Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-232-son)
21.06.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yoshlar tarbiyasi sohasining ilmiy-metodik taʼminotini amalga oshirish, buyuk allomalarimiz va jadidlarning ushbu yoʻnalishdagi qarashlarini ilmiy tadqiq etish asosida zamonaviy metodikalarni ishlab chiqish, oʻquvchilar tarbiyasi masalasida mahalla va ota-onalar oʻrtasidagi samarali hamkorlikni taʼminlash, ota-onalar va oʻqituvchilar uchun ushbu mavzuga oid oʻquv va ommabop adabiyotlar yaratishni tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida:
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi;
Institut bevosita Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻysunuvida faoliyat olib boradi;
Institutga maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Institut direktori oʻrinbosarlari hamda Institutning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali direktori Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Institut xodimlari tarkibi tanlov asosida shakllantiriladi;
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
3. Quyidagilar:
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq;
2024 — 2027-yillarda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2024 — 2027-yillarda tarbiya pedagogikasi yoʻnalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) uch oy muddatda Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi”, “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari boʻyicha ilmiy kengashlarni tashkil etish choralarini koʻrsin.
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emotsional taʼlim (Social and Emotional Learning — SEL) metodikalarini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki, ijtimoiy-emotsional taʼlim metodikalarini joriy qilish doirasida:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari 5 ta ijtimoiy-emotsional (oʻz-oʻzini anglash, oʻz-oʻzini boshqarish, ijtimoiy xabardorlik, tengdoshlari bilan munosabatlarni shakllantirish va masʼuliyatli qaror qabul qilish) kompetensiyalarga oʻrgatiladi hamda ushbu jarayonga ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari jalb qilinadi;
ijtimoiy-emotsional taʼlim metodikalari umumiy oʻrta taʼlim hamda pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlariga kiritiladi;
ijtimoiy-emotsional taʼlim metodikalarini amaliyotga tatbiq etish uchun tajriba-sinov doirasida tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Institutning malakali xodimlari, xorijiy mutaxassislar va pedagog kadrlardan iborat boʻlgan trenerlar guruhlari shakllantiriladi;
ijtimoiy-emotsional taʼlim metodikalarini joriy qilish jarayonlari Institut tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova):
a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Tarbiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi faoliyatini tashkil etsin;
b) 2025-yil 1-mayga qadar:
Institutning ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari tarbiya sohasidagi mavjud muammolar asosida shakllantirilishini;
Institut tomonidan tarbiya metodikalarini ishlab chiqish boʻyicha yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik oʻrnatilishini va qoʻshma tadqiqotlar olib borilishini;
maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va oʻquvchilari uchun milliy tarbiya yoʻnalishida turkum adabiyotlar nashr etilishini;
Institut tomonidan tarbiya yoʻnalishida amalga oshiriladigan loyihalarga davlat va nodavlat tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari va jamoatchilik institutlarining mutaxassislari hamda olimlari, shuningdek, xorijiy ekspertlar jalb qilinishini taʼminlasin.
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev) hamda Milliy gvardiya (R. Djurayev) bilan birgalikda:
a) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati” mavzusida tarbiya haftaliklarini oʻtkazib borsin;
ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasini amalga oshirsin;
milliy tarbiyaning hududiy anʼanalarini oʻrganish, tiklash va zamonaviy maʼnaviy-axloqiy tarbiya tizimiga joriy qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirsin;
b) 2024-yil 1-dekabrga qadar:
oʻquvchilarda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet”ni shakllantirishda “maktab — ota-ona — mahalla” hamkorligi zanjirini yaratish boʻyicha ilmiy asoslangan oʻquv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqsin;
ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratilishini tashkil etsin;
v) 2024-yil dekabr oyida “Tarbiya — shaxs madaniy-maʼnaviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum oʻtkazsin;
g) 2025-yil yakuniga qadar ota-onalar, oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasini ishlab chiqsin hamda uni zamonaviy va qiziqarli kontentlar bilan toʻldirib borsin;
d) Institut tomonidan ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar asosida yoshlar taʼlim-tarbiyasiga bagʻishlangan podkast, videokontentlar yaratish va ommaviy axborot vositalari orqali yoritish ishlarini tizimli tashkil qilsin.
8. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Institut binolari va inshootlarini saqlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar;
xalqaro grantlar va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9. Institut Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy manzilida joylashgan binosiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul joylashtirilsin.
10. Belgilansinki, Institutning Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan xarajatlarini moliyalashtirish 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
11. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-iyun,
PQ-232-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-232-son qaroriga 1-ILOVA
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining asosiy vazifalari
1) pedagogika va psixologiya sohalarida tarbiya metodikasiga oid fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish, sohada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
2) tarbiya mazmunini tahlil qilish, uni rivojlantirish boʻyicha loyihalar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish;
3) ajdodlarimiz va jadidlarning komil insonni shakllantirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid yondashuvlarini tadqiq qilish hamda zamon talablariga mos ravishda taʼlim jarayonida qoʻllash boʻyicha ilmiy asoslangan ishlanmalar va metodikalarni yaratish;
4) ota-onalar va oʻqituvchilar uchun tarbiyaviy metodikalar boʻyicha qoʻllanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish, ularni ommalashtirish;
5) farzand tarbiyasida “maktab — ota-ona — mahalla” hamkorligining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish boʻyicha metodik tavsiyanomalar yaratish;
6) tarbiya metodikalariga oid raqamli kontentlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
7) alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning tarbiyasiga oid ilmiy-metodik taʼminotni yaratish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-232-son qaroriga 2-ILOVA
2024 — 2027-yillarda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddati Moliyalashtirish manbalari Ijro uchun masʼullar I. Tashkiliy va meʼyoriy-huquqiy asoslarni yaratish 1. Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini tashkil etish. 1. Mahalliy va xorijiy yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda Institut ustavini ishlab chiqish. 2024-yil iyul - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 2. Institut ustavini tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 2024-yil iyul 2. Tarbiya masalalariga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 1. Tarbiya masalalariga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish. 2024-yil oktabr - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 2. Respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizomni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlash. 2024-yil noyabr 3. Respublika kengashi tarkibini shakllantirish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash. 2025-yil yanvar II. Kadrlar salohiyatini oshirish 3. Institut xodimlari tarkibini tanlov asosida shakllantirish. 1. Institutga xodimlarni tanlov asosida tanlab olish boʻyicha Tanlov komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash. 2024-yil avgust - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 2. Ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish. 2024-yil sentabr 3. Tanlovga tushgan arizalarni koʻrib chiqish va suhbat asosida qaror qabul qilish. 2024-yil dekabr 4. Institutning rahbar kadrlari va ilmiy xodimlarini xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovka hamda malaka oshirishga yuborish. 1. Institutning rahbar kadrlari va ilmiy xodimlarini xorijiy universitet va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirishga yuborish uchun reja-grafikni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil noyabr Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov) 2. Xorijiy hamkorlar va xalqaro tashkilotlar yordamida Institutning rahbar kadrlari va ilmiy xodimlarini stajirovka va malaka oshirishlarini tashkillashtirish. Reja-grafik asosida 5. Tarbiya metodikalari rivojlangan davlatlardan yetakchi mutaxassislarni ekspert sifatida jalb etish. 1. Zarur mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha tegishli xorijiy tashkilotlar (ilmiy va taʼlim muassasalari) bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. 2024-yil dekabr Xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) 2. Xorijlik mutaxassislarni oʻrnatilgan tartibda ishga jalb etish boʻyicha hamkorlik shartnomalarini imzolash. 2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich 3. Kelishuvga muvofiq xorijiy ekspertlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. kelishuv muddatlari asosida III. Ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish 6. Institutning ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarini maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tarbiyaviy masalalarga oid ilmiy muammolar asosida shakllantirish. 1. Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tarbiyaviy masalalarga oid ilmiy muammolarni oʻrganish va maʼlumotlar bazasini shakllantirish. 