Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-210-son)
05.06.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish, ushbu Qonun bilan belgilangan talablarni davlat organlari va tashkilotlarida joriy etishda xodimlarning huquq va manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va keng jamoatchilikka tushuntirish orqali mazkur Qonunni amalga kiritishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida:
1. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, oldini olish va bu borada samarali nazorat tizimini oʻrnatishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Qonun) qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Qonun bilan oʻrnatilgan talablar va mexanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish, bu jarayonda xodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini taʼminlash hamda ular uchun zarur tushuntirish ishlarini olib borish davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika idoralararo komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Quyidagilar Respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash mexanizmlarini samarali joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish;
davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻluvchi holatlarni oʻrganish, ularni bartaraf etish boʻyicha qonunchilikka muvofiq boʻlgan choralarning koʻrilishida yagona amaliyotni shakllantirish;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy taʼminotlari Qonun bilan belgilangan talablarga muvofiq takomillashtirilishini taʼminlash;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hamkorligini rivojlantirish choralarini koʻrish;
jamiyatda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish boʻyicha huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish.
Belgilansinki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari hisoblanadi.
3. Respublika idoralararo komissiyasi (A. Aripov):
a) 2024-yil 1-iyulga qadar Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) shakllantirilishini taʼminlasin;
b) Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bogʻliq masalalar roʻyxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida tegishli ishchi guruhlarni tuzgan holda oʻrganilishini tashkil etsin.
Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan ularning faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha cheklovlarga rioya etilishini oʻrganish, jumladan oʻrindoshlik asosida ishlash, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish kabi holatlarni aniqlash;
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi boʻlinmalar faoliyati yoʻlga qoʻyilganligini hamda ularning malakali kadrlar bilan toʻldirilganligini oʻrganish;
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholash uchun joriy etilgan “E-anticor.uz” platformasidagi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq maʼlumotlarni tahlil qilish;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy taʼminotlari Qonun talablariga muvofiqligini oʻrganish, ularni takomillashtirish choralarini koʻrish;
v) Qonun kuchga kirganidan keyin:
har chorakda Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari kesimida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlar tahlil qilinishini, bunday holatlar koʻpaygan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib boʻlmaydigan choralarni belgilash uchun tegishli taqdimnomalar kiritilishini;
har yarim yilda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar Respublika idoralararo komissiyasi yigʻilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib borilishini taʼminlasin.
4. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun sharoit yaratish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar:
“E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirilishini;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tegishli axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Bunda quyidagi vaziyatlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashabbusiga yoki davlat organlari va tashkilotlarining onlayn soʻroviga asosan “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlanadi:
mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni oʻrganishda;
davlat xaridlari boʻyicha bayonnoma va shartnomalarni, shuningdek, tijorat tashkilotlarining affillangan shaxslari va benefitsiarlari boʻyicha maʼlumotlarni oʻrganishda;
xodimning faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha belgilangan cheklovlarga amal qilinishini tekshirishda;
manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar tomonidan manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash uchun elektron bazalardan olingan maʼlumotlarni oʻrganishda;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlardagi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilayotganligi haqidagi murojaatlarni tekshirishda.
“E-anticor.uz” elektron platformasida elektron modulni yaratish va modernizatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan qoplanishi belgilansin.
5. Manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash maqsadida:
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi holatlari boʻyicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish;
Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish amaliyoti joriy etilsin.
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) Adliya vazirligi (A. Tashkulov) bilan birgalikda:
ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlari uchun manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqsin;
2024-yil 1-oktabrga qadar xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlasin.
7. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) bilan birgalikda:
bir oy muddatda roʻyxatdagi davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni baholash uchun onlayn test sinovlari oʻtkazilishini;
uch oy muddatda roʻyxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda oldini olish yuzasidan xodimlar uchun grafik asosida oʻquv trening mashgʻulotlari tashkil etilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoringni olib boradi hamda natijasi boʻyicha har chorakda Respublika idoralararo komissiyasiga axborot kiritib boradi.
