) imtiyozli kreditlash asosida yetkazib berish taklifi maʼqullansin.
“Oʻzagrolizing” AJ, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tajriba tariqasida, Sayxunobod tumanidagi 19 ta mahallada mini-traktor hamda moto-kultivatorlarni uzoq muddatli lizingga berish va imtiyozli kreditlash amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
8. Belgilansinki, 2024-yil 1-avgustdan 2025-yil 1-avgustga qadar Sayxunobod tumanida, huquqiy eksperiment tariqasida:
yuridik shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlarining 10 foizi;
“mahalla yettiligi” oʻz hududida tadbirkorlikni subyektlari tomonidan yaratilgan yangi ish oʻrinlariga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qoʻshimcha tushgan 50 foizi mahalla budjetiga yoʻnaltiriladi.
Bunda:
ushbu band qoidalari yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan tushumlarga hamda budjet tashkilotlarida yaratilgan ish oʻrinlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
mazkur bandda koʻrsatilgan daromadlar moliya yili uchun belgilangan ajratma meʼyorlariga muvofiq tegishli viloyat va tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar tuman mahalliy budjetlari orqali mahalla budjetiga yoʻnaltiriladi;
Sayxunobod tumani “mahalla yettiligi” oʻz hududida tadbirkorlik subyektlari tomonidan yaratilgan yangi ish oʻrinlariga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qoʻshimcha tushgan 50 foizini mahalla budjetiga yoʻnaltirish mazkur qarorga 9-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 15-avgustga qadar eksperiment natijasi boʻyicha ushbu tizimni respublikaning barcha hududlarida joriy etish boʻyicha taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlik rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-sentabrga qadar ushbu qarorning 8-bandida nazarda tutilgan tushumlarni toʻgʻri taqsimlash maqsadida yangi yaratilgan ish oʻrinlari va tushumlar hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan dasturini ishga tushirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Sirdaryo viloyati hokimi A.A. Maxmudaliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-iyun,
364-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 364-son qaroriga 1-ILOVA
2024-yilda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida tadbirkorlik, elektr energiyasi va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablagʻlar ajratish koʻrsatkichlari
T/r Tuman nomi Mahalla nomi Mavjud muammo Oʻlchov birligi Miqdori Quvvati (kVt) Amalga oshirish muddati Obyektning umumiy qiymati (mln soʻm) Obyekt holati (yangi/oʻtuvchi) 1. Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasi “Farovon” mahallasidagi ishlab chiqarish hududida tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tashkil etilayotgan yirik ishlab chiqarish korxonalarini kelgusida muqobil elektr energiyasi manbai bilan taʼminlash uchun 2 ta 25 MVA transformatorli podstansiya qurish va “Goʻzal” podstansiyasidan 2 zanjirli uzunligi 54,3 km boʻlgan 110 kVli elektr uzatish havo tarmogʻini tortish talab etilmoqda. km 54,3 110 2024-yil 29 000,0 yangi dona 1 25000 31 000,0
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 364-son qaroriga 2-ILOVA
