ShNQ 2.04.20-22 “Turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalari uchun kommunikatsiya va dispetcherlash tizimlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-13-son)
24.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 3-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 257]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.04.20-22 “Turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalari uchun kommunikatsiya va dispetcherlash tizimlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 31-martdagi 30-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.20-98 “Turar-joy va jamoat binolari muhandislik uskunalarining aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish qurilmalari” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-aprel,
01/2-13-son
Kelishildi:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari O. QUDRATOV
2024-yil 15-aprel
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2024-yil 9-aprel
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YuSUPALIYEV
2024-yil 18-mart
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. ShERMATOV
2024-yil 12-mart
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2024-yil 13-mart
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 13-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R. DJURAYEV
2024-yil 20-mart
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 24-apreldagi 01/2-13-son buyrugʻiga ILOVA
ShNQ 2.04.20-22 “Turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalari uchun kommunikatsiya va dispetcherlash tizimlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda ShNQ deb yuritiladi) asosiy aloqa tizimlarini, turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalarini dispetcherlash, shuningdek aloqa va dispetcherlash qurilmalarini yashinlardan himoya qilish va erga ulash tizimlarini loyihalashtirishga oid boʻlgan talablarni belgilaydi.
Ushbu ShNQ yangi qurilayotgan, qayta qurilayotgan va kapital taʼmirlanayotgan turar joy obyektlari va jamoat binolarining telekommunikatsiya tizimlari hamda muhandislik uskunalarining dispetcherlash tizimlarini loyihalashtirishga tatbiq etiladi.
Mazkur ShNQning talablari obyekt ichki tizimida tashkil etiladigan idoraviy aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirishning binolardagi muhandislik uskunalarining aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish qurilmalarini loyihalashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur ShNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga havolalar qoʻllanilgan:
ShNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
ShNQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
ShNQ 2.04.09-07 “Bino va inshootlarning yongʻinga qarshi avtomatikasi”;
QMQ 2.04.17-19 “Turar joy va jamoat binolarini elektr jihozlari”;
ShNQ 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
ShNQ 2.08.01-19 “Turar-joy binolari”;
ShNQ 2.08.02-09 “Jamoat binolari va inshootlari”;
Oʻz DSt 1126:2023 “Kabelli televideniye tizimlarining taqsimlash tarmoqlari. Asosiy parametrlar. Texnik talablar. Oʻlchash va sinov metodlari”;
Oʻz DSt 1794:2010 “Kabellar, simlar va shnurlar keng polosali abonent foydalana olishning simmetrik yuqori chastotali kam juftli kabellari. Umumiy texnik talablar. Sinov metodlari”;
Oʻz DSt 3033:2015 “Axborot texnologiyasi. Lokal tarmoqlar uchun simsiz keng polosali foydalana olishli (WLAN) maʼlumotlar uzatish uskunasi. Umumiy texnik talablar va nazorat metodlari”;
Oʻz DSt 3172:2017 “Optik-tolali kabellar, shnurlar va ulagichlar. Umumiy texnik talablar va sinov usullari”;
MKN 03:2006 “Aloqa, radioeshittirish va televideniye inshootlari va qurilmalarini montaj qilish boʻyicha yoʻriqnoma”;
IQN 14:2009 “Telekommunikatsiya obyektlarining erga ulash va yashindan himoyalash qurilmalarini loyihalash”;
GOST 30331.10-2001 (IEC 364-5-54-80) “Binolarning elektr inshootlari. 5-qism. Elektr jihozlarini tanlash va oʻrnatish. 54-bob. Yerga ulovchi qurilmalar va himoya oʻtkazgichlari (Rasmiy manba: Elektroustanovki zdaniy. Chast 5. Vibor i montaj elektrooborudovaniya. Glava 54. Zazemlyayuщiye ustroystva i zaщitnie provodniki)”;
GOST 464-79 “Simli aloqa statsionar qurilmalari, radiorele stansiyalari, simli eshittirish radiotranslatsiya bogʻlamalari va telekoʻrsatuvlarni jamoa boʻlib qabul qilish antennalari uchun erga ulanish. Qarshilik meʼyorlari (Rasmiy manba: Zazemleniya dlya statsionarnix ustanovok provodnoy svyazi, radioreleynix stansiy, radiotranslatsionnix uzlov provodnogo veщaniya i antenn sistem kollektivnogo priyema televideniya. Normi soprotivleniya)”;
GOST 14254-2015 (IEC 60529:2013) “Qobiqlar bilan taʼminlanadigan himoya darajasi (Rasmiy manba: Stepeni zaщiti, obespechivayemie obolochkami) (Kod IP).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu ShNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
telekommunikatsiyalar tarmogʻi — uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, maʼlumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
turar joy obyektlari — odamlar yashashi uchun moʻljallangan binolar, doimiy yashash uchun uy-joylar (xonadonlar), shuningdek vaqtincha yashash uchun yotoqxonalar, mehmonxonalar, maktab-internatlar, qariyalar uylari;
jamoat binolari — odamlarning vaqtincha yashashi va turli xil faoliyat turlarini amalga oshirishlari uchun moʻljallangan obyektlar: madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, ilm-fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va tashkilotlari, bank-moliya muassasalari, qurilish-kommunal tashkilotlari aloqa, transport korxonalari hamda maʼmuriy binolar;
maʼlumotlar uzatish lokal tarmogʻi — maʼlumotlar uzatilishini taʼminlash maqsadida maʼlum nuqtalar oʻrtasida telekommunikatsiyani tashkil etish uchun tuzilgan telekommunikatsiyalar uzellari va kanallarining majmui;
kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye — erkin tomosha qilish mumkin boʻlmagan kabelli televideniye kanallaridan foydalangan holda teledasturlar va boshqa telekommunikatsiya xabarlarini muayyan hududda ishlab chiqarish, shakllantirish va tarqatishni taʼminlaydigan taqsimlash va tashkiliy-boshqaruv jarayoni bilan shugʻullanadigan subyekt;
muhandislik uskunalari — qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi tizimi, elektrsoat qurilmalari, kirish-chiqishning nazorat tizimi, videokuzatuv tizimi;
dispetcherlash — ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarni tezkor nazorat qilish hamda boshqarishni markazlashtirish, axborotlarni uzatish va qayta ishlashning eng zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda, asosiy ishlab chiqarish siklidagi barcha jarayonlarning uzluksiz bajarilishini, tejamliligini taʼminlashga, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi boʻlinmalarning uzluksiz ishlashini uyushtirishga xizmat qiluvchi tizim;
omik xabarlagichlar — bu xabarlagichni oʻzining faol elektr qarshiligi natijasida hosil qilinadigan elektr zanjirni buzish orqali kirish (kirishga urinish) haqida signal beruvchi bir martalik qoʻriqlash xabarlagichi;
hajmiy radiotoʻlqinli xabarlagichlar — niqoblanishga yuqori barqarorlikka ega boʻlgan ushbu turdagi sensorli xabarlagich tajovuzkor buzgʻunchining OʻTCh (SVCh) diapazonidagi radiotoʻlqin nurlanishlarining tarqalish hududida harakatlanayotgan vaqtida paydo boʻlgan doppler chastotali harakat signalining qayd etilishi orqali himoyalangan xonaga kirganligini aniqlovchi xabarlagich.
3. Ushbu ShNQda quyidagi shartli belgilanishlar va qisqartmalar qoʻllanilgan:
TfTT — telefon taqsimlash tarmogʻi;
TJQQYT — telekoʻrsatuvlarni jamoa boʻlib qabul qilishning yirik tizimi;
AYoSQ — avtomatik yongʻin signalizatsiya qurilmasi;
QST — qoʻriqlash signalizatsiya tizimi;
UTVAT — uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimi;
ASMT — aloqa va signalizatsiyaning majmuaviy tarmogʻi;
ZAK — zaxirani avtomatik kiritish;
MUBDAT — muhandislik uskunalarini boshqarish va dispetcherlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi;
ABBAT — aqlli binolarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi;
BS — bosh stansiya;
AKL — aloqa kabel liniyalari;
MULT — maʼlumotlar uzatish lokal tarmogʻi;
YaDX — yagona dispetcherlik xizmati;
OB — optik bogʻlama;
LDNT — nogironligi boʻlgan va oʻrindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar uchun liftlar va koʻtarish platformalari ishlashi ustidan dispetcherlik nazorati tizimi;
KChNT — kirish-chiqishning nazorat tizimi;
QYoS — qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi;
QNQ — qabul-nazorat qurilmalari;
SKPF MUU — simsiz keng polosali foydalana olishli maʼlumotlar uzatish uskunasi
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalari uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va dispetcherlik tizimlarini loyihalash ushbu ShNQ, ShNQ 2.08.01-19, ShNQ 2.08.02-09 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Xavflilik omili III-IV toifadagi obyektlar zilzila paytida elektr tarmoqlari avtomat bloklash tizimlari bilan loyihalanishi kerak.
Turar joy obyektlari va jamoat binolarining telekommunikatsiya va signalizatsiya qurilmalariga quyidagilar kiradi:
telefon taqsimlash tarmogʻi;
telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarning antennali qabul qilish tarmogʻi (TJQQYT, kabelli telekoʻrsatuvlar tizimi);
avtomatik yongʻin signalizatsiya qurilmasi;
qoʻriqlash signalizatsiya tizimi;
uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimi;
ASMT;
MULT;
strukturalangan kabel tarmogʻi;
jamoat xavfsizligining videokuzatuv tizimi;
KChNT
5. Turar joy obyektlari va jamoat binolaridagi telekommunikatsiya tizimlari quyidagilarga boʻlinadi:
statsionar telekommunikatsiya tarmoqlari;
kabelli televideniye tizimlari;
uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimlari;
MULT maʼlumotlar uzatish lokal tarmoqlari;
strukturalangan kabel tarmoqlari.
Shuningdek, binolarning muhandislik uskunalari aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish qurilmalari uchun ishlab chiqiladigan loyihalarda quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
texnik yechimlarning progressivligi;
energetik, mehnat va moddiy resurslarni tejash;
xizmat koʻrsatishning qulayligi va xavfsizligi;
portlash va yongʻin xavfsizligi;
ishlarni industrial usullarda bajarilishini;
turar joy obyektlari va jamoat binolarida hamda ularga tutash hududlarda telekommunikatsiya uskunalarini oʻrnatish va demontaj qilish jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini.
6. Turli maqsadlar uchun binolarni muayyan aloqa tizimlari, muhandislik uskunalarini dispetcherlash tizimlari va boshqa kuchsiz tok tizimlari bilan jihozlanishini, shuningdek “Aqlli uy” ABBAT majmuasining loyihalanishini turar joy obyektlari va jamoat binolari loyihalari tarkibida loyiha topshirigʻi asosida amalga oshirilishi lozim.
7. Aloqa tizimi, dispetcherlash va boshqa kuchsiz tok tizimlarini loyihalash topshirigʻiga muvofiq holda (tovush chastotasi kanallaridan foydalanadigan tizimlardan tashqari) UTP cat.5e va undan yuqori toifadagi universal kabel va/yoki bir modali optik kabellardan foydalangan holda strukturalangan kabel tizimlari bilan birlashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
8. Jamoat binolari va yotoqxonalarda har bir tashkilot rahbari va navbatchi xodimlarning xonalarida bittadan efirli radio qabul qilgich oʻrnatilishini kerak.
9. Jamoat binolarida radioeshittirish dasturlarini efirdan olib eshittirish (retranslatsiya qilish) va qoʻshimcha ovozli eʼlonlar va axborotlarni eshittirish uchun moʻljallangan xususiy simli eshittirish stansiyalari va ularning simli eshittirish tarmoqlari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
10. Telekommunikatsiya qurilmalarini oʻrnatish uchun ajratilgan maydonlar, binolar, xonalar yoki binoning konstruktiv elementlariga, yordamchi xonalarga telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalarini oʻrnatish va kabellarni yotqizishda mazkur hudud (bino)ga telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi xodimlarning kunning istalgan vaqtida kira olishlari uchun ochiq boʻlishi kerak.
11. Binoning haroratli va choʻkuvchi choklarining quvurlar va qutilarga yotqizilgan telekommunikatsiya va muhandislik uskunalarining dispetcherlash tarmoqlari bilan kesishgan joylarida mustahkamlovchi (kompensatsiyalovchi) qurilmalar oʻrnatilishi lozim.
12. Turar joy obyektlari va jamoat binolariga AKL yer ostidan kiritilishi lozim.
Texnik jihatdan asoslangan hollarda havo orqali kiritish mumkin.
Aloqa tizimlarining boʻsh turgan va telekommunikatsiya kabellari bilan band boʻlgan kirish bloklari gilzalari va kanallarining uchlarini namlik va gazning binoga kirib ketishini oldini olish uchun mahkamlanishini taʼminlash kerak.
13. Texnik erosti va yertoʻlalarga kiritilgan quvur va kabel uchlari zichlab berkitilgan boʻlishi lozim.
14. Tomlardagi kiritish tik ustunchalari va kirish quvurlarini bino devorlaridagi kiritish izolyatorlarini ulardan kabel va simlarni, yoʻlak (koridor)lar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun qulay boʻlgan boshqa xonalarga chiqarilishini taʼminlovchi joylarga oʻrnatish kerak.
15. Tomlarga kiritish tik ustunchalarini oʻrnatish joylari simlar va ularga mahkamlangan tortqilar tomlarda joylashgan quvurlar, eshitish tuynuklariga borishini qiyinlashtirmaydigan tarzda tanlanishi zarur.
16. Qiya (qiyaligi 30° dan ortiq boʻlgan) va toʻsigʻi boʻlmagan tomlarda oʻrnatiladigan tik ustunchalarda eshitish tuynuklari boʻlmaganda qopqoqli kirish lyuklari, ish maydonchasi va chordoqqa mahkamlangan narvon boʻlishi kerak.
