Gidroenergetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish toʻgʻrisida (PQ-252-son)
12.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, elektr energiyasini ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda gidroenergetika sohasining mavjud salohiyatidan samarali foydalanishni yanada oshirish maqsadida:
1. Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzbekgidroenergo” AJning (keyingi oʻrinlarda — Jamiyat) 2028-yil yakuniga qadar gidroelektr stansiyalari umumiy quvvatini 5 508 MVtga yetkazish, shu jumladan umumiy quvvati 1600 MVt boʻlgan gidrotoʻplash elektr stansiyalarini qurish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. 2024 — 2028-yillarda gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tasdiqlansin:
“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan umumiy quvvati 1018 MVt boʻlgan gidroelektr stansiyalarini qurish boʻyicha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda umumiy quvvati 449 MVt boʻlgan gidroelektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1a-ilovaga muvofiq;
Gidroenergetika sohasida xususiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan umumiy quvvati 2 275 MVt boʻlgan investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq.
3. Gidroenergetika sohasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarida — Respublika komissiyasi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Respublika komissiyasi (A. Aripov):
xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlardan jalb qilinayotgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini hamda Dasturda belgilangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb qilinishini;
Dasturda inobatga olingan investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish hamda investitsiya loyihalari belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini;
gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish uchun zarur uskuna va ehtiyot qismlarning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi orqali bosqichma-bosqich ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilishini;
yangi gidroelektr stansiyalarini qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishning har bir bosqichida xalqaro qurilish standartlari va ilgʻor xorijiy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini;
Dasturning oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining gidroelektr stansiyalarini qurishga xususiy tadbirkorlarni jalb etish va ularga koʻmaklashish borasida amalga oshirayotgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarining bir yilda kamida ikki marta eshitib borilishini;
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishining qatʼiy nazoratga olinishini hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish boʻyicha vazirlik va idoralar faoliyatining muvofiqlashtirilishini taʼminlansin.
Respublika komissiyasiga, zaruratga koʻra, Dasturning umumiy parametrlari va koʻrsatkichlarini saqlagan holda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Mahallalarda mikro va kichik gidroelektr stansiyalari xususiy sektor ishtirokida qurib ishga tushirilishini jadallashtirish maqsadida:
a) bir hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari rahbarligida ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarida — ishchi guruhlar) tuzilsin;
b) ishchi guruhlar:
bir oy muddatda mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurish imkoniyati mavjud loyiha maydonlari roʻyxatini shakllantirsin;
mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurishga mahalliy tadbirkorlarni keng jalb qilish chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ bilan birgalikda mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurishda loyiha tashabbuskorlarini auksion savdolari orqali aniqlash maqsadida loyihalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni asosida auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin;
har chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Respublika komissiyasiga kiritib borsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Dasturda koʻzda tutilgan istiqbolli investitsiya loyihalari doirasida, Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda:
loyiha hujjatlarini xorijiy loyiha va konsalting tashkilotlari takliflariga asosan xalqaro qurilish standartlari asosida ishlab chiqish, ekspertiza organlarining xulosasini olish va qurilishga tatbiq etishga;
xorijiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha xorijiy investorlarni (xususiy sherikni) eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aniqlashga va shartnomalar tuzishga;
xorijiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha xalqaro tajribaga ega konsultantlar bilan eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi;
b) Jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan, shuningdek, Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalari doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-martdagi “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarorining 13-bandi qoidalari tatbiq etiladi;
kompensatsiya toʻlovlarining barcha turlari, daraxt va butalar qimmatbaho navlarini koʻchirish (daraxtlar va butalar ekish, ularni parvarish qilish), shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa barcha xarajatlar, agar ushbu xarajatlar tasdiqlangan loyihaoldi va loyiha hujjatlarida koʻzda tutilmagan boʻlsa, loyihaoldi va loyiha hujjatlariga mazkur xarajatlarni inobatga olish yuzasidan oʻzgartirish kiritish talab etilmaydi.
Bunda mazkur xarajatlar Jamiyat tomonidan qoplab beriladi va kelgusida obyektning qiymatini hisoblashda inobatga olinadi.
6. Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jamiyat bilan birgalikda ikki oy muddatda:
mikro va kichik gidroelektr stansiyalari qurilishida xorijiy davlatlar, shu jumladan Turkiya va Xitoy Xalq Respublikasi tajribasini oʻrgangan holda sohaga xususiy investorlarni jalb qilish hamda ularni ragʻbatlantirish boʻyicha taklif kiritsin;
2025 — 2030-yillarda Jamiyatning operatsion samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda xarajatlarni qisqartirishning maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi (J. Qoʻchqorov):
Dasturda koʻzda tutilgan investitsiya loyihalarining 2028-yilga qadar amalga oshirilishini taʼminlash uchun Jamiyat tarkibidagi gidroelektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotish tariflarini qayta koʻrib chiqsin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi mazkur qarorga 1a-ilovada koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini 2025-yil uchun davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxatiga kiritilishini hamda oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat kafolati berilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-iyul,
PQ-252-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladigan gidroelektr stansiyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalari
ROʻYXATI
* Loyiha koʻrsatkichlariga ishlab chiqilgan TIA (ishchi loyiha)ga asosan aniqlik kiritiladi.
** Mazkur roʻyxatga yangi aniqlangan istiqbolli investitsiya loyihalarining kiritilishi “Oʻzbekgidroenergo” AJning Tarmoq ilmiy-texnik kengashi yoki Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
*** Mazkur roʻyxatga kiritilmagan istiqbolli investitsiya loyihalari DXSH tamoyillari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga 1a-ILOVA
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda gidroelektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rLoyihalar nomiLoyiha quvvati,MVtYillik oʻrtacha ishlab chiqarish,mln kVt-soatLoyihaning taxminiy qiymati,mln doll.shundan, davlat kafolati ostida jalb etiladigan kredit qiymati,mln doll.Amalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilarJAMI449,01 255,61117,7395,71.Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Pskom GES qurilishi248,0585,3705,859,51. Oʻzgartirish kiritilgan TIA boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar tomonidan xulosa taqdim etish.2024-yil iyulOʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Turonbank (Mirzayev)2. Prezident qarori loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlashga (qaytadan) kiritish.2025-yil avgust3. Davlat kafolati berilishini taʼminlash.2025-yil avgust4. Davlat kafolatiga yuridik xulosa taqdim etish.2025-yil sentabr5. Kelishuv va shartnomaga asosan loyiha doirasida tegishli ishlarni tashkil etish.2025-yil dekabr2.Toshkent viloyati Ohangaron shahri Doʻkentsoy daryosida Doʻkentsoy GES qurilishi5,024,110,69,01. Rossiya Federatsiyasining “Xalqaro rivojlanish loyihalari” MChJ (OOO “MPR”) bilan import shartnomasi loyihasini kelishish.2024-yil iyulOʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Turonbank (Mirzayev)2. Oʻzgartirish kiritilgan TIA boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar tomonidan xulosa taqdim etish.2024-yil iyul3. Prezident / Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlashga kiritish.2025-yil avgust4. Davlat kafolati berilishini taʼminlash.2025-yil avgust5. Davlat kafolatiga yuridik xulosa taqdim etish.2025-yil sentabr6. Kelishuv va shartnomaga asosan loyiha doirasida tegishli ishlarni tashkil etish.2025-yil dekabr3.Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Mullalaq GES qurilishi140,0396,0313,8266,71. Loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kafolati ostida amalga oshiriladigan, Eksimbank (Xitoy) mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar roʻyxatiga kiritish.2024-yil iyulIqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi(Kudratov),Adliya vazirligi(Tashkulov),“Oʻzbekgidroenergo” AJ(Sanginov),Turon Bank(Mirzayev)2. Loyiha TIAsini masʼul vazirliklar bilan kelishish.2024-yil avgust3. Eksimbank (Xitoy) tomonidan moliyalashtirish boʻyicha rozilik olish.2024-yil avgust4. Prezident / Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlashga kiritish.2024-yil sentabr5. Davlat kafolati berilishini taʼminlash.2025-yil oktabr6. Davlat kafolatiga yuridik xulosa taqdim etish.2025-yil oktabr7. Prezident / Hukumat qarori qabul qilingandan soʻng loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli tender savdolarini oʻtkazish.2025-yil noyabr8. Kelishuv va shartnomaga asosan loyiha doirasida tegishli ishlarni tashkil etish.2025-yil dekabr4.