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Chora-tadbirlar Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Tadbirkorlik va kichik ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda davlat obyektlaridan samarali foydalanish yoʻnalishida 1. Sayxunobod tumanidagi 200 ta xonadonda kichik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish choralarini koʻrish. 2024-yil davom�da Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB (S. Annaklichev), Sayxunobod tumani hokimligi (K. Mullajonov) 2. Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasidagi 31,5 gektar yaylov toifasidagi yer maydonlari toifasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar toifasiga oʻzgartirish hisobidan kichik sanoat zonasini tashkil etish. 2024-2025-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Sayxunobod tumani hokimligi (K. Mullajonov) 3. Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasida 31,5 gektar yer maydonida tashkil etiladigan kichik sanoat zonasida kamida 100 million dollarlik sanoat loyihalarini shakllantirish. 2024-2025-yillarda Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov), Markaziy bank (N. Saydullayev) 4. Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 4,9 gektar yerlarni sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻzgartirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2024-yil avgust Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov) 5. Sayxunobod tumanidan oʻtgan A-373 magistral yoʻlining 23 kilometr qismida xizmat koʻrsatish loyihalarini shakllantirish va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlarga taklif qilish. 2024-yil avgust Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev) 6. Sayxunobod tumani “Oʻrikzor”, “Guliston”, “Nurli yoʻl”, “Baxmalsoy” va “Farovon” mahallalaridagi 4,9 gektar maydonda 40 ta xizmat koʻrsatish obyekti, 1 ta mehmonxona va 1 ta logistika markazini tashkil qilish. 2024-yil yakuniga qadar AT “Xalq banki” (Sh. Atabayev), “Agrobank” ATB (R. Mamatqulov), “Asakabank” AJ (Q. Tulyaganov), Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev) II. Dehqonchilik va bogʻdorchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yoʻnalishida 7. Sayxunobod tumanidagi 19 ta mahallaning har birida “tuman hokimi — bogʻ egasi — tijorat banki” oʻrtasida shartnoma tuzish orqali 10 tadan xonadonda namunaviy intensiv bogʻ tashkil qilish. Bunda: tomorqada kamida 400 gektar sanoatlashgan intensiv bogʻ tashkil qilish, hosilga kirgandan boshlab, kelgusi uch yil davomida eksportni 20 million dollarga olib chiqish; 2024-yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Sayxunobod tumani hokimligi (K. Mullajonov) AT “Xalq banki” (Sh. Atabayev), “Agrobank” ATB (R. Mamatkulov), “Asakabank” AJ (Q. Tulyaganov) 2025-yilda yana 10 ta xonadonni bogʻ qilishga jalb qilish; 2025-yil yakuniga qadar intensiv bogʻ tashkil qilish tizimini ikki yil davomida 4 mingta xonadonda yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratish. 2025-2026-yillar 8. Tijorat banklari bilan birgalikda 790 ta koʻchadan beshtadan xonadonni tanlab, xonadon egalarini tomorqasidan 3-marta hosil olishga oʻqitish. 2024-yil avgust Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) 9. Sayxunobod tumanidagi 98 kilometr kanallar va drenaj tarmoqlar atrofidagi 100 gektar boʻsh yer maydonlarida terak koʻchatlari ekish ishlar�ni tashkil etish. 2024-yil iyul Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) III. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik tarmoqlarini rivojlantirish yoʻnalishida 10. Sayxunobod tumanida chorva hayvonlarini boqishga xohishi boʻlgan, biroq tomorqasida joyi yetishmayotgan aholi xonadonlarini aniqlash. Xatlov natijalari boʻyicha tomorqasida joyi yetmayotgan xonadonlarga Sayxunobod tumanidagi zaxirada turgan 400 gektar erni boʻlib berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtirish. ikki oy muddatda Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Sayxunobod tumani hokimligi (K. Mullajonov) 11. Xorazm tajribasi asosida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi “Sintob”, “Paxtaobod”, “Olgʻa bos” va “Doʻstlik” mahallalarida sutni yigʻish shoxobchalarini tashkil etish. “Olgʻa bos” mahallasida 3-4 tonna va “Baxmalsoy” mahallasidagi “Poly Tex Sirdaryo” MChJ qoshida bir kunda quvvati 5 tonnalik sutni qayta ishlash sexlarini tashkil etish. Respublikaning boshqa hududlariga qayta ishlangan sut mahsulotlarini realizatsiya qilishni yoʻlga qoʻyish. 