“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1183-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4487-IV-son)
25.06.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari M. Xodjayeva, A. Gʻaniyev, E. Kompolshik va Sh. Kulmatov tomonidan 2024-yil 20-iyunda kiritilgan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1183-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-iyun,
4487-IV-son