17. Qishloq joylarida va turar joy obyektlari 1-2 qavatli boʻlgan aholi punktlarida qurilayotgan koʻp qavatli binolarda TfTT liniyalari havo orqali kiritilishi lozim.
18. Binolarning muhandislik uskunalarining telekommunikatsiya, signalizatsiya, dispetcherlashtirish tizimi qurilmalari va elektrsoat uskunalarini bir xonada joylashtirgan holda oʻrnatishga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
19. Turar joy obyektlari va jamoat binolaridagi telekommunikatsiya va signalizatsiya tarmoqlarining tik ustunchalari va magistral uchastkalarini zinapoya boʻlmalarida, yoʻlak (koridor)larda, chordoqlarda, yertoʻlalarda, texnik qavatlarda oʻrnatish lozim.
20. Namunaviy loyihalarda TfTT, TREAQQT, AYoSQ, QST tarmoqlarni yotqizish uchun moʻljallangan qurilish konstruksiyalaridagi kanallar, kabel kanalizatsiyasi va past tokli kabel shaxtalarini simlar va kabellarning hisoblangan miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanishi zarur.
21. Quvurlar va kanallarning diametrlari 0,6 ga teng toʻldirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda ularga yotqiziladigan simlar va kabellarning soni va diametriga qarab tanlanishi kerak.
22. Bir tokcha yoki lotokdagi (qurilish konstruksiya kanalidagi) bir quvurda TfTT, AYoSQ, QST, ASMT, UTVATning simlari va kabellarini birgalikda oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
TfTTning kabellari alohida kanallarda oʻtkaziladi yoki umumiy qutida parallel yotqiziqlar uzunligiga bogʻliq holda ular orasidagi quyidagi masofalarni saqlagan holda oʻtkazilishi kerak:
uzunligi 70 m boʻlganda 50 mm;
uzunligi 50 m boʻlganda 30 mm;
uzunligi 20 m boʻlganda 20 mm;
uzunligi 10 m boʻlganda 15 mm.
23. TfTT va TREAQQT tarmoqlari kabellarini tik ustunchasidan ajratib chiqarib olish ishlari panelli uylarda elektr panelda, gʻishtli uylarda esa devor ichiga oʻrnatilgan har bir qavatdagi taqsimlash javonida amalga oshirilishi kerak.
24. Ochiq holda oʻtkaziladigan simlar va kabellar er, xona pol yoki chordoqlar yopmalari sathidan 3 m balandlikkacha mexanik shikastlanishlardan himoyalangan boʻlishi lozim.
25. Umumfoydalanishdagi aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish tarmoqlarini oʻtkazish uchun binolarda polietilen quvurlardan foydalanilishi lozim.
Balandligi 50 m dan yuqori boʻlgan binolarda tarmoqlarni oʻtkazish uchun yonmaydigan quvurlardan foydalanish zarur.
26. Quvurli aloqa oʻtkazgichlarining tarmoqlanishi va ulanishlari uchun qutilar yoki choʻziladigan tortma qutilar ishlatilishi kerak.
27. Elektrotexnik plintuslarda aloqa, signalizatsiya, soat oʻrnatish, televideniya tarmoqlari birga oʻtkazilganda ularning oʻzaro taʼsir meʼyorlariga rioya qilinishi kerak.
Elektr simlari bilan birga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
28. Xonalarda telekommunikatsiya va signalizatsiyaning abonentlik simlari kanallarda, choklarda va ustyopma plitalarning boʻshliqlarida va devor panellarida, pol tayyorlashdagi panel va plita orasidagi boʻshliqlarda, suvoq qatlami ostidagi shtrobalarda, plintuslarda (chaspaklarda) oʻtkazilishi lozim.
Xizmat xonalari va xonadonlar xonalaridagi ayrim uskunalarga tarmoqlanish simlari yotqizilishini koroblar orqali oʻtkazish zarur.
Oʻtkazilgan simlarning sozligi buzilishi mumkin boʻlgan joylarda kabel va simlar mexanik shikastlanishlardan metall profil bilan himoyalanishi yoki plastmassa quvurlardan metall shlanglardan oʻtkazilishi kerak.
4-bob. Yashindan himoya qilish talablari va erga ulash moslamalari
29. Aloqa va dispetcherlik tizimlarida yashinlardan muhofaza qilish va himoya, ishchi, ishchi-himoya, oʻlchash, erga ulash qurilmalarini loyihalashda ushbu ShNQ, GOST 30331.10-2001, GOST 464-79, ShNQ 2.04.17-19 va IQN 14:2009 talablariga asosan amalga oshirilishi kerak.
30. Loyihalashtirilgan binolarda quyidagilar yashin taʼsiridan himoya qilinishi lozim:
jamoaviy televideniya qabul qilish tizimlarining, sunʼiy yoʻldoshlardan toʻgʻridan-toʻgʻri individual televizion qabul qilish va kabelli televideniye tizimlarining televizion antennalari, turli maqsaddagi boshqa antennalar;
havo-kabelli oʻtish troslari;
havodan kiruvchi telefon kabeli qutilari.
31. Jamoaviy televizion qabul qilish antennalarini yashinlardan himoya qilishda ularning tayanchlarini erga ulash yoʻli bilan amalga oshirish GOST 464-79da belgilangan talablarga muvofiq bajarilishi lozim.
Bitta binoga bir-biridan 20 m dan ortiq boʻlmagan masofada oʻrnatiladigan bir nechta antennalar va tokchalar uchun umumiy erga ulovchi moslamalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Barcha turdagi tayanchlarning himoya erga ulagichi tayanch boshmogʻiga murvat bilan biriktirilgan 6 mm diametrli poʻlatdan yasalgan tok oʻtkazgichdan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
32. Binoni yashindan muhofaza qilishning umumiy tizimi mavjud boʻlganda, metall tomlardan statik elektrni olib tashlash uchun erga ulovchi qurilmalar, binoning elektr qurilmalarini takroran erga ulashning erga ulovchi qurilmalari hamda maxsus taqiqlar mavjud boʻlmagan hollarda, ushbu binolarda joylashgan aloqa tizimlarining ularni erga ulovchi qurilmalarini metall ustunchalarning himoyaviy erga ulanishi uchun ishlatish, izolyatorli kronshteynlar, turli antenna qurilmalari, havo kabelli-kabel oʻtkazuvchi troslar va boshqa metall konstruksiyalarini maxsus erga ulovchi qurilmalarni oʻrnatmagan holda erga ulash qurilmasidan foydalanilishi mumkin.
33. Elektr xavfsizlikni taʼminlash uchun binoning elektr qurilmasini erga ulanuvchi qurilmaga ulashda erga ulanuvchi RE-oʻtkazgich shinaga yaqin joydagi elektr щitga yoki nominal kuchlanish bilan aloqa qurilmalari, MULT va dispetcherlashtirish uskunalari oʻrnatilgan (oʻrnatiladigan) metall shkaflar, karkaslar, kronshteynlar va boshqa metall konstruksiyalarni taʼminlaydigan kabelning:
50 V dan ortiq oʻzgaruvchan tok yoki 120 V dan ortiq oʻzgarmas tok — barcha holatlarda;
25 V dan ortiq oʻzgaruvchan tok yoki 60 V dan ortiq oʻzgarmas tok — faqat xavfi yuqori boʻlgan binolarda, oʻta xavfli xonalarda va tashqi qurilmalarda himoyaviy nulli oʻtkazgichi (RE-oʻtkazgichi)ga nullash yoʻli bilan ulanishni himoyaviy erga ulash yoʻli bilan amalga oshirish lozim.
Yerga ulagich qurilmalariga metall qoplamalar va kabellarning ekranlari ulanishi kerak.
34. Solishtirma elektr qarshiligi 200 Ω gacha boʻlgan barcha gruntlardan, toshli gruntlardan tashqari, himoya qiluvchi, ishchi, ishchi-himoya va oʻlchovchi, erga ulagich qurilmalarini oʻrnatish uchun uzunligi kamida 5 m va diametri 16 dan 20 mm gacha boʻlgan dumaloq poʻlatdan yasalgan erga ulagich (erga ulagich elektrod)lar ishlatilishi zarur.
Toshli gruntlar va solishtirma elektr qarshiligi 200 Ω dan ortiq boʻlgan gruntlar uchun burchakli poʻlatdan yasalgan erga ulagichlar (erga ulagich elektrodlar) ishlatilishi kerak.
Yerga ulagich elektrodlar orasidagi masofa uning balandligi bilan teng boʻlishi lozim.
Yerga ulagich (erga ulagich elektrod)larning yuqori uchi rejalashtirilgan yer sathidan kamida 0,5 dan 0,7 m gacha chuqurlikda joylashtirilgan holda koʻmilgan boʻlishi kerak.
35. Televizion uskunalarni himoyaviy erga ulash uchun elektr taʼminot liniyasi tarkibiga kiruvchi elektr щitdan oziqlanadigan erga ulagich shinasiga ulangan alohida erga ulovchi oʻtkazgichdan foydalanish zarur.
5-bob. Statsionar telekommunikatsiya tarmogʻi
36. Binoni tashqi telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi uning ichki telekommunikatsiya tarmogʻi loyihasida, shuningdek telekommunikatsiya operatorlarining texnik shartlari asosida loyihalanilishi lozim.
Optik tolali kabellardan foydalanish Oʻz DSt 3172:2017da belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
37. Jamoat binolarida statsionar telekommunikatsiya tarmoqlarining tarkibida signalizatsiya tizimlari (tovushli chastota kanallaridan foydalanadigan tizimlardan tashqari), idoraviy telefon aloqasi (tezkor operativ aloqa) va boshqa turdagi telekommunikatsiyalarning tarqatish tarmoqlarini loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
38. Turar joy obyektlari va jamoat binolarida kabel taqsimlash uchastkalari uchun quyidagilardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi:
optik tolasi bir modli boʻlgan optik tolali kabellar;
mis oʻtkazgich bilan oʻralgan juftlik asosidagi kabellar;
tok oʻtkazuvchi mis jilasining diametri kamida 0,5 mm boʻlgan yuqori chastotali raqamli abonentlik kira olish (gidrofob bilan toʻldirilgan) kabellardan.
39. Telekommunikatsiya tarmoqlarini elektr simlari bilan bir quvurda, kanalda, plintusda, shuningdek qutida yoki lotokda toʻsib ajratmasdan birgalikda yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mazkur tarmoqlar umumiy yoʻnalish (trassa) boʻylab yotqizilishi mumkin, bunda quvurlar, qutilar va kanallar orasidagi masofa belgilanmasligi mumkin.
Elektr aloqa kabellari elektr oʻtkazgichlar bilan devorga parallel ravishda ochiq yotqizilganida ular orasidagi masofa kamida 25 mm boʻlishi lozim.
40. Telekommunikatsiya tarmogʻining kabellari oʻrnatilgan binolarda ular mexanik shikastlanishdan himoyalangan boʻlishi kerak (bundan yer osti texnik, telekommunikatsiya bogʻlamalari va aloqa qurilmalarining boshqa binolari mustasno).
41. Tashqi devorlardagi telekommunikatsiya kabellari erdan 2,8 m dan kam boʻlmagan va 5,0 m dan yuqori boʻlmagan balandlikda, ichki devorlar boʻylab esa shiftdan 0,1 m dan kam boʻlmagan masofada yotqizilishi kerak.
Devorlar boʻylab ochiq yotqiziladigan kabellar uchun mexanik shikastlanish mumkin boʻlgan joylarda quyidagicha himoyalanish zarur:
poldan 2,3 m gacha balandlikdagi texnik qavatlar va zinapoyalarga bino ichidagi metall nov (kabel lotok)lar, metall shlanglar yoki PVX quvurlari bilan;
suv oqib tushadigan quvurlarni kesib oʻtganida — quvurning har ikki tomoni boʻylab quvurning kengligiga 0,35 m oraliqda, yongʻin zinapoyalarini kesib oʻtganida — zinapoyalarning har ikki tomoni boʻylab zinapoyalarning kengligiga 0,5 m oraliqda quvurlar bilan;
derazalar ostida — derazaning kengligiga har bir tomonida 0,5 m oraliqda tashqi devorlar boʻylab metall nov (kabel lotok)lar yoki quvurlar bilan.
42. Telekommunikatsiya tarmogʻining optik tolali kabellarini binoning tashqi va ichki devorlari boʻylab yotqizilganda ularning gaz quvuriga yaqinligi quyidagi oraliq masofalardan oshmasligi lozim:
parallel yotqizilganida 0,25 m dan;
kesishgan joylarda 0,05 m dan.
43. Mustaqil aloqa lotoklaridagi kabellar va simlar quyidagi shartlarga rioya qilgan holda toʻplamlarda va koʻp qatlamlarda yotqizilishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda:
kabellar yoki simlar toʻplamining tashqi diametri 100 mm dan oshmasligiga;
bitta lotokdagi qatlamlarning balandligi 100 mm dan oshmasligiga.
Lotoklarning yuqori qatori aloqa tarmogʻi lotoklari va bostirma ship bilan yoki elektr kabellari lotoki orasidagi aniq masofa kamida 150 mm boʻlishi kerak.
44. Issiqlik izolatsiyasi boʻlgan binolarning tashqi devorlari boʻylab yotqiziladigan aloqa kabellari uchun oʻrnatilgan qismlar (skoblar, lotoklar va boshqalar)ni, shuningdek kabellarni himoya qilish uchun ishlatiladigan metall nov (kabel lotok)lar, metall shlanglar, PVX quvurlarni mahkamlash kuch bilan uriladigan dyubel mixidan foydalangan holda bajarilishi kerak.
45. Dyubelning uzunligini issiqlik izolatsiyasi qatlamidan oʻtib, asosiy devor konstruksiyasiga kamida 40 mm kira oladigan qilib hisobga olinishi lozim.
