Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-200-son)
30.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha har yili oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini (keyingi oʻrinlarda — ochiq muloqot) yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
hududlarda tadbirkorlar muammolarini oʻrganish va hal qilish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — hududiy ishchi guruhlar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuzilsin.
2. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
ochiq muloqotni yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni tezkor va sifatli amalga oshirish, bu borada ekspert guruhlari, hududiy ishchi guruhlar, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
tadbirkorlar murojaatlari va takliflarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish;
hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ochiq muloqotni oʻtkazish joyi va muddati boʻyicha takliflar va ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish hamda Tadbirkorlar kunini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.
3. Respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev):
a) har yili 15-iyunga qadar:
ochiq muloqot doirasida tadbirkorlar murojaatlarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat Respublika shtabi, shuningdek, hududiy ishchi guruhlar va 3-ilovaga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha ekspert guruhlarini tashkil etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik kengashi), vazirlik va idoralar rahbarlari, salohiyatli investor va tadbirkorlar ishtirokida matbuot anjumanlari, davra suhbatlari, muloqot haftaliklarini tashkil qilish, infografika va videoroliklar tayyorlash boʻyicha mediarejani tasdiqlasin;
b) har yili 15-iyulga qadar ochiq muloqot oʻtkazish joyi, muddati va amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi mediarejaga asosan ochiq muloqot doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalarini ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq har yili 15-iyundan boshlab ochiq muloqot oʻtkazilgunga qadar:
a) Respublika shtabi (D. Vahobov):
maxsus elektron platformalar, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Call-markaz xizmati, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlarning murojaatlari tunu kun qabul qilinishini tashkil etadi;
har kuni tadbirkorlar murojaatlarini ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarga yuboradi hamda murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi yigʻma maʼlumotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etib boradi;
har hafta tadbirkorlar murojaatlari asosida aniqlangan tizimli muammolarni Jamoatchilik kengashida muhokama qilib, ularning yechimlari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Respublika komissiyasiga kiritib boradi;
b) ekspert guruhlari tadbirkorlar murojaatlari asosida aniqlangan tizimli muammolarni tahlil qilib, har hafta ularning yechimi boʻyicha takliflarni Respublika shtabiga kiritib boradi;
v) hududiy ishchi guruhlar:
har kuni tadbirkorlardan kelib tushgan individual xususiyatga ega masalalar joyida hal qilinishini taʼminlaydi;
har hafta biriktirilgan hududning har bir tumani (shahri)ga chiqqan holda, tadbirkorlar bilan sayyor qabullar tashkil etadi, aniqlangan tizimli muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflarni Respublika shtabiga kiritib boradi.
Respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev) Respublika shtabi, ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlar ishiga masʼuliyatsizlik bilan munosabatda boʻlgan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar koʻrilishini taʼminlasin.
5. Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov):
a) Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda ochiq muloqot doirasida murojaatlarni qabul qilish, umumlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, ochiq muloqot natijalari, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini joylashtirib borish imkonini beruvchi “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) ishga tushirsin;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
har yili 15-iyunga qadar Respublika shtabi, ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarni joylashtirish va ularni zarur moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlash masalasini hal qilsin;
har yili 1-avgustga qadar “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoniga biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan namuna boʻlayotgan tadbirkorlar orasidan nomzodlar roʻyxatini oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaga kiritsin.
6. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov) Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) bilan birgalikda bir oy muddatda elektron platformaga “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portalini integratsiya qilsin, muntazam ravishda ochiq muloqot doirasida kelib tushgan murojaatlar oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishini nazorat qilsin hamda qonunbuzilish holatlari boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrib borsin.
7. Respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev) har yili ochiq muloqot oʻtkazilgandan soʻng uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish sxemasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqoti Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
10. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yil avgust oyida xalqaro biznes forum tashkil etilishi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda salohiyatli investorlarni jalb etib, kelishuvlar amalga oshirilishini taʼminlasin;
joriy yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda “Qoraqalpogʻistonda biznes qiling” dasturi doirasida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar brendlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
11. Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining 2024-yilda ochiq muloqot va xalqaro biznes forumni tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining asoslantirilgan hisob-kitoblari asosida Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, J.A. Xodjayev, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil D.S. Qosimov va Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vahobov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-may,
PQ-200-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish boʻyicha respublika komissiyasining
TARKIBI
1. J.A. Qoʻchqorov — Bosh vazir oʻrinbosari, Respublika komissiyasi hamraisi 2. J.A. Xodjayev — Bosh vazir oʻrinbosari, Respublika komissiyasi hamraisi 3. D.A. Vahobov — �avdo-sanoat palatasi raisi, Respublika komissiyasi kotibi — Respublika shtabi rahbari 4. D.S. Qosimov — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil 5. L.Sh. Kudratov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri 6. B.A. Musayev — kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri 7. A.D. Tashkulov — adliya vaziri 8. B.I. Zakirov — qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri 9. Sh.X. Shermatov — raqamli texnologiyalar vaziri 10. I.Y. Abdurahmonov — qishloq xoʻjaligi vaziri 11. I.R. Maxkamov — transport vaziri 12. J.T. Mirzamahmudov — energetika vaziri 13. B.F. Islamov — togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri 14. A.A. Abduxakimov — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri 15. A.A. Xudayarov — sogʻliqni saqlash vaziri v.b. 16. N.N. Saydullayev — Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari 17. Sh.A. Aminov — Bosh prokuror oʻrinbosari 18. Sh.T. Polvanov — Oliy sud raisi oʻrinbosari 19. I.I. Norqulov — iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari 20. A.J. Ortikov — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori 21. Sh.D. Kudbiyev — Soliq qoʻmitasi raisi 22. A.Y. Mavlonov — Bojxona qoʻmitasi raisi 23. A.U. Qayumov — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari 24. F.J. Pulatov — Kadastr agentligi direktori 25. A.R. Jumanazarov — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori 26. S.S. Annaklichev — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi 27. Lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-son qaroriga 2-ILOVA
Hududlarda tadbirkorlar muammolarini oʻrganish va hal qilish boʻyicha ishchi guruhlarning
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Lavozim boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Ishchi guruh rahbari 2. Lavozim boʻyicha — Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi boshligʻi, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari 3. Lavozim boʻyicha — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududdagi bosh inspektori 4. Lavozim boʻyicha — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi 5. Lavozim boʻyicha — Iqtisodiyot va moliya vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi 6. Lavozim boʻyicha — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi 7. Lavozim boʻyicha — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi 8. Lavozim boʻyicha — Adliya vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi 9. Lavozim boʻyicha — Raqamli texnologiyalar vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi 10. Lavozim boʻyicha — Qishloq xoʻjaligi vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi 11. Lavozim boʻyicha — Transport vazirligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi 12. Lavozim boʻyicha — Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi boshligʻi 13. Lavozim boʻyicha — Soliq qoʻmitasi hududiy boshqarmasi boshligʻi 14. Lavozim boʻyicha — Bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasi boshligʻi 15. Lavozim boʻyicha — Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmasi boshligʻi 16. Lavozim boʻyicha — Kadastr agentligi hududiy boshqarmasi boshligʻi 17. Lavozim boʻyicha — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi 18. Lavozim boʻyicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy korxonasi rahbari 19. Lavozim boʻyicha — “Hududgaztaʼminot” AJ hududiy filiali rahbari 20. Lavozim boʻyicha — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ hududiy korxonasi rahbari
