Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida (4330-IV-son)
07.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz faoliyat yoʻnalishlarining oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotda qayd etilgan maʼlumotlardan parlament nazoratini amalga oshirishda foydalansin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-may,
4330-IV-son