“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi32,4156,144,637,91. Loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida amalga oshiriladigan, Eksimbank (Xitoy) mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar roʻyxatiga kiritish.2024-yil iyulOʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Turonbank (Mirzayev)Jumladan:“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-19) modernizatsiya qilish;9,036,816,514,0“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-22) modernizatsiya qilish;5,229,212,310,52. Loyiha TIAsini masʼul vazirliklar bilan kelishish.2024-yil iyul“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UNni (GES-23) modernizatsiya qilish18,290,115,813,43. Eksimbank (Xitoy) tomonidan moliyalashtirish boʻyicha rozilik olish.2024-yil iyul5.“Shahrixon GESlari kaskadi” UKni modernizatsiya qilish va “Janubiy Fargʻona Kanali (PK-571) JFK-5 GES qurilishi” investitsiya loyihasi23,694,142,936,54. Prezident / Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlashga kiritish.2024-yil avgustJumladan:“Shahrixon GESlari kaskadi” UKni (GES-5a) modernizatsiya qilish;7,629,612,210,45. Davlat kafolati berilishini taʼminlash.2024-yil sentabr6. Davlat kafolatiga yuridik xulosa taqdim etish.2024-yil sentabr“Shahrixon GESlari kaskadi” UKni (GES-ba) modernizatsiya qilish;3,813,17,76,57. Prezident / Hukumat qarori qabul qilingandan soʻng loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli tender savdolarini oʻtkazish.2025-yil oktabrJanubiy Fargʻona Kanali (PK-571) JFK-5 GES qurilishi12,251,423,019,68. Kelishuv va shartnomaga asosan loyiha doirasida tegishli ishlarni tashkil etish.2025-yil dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga 2-ILOVA
Gidroenergetika sohasida xususiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari
ROʻYXATI
Izoh. Xususiy investorlar tomonidan qiziqish bildirilmagan loyihalar “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga 3-ILOVA
Gidroenergetika sohasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekgidroenergo” AJ tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3540-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Oʻzbekgidroenergo” AJ va uning ulushi mavjud boʻlgan korxonalar (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekgidroenergo” AJ tashkilotlari) ekvivalentining umumiy miqdori 60 million AQSh dollari boʻlgan gidroenergetikani yanada rivojlantirish va yangi yuqori voltlik elektr uzatish liniyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun zamonaviy ixtisoslashtirilgan va texnologik uskunalar, asboblar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar, litsenziyali dasturiy mahsulotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni xarid qilish orqali tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yangilash va mustahkamlash hamda investitsiya loyihalarini, shu jumladan tizimdagi korxonalar bazasida gidroagregatlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qaroriga 1-ilovaning 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qaroriga 1-ilovaning 215, 216 va 218-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Gidroenergetika quvvatlarini yanada koʻpaytirish maqsadida Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzbekgidroenergo” AJning (keyingi oʻrinlarda — Jamiyat) 2028-yil yakuniga qadar gidroelektr stansiyalari umumiy quvvatini 5 507,8 MVtga yetkazish, shu jumladan umumiy quvvati 1600 MVt boʻlgan gidrotoʻplash elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish hisobiga qoʻshimcha 3 279,8 MVt quvvatlarni yaratish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Kichik gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanishda zarur boʻlgan hamda 2023 — 2025-yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-son qarori talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi “Gidroenergetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-252-son qaroriga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan loyihalarga tatbiq etiladi”;
g) 4-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
d) 1, 2, 3 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
e) 7-ilovaning 1-bandidagi “4 999 MVt” soʻzlari “5 507,8 MVt” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-avgustdagi “Chorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oshirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 706-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun davlat kafolati ostida ajratilgan zayom mablagʻlari boʻyicha “Oʻzbekgidroenergo” AJ hisobidan haqiqatda qoplab berilgan barcha komissiya toʻlovlari, “Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari qiymati bilan birga, loyiha qiymatini shakllantirishda inobatga olinadi”.
