Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni qoʻllash tartibi boʻyicha (285-son)
20.11.1996
Yoʻriqnoma
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 20-noyabrda 285-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi Tashqi migratsiya agentligi (keyinchalik — Agentlik) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni qoʻllash tartibini belgilaydi va quyidagilarni koʻzda tutadi:
oʻzbekistonlik yuridik shaxslarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga, shuningdek oʻz shaxsiy xoʻjaligida yollangan xodimlar mehnatidan foydalanuvchi (bundan buyon “ish beruvchi” deyiladi) ayrim oʻzbekistonlik va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi xorijiy jismoniy shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish ruxsatnomasini berish (uzaytirish);
xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasini berish (uzaytirish);
ish beruvchi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga rioya qilganligi monitoringini amalga oshirish;
ish beruvchi va xorijiy mutaxassislarga nisbatan “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ni buzganlik uchun jazo choralarini qoʻllash;
ish beruvchilarning hisobini yuritish va xorijiy mutaxassislar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish.
II. ISh BERUVChILARGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChLARINI JALB QILISh RUXSATNOMASINI BERISh
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChLARINI JALB QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh RUXSATNOMASINI BERISh
2. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish ruxsatnomalari Agentlik tomonidan beriladi.
3. Ruxsatnomani olish uchun ish beruvchi Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza (rahbar tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan) bir nusxada (1-ilova);
kontrakt loyihasi yoki xorijiy fuqarolar yoxud chet el firmalari bilan tuzilgan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish maqsadi va shartlari toʻgʻrisidagi oldidan ahdlashilganlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
xorijiy mutaxassisga berilgan fotosuratli anketa (2-ilova);
ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish uchun toʻlov toʻlanganligi haqidagi bank (kassa) hujjati va Agentlikning talabiga koʻra boshqa kerakli hujjatlar;
VICh-infeksiya yoʻqligi toʻgʻrisida sertifikat.
4. Hujjatlar paketini koʻrib chiqish va ruxsatnomani berish ish beruvchi ushbu yoʻriqnomaning 3-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bergan kundan boshlab 30 kun mobaynida — Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishda yuqori malakali va noyob tajribaga ega boʻlgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasida ish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni berish, ish beruvchi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 3-bandida koʻrsatilgan hujjatlar topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida amalga oshiriladi.
5. Ruxsatnoma Agentlik rahbari tomonidan yoki u boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi bilan vakil qilingan masʼul mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. Masʼul shaxsning imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
6. Ish beruvchilarga “ruxsatnomalar” 1 yil muddatga beriladi.
Mehnat kontrakti muddatini uzaytirish tomonlarning roziligiga koʻra va ish beruvchining mazkur yoʻriqnomaning 3-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni berishi asosida, mehnat shartnomasining amalda boʻlish muddati tugagunga qadar, amalga oshiriladi.
7. Rasmiylashtirilgan “ruxsatnomalar” ish beruvchining vakiliga topshiriladi. “Ruxsatnoma”ni olishda vakil ruxsatnomani olganligi toʻgʻrisida kitobda imzo chekishi va ruxsatnomaning nusxasini topshirishi lozim.
“Ruxsatnoma”ni berishda vakilga quyidagilar eʼlon qilinadi:
— berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati;
— Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi va “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi” toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek mazkur yoʻriqnomani buzganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi.
8. Ruxsatnomalar Agentlikka topshirilishi lozim:
— yuridik shaxs tugatilganda;
— Majburiyatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgani uchun xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanishda ish beruvchi tomonidan bunday huquqni yoʻqotganda;
— ruxsatnoma (mehnat kontrakti) amal qilish muddati tugaganda;
— ish beruvchi tomonidan mazkur yoʻriqnoma shartlari buzilganda;
— sudning qaroriga koʻra.
“RUXSATNOMA”NING AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh
9. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish Agentlik tomonidan oʻrnatilgan tartibda ruxsatnomani olish kabi uning amal qilish muddati tugaguncha 30 kun avval amalga oshiriladi.