2024-yil yakuniga qadar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov), Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Sayxunobod tumani hokimligi (K. Mullajonov) 12. Sayxunobod tumanida asalarichilikni rivojlantirish va asal yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida zamonaviy asalarichilik markazini tashkil etish. 2024-yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), AT “Xalq banki” (Sh. Atabayev), “Agrobank” ATB (R. Mamatkulov), Sayxunobod tumani hokimligi (K. Mullajonov) IV. Aholining uy-joy sharoitlarini hamda taʼlim sifatini yaxshilash yoʻnalishida 13. Sayxunobod tumani “Turon” mahallasidagi 3 gektar boʻsh yer maydonida 10 ta zamonaviy koʻp qavatli uy-joylar qurilishini amalga oshirish. Bunda ushbu turar joylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun 180 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti va tutash hududdagi umumtaʼlim maktabida qoʻshimcha 330 oʻrinli oʻquv binosini barpo etish. 2024-2025-yillarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov), Sirdaryo viloyati hokimligi (A. Maxmudaliyev), Sayxunobod tumani hokimligi (K. Mullajonov)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 364-son qaroriga 3-ILOVA
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi mahallalarda mikro va kichik loyihalarni oyma-oy amalga oshirish hamda 2024-yilda beriladigan moliyaviy xizmat paketini ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari
T/r Mahallalar nomi Tashkil etiladigan mikro va kichik loyihalar soni shundan, Jami ajratiladigan mablagʻlar (mln soʻm) shundan, iyul avgust sentyabr oktyabr noyabr dekabr Oilaviy tadbirkorlik dasturlari Kichik biznesni kompleks qoʻllab-quvvatlash Biznesga birinchi qadam mikroqarzlari Jami 190 36 38 40 27 25 24 13 953 12 813 780 360 1. “Baxmalsoy” 10 2 2 2 1 1 2 733 673 30 30 2. “Gulbuloq” 10 1 2 3 1 2 1 746 686 45 15 3. “Guliston” 10 2 2 2 1 2 1 733 673 45 15 4. “Doʻstlik” 10 2 2 2 1 1 2 733 673 30 30 5. “Ittifoq” 10 2 2 2 1 2 1 733 673 45 15 6. “Mustaqillik” 10 2 2 2 1 2 1 733 673 45 15 7. “Nurli yoʻl” 10 2 2 2 1 2 1 733 673 45 15 8. “Nurobod” 10 2 2 2 1 2 1 733 673 45 15 9. “Olgʻabos” 10 2 2 2 1 1 2 733 673 30 30 10. “Paymard” 10 1 2 o 2 1 1 746 686 45 15 11. “Paxtakon” 10 2 2 2 2 1 1 733 673 45 15 12. “Paxtaobod” 10 2 2 2 2 1 1 733 673 45 15 13. “Sintob” 10 2 2 2 2 1 1 733 673 45 15 14. “Turon” 10 2 2 2 1 1 2 733 673 30 30 15. “Oʻzbekiston” 10 2 2 2 2 1 1 733 673 45 15 16. “Oʻrikzor” 10 2 2 2 2 1 1 733 673 45 15 17. “Farovon” 10 2 2 2 2 1 1 733 673 45 15 18. “Shodlik” 10 2 2 2 1 1 2 733 673 30 30 19. “Yangi hayot” 10 2 2 2 2 1 1 733 673 45 15
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 364-son qaroriga 4-ILOVA
2024-yilda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida qishloq xoʻjaligi, tomorqa, sanoat, savdo va xizmat koʻrsatish sohalarida aholini ish bilan taʼminlashning maqsadli koʻrsatkichlari*
T/r Mahallalar nomi Aholi soni, nafar Sohalar kesimida Jami qishloq xoʻjaligi tomorqa sanoat savdo va xizmat koʻrsatish qurilish amalda mavjud yangi yaratiladigan amalda mavjud yangi yaratiladigan amalda mavjud yangi yaratiladigan amalda mavjud yangi yaratiladigan amalda mavjud yangi yaratiladigan amalda mavjud yangi yaratiladigan 1. “Baxmalsoy” 5 058 315 347 160 74 109 40 319 179 4 17 907 657 2. “Gulbuloq” 6318 324 188 164 70 19 7 392 220 3 10 902 495 3. “Guliston” 5 009 338 376 171 70 95 35 343 192 2 7 949 680 4. “Doʻstlik” 4 253 249 280 127 57 11 4 246 138 3 10 636 489 5. “Ittifoq” 6316 401 570 204 230 57 21 420 236 4 16 1 086 1 073 6. “Mustaqillik” 