2024-yil hosilidan bugʻdoy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (325-son)
11.06.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-noyabrdagi PQ-10-son qaroriga muvofiq, shuningdek, gʻalla bozorini erkinlashtirish boʻyicha islohotlarni davom ettirish, ichki bozorni bugʻdoy va un mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda ularning narxlari barqarorligini saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2024-yil hosilidan sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonnadan jami 2 mln 550 ming tonna bugʻdoyning, jumladan:
1 mln 513 ming tonnasini fermer xoʻjaliklari hamda boshqa bugʻdoy yetishtiruvchilar (keyingi oʻrinlarda — bugʻdoy yetishtiruvchilar) tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilish;
837 ming tonnasini tovar bugʻdoy davlat resursi sifatida;
200 ming tonnasini urugʻlik uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarid qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Belgilansinki, 2024-yil gʻalla hosilidan boshlab bugʻdoyni saqlash quvvatiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Jamgʻarma nomidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan tovar bugʻdoyni xarid qilish, qabul qilish va saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklab joʻnatish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat vakili (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarmaning tijorat vakili) hisoblanadi. Bunda Jamgʻarmaning tijorat vakili:
tovar bugʻdoyni xarid qilish va sotish boʻyicha bugʻdoy yetishtiruvchilar hamda Jamgʻarma bilan belgilangan shakldagi elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi va hisobini alohida yuritadi;
bugʻdoyni qabul qilish va ombordan chiqarish jarayonida “d-xarid.uz” axborot tizimiga kiritiladigan moliyaviy hisob-kitoblar va maʼlumotlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil gʻalla hosilidan boshlab:
davlat resursi sifatida tovar bugʻdoyni xarid qilish jarayonida qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinmaydi va sotishda soliq solish bazasiga kiritilmaydi;
ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tijorat banklari tomonidan Jamgʻarmaning tijorat vakili hisobvaragʻidagi debit aylanmasidan davlat resursi sifatida tovar bugʻdoyni xarid qilish jarayonida bank xizmatlari undirilmaydi;
davlat resursi sifatida hamda vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bugʻdoyning sifati, saqlanishi hamda xaridorlarga yuklab joʻnatilishida tovar bugʻdoyning sifati boʻyicha nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzagroinspeksiya”) tomonidan amalga oshiriladi;
Jamgʻarmaning tijorat vakili “Oʻzagroinspeksiya” nazorati ostida davlat resursi sifatida saqlanayotgan tovar bugʻdoy hajmlarini ikki yilda bir marotaba toʻliq xatlovdan oʻtkazadi, avvalgi yillarda oʻtkazilgan va xatlov davrida qoldiqda turgan tovar bugʻdoy partiyalarining tabiiy kamayishiga yoʻl qoʻymaydi.
4. Quyidagilar:
2024-yil hosilidan vaqtinchalik saqlash, davlat resursi va urugʻlik uchun bugʻdoyni qabul qilish omborlari dislokatsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
2024-yil hosilidan davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bugʻdoy narxlarini aniqlash koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat resursi sifatida xarid qilinadigan va vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan hamda urugʻlik bugʻdoy hajmlarini bugʻdoy yetishtiruvchilar kesimida tasdiqlash yuzasidan oʻz qarorlarini qabul qilsinlar.
Davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bugʻdoy uchun toʻlovlar 2024-yilning mart-may oylarida Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida (keyingi oʻrinlarda — Birja) 3-sinf bugʻdoy uchun shakllangan oʻrtacha narxdan (oʻrtacha kotirovkadan) kelib chiqqan holda, bugʻdoy topshirilgan kundan eʼtiboran ikki hafta muddatda bugʻdoy yetishtiruvchilarning maxsus hisobvaraqlariga toʻliq oʻtkazilsin.
Birja uch kun muddatda oʻzining rasmiy veb-sahifasiga 2024-yilning mart-may oylarida birja savdolarida 3-sinf bugʻdoy uchun shakllangan oʻrtacha narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tumanlar kesimida joylashtirsin.
Vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan tovar bugʻdoyni saqlash xarajatlari Jamgʻarmaning tijorat vakili va bugʻdoy yetishtiruvchilar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq 2025-yil 1-yanvarga qadar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan hamda ushbu bugʻdoyni tashib keltirish uchun transport, qabul qilish va xaridorlarga yuklab joʻnatish xarajatlari bugʻdoy yetishtiruvchilar hisobidan amalga oshirilsin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki:
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat resursi sifatida 2022-2023-yillar va 2024-yilda xarid qilingan, shuningdek, vaqtincha saqlashga qabul qilingan 5 va undan yuqori sinflardagi tovar bugʻdoy barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga birja savdolari orqali cheklovlarsiz sotiladi;
donni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan bugʻdoy yetishtiruvchilar oʻzlari yetishtirgan, shuningdek, Jamgʻarmaning tijorat vakili sifatida oʻz omborlariga vaqtincha saqlash uchun qabul qilgan tovar bugʻdoydan 75 foizidan kam boʻlmagan miqdorda un ishlab chiqarish va birja savdolari orqali sotish majburiyatini olganda, tovar bugʻdoyni grafik asosida qayta ishlab sotishga ruxsat beriladi.
7. Vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bugʻdoyni birja savdolarida sotishdan tushgan mablagʻlar, birinchi navbatda, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kredit hamda urugʻlik bugʻdoydan yuzaga kelgan qarzdorlikni soʻndirishga yoʻnaltirilsin.
8. Urugʻlik bugʻdoy tayyorlash korxonalari tomonidan urugʻlik bugʻdoyning har bir tonnasi 2024-yilning mart-may oylarida Birjada 3-sinf bugʻdoy uchun shakllangan oʻrtacha narxda (oʻrtacha kotirovka) Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 12-oktabrdagi 641-son qarorida boshoqli don urugʻlarining avlodlari uchun belgilangan ustamalar hisobga olingan holda xarid qilinsin. Bunda:
Jamgʻarma urugʻlik bugʻdoyni xarid qilish, tayyorlash va sugʻurta xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddatga (shundan 6 oy imtiyozli davr bilan), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida (shundan bank marjasi 4 foiz) kredit resurslarini urugʻlik bugʻdoy tayyorlash korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklariga joylashtiradi;
tijorat banklari ushbu kredit resurslari hisobidan urugʻlik bugʻdoy tayyorlash korxonalariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 12 oy muddatga (shundan 6 oy imtiyozli davr bilan) kredit ajratadi.
Urugʻlik bugʻdoy tayyorlash korxonalariga 2023-2024-yillar hosilidan urugʻlik bugʻdoyni xarid qilish, tayyorlash va sugʻurta toʻlovlari uchun Jamgʻarmadan ajratilgan qarz mablagʻlarini qaytarish muddati, istisno tariqasida, 2025-yil 1-oktabrga qadar uzaytiriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
a) oʻn kun muddatda:
Transport vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2024-yil uchun bugʻdoy hosilini tashishning tavsiyaviy tarifini;
Jamgʻarmaning tijorat vakillari bilan birgalikda bugʻdoyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish boʻyicha xizmatlar tarifining eng yuqori cheklangan darajasini tasdiqlasin va joylarga yetkazilishini taʼminlasin;
b) Jamgʻarma va Birja bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari tomonidan bugʻdoy yetishtiruvchilar kesimida tasdiqlangan vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan bugʻdoyni birja savdolariga qoʻyish boʻyicha oylik grafiklarni umumlashtirgan holda tasdiqlasin hamda kelgusi oyda birja savdolariga qoʻyiladigan bugʻdoy hajmlarini joriy oyning 30-sanasiga qadar Birjaning rasmiy veb-sahifasiga joylashtirib borsin;
v) Jamgʻarma bilan birgalikda:
davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bugʻdoyni birja savdolariga qoʻyish boʻyicha oylik grafikni 2024-yil 30-sentabrga qadar ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
kelgusi oylarda birja savdolariga qoʻyiladigan bugʻdoy toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kalendar oy boshlanishidan ikki kun oldin Birjaning rasmiy veb-sahifasiga joylashtirish uchun taqdim etib borsin;
zarur hollarda, ichki bozorda narx barqarorligini saqlash maqsadida bugʻdoy tanqisligi kuzatilgan hududlar uchun birja savdolariga qoʻshimcha bugʻdoy qoʻyish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Bunda Jamgʻarmaning tijorat vakillari tomonidan bugʻdoy tanqisligi kuzatilgan hududlarda tovar bugʻdoyni xarid qilish va sotish jarayonida qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinmaydi va sotishda soliq solish bazasiga kiritilmaydi.
10. Vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bugʻdoy birja savdolariga oyma-oy grafik asosida qoʻyilishini inobatga olib, 2024-yil hosili uchun bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati, istisno tariqasida, 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Bunda Jamgʻarma tomonidan 2024-yil bugʻdoy hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga joylashtirilgan kredit resurslarining qaytarish muddati Jamgʻarma va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan bitimlarda belgilangan kredit resursini qaytarishning oxirgi muddatidan boshlab mutanosib ravishda uzaytiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga:
birja savdolaridan bugʻdoy xarid qilgan yoki mazkur qarorning 5-bandiga muvofiq bugʻdoyni qayta ishlashga yoʻnaltirgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan un mahsulotlarining birja savdolariga grafik asosida chiqarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish vazifasi yuklansin;
zarur hollarda, bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan bugʻdoy va un mahsulotlarining maksimal miqdorini (limitini) belgilash hamda unga oʻzgartirishlar kiritish vakolati berilsin.
12. Davlat zaxirasidagi bugʻdoy Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi hamda Jamgʻarmaning yozma koʻrsatmasiga asosan ikki yilda bir marta Jamgʻarmaning tijorat vakili tomonidan xarid qilinadigan yangi hosilni jamlash va avval zaxirada saqlangan bugʻdoyni birja savdolariga chiqarish orqali yangilansin.
Bunda bugʻdoyni yangilash jarayonida ajratib olinadigan donli aralashma (oraliq mahsulot) birja savdolari orqali sotiladi hamda yuzaga kelgan salbiy farq va qoʻshimcha xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
13. Jamgʻarma tomonidan tijorat vakiliga oʻtkazib beriladigan va qaytariladigan mablagʻlar hamda vaqtincha saqlash uchun bugʻdoy topshirgan bugʻdoy yetishtiruvchilarning mahsulot sotishdan tushgan mablagʻlari harakati qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga qaratilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlarda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga va Markaziy bankka 2024-yil hosilidan bugʻdoy xarid qilish va sotishda shaffoflikni taʼminlanishi, toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishi hamda ajratilgan kreditlar soʻndirilishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda yoʻllarda gʻalla oʻrish va don tashish texnikalarining harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, gʻalla maydonlarida yongʻin kelib chiqishining oldini olish, shuningdek, yetishtirilgan hosilni talon-toroj qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur choralarni koʻrsinlar.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-iyun,
325-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyundagi 325-son qaroriga 1-ILOVA
2024-yil hosilidan vaqtinchalik saqlash, davlat resursi va urugʻlik uchun bugʻdoyni qabul qilish omborlari
DISLOKATSIYASI
