Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (4380-IV-son)
31.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi QL-1123-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga erni va yer osti boyliklarini asrab qolishga hamda muhofaza qilishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1141-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Yer va yer osti boyliklarini asrab qolish va muhofaza qilishdagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
3. “Ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1163-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1166-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan Turkmaniston Mudofaa vazirligi oʻrtasida mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Ashxobod, 2023-yil 4-oktabr va Toshkent, 2023-yil 30-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1165-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
6. “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. Zakirovning qoʻshimcha javobi haqida.
7. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A. Kuldashevning “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyati samaradorligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida.
8. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
9. Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatovga “Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichiga — “Raqamli hukumat” tizimiga oʻtish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 31-may,
4380-IV-son
