Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2022-XII-son)
23.09.1994
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1963-yil 23-martdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 9, 31-modda) 1-ilovasi — Grajdanlarga tegishli boʻlib, ijro hujjatlari boʻyicha undirishni qaratish mumkin boʻlmagan mulk turlari roʻyxatining 1-bandidan “uy qurish uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, №31-33, 371-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, №5, 235-modda):
1) 3-moddaning 1-bandidagi “mahsulot belgilar, sanoat namunalari” degan soʻzlar “ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topoligiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7-modda quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8. Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin”;
3) 19-moddaning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “er, yer osti boyliklari” degan soʻzlar “er (savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari bilan birga yuridik hamda jismoniy shaxslarning mulki qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) Qonun quyidagi mazmundagi 271 va 36-moddalar bilan toʻldirilsin:
271-modda. Davlat mol-mulkini xususiylashtirish
Oʻzbekiston Respublikasining yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) boʻlmish korxonalar, mulkiy majmualar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartib va shartlar asosida mulk qilib respublika va boshqa davlatlar jismoniy hamda yuridik shaxslarning tasarrufiga oʻtkazib berilishi mumkin”.
“36-modda. Davlat organlarining mulkdor oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga aralashganligi uchun javobgarligi
Davlat organlari mulkdorga yoxud toʻla xoʻjalik yuritish, bevosita boshqarish huquqi boʻyicha yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qoʻyishga huquqli emas.
Davlat organlari mulkdorning hamda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning oʻz mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar boʻladilar.
5) 28-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar mol-mulki
Korxonalar aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav fondining kamida 10 foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar hisoblanadi. Ular Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda amal qiladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki ushbu korxonani taʼsis etish yoʻli bilan yohud ilgari chet el investitsiyalarisiz taʼsis etilgan korxonada chet ellik investorning ishtirok ulushini (pay, aksiya) sotib olishi yoki bunday korxonani butunlay, shu jumladan, xususiylashtirish jarayoni mobaynida sotib olishi natijasida tashkil etilishi mumkin”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-sentabr,
2022-XII-son
