1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi
Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida (O‘RQ-931-son) · Sana: 05.06.2024 · Amalda
Ushbu Qonunning maqsadi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga (bundan buyon matnda davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
oʻz ustav fondida (ustav kapitalida) davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan;
oʻz ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan faqat ularning davlat xaridlari sohasidagi munosabatlariga tatbiq etiladi.
