Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (463-2-son)
30.03.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-martda 463-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklariga chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish Qoidalari”ga (1998-yil 3-avgustda 463-son bilan davlat roʻyxatiga olingan) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan sanadan 10 kundan oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-fevral,
31-2-son