46. Dyubelni biriktirish joylari germetiklovchi mastika bilan toʻldirilishi kerak.
47. Kross qurilmalari va kabel taqsimlash javonlaridagi ulanishlar optik tolali shnurlari tolalari bilan Oʻz DSt 3172:2017da yoki yuqori chastotali mis kabellar (shnurlar) bilan Oʻz DSt 1794:2010 a belgilangan talablarga muvofiq bajarilishi zarur.
48. Jamoat binolari loyihalarida xonalarning devorlari boʻylab oxirlovchi qurilmalardan abonent rozetkasigacha maxsus plastik jeloblar (quvurlar, kabel kanallari)da AKLni tarqatish va abonent uchastkalarini yashirin yotqizish uchun oʻrnatiladigan qurilmalar (quvurlar, kanallar va boshqalar) loyihalanilishi kerak.
49. Turar joy obyektlarida AKL abonentlik uchastkasini devorga oʻrnatiladigan abonent rozetkasiga chiqish bilan kvartiraning kirish yoʻlagiga kiritishni hisobga olib loyihalanilishi, abonent rozetkasi elektr rozetkasidan 0,7 m dan ortiq boʻlmagan masofada oʻrnatilishi lozim.
6-bob. Maʼlumotlar uzatish lokal tarmogʻi
50. Binolardagi MULTning kabel tizimlarini UTP cat.5e va undan yuqori toifadagi universal kabel va/yoki loyiha topshirigʻiga binoan optik tolali kabellardan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
SKPF MUUni oʻrnatish va undan foydalanish Oʻz DSt 3033:2015da belgilangan talablarga asosan amalga oshirilishi zarur.
51. MULTning gorizontal va magistral quyi tizimlarini amalga oshirishda, loyiha bilan qabul qilinadigan uzatish muhiti turidan qatʼiy nazar, kabellarning maksimal va minimal uzunligi hisobga olinishi lozim.
52. Ochiq qoʻshma parallel yotqizishda xalaqit qiluvchi elektromagnit toʻlqinlardan himoya qilish uchun MULT oʻralgan juft tipidagi ekranlanmagan mis kabellari va uzatiladigan quvvati 2 kV A dan oshmaydigan kuchlanishli, yoritiladigan va nazorat kabellari bilan orasidagi masofa kamida 150 mm, 2 kV A va undan yuqori kamida 200 mm boʻlishi kerak.
Mazkur masofani taʼminlashning imkoni boʻlmasa, ekranlanmagan kabellar oʻrniga, oʻralgan juftlikning ekranlangan variantini nazarda tutish lozim.
53. Kabellarning minimal egilish radiusi kabelni ishlab chiqaruvchi-zavodning koʻrsatmalariga muvofiq holda olinishi kerak.
54. MULTning telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlangan shkaflari va tokchalari kamida 800 mm li ekspluatatsion oʻtish yoʻlagi hamda ularni oʻrnatish, demontaj qilish imkoniyatini taʼminlaydigan holda oʻrnatish zarur.
55. Maxsus server xonalariga MULTning telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlangan shkaflar va tokchalar quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi lozim:
minimal maydoni — 6 m2;
poldan tom konstruksiyalarining chiquvchi qismlarigacha boʻlgan minimal balandligi — kamida 2,5 m;
jihozlardan tom bostirmasiga tushadigan yuk tom plitalarining yuk koʻtarish qobiliyatidan oshmagan holda;
pol qoplamasining turi — chang hosil qilmaydigan linoleum yoki shunga oʻxshash materiallardan tayyorlanishi;
ichki devor bezaklari (moy boʻyoq);
shiftlar suvga asoslangan boʻyoq;
binolar havoni moʻtadillashtiruvchi (konditsiyalovchi) tizim bilan jihozlanishi, 20 °C haroratda nisbiy namlik 65 foizdan oshmasligi, doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlar mavjud boʻlganida xonadagi taxminiy harorat 18 °C.
Server xonalarini hammom, dush, yuvinish hamda nam texnologik jarayonlarga ega boʻlgan xonalar ostida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
56. Telekommunikatsiya shkaflari va tokchalarining elektr taʼminoti MULTning qurilmalari uchun mustaqil elektr taʼminoti tarmogʻidan (agar binoda ikkita kirish mavjud boʻlsa — ZAKdan keyin) amalga oshirilishi kerak.
Serverlar va faol tarmoq uskunalarini quvvatlantirish mustaqil elektr taʼminoti tarmogʻiga MULTning qurilmalari ulangan uzluksiz elektr taʼminoti manbalaridan amalga oshirilishi lozim.
MULTga ulangan kompyuterlarning elektr taʼminoti MULTning qurilmalari uchun mustaqil elektr taʼminoti tarmogʻidan amalga oshirilishi, bunda loyihalash topshirigʻiga koʻra uzluksiz quvvat manbalaridan foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
7-bob. Kabelli, efirli, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye tizimi
1-§. Umumiy talablar
57. Turar joy obyektlari va jamoat binolarida kabelli, efirli, interaktiv, IPTV, OTT va on-line televideniye tizimlarini loyihalash telekommunikatsiya operatorlarining texnik shartlari hamda ushbu bob talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Uskunani tanlash, tarqatish tarmoqlarining toʻgʻridan-toʻgʻri va teskari kanallarini qurish va hisoblash, binolarning tomiga antenna inshootlarini oʻrnatish Oʻz DSt 1126:2023 da belgilangan talablarga binoan amalga oshirilishi lozim.
58. Loyihalash topshirigʻiga koʻra kabelli, efirli, interaktiv, IPTV, OTT va on-line televideniyening qabul qiluvchi tarmogʻi abonentlarga 5 dan 1000 MHz gacha boʻlgan chastota diapazonida analog, raqamli eshittirish va interaktiv xizmatlar signallarini uzatish uchun gibrid va koaksial liniyalarni qoʻllagan holda quriladigan:
er usti raqamli teleeshittirishlar;
sunʼiy yoʻldoshli teleeshittirishlar;
kabelli, efirli, interaktiv, IPTV, OTT va on-line televideniye tizimlarining signalini qabul qilish imkoniyati yaratilishini taʼminlashi lozim.
59. BS, OB magistral va uy televizion kuchaytirgichlarining jihozlarini maxsus ajratilgan binolarga yoki uy-joylardan foydalanish xizmatlarining xizmat binolariga, shuningdek dispetcherlash xonalariga oʻrnatilishi lozim.
Ularni texnik qavatlarga, zinapoyalarga va yoʻlak (koridor)larga, uy televizon kuchaytirgichlarini esa kam quvvatli qavat boʻshliqlariga oʻrnatish zarur.
60. BS uskunalari, magistral va uy televizion kuchaytirgichlari xizmat xonalariga joylashtirilganda xonalarning ham televizion ham texnologik jihozlarining qulay va xavfsiz ishlashini taʼminlovchi texnologik uskunalar yoki mebellargacha boʻlgan masofalarga rioya qilinishi lozim.
61. BS uskunalari, magistral va uy televizion kuchaytirgichlarini ularni ishlab chiqaruvchi zavod talablariga muvofiq holda harorat va namlikni taʼminlash sharti bilan texnik qavatga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
62. Germetik ishlangan BS uskunasi, magistral va uy televizion kuchaytirgichlarini kollektorlar va kabel kanalizatsiyasi quduqlariga oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
63. Kabelli, efirli, interaktiv, IPTV, OTT va on-line televideniyening qabul qiluvchi tizimlarining barcha hududlari uchun toʻlqin qarshiligi 75 Ω yoki unga oʻxshash boʻlgan radiochastotali koaksial (magistral, uy, abonent) kabellarni qoʻllagan holda loyihalashtirish lozim.
64. Soyali zonalar bilan bogʻliq noaniq qabul qilinadigan hududlarda kabelli, efirli, interaktiv, IPTV, OTT va on-line televideniye tizimlarining binolarga magistral tarmoqlar yoki uy BSlari orqali uzatiladigan signallaridan foydalanish kerak.
65. Binoning tomi boʻylab qabul qiluvchi antennalardan yotqizilgan tushuvchi kabellar mexanik shikastlanishlardan himoyalangan boʻlishi kerak.
66. Kuchlanishli va yoritish elektr tarmogʻining kabellari bilan kabelli, efirli, interaktiv, IPTV, OTT va on-line televideniye tarqatish tarmogʻining kabellari parallel ravishda ochiq yotqizilganida, ularning orasidagi masofa kamida 150 mm boʻlishi lozim.
67. Antenna-machta inshootlarini binolar tomidagi konstruksiyalarga mahkamlab oʻrnatishda tom konstruksiyasiga tushadigan qoʻshimcha ogʻirlikni hisoblash orqali tekshirish va tomning gidroizolsiyasi butunligini taʼminlash kerak.
68. Televizion uskunalarni elektr taʼminoti va erga ulanishi Oʻz DSt 1126:2023ga muvofiq bajarilishi lozim.
2-§. Qabul qiluvchi televizion antennalarni oʻrnatish
69. Qabul qiluvchi antennalarni binoning tomiga joylashtirishda uzatgich antennaning bevosita koʻrinishi taʼminlanganligini hisobga olgan holda loyihalanuvchi tizimning geometrik markaziga oʻrnatish lozim.
Loyihada tegishlicha asoslar boʻlganda qabul qiluvchi antennalarni alohida turgan tayanchga oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
70. Antenna tayanchlarining turlarini mazkur hududning shamol va muzli yuklanishlari, antenna polotnolarining miqdorlari, turlari va ular orasidagi yoʻl qoʻyilgan minimal masofa talablariga muvofiq aniqlanishi lozim.
71. Machtalarning mahkamlanadigan yigʻma moslamalari faqat tekis tomli binolarda oʻrnatilishi lozim.
72. Loyihaning arxitektura-qurilish qismida antenna tayanchlarini mahkamlash uchun ishlatiladigan moslamalar boʻlishi kerak.
73. Tomlarda machtani mahkamlashning yigʻma moslamalarini oʻrnatishda qoplama va ustyopmalar moslamalarini qoʻshimcha yuklanishga tekshirilishi va tomning gidroizolatsiya qilinishini taʼminlash kerak.
74. Antenna tayanchlarini oʻrnatishda ulardan boshqa tarmoqlargacha masofa kamida 3 m, kuchlanishi 960 V boʻlgan simlargacha esa kamida 4 m boʻlishi kerak.
75. Agar antenna tayanchi demontaj qilish va taʼmirlash vaqtida, simlar oʻtgan tomonga tushiriladigan boʻlsa, bunda uning asosidan simlargacha boʻlgan oraliq masofa antenna tayanchi uzunligidan katta boʻlishi lozim.
76. Antenna tayanchlarining tortqichlari har qanday maqsaddagi simlar ustidan oʻtmasligi, uning polotnolari bino tomi chegarasidan tashqariga chiqmasligi zarur.
77. Antennaning barcha mahkamlovchi tuzilmalari va tayanchlari yashindan himoya qiluvchi erga ulagichga ulangan boʻlishi kerak.
3-§. Uskunalarni joylashtirish
78. Tik ustunli turdagi bosh stansiyalar uskunasini binoning pastki qavatlarida maxsus xonalarga joylashtirilishi lozim.
79. Tik ustunlarga kamida 800 mm li foydalanish oʻtish yoʻllari taʼminlanishi va old tomoni esa imkoni boʻlganda tabiiy yorugʻlik bilan yoritilishi kerak.
80. Javon turidagi bosh stansiya uskunasi binoning pastki qavatlaridagi maxsus xizmat (maʼmuriy, dispetcherlik) xonalariga joylashtirilishi lozim.
81. Devorga oʻrnatiladigan moslama (konstruksiya)li bosh stansiyalarni, mazkur uskunani tayyorlovchi-zavodning oʻrnatishga oid koʻrsatmalariga muvofiq devorga oʻrnatilishi, bunda uskunaning pol va shipdan eng kam 200 mm oraliq masofada joylashtirilishi kerak.
82. Bosh stansiya uskunalariga qoʻshimcha qurilmalar bir xonada bevosita bosh stansiya uskunalariga yaqin devorga oʻrnatilishi zarur.
83. Antenna kuchaytirgichlari bevosita antenna tayanchlariga uning mahkamlash moslamalariga maxsus yigʻiladigan korpusda alohida texnik qavatlarda, chordoqlarda yoki yuqori qavatlarning zinapoya boʻlmalarida oʻrnatilishi lozim.
84. Liniyali va uy kuchaytirgichlarini quyidagi joylarga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi:
xizmat xonalariga;
chordoqlarga;
texnik qavatlarga;
texnik yertoʻlalarga va zinapoya boʻlmalariga.
85. Xizmat xonalarida kuchaytirgichlarni devorda ochiq holda poldan 1400 dan 1600 mm gacha balandlikda, shipning chiqiq joylaridan eshik yoki deraza oʻrinlaridan kamida 200 mm masofada oʻrnatish lozim.
86. Kuchaytirgich bilan mavjud texnologik uskuna orasidagi masofa televizion hamda mavjud texnologik uskunaning qulay va xavfsiz ishlashini taʼminlaydigan boʻlishi kerak.
87. Birlashtirilgan elektr javonlarga kuchaytirgichlar, javonning oʻlchamlari kabellarning egilish radiusi boʻyicha zarur talablar taʼminlangan holda oʻrnatilishi lozim.
88. Kuchaytirgichlarni aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish tarmoqlarining tarmoqlovchi, ajratuvchi va boshqa uskunalari bilan birgalikda oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
89. Kuchaytirgichlar oʻrnatilgan javonlar qulflanadigan boʻlishi kerak.
90. Liniyali va uy kuchaytirgichlarini chordoqlarda, texnik qavatlarda, texnik yertoʻlalarda va zinapoya boʻlmalarida hamda sanoatda ishlab chiqarilgan metall javonlarga oʻrnatish lozim.
