“Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi QL-1123-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (4381-IV-son)
31.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi QL-1123-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 31-may,
4381-IV-son