2 035 145 204 74 59 5 2 128 72 1 5 353 342 7. “Nurli yoʻl” 3 191 230 307 117 65 5 2 213 120 3 10 568 504 8. “Nurobod” 5 147 345 468 176 118 22 8 336 189 3 13 882 796 9. “Olgʻabos” 2 827 178 396 91 240 27 10 175 98 3 10 474 754 10. “Paymard” 5 109 351 402 178 62 0 0 347 195 4 17 880 676 11. “Paxtakon” 2 696 176 251 89 80 23 8 158 89 2 7 448 435 12. “Paxtaobod” 6 652 385 434 196 75 22 8 390 219 4 15 997 751 13. “Sintob” 5 387 358 412 182 50 21 8 351 197 1 5 913 672 14. “Turon” 3 617 27 58 13 32 90 33 224 126 2 8 356 257 15. “Oʻzbekiston” 3 416 229 264 116 50 54 20 222 125 4 14 625 473 16. “Oʻrikzor” 3 460 251 336 127 72 98 36 233 131 1 5 710 580 17. “Farovon” 3 683 254 306 129 58 392 144 247 139 6 24 1 028 671 18. “Shodlik” 4 024 15 75 7 62 36 13 248 139 2 6 308 295 19. “Yangi hayot” 4 063 240 284 122 78 0 0 242 136 2 7 606 505 Jami 82 261 4811 5 958 2 443 1 602 1 086 399 5 234 2 940 54 206 13 628 11 105
* Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda umumiy koʻrsatkichlar doirasida mahallalar kesimida oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 364-son qaroriga 5-ILOVA
2024-2025-yillarda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi sholi ekish yer maydonlarini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislash, hosildorligini oshirish va suv nasoslarini energiya tejaydiganga almashtirish koʻrsatkichlari
T/r Mahallalar nomi Jami sholi maydoni (gektar) Lazerli tekislanadigan maydon (gektar) Hosildorligi oshiriladigan sholi maydonlari, ts/ga Energiya tejaydiganga almashtiriladigan nasoslar soni (dona) amalda reja 1. “Baxmalsoy” 5,2 - 46,0 79,2 - 2. “Gulbuloq” 63,4 50,0 49,0 80,4 1,0 3. “Mustaqillik” 217,8 150,0 49,0 82,1 3,0 4. “Nurli yoʻl” 67,8 - 46,0 79,2 1,0 5. “Oʻzbekiston” 113,5 100,0 48,0 82,4 2,0 6. “Oʻrikzor” 161,7 120,0 50,0 83,0 3,0 7. “Farovon” 16,0 - 46,0 79,2 1,0 8. “Shodlik” 13,2 - 45,0 74,3 - 9. “Yangi hayot” 1 341,4 1 200,0 51,0 81,3 19,0 Jami 2 000,0 1 620,0 430,0 721,1 30,0
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 364-son qaroriga 6-ILOVA
2024-yilda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 2-3 sotixli kichik issiqxonalar va 5-6 sotixli parniklar tashkil qilish koʻrsatkichlari
T/r Mahallalar nomi Xonadonlar soni 2-3 sotixli issiqxonalar 5-6 sotixli “parnik”lar (duga usulida) soni maydoni, (sotix) soni maydoni, (sotix) 1. “Baxmalsoy” 74 10 23 64 326 2. “Gulbuloq” 70 20 46 50 255 3. “Guliston” 70 20 46 50 255 4. “Doʻstlik” 57 15 35 42 214 5. “Ittifoq” 230 80 184 150 765 6. “Mustaqillik” 59 19 44 40 204 7. “Nurli yoʻl” 65 10 23 55 281 8. “Nurobod” 118 60 138 58 296 9. “Olgʻabos” 240 30 69 210 1 071 10. “Paymard” 62 20 46 42 214 11. “Paxtakon” 80 40 92 40 204 12. “Paxtaobod” 75 40 92 35 179 13. “Sintob” 50 15 35 35 179 14. “Turon” 32 12 28 20 102 15. “Oʻzbekiston” 50 15 35 35 179 16. “Oʻrikzor” 72 22 51 50 255 17. “Farovon” 58 16 37 42 214 18. “Shodlik” 62 30 69 32 163 19. “Yangi hayot” 78 28 64 50 255 Jami 1 602 502 1 155 1 100 5 610
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 364-son qaroriga 7-ILOVA
2024-yilda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 3 sotixli intensiv bogʻlar tashkil qilish koʻrsatkichlari
T/r Mahallalar nomi Xonadonlar soni 3 sotixli intensiv bogʻlar tashkil etish (sotix) Jami 195 585 1. “Baxmalsoy” 13 39 2. “Gulbuloq” 14 42 3. “Guliston” 12 36 4. “Doʻstlik” 13 39 5. “Ittifoq” 17 51 6. “Mustaqillik” 8 24 7. “Nurli yoʻl” 9 27 8. “Nurobod” 13 39 9. “Olgʻabos” 7 21 10. “Paymard” 9 27 11. “Paxtakon” 6 18 12. “Paxtaobod” 13 39 13. “Sintob” 5 15 14. “Turon” 6 18 15. “Oʻzbekiston” 12 36 16. “Oʻrikzor” 10 30 17. “Farovon” 10 30 18. “Shodlik” 5 15 19. “Yangi hayot” 13 39
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 364-son qaroriga 8-ILOVA