tonna T/r Korxonalar nomi Jami qabul qilinadigan bugʻdoy Shu jumladan: tovar bugʻdoy shundan: urugʻlik bugʻdoy davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bugʻdoy vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bugʻdoy Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ 24 833 24 833 20 932 3 901 2. “Chimboydonmahsulotlari” MCHJ 12 770 12 170 12 170 600 3. “Qoʻngʻirot un zavodi” AJ 12 354 11 904 8 685 3 219 450 4. “Toʻrtkoʻldonmahsulotlari” MCHJ 12 184 12 184 8 483 3 701 5. “Toʻrtkoʻl paxta tolasi agro klaster” MCHJ 4 832 4 032 4 032 800 6. “Bulding house one” MCHJ 4 800 4 000 4 000 800 7. “Guldursin gʻalla klaster” MCHJ 4 000 4 000 4 000 8. “Qipchoq gʻalla klaster” MCHJ 4 000 4 000 4 000 9. “Taxiatoshdonmahsulotlari” AJ 22 377 19 677 19 677 2 700 10. “Don klaster” MCHJ 500 500 11. “Noʻkus best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 4 150 4 150 Jami: 106 800 96 800 38 100 58 700 10 000 Andijon viloyati 1. “Andijondonmahsulotlari” AJ 72 119 66 100 23 906 42 194 6 019 2. “Asakadonmahsulotlari” AJ 65 088 61 838 21 320 40 518 3 250 3. “Qoʻrgʻontepadonmahsulotlari” AJ 52 452 48 612 16 974 31 638 3 840 4. “Andijon best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 2 141 2 141 Jami: 191 800 176 550 62 200 114 350 15 250 Buxoro viloyati 1. “Buxorodonmahsulotlari” AJ 59 291 55 843 11 674 44 169 3 448 2. “Qorakoʻldonmahsulotlari” AJ 14 718 14 718 5 243 9 475 3. “Kogondonmahsulotlari” AJ 33 127 33 127 20 024 13 103 4. “Buxara best seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 3 703 3 703 5. “Yakkatut paxtachilik, gʻallachilik, sholichilik va urugʻchilik” klasteri 49 763 43 112 15 359 27 753 6 651 6. “Romitan super elita urugʻchilik” MCHJ 160 160 7. “Kogon asl elita urugʻchilik” MCHJ 207 207 8. “Buxoro asl elita urugʻchilik” MCHJ 588 588 9. “Vobkent elita urugʻchilik” MCHJ 254 254 10. “Gʻijduvon super elita urugʻchiligi” MCHJ 420 420 11. “Buxara seed cluster” MCHJ 669 669 Jami: 162 900 146 800 52 300 94 500 16 100 Jizzax viloyati 1. “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ * 68 895 62 186 25 374 36 812 6 709 2. “Zarbdor elevatori” AJ * 39 822 39 822 14 304 25 518 3. “Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ * 95 172 89 821 32 422 57 399 5 351 4. “Dafna ifori” MCHJ 7 000 7 000 7 000 5. “Silverleafe” MCHJ QK 3 471 3 471 3 471 6. “Doʻstlik best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 568 568 7. “Doʻstlik tumani elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJ 140 140 8. Zarbdor tumani “Yutuq maydoni” urugʻchilik fermer xoʻjaligi 568 568 9. “Sh. Rashidov tumani elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJ 120 120 10. “Paxtakor tumani elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJ 150 150 11. “Semurugʻ klaster” MCHJ 375 375 12. “Paxtakor sara boshoq dalasi” MCHJ 319 319 Jami: 216 600 202 300 72 100 130 200 14 300 Qashqadaryo viloyati 1. “Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ * 31 800 29 100 13 800 15 300 2 700 2. “Koson DMQQ” MCHJ * 78 400 71 900 26 200 45 700 6 500 3. “Don-xalq rizqi” AJ 41 500 39 800 15 200 24 600 1 700 4. “Dunyo-M” AJ * 60 900 58 100 40 500 17 600 2 800 5. “Qamashi DQQ” MCHJ 27 050 27 050 19 100 7 950 6. “Indorama agro” MCHJ 45 900 41 900 41 900 4 000 7. “Yakkabogʻ best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 6 200 6 200 8. “Nishon new don best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 2 900 2 900 9. “Kasbi don best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 2 700 2 700 10. “EMG inter investment” MCHJ XK 3 100 3 100 3 100 11. “Qamashi oltin boshoqlari klaster” MCHJ 