Ruxsatnomani uzaytirish mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida koʻzda tutilgan muddatga bir marta amalga oshiriladi. Shundan soʻng yangi ruxsatnoma beriladi.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ish beruvchi yoki uning vakili oʻrnatilgan tartibda Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza (rahbar tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan) (1-ilova);
ruxsatnomaning avval berilgan asl nusxasi.
YOʻQOLGAN RUXSATNOMA OʻRNIGA YaNGI “RUXSATNOMA”NI BERISh
10. Hujjat (ruxsatnoma) yoʻqolganligi toʻgʻrisida ish beruvchi ruxsatnomani bergan organni xabardor qilmogʻi lozim. Arizada yoʻqolish holati, vaqti va joyi koʻrsatilib, yangi ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish uchun toʻlov amalga oshirilganini tasdiqlovchi bank (kassa) hujjati ilova qilinadi.
Yoʻqotish sabablari tekshirilganidan soʻng (ish beruvchining yozma tushuntirishi) 15 kun mobaynida yangi ruxsatnoma beriladi.
III. ISh BERUVChI TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChINI JALB QILISh VA UNDAN FOYDALANISh ShARTLARINI TAʼMINLASh
11. Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonga kelgan xorijiy fuqaro ish beruvchining respublikada xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanishga berilgan ruxsatnomaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yollanishi mumkin
12. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibiga asosan ish beruvchilar chet elda turgan fuqaro bilan muayyan lavozimga dastlabki mehnat shartnomasini tuzadilar.
Mehnat shartnomasini ikkala tomon imzolab, shundan soʻng ish beruvchi yoki uning tomonidan vakil qilingan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda xorijiy mutaxassisning mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatni olish uchun Agentlikka murojaat etadi:
ariza (rahbar tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan) 2 nusxada (3-ilova);
xorijiy mutaxassisga anketa (rahbar tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan anketa) ikki nusxada beriladi (2-ilova);
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish maqsadi va shartlari toʻgʻrisidagi oldidan ahdlashilganlikni tasdiqlovchi mehnat shartnomasi loyihasi;
Muhr bilan tasdiqlangan rahbarning majburiyatlari (4-ilova);
3x4 hajmdagi 2 dona fotosurat;
Xorijiy ishchining milliy pasporti nusxasi (vizaning amal qilish muddati koʻrsatiladi);
Arizada koʻrsatilgan lavozimga ish beruvchi tomonidan jalb qilinuvchi xorijiy mutaxassislarda tegishli maʼlumot, malaka yoki mutaxassislikning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat va aholi bandligining hududiy organidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy fuqaroni jalb qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xat;
Amaldagi ruxsatnomaning nusxasi (ruxsatnomani olmagan tashkilotlardan tashqari);
Tasdiqnomani rasmiylashtirish va berish uchun oʻrnatilgan toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjati.
Xorijiy fuqaro Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan boʻlsa, hujjatlar quyidagi mehnat vizalaridan birining mavjudligida qabul qilinadi: “E” ishchi vizasi, “V-1”, “V-2” yoki xizmat “S-3” vizasi.
Tasdiqnomani uzaytirish uchun mazkur bandning 10-chi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatdan tashqari avval berilgan tasdiqnomaning asl nusxasini koʻrsatgan holda ayni hujjatlar paketi taqdim qilinadi.
