“Fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1152-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”) (4326-IV-son)
06.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 30-aprelda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1152-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-may,
4326-IV-son