17 150 17 150 17 150 12. “Kasbi don agro klaster” MCHJ 14 100 14 100 14 100 13. “Nishon klaster texxizmat MTP” MCHJ 4 400 4 400 4 400 14. “Agrodon AAA” MCHJ 7 500 7 500 7 500 15. “Shodlik paxta don klaster” MCHJ 8 000 8 000 8 000 Jami: 351 600 322 100 114 800 207 300 29 500 Navoiy viloyati 1. “Navoiydonmahsulotlari” AJ 46 532 43 536 19 555 23 981 2996 2. “Qiziltepa un zavodi” AJ 21 486 21 486 7 745 13 741 3. “Saroy uni” MCHJ 11 578 11 578 11 578 4. “Navoiy-gʻalla best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 3 704 3 704 Jami: 83 300 76 600 27 300 49 300 6 700 Namangan viloyati 1. “Namangandonmahsulotlari” AJ * 73 748 73 748 35 880 37 868 2. “Uchqurgʻondonmahsulotlari” AJ 54 183 54 183 24 020 30 163 3. “Popdonmahsulotlari” AJ 42 169 42 169 42 169 4. “Uchqoʻrgʻon best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 4 719 4 719 5. “Chortoq don best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 5 594 5 594 6. Elita urugʻchilik xoʻjaliklari (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 461 461 7. “NAM seeds” MCHJ 226 226 Jami: 181100 170 100 59 900 110 200 11 000 Samarqand viloyati 1. “Samarqanddonmahsulotlari” AJ 47 840 44 593 18 071 26 522 3 247 2. “Oqtosh don” AJ 26 883 24 949 11 434 13 515 1 934 3. “Juma elevatori” AJ 41 964 41 964 38 438 3 526 4. “Jomboydonmahsulotlari” AJ 15 246 14 045 8 207 5 838 1 201 5. “Kattaming urugʻchilik klasteri” MCHJ 1 792 1 792 6. “Motrud best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 2 488 2 488 7. “Zirabuloq best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 1 485 1 485 8. “Pet agro oil” MCHJ 38 606 38 606 38 606 9. “Afrosiyob jins tekstil” MCHJ 21 545 21 545 21 545 10. “Maroqand sifat tekstil” MCHJ 6 556 6 556 6 556 11. “Mirzayev Shuxrat Kenjayevich” fermer xoʻjaligi 9 941 9 462 9 462 479 12. “Kattakurgan gʻalla cluster” MCHJ 13 030 13 030 13 030 13. “Samarqand-Ishtixon elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJ 142 142 14. “Kattaqoʻrgʻon elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJ 128 128 15. “Paxtachi elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJ 128 128 16. “Payariq elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJ 113 113 17. “Pastdargʻom elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJ 113 113 Jami: 228 000 214 750 76 150 138 600 13 250 Surxondaryo viloyati 1. “Surxondaryodonmahsulotlari” AJ 87 371 80 697 28 227 52 470 6 674 2. “Shoʻrchidonmahsulotlari” AJ 113 183 105 457 45 973 59 484 7 726 3. “Jarqoʻrgʻon best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 3 800 3 800 4. “Muhabbat Alovutdin Attor” MCHJ 11 023 11 023 11 023 5. “Bek agro eksport” MCHJ 11 023 11 023 11 023 Jami: 226 400 208 200 74 200 134 000 18 200 Sirdaryo viloyati 1. “Oqoltindonmahsulotlari” AJ * 112 676 106 176 41 489 64 687 6 500 2. “Xovosdonmahsulotlari” AJ * 43 313 43 313 24 311 19 002 3. “Indorama agro” MCHJ 28 940 28 940 28 940 4. “Poli tex Sirdaryo” MCHJ 2 700 2 700 5. “Bobur qishloq xoʻjaligi” MCHJ 5 373 5 373 5 373 6. “Sardoba gʻalla klaster” MCHJ 898 898 898 7. “Oqoltin best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 7 400 7 400 Jami: 201 300 184 700 65 800 118 900 16 600 Toshkent viloyati 1. “Toshkentdonmahsulotlari” AJ 98 642 91 864 32 056 59 808 6 778 2. “Ohangaron don” AJ 120411 