91. Masofadan quvvatlanadigan germetik ishlangan kuchaytirgichlarni kommunikatsiya tonnellarida, kollektorlarda, kabel kanalizatsiyasi quduqlarida va havo liniyalarining ustunli tayanchlarida oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
92. Magistral tarmoqlagichlar oʻrnatiladigan joylarni, tizimning tuzilishiga bogʻliq holda kabel eng kam sarflanishini taʼminlaydigan tarzda tanlash kerak.
4-§. Televideniye kabellarini oʻtkazish
93. Pasaytiruvchi kabellarni qurilish konstruksiyalarining vertikal kanallarida quyidagicha oʻtkazilishi lozim:
bino tomi boʻylab qabul qiluvchi antennalardan bino konstruksiyasida telekommunikatsiya kabellarini yotqizish uchun metall yengdagi kanallargacha;
tomlardan, chordoqdan yoki texnik qavatdan bosh stansiyadagi xona (binoning birinchi qavati)gacha.
Pasaytiruvchi kabellarni simli eshittirish simlari va binodagi taqsimlash tarmogʻi tik ustuni kabeli bilan bir kanaldan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
94. Bosh stansiya xonalari yuqori qavatlarda joylashganda, unga pasaytiruvchi kabellarni xona ustyopmasidagi maxsus teshik yoki quvur boʻlagi orqali oʻtkazilishi lozim.
95. Televideniya kabellarini quyidagi joylardan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi:
telefon kanalizatsiyasi orqali alohida kanalda yoki boshqa maqsaddagi vazifani bajaruvchi kabellar bilan bir kanalda;
dispetcherlik xizmati kabellari bilan bir kanalda.
Oraliq joy va eltuvchi arqon (kanat)ning yoʻl qoʻyiladigan uzunligi va diametri kabelning muayyan markasini shamol va muzli yuklamalarni inobatga olgan holda aniqlanishi lozim.
96. Televideniya kabellari bino ichiga yotqizilganida quyidagi tartibda bajarilishi kerak:
elektr kuchlanish va yoritish tarmogʻining simlari va kabellari bilan parallel ravishda qurilish konstruksiyalarining maxsus kanallarida, devorlar boʻylab tarnovlarda ochiq holda yotqizilganda televideniya kabellari ulardan kamida 150 mm uzoqroq masofada boʻlishi;
binoning hovli tomonidagi fasadi yoki yopma orqali (texnik yertoʻla, texnik qavat yoki chordoq boʻylab yotqizish imkoni boʻlmaganda, binodagi taqsimlash tarmogʻi kabeli tik ustuni orasidan oʻtkaziladi).
97. Televizion kabellar yer osti kanalizatsiyasidan bino devoriga chiqarilganida va fasad boʻylab kirish yoʻlaklari orasidagi devorlar boʻylab ochiq tarzda yotqizilganida 2,5 m va undan yuqori balandlikda uni ushlagich (skoba)lar bilan mahqamlagan holda amalga oshirish kerak.
5-§. Televideniya bosh stansiyasining maxsus ajratilgan xonalariga qoʻyiladigan talablar
98. Televideniya bosh stansiyasining maxsus ajratilgan xonalarini loyihalashda quyidagi arxitektura-qurilish talablari bajarilishi zarur:
yangi qurilish hududlari uchun minimal maydoni — 10,0 m2 boʻlishi;
shakllangan qurilish hududlari uchun minimal maydoni — 6,0 m2 boʻlishi;
poldan ustyopma moslamalarining chiqib turuvchi qismlarigacha boʻlgan minimal balandligi — kamida 2,5 m boʻlishi;
uskunalardan ustyopmalarga tushadigan meʼyoriy yuklama ustyopma plitalarning yuk koʻtarish qobiliyatidan oshmasligi, agar yoʻl qoʻyilgan yuk koʻtarish qobiliyatidan oshadigan ogʻirlikdagi uskunalardan foydalanish mumkin boʻlgan hollarda ustyopma plitalarni kuchaytirilishi;
linoleumli qoplama boʻlishi;
devorlarni ichki pardozlanishi moy boʻyoqda, ship esa suv emulsiyali boʻyoq bilan boʻyalishi;
bosh stansiya xonasini sanuzel va boshqa zax xonalar ostiga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
xona orqali tranzit quvurlar, havo kiritgichlar va boshqa kommunikatsiyalar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
birinchi qavatdagi xonalarning tashqi deraza oʻyiqlari, shuningdek xonalardagi barcha deraza oʻyiqlari ichki tomondan kamida 15 mm diametrli simdan yasalgan va teshiklari orasi koʻpi bilan 150x150 mm boʻlgan, devorga mahkamlangan metall shtirlarga kavsharlangan metall panjaralar bilan himoyalangan boʻlishi.
99. Bosh stansiya xonasining elektr yoritilishi Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalari talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
100. Metall javonlarga oʻrnatiladigan past kuchlanishdagi (42 V) uskunalar uchun shu joyning yoritish qurilmalarini va oʻlchov asboblariga ulanish imkoni boʻlishi uchun 6 A li tokka erga ulanuvchi kontaktga ega, ikki qutbli rozetka oʻrnatilishi lozim.
101. Bosh stansiya xonasini energiya tejovchi lampalar bilan sunʼiy yoritishda yoritilganligi 150 lx boʻlishi va LED lampalar bilan esa 200 lx dan kam boʻlmasligi kerak.
Doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlar boʻlganda ShNQ 2.01.05-19ga muvofiq tabiiy yoritilishini taʼminlash lozim.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti qiymati 1 foizdan kam boʻlmasligi kerak.
102. Bosh stansiya xonasida ishlaydigan xodimlarning doimiy ishtirokisiz isitish tarmogʻi elementiga berkituvchi qismlarni oʻrnatish va rezbali ulanishlarni amalga oshirishga yoʻl quyilmaydi.
103. Xonadagi hisoblangan harorat doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xonada boʻlganida 18 °S boʻlishi lozim.
104. Stansiya xonalari shamollatish uskunalari bilan uskunalangan boʻlishi va harorat 20 °S boʻlganda yoʻl qoʻyiladigan nisbiy namlik 65 foizdan ortiq boʻlmasligi kerak.
105. Bosh stansiyalar xonalari qoʻriqlashning idoraviy yoki idoradan tashqari markazlashtirilgan kuzatuv postlariga yoki kichik tumanning yagona dispetcherlik tizimiga ulanadigan qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
6-§. Elektr uskunalarni oʻrnatish va elektr yoritishni taʼminlash
106. Televideniya va radioeshittirishlarni qabul qilish tizimlarining elektr uskunalarini oʻrnatish Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalariga, shuningdek mazkur ShNQning talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
107. Elektr taʼminotining ishonchlilik darajasiga koʻra texnologik uskuna quyidagi tegishli toifalarga boʻlinadi:
bosh stansiyalar, chiziqli (liniyali) kuchaytirgichlar va masofadan elektr bilan taʼminlanadigan bloklar Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalari tasniflashi boʻyicha II-toifaga;
binodagi taqsimlash tarmogʻi kuchaytirgichlari esa ushbu kuchaytirgichlar oʻrnatiladigan binoning elektr taʼminotidan oladigan toifaga.
108. Bosh stansiya, antenna va liniyaning kuchaytirgichlari hamda elektr taʼminoti masofadan taʼminlanadigan bloklarning elektr taʼminoti binoning kiritish-taqsimlash qurilmasidan mustaqil liniyalar boʻylab amalga oshirilishi kerak.
Ularning oʻchirilishi boshqa elektr qabul qilgichlarning oʻchirilishi bilan bogʻliq boʻlmasligi lozim.
Uskunaning elektr taʼminotini binoning oʻchirilmaydigan liniyalari orqali amalga oshirish zarur.
7-§. Uskunani begona shaxslarning aralashuvidan himoya qilish
109. Uskuna oʻrnatiladigan barcha xonalar eshiklari qulflanadigan va (birinchi qavatdagi) derazalari temir panjaralar bilan jihozlanishi kerak.
110. Qurilmalar oʻrnatiladigan barcha metall javonlar qulf bilan qulflanadigan boʻlishi lozim.
8-bob. Qoʻriqlash va yongʻin signalizatsiyasi tizimi
1-§. Umumiy talablar
111. Avtomatik yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini loyihalashtirish ShNQ 2.04.09-07 talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
112. Manzilli boʻlmagan yongʻindan xabarlagichlar bilan ishlashi uchun moʻljallangan shleyflarning soni 10 va undan ortiq boʻlganda, qabul-nazorat qurilmalarining zaxira sigʻimi (shleyflar soni) kamida 10 foiz boʻlishi kerak.
113. Yongʻin signalizatsiyasi texnik vositalarini oʻrnatish umumiy loyiha yechimlariga, tayyorlovchi-korxonalarning texnik hujjatlariga, ShNQ 2.01.02-04, ShNQ 2.04.09-07 hamda yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2-§. Obyektlarga avtomatik yongʻin signalizatsiya qurilmalarini oʻrnatish
114. Obyektlarga avtomatik yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini oʻrnatish ShNQ 2.04.09-07 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3-§. QYoS xabarlagichlarini oʻrnatish
115. QYoS xabarlagichlari obyektlarga qoʻriqlash uchun moʻljallangan va ishlashiga koʻra xonaning harorat darajasining oʻzgarishi inobatga olinishi lozim.
116. Avtomatik qoʻriqlash xabarlagichining turi qoʻriqlash obyekti elementining konstruksiyasiga koʻra mazkur ShNQning ilovasiga muvofiq aniqlanishi kerak.
117. Nuqtali (elektr kontaktli va magnit kontaktli) xabarlagichlar har bir toʻsib qoʻyiladigan elementga yashirin yoki ochiq usul bilan oʻrnatilishi, nuqtali xabarlagichlarni yashirin oʻrnatish, yogʻoch bogʻlamga ega elementlarni toʻsib qoʻyish uchun ochiq (osmali) oʻrnatish esa metall bogʻlamda bajarilgan elementlarni yoki bogʻlamsiz oynavand eshiklarni toʻsib qoʻyish uchun qoʻllanilishi kerak.
118. Magnit kontaktli xabarlagichlardan foydalanganda har bir toʻsib qoʻyiladigan elementga bittadan xabarlagich oʻrnatilishi lozim.
Bunda, xabarlagichni toʻsib qoʻyiladigan elementning yuqori qismiga, deraza yoki eshik polotnosi kesakisining vertikal chizigʻidan 200 mm uzoqlikda joylashtirilishi zarur.
Magnitning uzeli elementning harakatlanuvchi qismi (eshik, deraza)ga, magnitli boshqariladigan kontakt (gerkon) esa uning harakatlanmaydigan qismi (eshik yoki deraza romi)ga oʻrnatilishi, ular orasidagi masofa va yoʻl qoʻyiladigan nooʻqlik tayyorlovchi korxonaning texnik hujjatlari maʼlumotlariga mos kelishi kerak.
119. Inersion magnit kontaktli shishaning sinish datchiklari (ShSD) shishaga uning asosidan koʻpi bilan 2 m balandlikda va rom chetidan 10-15 cm masofada oʻrnatilishi, yuzasi 4 m2 dan ortiq shishalarda, datchikdan shishaning eng uzoqdagi nuqtalarigacha ikki metrdan ortiq boʻlmagan masofa taʼminlanishi uchun ikki va undan ortiq ShSD oʻrnatilishi lozim.
120. Pyezoelektrik signal moslamalari har bir yaxlit shisha tasmasi (polotno)ga bittadan oʻrnatilishi zarur.
Agar shisha tasmasining diagonali 4 m dan kam boʻlsa, u holda signal moslamalari tasmaning burchaklaridan biriga oʻrnatiladi. Shisha tasmasi diagonali 4 m dan ortiq boʻlsa, katta tomonining oʻrtasiga oʻrnatilishi kerak.
Signal moslamalari rom bogʻlamlaridan kamida 10 mm dan yaqinroq boʻlmagan joyga oʻrnatilishi lozim.
121. Omik xabarlagichlar transport va seysmik xalaqitlar taʼsiriga duchor boʻlgan obyektlardagi yupqa devorli qurilish toʻsiqlari va shishalangan sirtlarni hamda boshqa qurilish elementlarini sindirilishidan himoya qilgan holda toʻsib qoʻyishi kerak.
122. Shishalangan sirtlarning shishasini sinishidan himoyalashda shishaga uning ichki tomonidan yelimlab yopishtiriladigan, qalinligi 0,01-0,03 mm va kengligi 6-10 mm boʻlgan folga yoki PEV-2.0,12 simlar yordamida bajarilishi kerak.
123. Yogʻoch, gʻisht va boshqa yupqa devorli konstruksiyalar kesimi 0,2 mm2 boʻlgan NVM turidagi simlar bilan himoyalanishi lozim.
124. Derazaning ichki metall panjaralarining himoyalanishi yotiq va tik simlarning oʻram qadami 30 — 70 mm, kesimi 0,2 mm2 boʻlgan ikki qavatli PVM simi bilan va har 150 — 200 mm dan tugun qilib oʻrash orqali bajarilishi kerak.
Simning bir panjara bezagidan boshqasiga oʻtishini romning yogʻoch bogʻlami boʻylab shtrobada yashirin tarzda amalga oshirilishi hamda uni shtrobaga skoba bilan mahkamlanishi, bunda shtroba oʻrni shpatlyovka surib tekislanishi lozim.
Skobalar bilan mahkamlangan joylarda sim uzunligi 10 mm li kesilmagan polixlorvinil quvurcha bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Oʻlchamlari 20 mm dan katta katakli ichki panjaralar va 10 mm dan kichik diametrli poʻlatdan tayyorlangan panjaralar himoyalanmaydi (bloklanmaydi), bunda shishaning sirti esa sindirilish va ochilishga signallashtirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
125. Har bir himoya qilinadigan element (deraza, eshik)ga tarmoqlanish qutisini hamda ikki tabaqali eshik yoki darvozalarga ikkita tarmoqlanish qutisi oʻrnatilishi lozim.
