26-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida (431-XII-son) · Sana: 20.11.1991 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyat doirasida mavjud aholi punktlarini hisob qilib borish va yangi paydo boʻlgan aholi punktlarini roʻyxatga olish ishlari, xalq deputatlari nohiya (shahar) Sovetlari rayosatlarining iltimoslariga muvofiq, tegishlicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari viloyat Sovetlarining rayosatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik ahamiyatga ega boʻlgan va aholisi doimiy boʻlmagan kichik (xoʻjaliklari soni 10 tadan oshmaydigan) aholi punktlari alohida hisobga olinmaydi, balki xoʻjalik, maʼmuriy yoki hududiy jihatdan ular qaysi aholi punkti bilan bogʻliq boʻlsa, oʻsha aholi punktiga qoʻshib hisobga olinadi.
Aholisi koʻchib ketgan yoki boshqa joyga koʻchirilgan aholi punktlari xalq deputatlari nohiya (shahar) Sovetlari rayosatlarining iltimosnomalariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlari rayosatlari tomonidan hisobdan chiqariladi. Qonunda belgilangan tartibda shahar, shahar posyolkasi doirasiga kirgan yoki boshqa aholi punktlari bilan birlashtirilgan aholi punktlari ham hisobdan chiqarilgan hisoblanadi.