13. Ishdan boʻshash munosabati bilan mehnat shartnomalarini muddatdan avval bekor qilgan, shuningdek oʻzboshimchalik bilan ish joyini qoldirgan holatlarda ish beruvchilar Agentlikka uning boʻshaganligi toʻgʻrisida buyruq nusxasini taqdim etib, bekor qilish uchun mazkur mutaxassisga “tasdiqnoma”ni qaytarib berishadi.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLARI ORGANLARI VA TIV KONSULLIK BOShQARMASI BILAN RUXSATNOMALAR VA TASDIQNOMALARNI KOʻRIB ChIQISh, MAʼQULLASh TARTIBI
14. Hujjatlarni qabul qilish har bir hujjatning toʻgʻri toʻldirilganligi tekshirilgandan soʻng amalga oshiriladi va qabul qilingan hujjatlar paketi ishga rasmiylashtirilib yoxud yuridik yoki jismoniy shaxsning roʻyxatga olingan ishning mavjud boʻlgan materiallariga biriktiriladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasiga muddati oʻtgan viza bilan yoki 3 kundan ortiq boʻlgan muddatda OVD dan roʻyxatdan oʻtmasdan, “yollash boʻyicha ishga qabul qilinishi mumkin emas” belgili turistik viza boʻyicha dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar paketi qabul qilinmaydi.
16. Hujjatlar paketida roʻyxatga koʻra kamchiliklar boʻlsa yoki ularni toʻldirishda xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ular qabul qilinmaydi va qayta rasmiylashtirish uchun qaytariladi. Bunda xodim qaytarishning aniq sabablarini eʼlon qilmogʻi lozim.
17. Ish beruvchilardan olingan ish materiallari boʻyicha Agentlik hududiy ichki ishlar organidan chet el fuqarosiga Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani berish maqsadga muvofiq (5-ilova)
5 kun mobaynida (dam olish va bayram kunlari bundan mustasno) ichki ishlar organlaridan salbiy fikr olinmagan ishlar Agentlik komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishiga beriladi.
18. Agentlik Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi va ichki ishlarning hududiy organiga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
— respublika hududida ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma muddati koʻrsatilgan xorijiy mutaxassislar roʻyxati va/yoki rahbar imzosi va Agentlik muhri bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish tasdiqnomalari;
— respublika hududida ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalarni berish yoki muddatini uzaytirishda rad javobini olgan xorijiy mutaxassislar va/yoki rahbar imzosi va Agentlik muhri bilan tasdiqlangan rad etish sabablari koʻrsatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi tasdiqnomasining roʻyxati.
19. Oʻzbekiston Respublikasining konsullik boshqarmasi ish beruvchilarning viza koʻmagi boʻyicha xorijiy mutaxassislarga Agentlik tomonidan berilgan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini “tasdiqlash” muddatiga “mehnat vizasi”ni beradi.
Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi tasdiqnomasini berish yoki muddatini uzaytirishda rad javobini olgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi mehnat vizasini berishni rad etadi.
20. Ichki ishlarning hududiy organi ish beruvchilarning arizalariga koʻra xorijiy mutaxassislarning milliy pasportlarini roʻyxatga oladi yoki Agentlik tomonidan berilgan mehnat faoliyatini oshirish huquqi tasdiqnomasining muddatini uzaytiradi.
21. Agentlik tomonidan respublika hududida mehnat faoliyatini oshirish huquqiga tasdiqnomani berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishda rad etilgan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek respublika hududida tasdiqnomasiz mehnat vizasi yoki Agentlik tomonidan berilgan mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomaning muddati uzaytirilmagan holatda hududiy ichki ishlar organlari oʻz vakolatiga koʻra viza va milliy pasportlar roʻyxatga olinganligining amal qilish muddatini qisqartiradi, milliy pasportlarni roʻyxatga olmaydi va uning amal qilish muddatini uzaytirmaydi.
Respublikaga kasb faoliyatini amalga oshirish maqsadida kirib kelgan va “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” talablarini buzgan holda ishga qabul qilingan xorijiy fuqarolarga nisbatan ichki ishlarning hududiy organlari Agentlikning yozma maʼlumotiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.1995-yildagi Qaroriga 2-ilovaga muvofiq ularni respublikadan chiqarish choralarini qoʻllaydi.
22. Xorijiy ishchi kuchini qoʻshimcha jalb qilish uchun ruxsat olish uchun ish beruvchilar 12-bandga muvofiq hujjatlar paketini taqdim etib, u mazkur yoʻriqnomaga muvofiq koʻrib chiqiladi. Hujjatlar paketi mavjud ish materiallariga ilova qilinadi.