Tarmoqlanish qutilarini eshik kesakisiga (chaspakka), deraza romlariga oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
126. Qurilish konstruksiyalarini sinishidan himoyalashda himoyalanadigan sirtning har 5 m2 ga tarmoqlanish qutisi oʻrnatilishi kerak.
127. Qoʻriqlanadigan har bir hududni chiziqli optik-elektron xabarlagichlar bilan himoya qilishda unga kelayotgan infraqizil nurlarga paralell ravishda ularning kirib borish nuqtasidagi zaif joylarga yaqinlashishlarini taʼminlash zarur.
128. Xabarlagichlar ularga toʻgʻridan-toʻgʻri tushuvchi quyosh nurlari va boshqa kuchli yorugʻlik manbalari taʼsir etmaydigan tarzda oʻrnatilishi, bunda kengligi va balandligi kamida 0,5 m boʻlgan nur tarqaladigan boʻshliqdan xoli boʻlishi lozim.
129. Yongʻinni aniqlash uchun optik-elektron xabarlagichlardan foydalanilganida, ular shipdan koʻpi bilan 0,3 m masofada, nurlarning ship sirtiga paralell ravishda yoʻnaltirilgan holda oʻrnatilishi kerak.
130. Xabarlagichlarning soni xonaning hajmi va tuzilishiga bogʻliq holda tanlab olinishi lozim.
131. Xabarlagichlar devorlarga, ustunlarga oʻrnatilishi, bunda bir nechta xabarlagichlar qoʻllanilganda turli chastota meʼyorlariga ega boʻlgan xabarlagichlarni oʻrnatish zarur.
4-§. Yongʻin signalizatsiyasining QNQni oʻrnatish
132. Qabul-nazorat qurilmalari doimiy odam boʻladigan xonaning devoriga yoki yonmaydigan konstruksiyaga oʻrnatilishi kerak.
Qabul-nazorat qurilmasini doimiy odam boʻlmaydigan xonaga oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, oʻrnatish ishlari ShNQ 2.04.09-07 talablariga asosan amalga oshirilishi lozim.
133. Bir shleyfli QNQ quyidagicha oʻrnatilishi kerak:
maxsus ajratilgan xona boʻlganda pol sathidan kamida 0,8 m balandlikda;
maxsus ajratilgan xona boʻlmaganda pol sathidan kamida 1,5 m balandlikda.
134. Bitta obyektni himoya qilish uchun uchtadan ortiq bir turdagi bir shleyfli QNQlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
135. Koʻp shleyfli QNQlar maxsus ajratilgan xonalardagi stolga, devorga yoki maxsus konstruksiyaga pol sathidan 0,8 m dan 1,5 m gacha balandlikda oʻrnatilishi kerak.
136. QNQni quyidagicha oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi:
yonadigan javonlarga;
isitish tizimlaridan 1 m dan kam oraliq masofada;
changli va oʻta zax, shuningdek kislotalarning bugʻlari va agressiv gazlar boʻlgan xonalarga.
137. Qoʻriqlash signalizatsiyasi uskunasini joylashtirish ShNQ 2.04.09-07ning 12-bobi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
5-§. Yorugʻlik va tovush xabarlagichlarini oʻrnatish
138. Yorugʻlik xabarlagichlari vizual nazorat uchun qulay joylarga oʻrnatilishi kerak.
139. Tovush xabarlagichlari tashqi fasadlarga, yer sathidan kamida 2,5 m balandlikda oʻrnatilishi lozim.
140. Obyektda bir nechta QNQ boʻlganida, har bir asbob uchun alohida yorugʻlik xabarlagichlarini oʻrnatishga, tovush xabarlagichini esa umumiy oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
141. QS turidagi qurilmalar xabarlagich sifatida (tayyor mahsulotni ifodalovchi va bitta qutiga yigʻilgan tovushli va yorugʻlik xabarlagichlari) oʻrnatilganida, har bir QNQ alohida qurilmaga ulanishi kerak.
9-bob. Kirish-chiqishning nazorat tizimi
1-§. Kirish-chiqishning nazorat tizimlarini loyihalash uchun asosiy talablar
142. KChNT quyidagilarni hisobga olgan holda loyihalanishi kerak:
arxitektura-rejalashtirish va qurilish yechimlari boʻyicha:
kirish-chiqish, kirib kelish-chiqib ketishlarning soni va joylashishi, ularning geometrik oʻlchamlari va oʻtkazuvchanlik qobiliyatini;
qurilish konstruksiyasi materiallarini;
KChNT komponentlari boʻyicha:
isitiladigan yopiq xonalarda;
isitilmaydigan yopiq binolarda;
binolardan tashqarida;
maxsus sharoitlar (yuqori namlik, chang, tebranish, korroziyali yoki agressiv muhit, haddan tashqari issiq yoki sovuq harorat, muzlash va boshqalar)da oʻrnatilishini;
isitiladigan yopiq joylardan tashqarida yoki alohida sharoitlarda oʻrnatilganda ishlaydigan ijrochi qurilmalar, hisoblovchi va (bitta konstruktiv blokdagi hisoblovchilar bilan birlashtirilgan) kontrollerlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan atrof-muhit taʼsirlarini;
elektromagnit toʻlqinlarining salbiy taʼsiri, statik elektrning, beqaror elektr taʼminot kuchlanishining mumkin boʻlgan taʼsirlarini;
hisoblovchilar va kontrollerlarning boshqaruv markazidan uzoqligini;
erga ulash va elektr potensiallarini tenglashtirish zaruriyatini.
2-§. Ishga tushirish qurilmalari
143. Ishga tushirish qurilmalari kontrollerdan boshqaruv signali berilganida qulflash mexanizmi yoki toʻsiq qurilmasini ochish-yopish, shuningdek oʻtkazuvchanlik qobiliyatini taʼminlashi kerak.
144. Ishga tushirish qurilmalarining taʼminot kuchlanishi kattaligi 12 yoki 24 V ni, biroq baʼzi turdagi ishga tushirish qurilmalari (darvozalar, qattiq eshiklar, shlagbaumlar) uchun 220/380 V quvvat manbaidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
145. Ishga tushirish qurilmasi zaxira quvvat manbai bilan taʼminlanishi kerak.
146. Toʻsiq qurilmalari (eshiklar, turniketlar, shlagbaumlar va boshqalar)ning favqulodda holatda mexanik ochilishi taʼminlanishi kerak.
147. Yopgichlarni tanlashda toʻsiq qurilmasining yuki (ogʻirligi)ni, shuningdek ochilish/yopilish davrlarining sonini hisobga olish lozim.
Ogʻirligi pasport maʼlumotlaridan oshib ketadigan yopgichlarni toʻsiq qurilmalariga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
148. Ishga tushirish qurilmasi zararli tashqi omillardan va shikastlanishlardan himoyalangan boʻlishi kerak.
149. Ishga tushirish qurilmasining texnik murakkabligi, dizayni va ishlash tamoyili toʻsiq turiga va KChNT bogʻliq boʻlishi kerak.
3-§. Identifikatsiyalash qurilmalari
150. Hisoblovchilar qoʻpol kuch ishlatish, kodni tanlash va radiochastotali skanerlash yoʻli bilan manipulatsiya qilinishdan himoyalab loyihalanishi kerak.
151. Identifikatsiya qurilmalari zararli tashqi omillar taʼsiridan himoyalangan boʻlishi zarur.
152. Identifikatsiya qurilmalarining dizayni, texnik murakkabligi, himoyalanish darajasi KChNT asosida belgilanishi kerak.
4-§. Kirish-chiqishni nazorat va boshqaruv qurilmalari
153. Kirish-chiqishni nazorat va boshqaruv qurilmalari avtonom rejimda ishlaydigan kontrollerlar hisoblovchilardan maʼlumot olish, ularni qayta ishlash va ijro etuvchi qurilmalar uchun boshqaruv signallarini yaratishni taʼminlashini inobatga olib loyihalanishi kerak.
Tarmoq rejimida ishlaydigan kontrollerlar quyidagilarni taʼminlashi kerak:
kontrollerlar bilan boshqaruv kompyuteri oʻrtasidagi aloqa liniyasi boʻyicha yoki yetakchi kontroller bilan axborot almashishni;
elektr quvvati uzilib qolganida va zaxira quvvatga oʻtilganida boshqaruv kompyuteri (yetakchi kontroller) bilan aloqa uzilganida, xotira, sozlamalar va identifikatorlar kodlarining xavfsizligini;
alohida kontrollerlar bilan kontrollerlar oʻrtasidagi va boshqaruv kompyuteri oʻrtasidagi aloqa liniyalarini boshqarishni.
154. KChNTning kafolatli ishlashi uchun alohida komponentlar orasidagi masofa uni ishlatish pasportlarida koʻrsatilgan qiymatlardan (agar modemlar ishlatilmasa) oshmasligi kerak.
155. Axborot almashish protokollari va interfeyslari boʻlishi lozim.
Vazifasiga koʻra quyidagi turdagi interfeyslar ishlatishga yoʻl qoʻyiladi:
kontrollerlar oʻrtasida — RS 485;
kontrollerlar bilan boshqaruv kompyuteri oʻrtasida — RS 232.
5-§. Elektr quvvati manbai talablari
156. KChNTning asosiy elektr quvvati manbai 50 Hz chastotali va 220 V nominal kuchlanishli oʻzgaruvchan tok tarmogʻidan taʼminlanishi kerak.
KChNT tarmoq kuchlanishining minus 15 foizidan plyus 10 foizigacha ogʻishlari va nominal qiymatdan ± 1 Hz ga qadar chastotasi bilan ishlashi kerak.
157. Himoyalangan binolardan tashqarida oʻrnatilgan KChNT apparatining elektr taʼminoti paneli qulflanadigan metall shkafga joylashtirilishi va uni ochilishi himoyalangan (bloklangan) boʻlishi kerak.
158. KChNT zaxira elektr quvvat manbai bilan taʼminlanishi, zaxira quvvat manbaining nominal kuchlanishi 12 yoki 24 V ni tashkil etishi kerak.
159. KChNTning funksional holati va belgilangan ish rejimlarini buzmasdan zaxira quvvatiga va aksincha, asosiy elektr quvvat manbaiga oʻtishi avtomatik ravishda amalga oshirilishi kerak.
Zaxira quvvati manbai kuchlanishining nominal qiymatidan minus 15 foizdan plyus 10 foizgacha ogʻishlarda ham KChNT oʻz ishlash qobiliyatini saqlab qolishini taʼminlashi kerak.
160. Tarmoqda kamida 8 h davomida kuchlanish yoʻq boʻlganida, zaxira quvvat manbai tizimning barqaror ishlashini taʼminlashi kerak.
Akkumulyatordan zaxiraviy quvvat manbai sifatida foydalanilganda akkumulyator avtomatik ravishda zaryadlanishi kerak.
161. Akkumulyatorlar batareyasi (xizmat koʻrsatilmaydiganlari bundan mustasno) zararli muhitga chidamli taglikdagi javonlar tokchasida yoki maxsus akkumulyator xonalaridagi stellajlarga joylashtiriladi.
Sigʻimi 72 A·h dan oshmaydigan qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar hamda quvvati 100 A·h dan oshmaydigan va kuchlanishi 60 V gacha boʻlgan ishqorli akkumulyatorlarni umumiy portlamaydigan va yongʻinga xavfli boʻlmagan xonalarda alohida oqimli-tortib (soʻrib) olish shamollatish uskunalari bilan jihozlangan metall shkaflarga oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
162. Akkumulyator yoki quruq batareyalardan zaxiraviy quvvat manbai sifatida foydalanilganida, akkumulyator yoki batareyaning past zaryadsizlanish koʻrsatkichi (indikatori)ni oʻrnatish nazarda tutilishi kerak.
Avtonom tizimlar uchun zaryadsizlanish koʻrsatkichi yorugʻlikli yoki tovushli boʻlishi, tarmoq tizimlari uchun akkumulyatorning zaryadsizlanish signali markaziy pultlarga uzatilishi kerak.
6-§. Markaziy boshqaruv qurilmalarini joylashtirish
163. KChNTning markaziy boshqaruv qurilmalari (shaxsiy kompyuterlar) begona shaxslarning kirishidan himoyalangan alohida xizmat binolariga (masalan, xavfsizlik xizmati xonasiga yoki binoning qoʻriqlash posti xonasi) oʻrnatilishi zarur.
7-§. Kuzatuv va nazorat qurilmalarining joylashuvi
164. Asosiy kontrollerlar va bir nechta toʻsiq qurilmalarida ishlaydigan kontrollerlarni texnik xizmat koʻrsatish uchun qulay boʻlgan balandlikda va maxsus qulflanadigan metall shkaflar yoki tokchalarga joylashtirilishi lozim.
Bunda, ushbu shkaflar yoki tokchalarning eshiklari ochilish yoki sindirilishdan xavfsizlik signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
165. Bitta qutida ishga tushirish yoki hisoblovchi qurilmalar bilan birlashtirilgan kontrollerlar joylashtirilgan qutining ruxsatsiz ochilishiga yoʻl qoʻyilmasligi uchun tugmalar bilan jihozlanishi lozim.
Bunday kontrollerlarning qutisi zarbaga chidamli materialdan tayyorlanishi kerak.
166. Qoʻriqlanadigan binoning ichki tomoniga ikkita yoʻnalishdagi bitta eshikning hisoblovchilari yoki ishga tushirish qurilmalarini ishlashini boshqaradigan kontrollerlar oʻrnatilishi kerak.
