22-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida (431-XII-son) · Sana: 20.11.1991 · Amalda
Korxonalarga, temir yoʻl stansiyalariga, aeroportlarga, muassasalarga, tashkilotlarga, oʻquv yurtlari va boshqa obyektlarga, shuningdek mahallalar, prospektlar, koʻchalar, tor koʻchalar, maydonlar, hiyobonlar, istirohat bogʻlari va aholi punktlarining boshqa tarkibiy qismlariga davlat, jamoat arboblari, siyosiy arboblar, Vatan himoyachilari, Mehnat Qahramonlari, fan, madaniyat arboblarining hamda boshqa xizmat koʻrsatgan kishilarning nomlarini berish faqat ularning vafotidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
