Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (218-son)
16.05.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 1, 3 va 4-ilovalarga qisman oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
“Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining nooziq-ovqat tovarlar boshqarmasi boshligʻi S.L. Xojiberganov Yarmarka savdolari oʻtkazish boʻyicha respublika kengashining kotibi etib tasdiqlansin, M.R. Azamatov bu vazifadan ozod qilinsin;
“Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining oziq-ovqat tovarlari boshqarmasi boshligʻi N.T. Ahmadjonov Oziq-ovqat tovarlari boʻyicha yarmarka qoʻmitasining kotibi etib tasdiqlansin, M.M. Hakimov bu vazifadan ozod qilinsin;
“Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining nooziq-ovqat tovarlar boshqarmasining yetakchi mutaxassisi R.Sh. Abdullayev Yengil sanoat tovarlari boʻyicha yarmarka qoʻmitasining kotibi etib tasdiqlansin, S.S. Azizov bu vazifadan ozod qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-may,
218-son