23. Hujjatlar paketi arizachilarga qaytarilmaydi.
BLANKLARNI TOʻLDIRISh TARTIBI VA RUXSATNOMA VA TASDIQNOMALARNI BERISh
24. Ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnomalar, hamda mehnat faoliyati huquqiga egalik tasdiqnomalari blanklari Agentlik komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan keyin toʻldiriladi.
25. Ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnomalar, hamda mehnat faoliyati huquqiga egalik tasdiqnomalari blanklari Agentlik boshligʻi yoki u boʻlmagan paytda uning vakolatlarini bajaruvchi masʼul shaxs tomonidan imzolanadi va hujjatlarni bergan organning muhri bilan tasdiqlanadi.
Milliy pasportda mazkur Yoʻriqnomaning 12 va 15-bandlariga zid boʻlmagan amaldagi viza mavjud boʻlganda tasdiqnoma mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandida koʻzda tutilgan tartibda imzolangan holda topshiriladi.
Ruxsatnoma va tasdiqnomani rasmiylashtirish va berish uchun minimal oylik ish haqining 10 baravarida toʻlov olinadi.
26. Komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilinguncha Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy mutaxassisning kirish fakti oʻrnatilganda yoki mazkur Yoʻriqnomaning 12 va 15-bandlariga zid boʻlgan viza boʻyicha kirishda Agentlik tasdiqnomani berganlik toʻgʻrisidagi qarorni bekor qiladi va bu haqda ish beruvchi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqaruvi va ichki ishlarning hududiy organini xabardor qiladi.
27. Agentlik “ruxsatnomalar” va “tasdiqnomalar” blankalarining qatʼiy hisobini yuritadi.
Ruxsatnoma blankasining yuza tomonida Oʻzbekiston Respublikasining gerbi va “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnoma” yozuvi mavjud.
Blankda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
— ruxsatnomani bergan organ nomi;
— berilgan sana;
— ish beruvchining nomi va u haqidagi maʼlumotlar;
— ishchilar haqida maʼlumotlar;
— ruxsatnomaning amal qilish muddati;
— uzaytirish muddati;
— Agentlik rahbarining imzosi;
— gerbli muhr;
— xorijiy mutaxassislarning maksimal jalb qilinadigan soni.
28. Tasdiqnoma blankasining old tomonida Oʻzbekiston Respublikasining gerbi va “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma” yozuvi mavjud.
Blankda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
— “tasdiqnoma”ni bergan organ nomi”;
— xorijiy mutaxassisning surati;
— fuqaroligi, F.I.O;
— milliy pasport haqida maʼlumotlar;
— ishga qabul qiluvchi ish beruvchining nomi;
— tasdiqnoma amal qiluvchi hudud;
— amal qilish muddati;
— faoliyat turi;
— berilgan sana;
— Agentlik rahbarining imzosi;
— gerb muhri.
MAZKUR YOʻRIQNOMADA OʻRNATILGAN TARTIB QOʻLLANILMAYDIGAN XORIJIY FUQAROLARNING ALOHIDA TOIFASI
29. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom quyidagi xorijiy fuqarolarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
diplomatik va konsullik muassasalarining, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik maqomdan foydalanuvchi tashkilotlarning xodimlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning xalqaro hukumatlararo tashkilotlari va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari xodimlariga;
3 oygacha muddatga keladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlayotgan yoki tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalar yoki firmalarning taʼsischilari yoki paychilari hisoblanadiganlarga;
davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston hududidagi muassasalarda ishlovchi fan va madaniyat arboblariga;
taʼtil vaqtida Oʻzbekiston oliy kasb taʼlimi taʼlim muassasalari dasturlari doirasida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalarga;
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan muxbirlar va jurnalistlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilingan nodavlat notijorat tashkilotlarining xamda xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari xodimlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalari xodimlariga;
Oʻzbekiston akademiyalari va oliy kasb taʼlimi taʼlim muassasalarida maʼruzalar kursini oʻqish va boshqa ishlar uchun jalb qilingan maʼruzachilar va yoʻriqchilarga;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan davlatlararo bitimlarga koʻra ishga joylashtirishning boshqa xil tartibi belgilangan shaxslarga.