115 130 40 174 74 956 5 281 3. “Gʻalla-Alteg” AJ 35 306 35 306 12 320 22 986 4. “TST agroklaster” MCHJ 1 000 1 000 5. “Tashkent best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 4 671 4 671 6. “Yuqorichirchiq best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 4 170 4 170 Jami: 264 200 242 300 84 550 157 750 21 900 Fargʻona viloyati 1. “Fargʻonadonmahsulotlari” AJ 44 400 41 700 27 041 14 659 2 700 2. “Bogʻdoddonmahsulotlari” AJ 50 200 50 200 22 000 28 200 3. “Qoʻqondonmahsulotlari” AJ * 76 435 69 150 25 313 43 837 7 285 4. “Quvadonmahsulotlari” AJ 7 980 6 380 4 567 1 813 1 600 5. “Eko green trede 777” MCHJ 33 300 33 300 33 300 6. “Baraka Quva un” MCHJ 7 920 7 920 3 279 4 641 7. “Fargʻona don klaster” MCHJ 22 400 19 100 19100 3 300 8. “Soʻxdonmahsulotlari” MCHJ 1 000 1 000 1 000 9. “Bagʻdod best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 3 100 3 100 10. “Furqat don klaster” MCHJ 415 415 11. “Rishton sara urugʻlari” MCHJ 1 300 1 300 12. “Beshariq Crusher” MCHJ 3 150 3 150 3 150 Jami: 251 600 231 900 82 200 149 700 19 700 Xorazm viloyati 1. “Xorazmdonmahsulotlari” AJ 6 205 6 205 3 286 2 919 2. “Bogʻot don” AJ 13 690 13 690 8 745 4 945 3. “Xonqadonmahsulotlari” AJ 10 950 10 950 7 827 3 123 4. “Urganch best-seeds” MCHJ (“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi) 2 400 2 400 5. “Xorazm faxri urugʻchilik klasteri” MCHJ 3 781 3 781 6. “Xonqa tabiiy mahsulot” MCHJ 7 382 7 382 7 382 7. “Qoʻshkoʻpir samo klaster” MCHJ 8 213 8 213 8 213 8. “Umida” fermer xoʻjaligi 3 874 3 874 3 874 9. “Shovot don” MCHJ 7 114 7 114 5 246 1 868 10. “Pitnak agro don” MCHJ 3 710 3 710 2 296 1 414 11. “Gurlan don qabul qilish” MCHJ 8 257 8 257 8 257 12. “Xorazm nurli zamin” fermer xoʻjaligi 8 381 7 505 7 505 876 13. “Bogʻot” elita urugʻchilik xoʻjaligi 134 134 14. “Gurlan” elita urugʻchilik xoʻjaligi 134 134 15. “Xonqa” elita urugʻchilik xoʻjaligi 102 102 16. “Xiva” elita urugʻchilik xoʻjaligi 73 73 Jami: 84 400 76 900 27 400 49 500 7 500 Respublika boʻyicha jami: 2 550 000 2 350 000 837 000 1 513 000 200 000
Izoh. * “Oʻzagroinspeksiya” tomonidan bugʻdoyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini don qabul qilish shaxobchalarida 2 foizdan hamda bosh korxona elevatori va omborlarida 1 foizdan yuqori boʻlmasligi ustidan doimiy nazorat oʻrnatiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2024-yil hosili boʻyicha aprobatsiya natijalariga koʻra, ushbu dislokatsiyaga don korxonalari kesimida oʻzgartirishlar kiritish vakolati beriladi.
Bugʻdoy yetishtiruvchilar oʻz xohishiga koʻra, yetishtirilgan tovar bugʻdoyni vaqtincha saqlash uchun belgilangan dislokatsiyadan ortiqcha topshirishi mumkin. Bunda dislokatsiyadan ortiqcha topshirilgan tovar bugʻdoyni 2025-yil 1-yanvarga qadar saqlash xarajatlari Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyundagi 325-son qaroriga 2-ILOVA
2024-yil hosilidan davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bugʻdoy narxlarini aniqlash
KOEFFITSIYENTLARI
Bugʻdoy sinflari Kleykovina miqdori (foizdan kam boʻlmaganda) Qoʻllaniladigan koeffitsiyent Qattiq bugʻdoy 1 sinf 28 1,641 2 sinf 25 1,447 3 sinf 22 1,316 4 sinf 18 1,000 Yumshoq bugʻdoy 1 sinf 32 1,366 2 sinf 28 1,162 3 sinf 23 1,000 4 sinf 18 0,895 5 sinf qattiq va yumshoq bugʻdoy chegaralanmagan 0,827
