“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan Turkmaniston Mudofaa vazirligi oʻrtasida mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Ashxobod, 2023-yil 4-oktabr va Toshkent, 2023-yil 30-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1165-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (4373-IV-son)
30.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan Turkmaniston Mudofaa vazirligi oʻrtasida mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Ashxobod, 2023-yil 4-oktabr va Toshkent, 2023-yil 30-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1165-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 23-mayda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan Turkmaniston Mudofaa vazirligi oʻrtasida mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Ashxobod, 2023-yil 4-oktabr va Toshkent, 2023-yil 30-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1165-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-may,
4373-IV-son