2024-yil dekabr - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 2. Institutning boʻlimlari va ilmiy guruhlari vazifalaridan kelib chiqib, maʼlumotlar bazasidagi mavzularni bajarishga ilmiy salohiyatni yoʻnaltirish va biriktirish. 2024 — 2027-yillar davomida 3. Ilmiy izlanishlar natijadorligi yuzasidan tizimli monitoring olib borish. Doimiy 7. Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi”, “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari boʻyicha ilmiy kengashlarni tashkil etish. 1. Institut huzurida ilmiy kengashlarni tashkil etish boʻyicha ilmiy kengash tarkibini shakllantirish. 2024-yil avgust - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov) 2. Oliy attestatsiya komissiyasida ilmiy kengashlar tarkibini tasdiqlash. 2024-yil sentabr 3. Ilmiy kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish. 2024-yil oktabr 8. Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi”, “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari boʻyicha doktorantlar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. 1. Doktorantura ixtisosliklari boʻyicha kvota ajratish. 2. Kvota doirasida qabul jarayonlarini amalga oshirish. 2025-yil yakuniga qadar Davlat budjeti mablagʻlari doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 9. Xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish. 1. Yetakchi universitetlar va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va kelishuvlarga erishish. 2. Institut ilmiy xodimlarining xorijiy davlatlar (Yaponiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya, Belorussiya) ilmiy-tadqiqot markazlarida tajriba almashishi va turli ilmiy konferensiyalardagi ishtirokini taʼminlash. 2024 — 2027-yillar davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro grantlar, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 10. Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 95 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida “Tarbiya — shaxs madaniy-maʼnaviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum oʻtkazish. 1. “Tarbiya — shaxs madaniy-maʼnaviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum oʻtkazish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2024-yil sentabr Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 2. Forum dasturi hamda kun tartibini shakllantirish. 2024-yil oktabr 3. Forum ishtirokchilarini taklif etish va forumni oʻtkazish. 2024-yil dekabr IV. Raqamli texnologiyalar infratuzilmasini rivojlantirish 11. Institutni zamonaviy kompyuter texnika vositalari bilan taʼminlash. 1. Institutda kompyuter jamlanmalariga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash. 2024-yil dekabr Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 2. Kompyuter texnika vositalarining texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. 2025-yil mart 3. Kompyuter jamlanmalarini belgilangan tartibda xarid qilish. 2025-yil iyun 4. Xarid qilingan kompyuter jamlanmalarini Institutga yetkazish. 2025-yil davomida 12. “Milliytarbiya.uz” elektron platformasini ishlab chiqish va uning resurslarini doimiy yangilab borish. 1. “Milliytarbiya.uz” elektron platformasini yaratish boʻyicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish. 2024-yil dekabr Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) 2. Elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish. 2025-yil may 3. Elektron platformaning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uning resurslarini doimiy yangilab borish. 2025-yil dekabr 13. Institut tomonidan yoshlarning taʼlim-tarbiyasi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalariga muvofiq ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar asosida podkast, videokontentlar yaratish va ommaviy axborot vositalari orqali yoritish. 1. Yoshlarning taʼlim-tarbiyasi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish. 2024-yil dekabr Davlat budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) 2. Tadqiqot natijalariga muvofiq metodik tavsiyalar ishlab chiqish. 2024-yil dekabr 3. Metodik tavsiyalar asosida podkast, videokontentlar yaratish va ommaviy axborot vositalari orqali yoritish. 2025-yil davomida 14. Milliy tarbiya boʻyicha kontentlar yaratish, tarqatish va ommalashtirish maqsadida Institut huzurida Multimedia studiyasini tashkil etish. 1. Multimedia studiyasini tashkil etish boʻyicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2024-yil dekabr Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 2. Texnik topshiriqlarga muvofiq Multimedia studiyasini tashkil etish va jihozlash boʻyicha belgilangan tartibda tanlov oʻtkazish. 2025-yil iyun 3. Multimedia studiyasini tashkil etish va jihozlash. Tanlov natijalariga muvofiq V. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash 15. Ilmiy-tadqiqot natijalarini pedagogik amaliyotga tatbiq etish va ommalashtirish. 1. Institut huzurida “Tarbiya metodikalari” ilmiy-ommabop jurnalini tashkil etish. 2025-yil mart Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) 2. Jurnal faoliyatini tashkil etish boʻyicha nizom ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish. 2025-yil dekabr 3. Institut huzurida koʻp funksional bosmaxona ochish. 2026-yil iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-232-son qaroriga 3-ILOVA