9. Oliy Majlis palatalariga roʻyxatdagi davlat organlari va tashkilotlarida Qonun bilan belgilangan talablarga rioya etilishi, shu jumladan ularning faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borish tavsiya etilsin.
10. Respublika idoralararo komissiyasi (A. Aripov) bir oy muddatda roʻyxatdagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Qonunni amalga oshirish boʻyicha idoraviy dasturlar qabul qilinishini taʼminlasin.
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan 2024-yil 1-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-iyun,
PQ-210-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi
TARKIBI
1.A. Aripov—Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi2.A. Burxanov— Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, Respublika idoralararo komissiyasi raisi oʻrinbosari3.A. Tashkulov— adliya vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi oʻrinbosari4.N. Yoʻldoshev— Bosh prokuror5.A. Boboyev— Hisob palatasi raisi6.B. Musayev— kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri7.J. Mirzamahmudov— energetika vaziri8.B. Zakirov— qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri 9.B. Islamov— togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri10.I. Maxkamov— transport vaziri11.I. Abduraxmonov— qishloq xoʻjaligi vaziri12.Sh. Xamrayev— suv xoʻjaligi vaziri13.Sh. Shermatov— raqamli texnologiyalar vaziri14.P. Bobojonov— ichki ishlar vaziri15.X. Umarova— maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri16.K. Sharipov— oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri17.A. Xudayarov— sogʻliqni saqlash vaziri v.b.18.I. Norqulov— iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari19.N. Saydullayev— Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari 20.A. Ortiqov— Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori21.J. Tursunov— Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi22.A. Djurabayev— Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi23.A. Qayumov— Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari24.U.Sh. Xusainov— Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b.25.B. Sidiqov— “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi26.Q. Sanaqulov— “Navoiy KMK” AJ boshqaruvi raisi27.B. Eshmuratov— “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi28.Z. Narzullayev— “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi29.Sh. Xudaykulov— “Uzbekistan airways” AJ boshqaruvi raisi30.U. Rozukulov— “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi31.A. Akbarjonov— “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi32.K. Tulyaganov— “Asakabank” ATB boshqaruvi raisi
Izoh. Respublika idoralararo komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Muddati Masʼul I. Qonunchilik hujjatlarini “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirish choralari 1. Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish tizimini yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestrini belgilash. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2024-yil iyun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev), Adliya vazirligi (A.Tashkulov), davlat organlari va tashkilotlari 2. Qonunchilik hujjatlarini “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga “paket” prinsipi asosida kompleks muvofiqlashtirish hamda ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlash. Normativ-huquqiy hujjat loyihalari 2024-yil iyul Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burxanov) 3. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan soʻng tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turish tartibini belgilash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil avgust Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev) II. Manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralari 4. “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq roʻyxatini shakllantirish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil iyun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Markaziy bank (N. Saydullayev) 5. Davlat organlari va tashkilotlarida yaqin qarindoshlar bevosita boʻysunuvda yoki nazorat yoʻnalishidagi tashkilotlarda ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil iyul Davlat organlari va tashkilotlari Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh 6. Davlat organlari va tashkilotlarida hamda ularning boʻysunuvida boʻlgan tashkilotlarda xodimlar oʻrindoshlik asosida ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil iyul Davlat organlari va tashkilotlari Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh 7. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish holatlarini aniqlash. Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh 8. 2023-yil davomida yaqin qarindoshi mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan obyektni tekshirishda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ishtirok etish holatlarini aniqlash hamda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini tahlil qilish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh 9. Davlat organlari va tashkilotlaridan ishdan boʻshagan xodimning ikki yil ichida oʻz ish joyida bevosita nazoratida boʻlgan tashkilotlarga ishga kirish holatlarini aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil iyul Davlat organlari va tashkilotlari Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish choralarini koʻrish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh 10. 2023-yil davomida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil iyul Hisob palatasi (A. Boboyev), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh 11. Xodim oʻzi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nazoratida boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilgan, shuningdek, ushbu tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organi aʼzosi boʻlgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil iyul Davlat organlari va tashkilotlari Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh 12. Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholash uchun joriy etilgan “E-anticor.uz” platformasi orqali 2023-yildagi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq maʼlumotlarni tahlil qilish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil iyul Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), davlat organlari va tashkilotlari 13. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan 2024-yilda manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha toʻldirilgan yillik deklaratsiyalarni tahlil qilish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil iyul Davlat organlari va tashkilotlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr 14. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etilayotganligini oʻrganish, bunday cheklovlarning samaradorligini tahlil qilish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil oktabr Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Hisob palatasi (A. Boboyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) 15. Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar berish va ularni tartibga solish tizimi joriy etilmagan tashkilotlardagi holatlarni tahlil qilish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil avgust Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Hisob palatasi (A. Boboyev), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), davlat organlari va tashkilotlari 16. Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari, odob-axloq komissiyalari tashkil etilganligini va faoliyati yoʻlga qoʻyilganligini tahlil qilish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida alohida tuzilmalarni tashkil etish choralarini koʻrish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Davlat organlari va tashkilotlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Hisob palatasi (A. Boboyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) 17. 2023-yil davomida davlat organlari va tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil sentabr Davlat organlari va tashkilotlari, Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Hisob palatasi (A. Boboyev), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev) 18. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy taʼminotlari “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun bilan belgilanayotgan talablarga muvofiqligini oʻrganish hamda mavjud moliyaviy imkoniyatlari doirasida ularni takomillashtirish boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) 19. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar berishning elektron tizimi yoʻlga qoʻyilganligini oʻrganish hamda bunday tizimni joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil sentabr Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), davlat organlari va tashkilotlari 20. Manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarining oʻzaro integratsiyasi holatlarini oʻrganish. Bunda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun zarur maʼlumotlarni soʻrov asosida olish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrish. Axborot-tahliliy maʼlumotnoma 2024-yil sentabr Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), davlat organlari va tashkilotlari 21. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun sharoit yaratish maqsadida: “E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirilishini; Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tegishli axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil dekabr Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burxanov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Soliq qoʻmitasi (Sh.Kudbiyev), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev) 22. “E-anticor.uz” elektron platformasida quyidagi imkoniyatlarni yaratish: xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda davlat fuqarolik xizmatchilari qabul qilgan sovgʻalar elektron reyestrini yuritish; manfaatlar toʻqnashuvi holatlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni shakllantirish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil dekabr Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burxanov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov) 23. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlash hamda davlat organlari va tashkilotlariga yuborish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burxanov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov) 24. Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning tasdiqlangan namunaviy shakllarini davlat organlari va tashkilotlari rasmiy veb-saytlariga joylashtirish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil sentabr Davlat organlari va tashkilotlari III. Manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha xodimlarning bilim va koʻnikmalarini aniqlash hamda tushuntirish ishlarini amalga oshirish choralari 25. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini onlayn test sinovlari orqali baholash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha tashkiliy choralarni belgilash. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil iyul Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) 26. Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish, kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari xodimlarining va Odob-axloq komissiyasi aʼzolarining manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, ularni boshqarish va bartaraf etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirib borish. Reja-grafik asosida 2024-yil oktabr Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) 27. Davlat xaridlarida va boshqa budjet moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish va tartibga solish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun onlayn oʻquv trening oʻtkazish. Reja-grafik asosida 2024-yil iyul Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Hisob palatasi (A. Boboyev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) 28. Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari boʻyicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish hamda davlat organlari va tashkilotlariga elektron tarqatish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil avgust Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) 29. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar va bunday vaziyatlarda koʻriladigan choralar boʻyicha illustrativ tarqatma materiallarni ishlab chiqish hamda tarqatish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil avgust Davlat organlari va tashkilotlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) IV. Manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash choralari 30. Tele- va radiodasturlar orqali “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda ularni bunday holatlar haqida xabardor boʻlgan taqdirda tegishli idoralarga xabar berishga chaqirish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) 31. Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda OAV vakillari uchun manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan maxsus oʻquv treninglar oʻtkazish. Reja-grafik asosida 2024-yil oktabr Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) 32. Davlat organlari va tashkilotlarining yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallarini OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib qilish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil oktabr Davlat organlari va tashkilotlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov)