Izoh: zaruratga koʻra, Ishchi guruh faoliyatiga boshqa vazirlik va idoralar vakillari jalb qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-son qaroriga 3-ILOVA
Tadbirkorlar muammolarini tahlil qilish boʻyicha ekspert guruhlari
YOʻNALIShLARI
T/r Masalalar Masʼul vazirlik va idoralar I. Tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash 1. Kreditlash va mikromoliya xizmatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ), Markaziy bank, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, tijorat banklari 2. Subsidiya, kompensatsiya, kafillik va boshqa koʻmak choralari II. Soliq tizimini takomillashtirish 3. Soliq siyosati Iqtisodiyot va moliya vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ), Soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi 4. Soliq maʼmuriyatchiligi 5. Soliq imtiyozlari va preferensiyalari III. Ishlab chiqarish maydonlari bilan taʼminlash 6. Yer uchastkalarini ajratish Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 7. Bino va inshootlar bilan taʼminlash 8. Maxsus iqtisodiy zonalarda loyihalarni joylashtirish 9. Qurilishga ruxsat berish va arxitektura-qurilish nazorati IV. Infratuzilma bilan taʼminlash 10. Elektr taʼminoti Iqtisodiyot va moliya vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ), Energetika vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ 11. Gaz taʼminoti 12. Ichimlik suvi va kanalizatsiya 13. Yoʻl infratuzilmasi V. Transport-logistika 14. Temir yoʻl, aviatsiya va avtotransportda tashish Transport vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi 15. Logistika tizimi VI. Tadbirkorlar mahsulotlariga bozor topish 16. Birja va davlat xaridlari Raqobat qoʻmitasi (muvofiqlashtiruvchi organ), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 17. Elektron tijorat va raqamli infratuzilma 18. Raqobatni rivojlantirish VII. Tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalar 19. Investitsiyalarni jalb etish Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ), Bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, eksport-importda ruxsatnomalarni berishga masʼul idoralar 20. Eksport va import masalalari 21. Bojxona imtiyozlari va maʼmuriyatchiligi 22. Tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish 23. Sertifikatlashtirish masalalari VIII. Tadbirkorlikni tartibga solishni soddalashtirish 24. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari Adliya vazirligi (muvofiqlashtiruvchi organ), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Soliq qoʻmitasi, litsenziya, ruxsatnomalar berish va davlat xizmatlarini koʻrsatishga masʼul idoralar 25. Davlat xizmatlarini koʻrsatish 26. Majburiy talablar va byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish 27. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi IX. Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish 28. Tadbirkorlik faoliyatida davlat nazorati Biznes-ombudsman (muvofiqlashtiruvchi organ), Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Savdo-sanoat palatasi 29. Xususiy mulk huquqi daxlsizligi 30. Nizolar va sudga oid masalalar 31. Sud hujjatlari ijrosi 32. Korrupsiyaga qarshi kurashish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Muddati I bosqich Respublika komissiyasi 1. Respublika shtabi, ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etadi. 2. Maxsus elektron platformalar, Call-markaz xizmati va boshqa vositalar orqali murojaatlarni qabul qilishni tashkil etadi. 3. Matbuot anjumanlari, davra suhbatlari, muloqot haftaliklarini tashkil qilish, infografika va videoroliklar tayyorlash boʻyicha mediarejani tasdiqlaydi. Har yili 15-iyunga qadar Savdo-sanoat palatasi, hokimliklar Respublika shtabi, ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarni joylashtiradi va ularni zarur jihozlar bilan taʼminlaydi. II bosqich Respublika shtabi 1. Tadbirkorlarning murojaatlarini ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarga yuboradi. 2. Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi yigʻma maʼlumotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etadi. Har kuni III bosqich Hududiy ishchi guruhlar 1. Tadbirkorlardan kelib tushgan individual xususiyatga ega masalalarni joyida hal qiladi. Har kuni 2. Biriktirilgan hududning har bir tumani (shahri)ga chiqqan holda, tadbirkorlar bilan sayyor qabullar tashkil etadi. 3. Tizimli muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflarni Respublika shtabiga kiritadi. Har hafta Ekspert guruhlari Tizimli muammolarni tahlil qilib, yechimlari boʻyicha Respublika shtabiga takliflar kiritadi. Har hafta IV bosqich Respublika shtabi Tizimli muammolar yechimlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Respublika komissiyasiga takliflar kiritadi. Har hafta V bosqich Respublika komissiyasi Ochiq muloqot oʻtkazish joyi, muddati, amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi. Har yili 15-iyulga qadar VI bosqich Respublika komissiyasi Ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi. Har yili ochiq muloqot oʻtkazilgandan soʻng uch kun muddatda