2024 — 2027-yillarda maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish boʻyicha erishiladigan maqsadli koʻrsatkichlar
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi Yillar kesimida Masʼul ijrochilar 2024-yil 2025-yil 2026-yil 2027-yil I. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari taʼlim-tarbiya jarayonlarining ilmiy-metodik taʼminotini yaratish 1. Tayyorlanadigan yangi monografiyalar soni ta 4 6 11 15 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 2. Yaratiladigan yangi oʻquv qoʻllanmalar soni ta 2 3 4 6 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 3. Yaratiladigan yangi metodik qoʻllanmalar soni ta 5 8 10 15 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 4. “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqiladigan uslubiy qoʻllanmalar va metodik tavsiyanomalar soni ta 1 3 5 7 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 5. “Taʼlim muassasasi — oila — mahalla” hamkorligi boʻyicha ishlab chiqiladigan uslubiy qoʻllanmalar va metodik tavsiyanomalar soni ta 1 4 6 8 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) II. Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti xodimlarining ilmiy salohiyati koʻrsatkichlari 6. Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar va master-klasslar uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar soni nafar 2 3 6 8 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 7. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida hamda mahallalarda tashkil etiladigan milliy tarbiyaga oid seminarlar va davra suhbatlari soni nafar 20 50 70 100 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev) 8. Institutning ilmiy darajaga ega boʻlgan fan doktorlari salmogʻi nafar 7 9 10 11 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) III. Institut professor-xodimlari, doktorant va tayanch doktorantlarining xorijiy davlatlardagi stajirovkasini tashkil etish orqali raqobat muhitini yaratish 9. Stajirovkalar tashkil etiladigan xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim muassasalari (filiallari) soni ta 1 2 4 5 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 10. Chet elga stajirovkaga yuboriladigan Institut xodimlari soni nafar 1 4 7 10 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 11. Chet elga malaka oshirishga yuboriladigan Institut xodimlari soni nafar 1 4 7 10 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 12. Institutda ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar soni nafar 1 4 6 8 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 13. Xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan ilmiy loyihalar soni ta 1 2 3 4 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) IV. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining rahbar-xodimlari va pedagoglarini milliy tarbiya metodikalari bilan tanishtirish va metodik mahoratini oshirish, milliy tarbiya metodikalarini tajriba-sinovdan oʻtkazish 14. Pedagoglarni milliy tarbiya metodikalari bilan tanishtirish va metodik mahoratini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar, davra suhbatlar, vebinarlar va konsultatsiyalar soni ta 10 15 20 25 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) V. Ilmiy-tadqiqot natijalarini ommalashtirishga qaratilgan respublika va xalqaro konferensiyalar, simpoziumlarning koʻrsatkichlari 15. Vazirlar Mahkamasining rejasi asosida Institutda oʻtkaziladigan respublika konferensiyalari soni ta 5 8 10 14 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 16. Vazirlar Mahkamasining rejasi asosida Institutda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalari soni ta 2 5 7 9 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) 17. Institutda oʻtkaziladigan respublika va xalqaro konferensiyalarga jalb etiladigan mutaxassislar soni nafar 400 730 765 785 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) VI. Yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash natijadorligini oshirish 18. Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni nafar 5 20 22 27 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 19. Himoya qilinadigan fan doktori dissertatsiyalari (DSc) soni nafar 1 3 4 6 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 20. Web of Science va Scopus ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida Q1 va Q2 kvartil jurnallarida chop etilgan maqolalar ulushi foizda (jami maqolalar soniga nisbatan) 5 7 10 15 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 21. Scopus, Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻgʻri keluvchi iqtiboslar soni ta 3 5 7 10 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 22. Iqtiboslar soni boʻyicha “Hirsh” indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori boʻlgan ilmiy xodimlar ulushi foizda (jami ilmiy xodimlar soniga nisbatan) 50 60 65 70 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)