KOMISSIYADA HUJJATLAR PAKETINI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI
30. Ish beruvchilar tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha oʻz vaqtida va obyektiv qaror qabul qilinishini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan maʼqullanadigan komissiya tuziladi.
31. Hujjatlar paketini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma berishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining boʻsh ish joylarini egallash boʻyicha ustunlik huquqlari prinsipidan, soʻralayotgan joyda qadri bir xil ishchi kuchlari borligidan kelib chiqishi kerak.
Ish beruvchi xorijiy ishchiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgandan soʻng Agentlik ish beruvchining roʻyxatdan oʻtgan joyining Bandlikka koʻmaklashish va ijtimoiy himoyalash Markaziga mutaxassis mavjud emasligi va tegishli mutaxassislik boʻyicha vakant joylar mavjudligi yuzasidan, mehnat shartlari va toʻlovlari koʻrsatilgan holda soʻrovnoma yuboradi. Agentlik tomonidan mutaxassislar mavjud emasligi toʻgʻrisida javob olgan taqdirda xorijiy mutaxassislarga ruxsatnoma berishi masalasi umumiy asoslarda hal etiladi. Bunday soʻrovlarni koʻrib chiqish muddati 30 kundan oshmasligi lozim (ishlab chiqarishda yuqori malakaga va noyob tajribaga ega xorijiy fuqarolarga — 15 kundan).
32. Ruxsatnoma va tasdiqnoma berish toʻgʻrisida qaror ushbu Yoʻriqnomaning 3 va 12-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni bergan kundan boshlab 30 kun mobaynida — komissiya tomonidan qabul qilinadi (ishlab chiqarishda yuqori malakaga va noyob tajribaga ega xorijiy fuqarolarga — 15 kundan).
33. Xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslangan qaror arizachiga ushbu qaror qabul qilingandan soʻng bir hafta muddatda yuboriladi.
34. Zarurat tugʻilganda komissiya hujjatlar paketini ish beruvchi ishtirokida koʻrib chiqadi.
35. Koʻrib chiqilayotgan hujjatlar boʻyicha komissiya quyidagi asoslarga koʻra salbiy qarorni qabul qilishga haqli:
a) ish beruvchi tomonidan xorijiy mutaxassislarning huquqlari buzilishiga olib keluvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi uchun,
b) Agentlikda “ruxsatnoma” olinguncha qadar ishga xorijiy mutaxassisni qabul qilganlik uchun;
v) Nomiga boshqa ish beruvchidan olingan ruxsatnoma asosida mehnat shartnomasi asosida xorijiy mutaxassisni ishga qabul qilgani uchun.
IV. ISh BERUVChI TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChINI JALB QILISh VA UNDAN FOYDALANISh TARTIBIGA RIOYA QILINIShINI TEKShIRISh
36. Ish beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom qoidalariga rioya qilishni tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat huquqiy inspeksiya xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hududiy boshqarmalarning inspeksiyalarida mazkur ishni tashkillashtirish ushbu boshqarmalarning rahbarlariga yuklatiladi.
37. Davlat mehnat huquq inspeksiyasi xodimlari xorijiy mutaxassislarning ishga joylashish qonuniyatlari va mehnat sharoitlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy mutaxassislarning huquqlari rioya qilinishini tekshirishni amalga oshiradi.
38. Nazoratni tashkillashtirish uchun mehnat huquq inspeksiyasi xodimlari ish beruvchilar, shuningdek Agentlik tomonidan taqdim qilingan Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanishga ruxsatnomalarning mavjudligi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlishlari kerak.
