24-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida (431-XII-son) · Sana: 20.11.1991 · Amalda
Xalq deputatlari shahar, posyolka, qishloq, ovul Sovetlariga boʻysunuvchi hududda joylashgan mahallalar, prospektlar, koʻchalar, tor koʻchalar, maydonlar, xiyobonlar, istirohat bogʻlari, koʻpriklar va boshqa inshootlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tegishli xalq deputatlari Sovetlari rayosatlari (nohiyaga boʻysunuvchi shahar, shahar posyolkasi, qishloq va ovullarga — xalq deputatlari tegishli Sovetlari ijroiya qoʻmitalari) tomonidan amalga oshiriladi.