167. Kontrollerlarning ishdan chiqishi yoki ishlashidagi toʻxtalishlarni oldini olish uchun ularni bir vaqtning oʻzida oʻramlarining yuqori induktivligi boʻlgan ishga tushirish qurilmalari quvvatlanadigan quvvat manbaiga ulanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoʻzgʻatuvchining oʻramining oʻz-oʻzidan induksiyasi EYuK natijasida paydo boʻlgan impuls xalaqit qiluvchi tebranishlarni susaytiradigan maxsus moslamalari yoki elementlari oʻrnatilishi kerak.
168. Kuzatuv va nazorat qurilmalari tarmoq rejimida ishlatilganida, ulanish liniyalari va ularning uzunligi notoʻgʻri oʻrnatilishi natijasida xalaqit qiluvchi toʻlqinlar va nosozliklar yuzaga kelishini hisobga olish kerak.
8-§. Hisoblovchilar va ishga tushirish qurilmalarini joylashtirish
169. Hisoblovchilar va ishga tushirish qurilmalarining turiga, oʻtkazish qobiliyatiga va binoning KChNTni tashkil etilishiga qarab, ularni toʻsiq qurilmalari yaqinida ham ularga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻrnatilishi mumkin.
170. Hisoblovchini metallga oʻrnatishda hisoblovchining asosi bilan metall yuzasi orasidagi masofa kamida 25 mm boʻlishi kerak.
Agar hisoblovchi oʻrnatilgan devor qalin yoki metalldan yasalgan (tarkibida metall armatura) boʻlsa, hisoblovchi mumkin boʻlgan ruxsatsiz kirishdan zaruriy himoyasi taʼminlanadigan masofada oʻrnatilishi lozim.
171. Magnit kartalar, elektron kalitlar va klaviaturalarni hisoblovchilarni devorga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri toʻsiq qurilmasiga, foydalanish uchun qulay balandlikda joylashtirish kerak.
Magnit kartalarning hisoblash moslamalarini ishdan chiqarishi yoki unga xalaqit qiluvchi toʻlqinlarni oldini olish uchun (ishga tushiruvchi qurilmalar bilan birlashtirilganlardan tashqari) kuchli elektromagnit maydonlarni (solenoid, magnit qulflar va boshqalar) yaratadigan kuchli ishga tushirish moslamalariga yaqin joyda oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
172. Elektromagnit qulflarni eshik romiga oʻrnatish lozim.
173. Elektromexanik qulflarni ogʻirligi 100 kg gacha boʻlgan yogʻoch va metall eshiklarga oʻrtacha (kuniga 100 — 200 oʻtishgacha) yuklanishlar sharoitida oʻrnatish lozim.
Ushbu qulflarni yuqori yuklanmaga ega eshiklar uchun qoʻllash tavsiya etilmaydi. Elektromexanik qulflar eshikka (qoplama yoki oʻyma qulf) oʻrnatiladi, biroq ular eshik romiga oʻrnatilishi lozim.
174. Yuqori (kuniga 200 dan ortiq oʻtish) yuklanishlar sharoitida ogʻirligi 650 kg gacha boʻlgan yogʻoch va metall eshiklarga elektromagnit qulflarni oʻrnatish kerak.
Elektromagnit qulfdan foydalanilganda uni mexanik qulf bilan nusxalash yoki elektromagnit qulfni qoʻshimcha zaxira quvvati bilan taʼminlash zarur.
9-§. Elektr oʻtkazgich simlarga qoʻyiladigan talablar
175. KChNTning elektr oʻtkazuvchi simlari quyidagilarga boʻlinadi:
ishga tushiruvchi qurilmalar, hisoblovchilar, kontrollerlar va kompyuterlar oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydigan aloqa liniyalari (signalizatsiya va boshqaruv zanjiri, maʼlumotlar shinalari, interfeys shinalari);
doimiy kuchlanishli 12/24 V elektr zanjirlari;
oʻzgaruvchan kuchlanishli 220/380 V elektr zanjirlari.
176. Katta uzunlikdagi (50 m dan ortiq) elektr simlari bilan xalaqit qiluvchi elektromagnit toʻlqinlarlarga qarshi kurashish uchun ekranlangan kabellar va simlar, oʻralgan juftlar ishlatilishi, elektr simlarining uzunligi va yuklamasidan kelib chiqqan holda oʻtkazgichlarning qalinligi (diametri)ga qarab tanlanishi kerak.
177. KChNT aloqa liniyalari va elektr taʼminoti va yoritish liniyalarining simlari yoki kabellari ochiq parallel yotqizilgan taqdirda ular orasidagi masofa kamida 0,5 m boʻlishi, bunda xalaqit qiluvchi toʻlqinlardan himoya qilinishi lozim.
Agar ular toʻsiq qurilmalarining kuchli induktiv yuklari (elektromagnitlar, solenoidlar)ni quvvatlantirsa, KChNT ning 12/24 V doimiy quvvat manbai zanjirlariga ham qoʻllanilishi zarur.
178. Himoyalangan binolar ichidagi devorlar boʻylab simlar va kabellarni yotqizish shiftdan kamida 0,1 m masofada kamida poldan 2,2 m balandlikda amalga oshirilishi kerak.
Simlar va kabellarni poldan 2,2 m dan kam balandlikda yotqizilganida, ular mexanik shikastlanishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
Tashqi devorlar boʻylab 2,5 m dan kam balandlikda yoki himoyalanmagan xonalar orqali oʻtadigan elektr simlari yashirin tarzda yoki metall quvurlarda amalga oshirilishi lozim.
179. Quvvat va yoritish tarmoqlari bilan kesishganda, KChNT kabellari va simlari rezina yoki PVX quvurlar bilan himoyalangan boʻlishi va ularning uzunligi oʻtish joyining har bir tomonidan 4-5 mm choʻzilgan boʻlishi kerak.
Kesishishda sigʻimi yuqori boʻlgan quvvatli kabellar devorga qarama-qarshi yotishi, kichik sigʻimli kabellar esa yuqoridan ularning atrofida egilgan boʻlishi, kichikroq sigʻimdagi kabellarni shtroblarda yotqizishda katta sigʻimli kabellar ostidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
180. Devorlar boʻylab 100 juftdan ortiq sigʻimga ega taqsimlash kabellarini yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
181. Pol va qavatlar orasidagi yarim boʻshliqlarda yashirin simlarni oʻtkazishda kabellarni kanallar va quvurlarga yotqizish kerak.
Kabellarni qurilish konstruksiyalariga mahkamlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
182. Bir marshrut boʻylab bir nechta simlarni yotqizishda ularni bir-biriga yaqin joylashtirish kerak.
183. Binodan tashqarida KChNTning elektr simlari quyidagicha yotqizilishi kerak:
izolatsiyalangan simlar bilan — quvurlarda;
zirhli kabellar bilan — tuproqda, suvda, ochiq holda kabel konstruksiyalarida.
10-bob. Videokuzatuv tizimi
1-§. Videokuzatuv tizimlarini loyihalash uchun asosiy talablar
184. Kuzatuv kameralaridan videomaʼlumotni real vaqt rejimida videokuzatuv punktiga uzatish uchun loyiha topshirigʻiga muvofiq videokuzatuv tizimi qoʻllanilishi kerak.
185. Videokuzatuv tizimi obyekt joyida (videokuzatuv punkti binoda joylashtiriladi) yoki tezkor (operativ) xizmatlarga masofadan ulangan boʻlishi lozim (videokuzatuv punkti tezkor (operativ) xizmatni boshqarish xonasiga joylashtiriladi).
2-§. Videokuzatuv tizimi tarkibi
186. Obyektning videokuzatuv tizimini loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
a) kuzatish obyektlarida:
kuzatuv kameralari va ularning kuzatish obyektlari yaqinida yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ishlashini taʼminlovchi texnik vositalarini;
kuzatuv kameralaridan videokuzatuv punkti (kabeli)gacha (analog yoki raqamli) videosignal uzatish vositasini;
b) videokuzatuv punktida:
videomaʼlumotlarni koʻrsatish qurilmalarini;
rasmiylashtirilgan videomaʼlumotni qayta ishlash, raqamlashtirish va tezkor (operativ) hamda arxivda saqlash vositalarini;
tizimning faol uskunalari uchun elektr taʼminoti manbalarini.
187. Dispetcherlik tezkor (operativ) xizmatlariga ulangan videokuzatuv tizimini loyihalashda quyidagilar inobatga olish zarur:
a) kuzatish obyektlarida:
kuzatuv kameralari va uning (bevosita kuzatish obyektida yoki yaqinida) ishlashini taʼminlovchi texnik vositalarni;
kuzatuv kameralari va uy registratori oʻrtasida (kabelli) (analog yoki raqamli) videosignal uzatish vositasini;
uy registratori kuzatish obyektlarining videomaʼlumotlarini birlamchi qayta ishlash, raqamlashtirish va operativ saqlash (ixtisoslashtirilgan kompyuter) qurilmalarini;
uy registratorining ulanishini va raqamli signallarni uzatish muhitini (mis kabellardan optik tolaligacha) oʻzgartirishni taʼminlaydigan boshqariladigan kommutatsiya qurilmasini;
mis va optik kabel tizimlari kommutatsiyasini, shuningdek ularni binoning texnologik xonasida oʻrnatishni taʼminlaydigan krosslovchi va yordamchi uskunalarni;
kommutator va videokuzatuv punkti (optik tolali kabel) orasidagi hududda raqamli signal uzatish vositasini;
b) videokuzatuv nuqtasida:
video axborotni koʻrsatish moslamalarini;
rasmiylashtirilgan audio va video maʼlumotlarni operativ va arxivli saqlash qurilmalarini;
krosslash va kommutatsiya uskunalarini;
video axborotni qayta ishlash vositalarini.
188. Videokuzatuv tizimi kuzatuv obyektlarining turlari, soni hamda maqsad va vazifalaridan kelib chiqib aniqlanishi lozim.
3-§. Videokuzatuv tizimini tashkil qilish sxemalariga talablar
189. Videokuzatuv tizimi avtonom boʻlmaganda, uni loyihalashda integratsiyalashgan tizimning boshqa elementlari bilan integratsiyalashuv talablari yoki boshqa tizimlar bilan oʻzaro taʼsir qilish talablari hisobga olinishi kerak.
190. Videokuzatuv tizimini shakllantirish modulli asosda amalga oshirilishi kerak.
Videokuzatuv tizimining konfiguratsiyasi, tarkibi, asosiy va qoʻshimcha funksiyalari texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan boʻlishi lozim.
Butun tizimni butunligicha funksional mustaqil tarkibiy qismlarga (quyi tizimlarga) boʻlinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, tizimning tuzilishi uni kengaytirish va oʻzgartirish imkoniyatini (funksiyalarini kengaytirish yoki oʻzgartirishni), shuningdek barqaror ishlashini (videokuzatuv tizimining tarkibiy qismini ishdan chiqishi butun tizimning ishdan chiqishiga olib kelmasligini) taʼminlaydigan boʻlishi zarur.
4-§. Videokuzatuv tizimini loyihalashga talablar
191. Videokuzatuv tizimini loyihalash va unga uskunani tanlashda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
isitiladigan yopiq xonalarda;
isitilmaydigan yopiq xonalarda;
koʻchadagi soyabon ostida;
maxsus sharoitlar (yuqori namlik, chang, tebranish, xalaqit qiluvchi elektromagnit toʻlqinlar va boshqalar)da ishlashini;
kuzatuv obyektlarining ahamiyatidan kelib chiqib;
qurilish va arxitektura-rejalashtirish yechimlarida:
chegaralar konfiguratsiyasi (perimetri)ni;
alohida turgan binolar va inshootlarning;
ochiq maydonlarning;
isitiladigan va isitilmaydigan binolarning soni va joylashuvini;
binolarning geometrik oʻlchamlari (maydon, chiziqli oʻlchamlar, ship balandligi va boshqalar), ochiq maydonlar, hududlar, perimetrning tomonlari va boshqalarni;
oʻrnatilgan yoki oʻrnatishga moʻljallangan KChNT, QYoS tizimlarining parametrlarida:
ularni birgalikda sinxronlashtirishni;
rele, shuningdek, dasturiy va apparat darajasida integratsiya qilish imkoniyatini;
QYoS, KChNT panellaridan sezilarli uzoqlikda RS 232, RS 485 interfeyslarini tashkil qilish qobiliyatini;
QYoS, KChNT trevoga signali (chaqiriq) chiqishlari holatini;
kuzatish turining yashirin va ochiqligini.
192. Xonada belgilangan shart-sharoitlarni yaratish imkoni boʻlmagan hollarda, ular videokuzatuv tizimining faol qurilmalari oʻrnatiladigan devordagi tarqatuvchi orqali taʼminlanishi kerak.
193. Videosignallarni uzatish uchun simli aloqa kanallari (koaksial kabellar, oʻralgan juftlar, telefon liniyalari, optik tolali liniyalar)ni ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Simli aloqa kanallaridan foydalanish imkoni boʻlmaganida, simsiz radiokanallar, lazer yoki infraqizil kanallardan foydalanilishi lozim.
Lazer va infraqizil kanallardan foydalanganda muhitning optik zichligiga taʼsir qiluvchi omillar (yogʻingarchilikning chastotasi va intensivligi, tuman, tutun, chang va boshqalar), shuningdek jismoniy shovqinlar (toʻsiqlar) hisobga olinishi kerak.
Tizimning alohida tarkibiy qismlarining ishlashini nazorat qilishda uning asosiy funksiyalarini bajarishiga xalaqit bermaydigan tarzda amalga oshirish zarur.
5-§. Kuzatuv kameralarini tanlash va joylashtirish
194. Kuzatuv kameralarini tanlashda quyidagilar hisobga olinishi kerak.
vazifalar (kuzatish, aniqlash, identifikatsiya);
kuzatish obyektining ahamiyati;
kuzatish obyekti (zonasi)ning geometrik oʻlchamlari;
hududdagi kuzatish obyekti (zonasi)ning yoʻnalishi;
kuzatish obyektining yoritilganligi;
kamera joylashadigan joyning iqlim sharoiti.