39. Tuman (shahar) aholini ijtimoiy muhofaza qilish va bandligini taʼminlash markazlarining davlat huquq inspektorlari oʻz ishini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha tashkillashtiradi:
— ish beruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari va uni buzganlik uchun javobgarligini tushuntirish;
— xorijiy mutaxassislarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha ish beruvchilarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish, “ruxsatnomalar”ning amal qilish muddatini nazorat qilish;
— ish beruvchilar tomonidan xorijiy fuqarolarni ularga Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tasdiqnoma olinganidan keyingina ishga qabul qilish shartiga rioya qilinishini tekshirish;
— xorijiy fuqarolarning malakali tuzilishini tekshirish;
— xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilishda “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” talablari buzilish holatlarini aniqlash;
— hududiy mehnat organlari oʻrtasida intizomning buzilishiga yoʻl qoʻygan xorijiy mutaxassislar haqidagi maʼlumotni oʻzaro almashtirish.
40. Tekshirish hududiy boshqarmalarning inspeksiyalari tomonidan oʻrnatilgan rejaga asosan amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari keyinchalik Agentlikka xabar bergan holda tegishli hududiy boshqarmaning inspeksiya boshligʻiga hisobot beriladi, shuningdek ish beruvchiga aniqlangan intizom buzilishlari haqida yozma xabarnoma yuborilib, uni bartaraf etish muddatlari koʻrsatiladi.
Agentlik xodimlari joylarga chiqish yoʻli bilan ish beruvchilarning faoliyatini tekshirishga jalb qilinishi mumkin.
41. Tuman (shahar) aholini ijtimoiy muhofaza qilish va bandligini taʼminlash markazlarining davlat huquq inspektorlari oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda xushmuomala, vazmin, odobli boʻlmogʻi, xizmat vazifasini bajarishda yuqori javobgarligi toʻgʻrisida unutmasligi lozim.
XORIJIY MUTAXASSISLAR BILAN IShLAYDIGAN AGENTLIKLARNING ASOSIY VAZIFALARI
43. Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga murojaat qilishi munosabati bilan davlat mehnat huquq inspeksiyasi xodimlari ish beruvchilarning ishtirokida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda xorijiy mutaxassislarning ishga joylashish qonuniyatlari va mehnat sharoitlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy mutaxassislarning huquqlari rioya qilinishini tekshirishni amalga oshiradi. Intizomiy buzilishlar aniqlanganda ular ish beruvchilarni ruxsatnoma olish zarurligi yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ogohlantirib, koʻrsatmalar bajarilishini nazorat qiladilar.
Tekshirish natijalariga koʻra dalolatnoma tuzilib, uning nusxalari Agentlik va ish beruvchiga taqdim etiladi.
44. Ish natijalariga koʻra Agentlik har oyning 10-chi sanasigacha Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga jamlangan maʼlumotlarni taqdim etadi.
V. “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChINI JALB QILISh VA UNDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM” TALABLARINI BUZGANLIK UChUN ISh BERUVChILARGA NISBATAN TAʼSIR ChORALARINING QOʻLLANILISh TARTIBI
45. Mazkur Yoʻriqnomaning 11-bandiga muvofiq ish beruvchi Agentlikda Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnoma va Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga egalik tasdiqnomasini olganidan keyingina xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va undan foydalanishga haqli.
46. Ish beruvchidagi Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish ruxsatnomasi boshqa ish beruvchilarga berilmasligi kerak, va ruxsatnoma asosida jalb qilinadigan xorijiy xodimlar boshqa ish beruvchiga ishlash uchun oʻtkazilishi mumkin emas.
47. Ish beruvchi oʻz korxonasida respublika hududida turistik, mehmon vizasi yoki “yollash boʻyicha ishlash huquqisiz” yoki “EXIT” belgisi qoʻyilgan viza boʻyicha istiqomat qiluvchi xorijlik fuqaroni jalb qilishi va undan foydalanishga haqli emas.