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabining Sayxunobod tumani hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladigan bino va inshootlarda joylashtiriladigan tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r Obyekt nomi Yer maydoni (gektar) Bino maydoni (kv.m) Joylashtiriladigan tashkilotlar I. Sayxunobod tumani hokimligiga oʻtkaziladigan bino va inshootlar 1. Bino va inshoot (liter-0002) 0,03 300 Sayxunobod tumani Sanitar epidemiologik xizmati 2. Bino va inshoot (liter-0002) 0,0259 259 Sayxunobod tumani Veterinariya boʻlimi 3. Bino va inshoot (liter-0004) 0,004 40 “Mahalla” uyushmasi Sayxunobod tumani boʻlimi 4. Bino va inshoot (liter-0004) 0,02 200 Sayxunobod tumani Madaniyat boʻlimi 5. Bino va inshoot (liter-0004) 0,0035 35 Sayxunobod tumani Statistika boʻlimi 6. Bino va inshoot (liter-0004) 0,0364 364 Sayxunobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 7. Bino va inshoot (liter-0004) 0,0035 35 Yoshlar ishlar agentligi Sayxunobod tumani boʻlimi 8. Bino va inshoot (liter-0004) 0,016 160 Sayxunobod tumani Qishloq xoʻjaligi boʻlimi 9. Bino va inshoot (liter-0004) 0,0125 125 Sayxunobod tumani Fermerlar kengashi 10. Bino va inshoot (liter-0004) 0,006 60 Sayxunobod tuman Qurilish boʻlimi 11. Bino va inshoot (liter-0004) 0,004 40 Sayxunobod tumani Savdo-sanoat boʻlimi 12. Bino va inshoot (liter-0005) oldi tarafi 0,05 505,6 Sayxunobod tumani Axborot-kutubxona markazi 13. Bino va inshoot (liter-0005) 0,05 500 Chet tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv markazlarini ijara asosida joylashtirish II. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladigan bino va inshootlar 14. Omborxona 0,07 304 Kamida 200 oʻrinli nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotini tashkil etish sharti bilan elektron onlayn-auksion savdoga chiqarish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 364-son qaroriga 9-ILOVA
Sayxunobod tumani “mahalla yettiligi” oʻz hududida tadbirkorlikni subyektlari tomonidan yaratilgan yangi ish oʻrinlariga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qoʻshimcha tushgan 50 foizini mahalla budjetiga yoʻnaltirish
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Amalga oshirish mexanizmi Muddatlar 1-bosqich Hokim yordamchilari Hokim yordamchilari “mahalla yettiligi” tomonidan mahallada yaratilgan yangi ish oʻrni va rasmiy ishga joylashtirilgan jismoniy shaxslarga tegishli maʼlumotlarni (JShShR, ishga joylashtirilgan tashkilot STIRi va shaxsni ishga joylashgan sanasini) umumlashtiradi. Umumlashtirilgan maʼlumotlarni hokim yordamchilari Soliq qoʻmitasi tomonidan ishga tushiriladigan avtomatlashtirilgan dastur orqali tuman soliq inspeksiyasiga yuboradi. Hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar 2-bosqich Tuman soliq inspeksiyasi Hokim yordamchilari tomonidan yuborilgan maʼlumotlarga asosan ishga joylashtirilgan jismoniy shaxslarning haqiqatda soliq hisobotlarida aks etganligini va daromad soligʻi haqiqatda toʻlanganligini tekshiradi. Maʼlumotlar tekshirilgandan soʻng mahallalar kesimida yangi ish oʻrinlari hisobidan budjetga qoʻshimcha toʻlangan daromad soliqlari miqdorlari toʻgʻrisidagi elektron reyestrini tuman hokimligiga yuboradi. Besh ish kunida 3-bosqich Tuman hokimligi Tuman hokimligi taqdim etilgan roʻyxatga asosan tegishli davrda budjetga qoʻshimcha toʻlangan daromad soliqlarining 50 foizini mahalla budjetiga ajratish boʻyicha tegishli taklifni xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlariga kiritadi. Uch ish kunida 4-bosqich Tuman hokimligi, tuman gʻaznachilik xizmati boʻlimi Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari qaroriga asosan ajratilgan mablagʻlarni mahalla budjetiga oʻtkazadi. Uch ish kunida