195. Kuzatuv zonalarining geometrik oʻlchamlari obyektivning fokus uzunligi boʻyicha kuzatuv kameralari tanlanishi lozim. Obyektivning kerakli fokus uzunligi quyidagicha aniqlanadi:
Obyektivning kerakli koʻrish burchagi mazkur ShNQning 1-formulasiga muvofiq vertikal (av) va gorizontal (ah) boʻyicha hisoblanadi;
bu erda:
V — linzaning vertikal koʻrish maydoni, m;
H — linzaning gorizontal koʻrish maydoni, m;
D — kuzatish obyektigacha boʻlgan masofa, m;
Linzaning fokus uzunliklari mazkur ShNQning 2-formulasiga muvofiq vertikal (fv) va gorizontal (H) tekisliklarda aniqlanadi, mm;
bu erda:
v — CCD-matritsa kamerasining balandligi, mm;
h — CCD-matritsalar kamerasining kengligi, mm.
Mazkur ShNQning 3-formulasiga muvofiq olingan fokus qiymatlaridan barcha kerakli koʻrish maydonini qoplash uchun kichikrogʻi tanlanadi (ƒ), mm:
Kattaroq koʻrish maydonini taʼminlaydigan eng yaqin kam fokusli masofadagi obyektiv tanlanadi.
196. Kuzatuv obyektining ortiqcha yoki kuchsiz yoritilishi bilan bogʻliq muammolar quyidagilar yordamida hal qilinishi kerak:
sezuvchanlik xususiyatlariga ega boʻlgan kuzatuv kameralarini tanlash;
yoritishni taʼminlash yoki kuchaytirish uchun favqulodda yoritishni tashkil etish.
Obyektivning koʻrish burchagiga gorizontal va vertikal oʻlchovlar uchun CCD-matritsalarning oʻlchamiga koʻra fokus uzunliklarining taxminiy qiymatlari mos ravishda mazkur ShNQning 2 va 3-jadvallarida keltirilgan, bunda ushbu qiymatlar linzalar ishlab chiqaruvchisiga qarab farq qilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Kuzatuv obyektida yorugʻlik yetarli boʻlmagan sharoitlarda qoʻshimcha yoritishni tashkil qilish uchun maxsus moslamalar bilan jihozlangan anʼanaviy yoritish moslamalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Mahalliy infraqizil yoritish moslamalari va infraqizil yoritgichlardan foydalanilishi kerak.
197. Videokuzatuv kameralarining zaruriy sezgirligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
yorugʻlik manbai turi (spektral xususiyatlari);
sahnaning yoritilganligi;
kuzatilayotgan obyektni aks ettirish koeffitsiyenti;
kamera obyektivlarining oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti.
Sezgirlikni aniqlash ketma-ketligi quyidagicha amalga oshirilishi kerak:
sahnalarning yoritilishi insonning koʻrish xususiyatiga mos keladigan spektral xususiyatga ega boʻlgan lyuksometr yordamida oʻlchanishi;
kuzatuv obyektining haqiqiy aks ettirish koeffitsiyentining qiymati.
Turli xil kuzatish obyektlarining aks ettirish koeffitsiyentlari quyidagi 4-jadvalida keltirilgan.
kameraning kuzatuv maydonida olinishi mumkin boʻlgan CCD-matritsadagi minimal yoritish quyidagi 4-formula boʻyicha hisoblanishi lozim:
bu erda:
Ematritsalar — CCD-matritsadagi yoritish, lx;
Esahna — boshqariladigan zonaning yoritilishi, lx;
R — obyektni aks ettirish koeffitsiyenti,
F — obyektivning yorugʻlik kuchi;
π — raqam 3.141592.
198. Bino tashqarisida (devorga oʻrnatilmaydigan) kameralar obyektivni isitish moslamasiga ega boʻlishi kerak.
199. Kameralarning joylashuv sharoitlariga qarab defrosterm (muz eritish moslamasi), bugʻlanishga qarshi, yorugʻlikdan himoyalovchi qalpoq yoki soyabon kabi qoʻshimcha aksessuarlar oʻrnatilishi lozim.
200. Kuzatuv kameralarini oʻrnatishda quyidagilar zarur:
kamerani janub tomonga yoʻnaltirmaslik;
doimiy yoki davriy yorqin yorugʻlik manbalari (quyosh, avtomobil faralari, yorugʻlik signalizatsiya vositalari, yoritish moslamasi va boshqalar) tomonidan kameraga yorugʻlikning toʻgʻridan-toʻgʻri tushish imkoniyatini istisno qilish;
kamerani shiftga yoxud devorga yoki uni burchakka pastga egilgan holda oʻrnatish;
elektr taʼminot va signal kabellarining uzunligini imkon qadar qisqa boʻlishini taʼminlash;
koʻrinmaydigan zonalarning oʻlchamini imkoni boricha, odam yoki boshqa harakatlanuvchi kuzatuv obyekti unga xalaqit bera olmaydigan darajada kamaytirish.
201. Koʻrinmaydigan zonaning oʻlchami quyidagi 5-formula orqali aniqlanishi lozim:
bu erda:
L — koʻrinmaydigan zona, m;
L1 — devorlardan kuzatish kamerasining obyektivlarigacha boʻlgan masofa, m;
H — kuzatuv kameralarini pol sathidan obyektning oʻrtasiga qadar oʻrnatish balandligi, m;
αv — obyektivning vertikal koʻrish burchagi;
β — kuzatuv kameralarining egilish burchagi (vertikal oʻqi va kamera obyektivi oʻqi orasidagi burchak).
Ushbu ShNQning 5-formulasida keltirilgan parametrlarining geometrik joylashtirilishi quyidagi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm Kuzatuv kameralarining koʻrinmaydigan zonasini aniqlash (yon koʻrinish)
202. Kamerani binodan tashqariga oʻrnatganda, muzlash va shamol yuklari uning ish sifatiga taʼsir qilmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak.
203. Kameralarning joylashuvi maksimal koʻrish burchagini va shaffof boʻlmagan xalaqitlar (toʻsiqlar) yoʻqligini taʼminlashi kerak.
204. Aylanuvchi moslamali kuzatuv kameralaridan foydalanilganida, kameraning egilish burchagi kamerani mumkin boʻlgan burilishini hisobga olgan holda butun nazorat qilinayotgan hududning koʻrish maydoniga kirishini taʼminlashi kerak.
205. Binolardan tashqarida kuzatuv kameralarini oʻrnatish joyi va balandligini tanlashda kameraning koʻrish maydonini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin boʻlgan yashil maydonlar mavjudligi hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
206. Kuzatuv kameralari, statsionar kuzatuv obyektiga nisbatan gorizontal koʻrish chizigʻiga yaqinroq oʻrnatilishi lozim.
6-§. Videokuzatuv punkti jihozlariga qoʻyiladigan talablar
207. Nazorat qurilmalari (videosignallarni qayta ishlash va birlashtirish moslamalari, kameralarni boshqarish qurilmalari, kompyuterlar) quyidagilarni:
tizimning barcha kuzatuv kameralarini bitta yoki bir guruh monitorlarga birlashtirishni;
barcha yoki ayrim kuzatuv kameralaridagi videosignallarni qayta ishlashni;
aylanuvchi qurilmalarda joylashgan yoki transfokatorli obyektivga ega barcha kuzatuv kameralarini boshqarishni;
videokuzatuv tizimining barcha komponentlarini sinxron ishlashini taʼminlashi kerak.
208. Nazorat qurilmalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
videokirishlar soni kuzatuv kameralarining umumiy soniga mos kelishi va videokuzatuv tizimini kengaytirish imkoniyatini taʼminlashi;
video chiqishlar soni videomonitorlar, videomagnitofonlar va boshqa signal qabul qiluvchilarning umumiy soniga mos kelishi va videokuzatuv tizimini kengaytirish imkoniyatini taʼminlashi;
ogohlantiruvchi kirishlar soni kuzatuv kameralari soniga mos kelishi;
uskuna kamida bitta — ogohlantiruvchi chiqishga ega boʻlishi.
209. Nazorat qurilmalari (foydalanuvchining boshqaruv organlari bundan mustasno) qurilmalarni taʼsirlardan himoya qilish uchun moʻljallangan maxsus metall shkaflarga joylashtirilishi lozim.
7-§. Videokuzatuv tizimining kabel tarmogʻiga qoʻyiladigan talablar
210. Videokuzatuv tizimining kabel tarmogʻi oʻrnatiladigan uskunaning turiga qarab belgilanadi va quyidagi yetkazib berish vazifalari bajarilishi lozim:
kuzatuv kameralariga va kuzatuv kameralarining aylanadigan moslamalariga (agar foydalanilsa) taʼminot kuchlanishini;
kuzatuv kameralaridan videokuzatuv punktiga (joylardagi videokuzatuv tizimidagi) yoki uy registratoriga (tezkor dispetcher xizmatlariga ulangan videokuzatuv tizimidagi) videomaʼlumotlarni;
uy registratoridan tezkor dispetcherlik xizmatlaridagi videokuzatuv punktiga videomaʼlumotlarni;
videokameralardan alohida oʻrnatilgan soʻzlashuv moslamalaridan (u oʻrnatilgan boʻlsa) audio signallarni.
211. Videokuzatuv tizimining quvvat, boshqaruv va signal zanjirlari uchun birgalikda foydalanishga uygʻunlashgan bitta koʻp simli kabel ishlatilmasa alohida kabellardan foydalanish kerak.
212. Binoda kabel tarmogʻini loyihalash quyidagicha amalga oshirilishi kerak:
bino ichidagi kabelga erkin kirish joylarida — metall yoki plastmassa quvurlarda, elektr va signal kabellarining toʻsiqsiz oʻtishini taʼminlaydigan diametrli metall kabel oʻtkazuvchilarda;
texnik yer osti inshootlarida — boshqa aloqa kabellari kabi (lotok, korob va boshqa)larda;
binoning tashqi tomondan — zirhli oʻralgan devorlar boʻylab.
Bino orasi (binolar majmuasi)dagi va tezkor dispetcherlik xizmatlarning kabel tarmogʻi kollektorlarda yoki tuproq (grunt)larda ochiq holda yotqizilishi kerak.
Tashqi telefonlashtirish tarmoqlari, televideniye va dispetcherlash trassalariga mos keladigan hududlardagi kabellar kabel kanalizatsiyalari orqali yotqizilishi lozim.
213. Boshqaruv zanjiri uchun minimal diametri 1,0 mm boʻlgan koʻpsimli mis oʻtkazgichlardan foydalanish kerak.
214. Koaksial kabeldan foydalanganda uning toʻlqin qarshiligi 75 Ω boʻlgan kuzatuv kamerasining toʻlqin qarshiligi bilan teng boʻlishi kerak.
Binolarga oʻrnatilgan kuzatuv kameralaridan videokuzatuv punktigacha yoki uy registratorigacha diametri 6 mm boʻlgan koaksial kabelning maksimal segment uzunligi (qoʻshimcha kuchaytirgichsiz) 200 m, diametri 9 mm boʻlganda 400 m ni tashkil qilishi zarur.
Koaksial kabeldan foydalanib signalni uzoq masofalarga uzatish zarur boʻlganda, videokuchaytirgichlar qoʻllanilishi kerak.
215. Videokuzatuv tizimi uchun koaksial kabelni tanlashda quyidagilarni bajarish kerak:
markaziy butun yoki koʻp tolali simli mis kabellardan foydalanish, markaziy alyumin yoki poʻlat simli kabellardan foydalanmaslik;
mis toʻqimali kabellardan foydalanish, alyumin toʻqimali yoki folga (agar alyuminiy folga ekranli kabellari mis toʻqimali qoʻshimchaga ega boʻlsa uni ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi) ekranli kabellardan foydalanmaslik;
kamida 60 dB shovqinni bostirish darajasini taʼminlovchi ikki karra ekranlangan koaksial kabelni tanlash;
tizim ishlayotgan hududda yuzaga keladigan shovqinlarning taʼsirini kamaytiradigan usullarni qoʻllash (uchqun paydo boʻlishining oldini olish yoki kamaytirish, parazitar yuqori chastotali nurlanishni kamaytirish uchun uskunalarda maxsus filtrlardan foydalanish, elektr tarmogʻidagi shovqinlarni bartaraf etish, jihozlarni ekranlash va boshqalar);
kabelni erga yoki binoning devorlari boʻylab yotqizishda haroratning katta oʻzgarishlariga (minus 40 °C dan 70 °C gacha), yuqori namlik va vaqtinchalik suv toshqiniga, quyosh nuri taʼsiriga, korroziya va boshqa tajovuzkor taʼsirlar va kalamushlar hujumiga bardosh beradigan, ezilish va choʻzilish zoʻriqishlaridan himoya qilish uchun zirhli oʻrilgan kabellardan foydalanish;
kabellarni ulash uchun nayzali qisqichli konnektorlardan foydalanish, vintli yoki aylanadigan konnektorlardan foydalanmaslik;
faqat toʻgʻridan-toʻgʻri kabel ulanishlaridan foydalanish, adapterlar yordamidagi ulanishlardan foydalanmaslik.
216. Videokuzatuv tizimining signal va boshqaruv zanjirlari kabellarini yuqori voltli quvvat va yoritish zanjirlari oʻtkazgichlari bilan birga bitta qutiga yoki kabel oʻtkazgichga yotqizilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
217. Videokuzatuv tizimining signal va boshqaruv zanjirlari kabellari bilan quvvat va yoritish zanjirlarining oʻtkazgichlari orasidagi minimal masofa 50 mm ni tashkil etishi kerak.