48. Mazkur Yoʻriqnomaning 15, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 3, 11 va 14-bandlarida koʻzda tutilgan talablarni buzganligi aniqlanganda Agentlik yoʻl qoʻyilgan buzilishlar bartaraf etilgunga qadar ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishi yoki muayyan muddatda uni bartaraf etilishi lozimligi toʻgʻrisida koʻrsatma berishi mumkin. Buzilishlar oʻrnatilgan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ruxsatnoma va tasdiqnoma Agentlikning qaroriga koʻra bekor qilinishi mumkin.
Buzilish faktlari boʻyicha Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasini xabardor etadi.
49. Ish beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi buzilganligi aniqlangan taqdirda Agentlik 3 oygacha boʻlgan muddatga xorijiy ishchi kuchini qoʻshimcha tarzda jalb qilishga hujjatlar paketini qabul qilishni bekor qilishi mumkin.
50. Ish beruvchi tomonidan avval berilgan ruxsatnomaning bekor qilinishiga olib kelgan buzilishlarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma taqdim etilganidan soʻng Agentlik hujjatlar qabulini tiklaydi.
51. Mazkur Yoʻriqnomaning 47-bandi buzilib xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish faktlari boʻyicha Agentlik respublika hududida mehnat faoliyati huquqini beruvchi tasdiqnomani olish uchun hujjatlar paketini qabul qilishni toʻxtatadi va bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasini xabardor etadi.
VI. AGENTLIKDA ISh BERUVChILAR HISOBINI YuRITISh
52. “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq Agentlik ish beruvchilar va “ruxsatnoma” va “tasdiqnoma” olgan xorijiy mutaxassislarning hisobini yuritadi.
53. Hokimiyatlar va prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi MHX va IIV ning soʻrovnomalariga koʻra Agentlik barcha ish beruvchilar, shuningdek “ruxsatnoma” va tasdiqnomalarni olgan xorijiy mutaxassislar toʻgʻrisida maʼlumotnomalar beradi.
54. Agentliklarning maʼlumotlar bankida ruxsatnoma va tasdiqnoma olish uchun hujjatlar paketi bilan murojaat qilgan ish beruvchilar, shuningdek Oʻzbekiston hududida istiqomat qilish muddati, ruxsatnoma va tasdiqnoma muddatlari koʻrsatilgan holda hisobga olinadi.
55. Har bir ish beruvchi va xorijiy mutaxassis nomiga ish yuritilib, u ishlarni roʻyxatga olish kitobida roʻyxatga olinadi. Kitob boʻyicha tartib raqami ayni paytda ish muqovasida qoʻyilgan tartib raqami hamdir va u ish muqovasida qoʻyiladi. Ishlar hisobini yuritish kitobi raqamlangan, tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi darkor.
56. Ish beruvchilar va xorijiy mutaxassislarning “ish”lari javonlarda saqlanadi. Muayyan ish beruvchilarga tegishli yozishma “ish”ga biriktiriladi.
57. Ish beruvchilar va xorijiy mutaxassislarga ochilgan arxiv ishlari 5 yil muddatgacha saqlanadi.
58. Yoʻq qilingan ishlar, shuningdek bekor qilingan va buzilgan blankalar boʻyicha Agentlik rahbari tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan dalolatnoma tuziladi.
Ushbu komissiya tarkibiga yurist ham kiritiladi. Ishlar bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar doimiy ravishda saqlanadi. Bekor qilingan va buzib qoʻyilgan blanklar toʻgʻrisidagi aktlar 1 yilgacha saqlanadi.
59. Ishlar hisobini yuritish kitoblarida ishlar qachon yoʻq qilingani va ularning yoʻqotilgani toʻgʻrisidagi dalolatnomalar koʻrsatiladi.
60. Ruxsatnoma va tasdiqnoma blankalari Agentlik tomonidan tayyorlanadi.
61. Agentlik har chorakda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va hududiy ichki ishlar organlariga muayyan ish beruvchilarni koʻrsatgan holda xorijiy mutaxassislarning soni, malakaviy tuzilishi, tashrif muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Yoʻriqnomaga 5-ILOVA
