13-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida (431-XII-son) · Sana: 20.11.1991 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar doirasida nohiyalarning chegaralarini oʻzgartirish, yaʼni nohiyaga boʻysunuvchi shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar, ovullar va ayrim aholi punktlarini bir nohiyadan ikkinchisiga oʻtkazish, shuningdek qishloqlar, ovullarning chegaralarini oʻzgartirish va maʼmuriy markazlarini koʻchirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati, xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetining rayosati tomonidan xalq deputatlari tegishli shahar, shahar posyolkasi, qishloq, ovul Sovetlari hamda nohiya Soveti rayosatining iltimosiga muvofiq amalga oshiriladi.
Alohida hollarda ayrim qishloqlar va ovullar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining Farmoni va xalq deputatlari viloyat Sovetlari rayosatlarining xalq deputatlari tegishli qishloq, ovul Soveti hamda nohiya Soveti rayosatining iltimoslariga asoslangan qarorlari bilan nohiya tarkibidan xalq deputatlari shahar Sovetining maʼmuriy qaramogʻiga olib berilishi mumkin.
Alohida hollarda xoʻjalik va iqtisodiy jihatdan shahar yoki shahar posyolkasi bilan bogʻliq boʻlgan ayrim qishloq aholi punktlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining Farmoni, viloyat Sovetlari rayosatlarining xalq deputatlari tegishli qishloq Sovetining iltimosiga asoslangan qarorlari bilan xalq deputatlari tegishli shahar yoki shahar posyolkasi Sovetining maʼmuriy qaramogʻiga olib berilishi mumkin.