218. Videokuzatuv tizimining kabel tarmogʻini kabel kanallari va kabel oʻtkazgichlarda yotqizishda:
kabel kanallari va kabel oʻtkazgichlarning taqsimlash qutilari bilan barcha ulanish joylarida va kabel kanallari va oʻtkazgichlarning barcha ochiq uchlarida izolatsiyalangan vtulkalarni oʻrnatish kerak;
kabel kanallari va kabel oʻtkazgichlarni tizim qurilmalariga boradigan simlar va kabellarning mexanik himoyasini taʼminlaydigan tarzda yotqizish lozim;
qurilmalar va kabel kanallari yoki ularga olib boradigan kabel oʻtkazgichlar orasidagi masofa 75 mm dan oshmasligi zarur;
kabel kanallari va kabel oʻtkazgichlar imkoni boricha, qurilmaga kabel (sim) kirishining yuzasiga toʻgʻri burchak ostida oʻrnatilishi kerak.
219. Uylar hududida yoki videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan bitta majmuadagi binolar orasida joylashgan kuzatuv kameralari yaqin atrofdagi binolarning obyektli videokuzatuv punkti (uy registratori) boʻlgan joydagi videokuzatuv punkti (uy registratori)ga ulangan boʻlishi lozim.
8-§. Elektr taʼminotiga qoʻyiladigan talablar
220. Videokuzatuv tizimi uskunalarining elektr taʼminoti kuchlanishning sakrashidan himoya qilish moslamalarini oʻrnatgan holda oʻzgaruvchan tok tarmogʻidan amalga oshirilishi zarur.
Kuzatuv kamerasining quvvat manbalari sinxronizatsiyani taʼminlash uchun bir xil quvvat fazasiga ulanishi kerak.
221. Har bir kuzatuv kamerasi uchun alohida eriydigan saqlagichlar yoki avtomatik oʻchirgichlar boʻlishi kerak.
222. Videokuzatuv tizimi uskunalari elektr taʼminoti tarmogʻiga guruhdan zaxira quvvat manbaini avtomatik ravishda qoʻshgan holda ulanishi kerak.
223. Videokuzatuv tizimi uchun zaxira quvvat manbai sifatida uzluksiz quvvat manbalari yoki zaryadlovchi bilan qayta zaryadlanuvchi akkumulyatorlar batareyalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
224. Zaxira quvvat manbai sifatida uzluksiz quvvat manbaidan foydalanilganda, u avtomatik zaxiraviy kiritish qurilmasi orqali elektr tarmogʻiga ulanishi kerak.
Kameralar uzluksiz quvvat manbaiga ulangan doimiy (shtatli) quvvat manbalari orqali amalga oshirilishi lozim.
Uzluksiz quvvat manbai tizimi kamida 30 min davomida elektr quvvati bilan taʼminlashi kerak.
225. Akkumulyator batareyalari zaxira quvvat manbai sifatida oʻrnatilgan hollarda quyidagilar taʼminlanishi lozim:
ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga muvofiq akkumulyator batareyalarini normal ishlatish sharoitida zaryadsizlanish davrini oʻtaganidan keyin ularni toʻliq zaryadlangan holatda ushlab turish imkoniyatiga ega boʻlgan zaryadlovchi uskunadan foydalangan holda akkumulyator batareyalarini avtomatik ravishda zaryadlanishini taʼminlash;
akkumulyator batareyalarini zaryadlashning ortiqcha toklarini haddan tashqari ortiq tokdan himoya qilish qurilmasi yordamida yoki zaryadlovchi qurilmada koʻzda tutilgan tok kuchini avtomatik cheklash funksiyasi orqali himoyalanishini taʼminlash;
akkumulyator batareyalarini ulardagi bugʻlanish videokuzatuv tizimining jihozlariga, shuningdek tok oqimidan himoya qiluvchi qurilmaga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan tarzda aralashtirish;
akkumulyator batareyalarini ruxsatsiz kirishdan himoya qilish.
226. Elektr taʼminoti (asosiy yoki zaxira) manbaiga ulangan yuklanishlar quvvat manbai nominal quvvatining 80 foizidan oshmasligi kerak.
9-§. Videokuzatuv tizimi qurilmalarini himoya qilish
227. Kuzatuv kameralari shikastlanishlardan himoya qilishni taʼminlaydigan balandlikda oʻrnatilishi kerak.
228. Zarar yetkazish mumkin boʻlgan joylarda oʻrnatilgan kuzatuv kameralari GOST 14254-2015ga muvofiq himoya darajasi kamida LP22 boʻlgan kojux (korpus)ga ega boʻlishi lozim.
229. Kuzatilayotgan obyektni yetarli darajada yoritilganligini taʼminlash uchun yoritish moslamalari oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
230. Tizimning barcha metall komponentlari potensiallarini tenglashtirish uchun bir-biriga elektr bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi kerak.
11-bob. Uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimi
231. KChNT bilan bogʻliq boʻlgan uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimlarini loyihalashda mazkur ShNQ talablariga amal qilinishi kerak.
232. Koʻp xonadonli turar joy obyektlarining barcha kirish yoʻlaklariga xavfsizlikni taʼminlash, begona shaxslarning kirishini nazorat qilish va cheklash maqsadida uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimlari (audio/video) yoki kodlangan qulflar (qulflagichlar) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
233. Uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) qurilmalarini oʻrnatish uchun kirish yoʻlaklari eshiklarini oʻz-oʻzidan yopilishini nazarda tutish kerak.
Shishadan boʻlgan eshik kodli qulfni oʻrnatish va uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimini ulash imkoniyatini taʼminlaydigan elementlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
234. Elektr xavfsizligini taʼminlashda uylar va binolarning kirish eshiklariga oʻrnatiladigan ijrochi qurilmalar sifatida 24 V dan yuqori kuchlanishli elektromexanik va elektromagnit kodli qulflardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
235. Masofadan boshqarish pulti bilan elektromagnit kodli qulfni eshikning chaqiruv panelidagi kodni terish yoki kvartira va dispetcherlash xonasidan elektr impulsli mexanik yoki magnitli kalit bilan ochish imkoniyati borligini inobatga olib loyihalanishi kerak.
236. Tovushli (video) aloqa (domofon) tizimi bloklari va jihozlari quyidagicha loyihalanilishi kerak:
uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimining tashqi bloki (chaqiruv bloki) va kodli qulf — kirish eshigining harakatlanmaydigan tavaqasida poldan qurilmaning pastki qismigacha 1,4 m balandlikda;
shishadan boʻlgan yoki yogʻoch kirish eshigidan foydalanilganida uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimining tashqi bloki (chaqiruv bloki)ni binoning old fasad devoriga, tokchaga yoki ochiq holda, eshikdan 0,5 m dan ortiq boʻlmagan masofada poldan qurilmaning pastki qismiga qadar 1,4 m balandlikda;
boshqaruv bloki yoki modem javoni — kirish yoʻlagining ichki devorida poldan qulf bilan qulflanadigan metall javonning pastki qismigacha 1,8 m balandlikda;
ichki uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimi bloki (abonent qurilmasi) — har bir xonadonning yoʻlagi (koridori)da poldan blokning pastki qismigacha 1,4 m balandlikda;
qavat kommutatorlari — qavatli elektr panellarining past kuchlanishli boʻlimlarida.
237. Tashqi blokdan liniyalar harakatlanmaydigan eshik tavaqasining simlarni egmasdan erkin ochilishini taʼminlashi uchun metall ushlagichga tarang tortilmasdan yotqizilishi kerak.
238. Aloqa liniyalarini boshqaruv blokidan qavatdagi kommutatorlargacha yotqizish va ularni xonadonlarga kirishini statsionar telekommunikatsiya tarmoqlari bilan bitta kanalda (quvurda) amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Statsionar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon)ning ishlashini taʼminlashda boshqaruv qurilmalaridan xonadongacha aloqa liniyalarini yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
239. Uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimlarini quyidagilarga muvofiq qabul qilinishi kerak:
telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda;
radiokanallar orqali (maxsus aloqa liniyalarini yotqizmasdan) qoʻllangan holda;
kabellar va simlar, ularni yotqizish usullari telefoniya tarmoqlariga qoʻyiladigan talablarga.
240. Ochiq oʻtkaziluvchi qismlar uchun GOST 30331.10-2001 talablariga muvofiq uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) tizimi bloklarining metall korpuslari isteʼmol qiluvchi fazasi oʻtkazgichining kesimiga teng kesimga ega boʻlgan alohida oʻtkazgich bilan erga ulangan boʻlishi kerak.
12-bob. Aloqa va signalizatsiyaning majmuaviy tarmogʻi
241. Turar joy obyektlari va jamoat binolarida turli maqsadlar uchun kabellar va simlarni umumiy kanallar va quvurli oʻtkazgichlarda, qurilish konstruksiyalaridagi boʻshliqlar va teshiklarda, pol va devorlardagi xandaqlar va shtroblarda birgalikda yotqizish kerak.
242. Aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish liniyalari funksional maqsadlaridan qatʼiy nazar, aloqa va signalizatsiyaning majmuaviy tarmogʻidagi umumiy kabellar va tarqatish qurilmalariga birlashtirilishi kerak.
243. Shahar va mahalliy telefon tarmogʻi (TfAT) liniyasini uy ichi tovushli (video) aloqa (domofon) (UTVAT) liniyasi, yongʻin signalizatsiyasi (YoS), qoʻriqlash signalizatsiyasi (QS) elektrsoatlashtirish (ES), aloqa va signalizatsiya dispetcherligi (ASD)ni bir yagona kabelga birlashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
244. Umumiy kabeldagi majmuaviy aloqa va signalizatsiya tarmoqlari simlaridan simli eshittirishlarni uzatish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
245. Majmuaviy tarmoq va signalizatsiya kabellaridagi simlarning uchlari hamda tarmoqlantirish, birlashtirish va taqsimlash qutilaridagi, bokslar, plintlar va boshqa qurilmalardagi turli funksional tarmoqlar klemmalari aniq boʻyoqli yoki birkali, tarmoqni vazifasi koʻrsatilgan holda boʻlishi kerak.
13-bob. Muhandislik uskunalarini dispetcherlash
246. Turar joy obyektlari va jamoat binolarining MUBDATlarini loyihalashtirilishi loyiha topshirigʻiga asosan boʻlishi kerak.
247. Dispetcherlik tizimlari bilan qamrab olingan obyektlarda muhandislik uskunalari avtomatlashtirilgan boʻlishi lozim.
248. Muhandislik uskunalari uchun dispetcherlik tizimlari loyihalarini ishlab chiqishda maʼlumotlarni yuqori iyerarxik darajada uzatish, shuningdek YaDXga uzatish imkoniyatini hamda komplekslarga birlashtirilgan avtomatlashtirilgan lokal tizimlar uchun ularning aloqa liniyalarini obyekt kommutatoriga chiqarilishini nazarda tutish lozim.
Ethernet (MULT) texnologiyasi va/yoki global Internet tarmogʻidan foydalangan holda maʼlumotlarni uzatish imkoniyatini taʼminlaydigan dispetcherlik qurilmalaridan foydalanish kerak.
249. Muhandislik uskunalari tizimlarining ishlash rejimlarining buzilishi, nazorat qilinadigan obyektlardagi baxtsiz hodisalar va undan oldingi vaziyatlar (suv toshqini, gaz bilan ifloslanganlik, yongʻin va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va loyihalashtirish topshirigʻiga muvofiq holda, obyektdagi uskunaning holati, parametrlarining joriy yoki integral qiymatlaridagi oʻzgarishlar, obyektning holati toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar dispetcherlik punktiga (boshqaruv xonasiga) uzatilishi kerak.
Loyihalashtirish topshirigʻiga muvofiq holda, dispetcherlik punktidan (boshqaruv xonasidan) dispetcherlash obyektlariga:
uskunalarni boshqarish, ish rejimlarini oʻzgartirish, avtomatik boshqaruv qurilmalari datchiklarining holati;
teleoʻlchov asboblarini yoki uskunalar holatining signal qurilmalarini ulashga va boshqa komanda (buyruq)lar berilishi lozim.
250. MUBDAT uchun MYUQ quyidagilarni taʼminlashi kerak:
MUBDAT uchun boshqa MYUQlar bilan tarmoqqa birlashishni;
MULTga chiqishni;
maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash markazlariga kommunikatsiya kanallari orqali maʼlumotlarni uzatishni;
tizimning ishlash qobiliyatini taʼminlovchi oʻz-oʻzini diagnostika qilishni;
tashqi quvvat manbai mavjud boʻlganda ham, qurilma quvvatsizlanganida ham kuniga 1 soniyadan koʻp boʻlmagan xatolik bilan joriy vaqtni yaratishni.
251. Muhandislik uskunalarining dispetcherlik tizimining barcha elementlarini oʻrnatish joyini ishlashining ishonchliligini oshirish uchun ruxsatsiz kirishni maksimal (yuqori) darajada istisno qilishni hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Uskunaga ruxsatsiz kirilganlik toʻgʻrisidagi signal dispetcherlik punktiga yoki YaDX pultiga uzatilishi kerak.
252. Nogironlar boʻlgan shaxslar uchun liftlar va koʻtarish platformalari ishlashi ustidan dispetcherlik nazorati tizimi (LDNT) ushbu bob hamda ShNQ 2.07.02-22 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
ShNQ 2.04.20-22 “Turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalari uchun kommunikatsiya va dispetcherlash tizimlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga ILOVA
Avtomatik qoʻriqlash xabarlagichining turi
Izohlar: nuqtali xabarlagichlarga — elektrkontaktli va magnitkontaktlilar;
sirtdagilarga — inersion-magnitli pyezoelektrli va omlilar;
liniyalilarga — sigʻimli, infraqizil nurlanish bilan optik-elektronli;
hajmlilarga — radiotoʻlqinli, ultratovushli va optik elektronli asboblar kiradi.
