Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga oʻtkazilgan davlat tibbiyot muassasalarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (3348-3-son)
07.06.2024
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 7-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3348-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 1-avgustdagi PQ-255-son “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 17-yanvardagi 3-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3348, 2022-yil 9-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2022-y., 10/22/3348/0126-son) bilan tasdiqlangan Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga oʻtkazilgan davlat tibbiyot muassasalarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-may,
15-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 23-may
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 29-maydagi 15-son buyrugʻiga ILOVA
Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga oʻtkazilgan davlat tibbiyot muassasalarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. I boʻlim quyidagi mazmundagi 15 va 16-boblar bilan toʻldirilsin:
2. II boʻlim quyidagi mazmundagi 27 va 28-boblar bilan toʻldirilsin:
