“Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1422-4-son)
11.06.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 11-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1422-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi 177-son “Standartlashtirish faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. JUMANAZAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 3-iyun,
18-son
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2024-yil 3-iyundagi 18-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2004-yil 8-noyabrdagi 362-son “Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1422, 2004-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 475-modda).
2. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2013-yil 4-iyundagi 240-son “Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1422-1, 2013-yil 24-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 26-son, 339-modda).
3. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 13-apreldagi 151-son “Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1422-2, 2015-yil 24-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil, 16-son, 203-modda).
4. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2018-yil 17-martdagi 115/1-son “Oʻzstandart” agentligida standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1422-3, 2018-yil 19-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 2018-yil 20-aprel, 10/18/1422-3/1089-son).
