18-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida (431-XII-son) · Sana: 20.11.1991 · Amalda
Viloyatlar, nohiyalar, shaharlar, shaharlardagi nohiyalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan xalq deputatlari tegishli Sovetlarining iltimosiga muvofiq amalga oshiriladi.
Shahar posyolkalari, qishloqlar, ovullar va aholi punktlariga nom berish, ularning nomini oʻzgartirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari viloyat Sovetlari rayosatlari tomonidan xalq deputatlari tegishli Sovetlarining sessiyalarida qabul qilingan qarorlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
