“2457-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-936-son) · Sana: 17.07.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 68-moddalarida (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga oid qismi), 69-moddasida (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning chegara belgilariga oid qismi), 87-moddasida (qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi texnikasiga oid qismi), 89 va 891-moddalarida (qishloq va suv xoʻjaligiga oid qismi), 1041, 1042, 112-moddalarida, 125-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 135, 139, 140, 141-moddalarida (qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi texnikasiga oid qismi), 200, 212, 213, 214, 22714-moddalarida (qishloq xoʻjaligiga oid qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazolarni qoʻllashga Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining hamda Inspeksiya tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari haqlidir”;
2) quyidagi mazmundagi 24511-modda bilan toʻldirilsin:
