Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasi bilan kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (611-2-son)
26.05.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 26-mayda 611-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)gi qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1 “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish tartibi”ga (1999-yil 22-yanvar, roʻyxat raqami 611-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 1-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan sanadan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 17-aprel,
35-2-son
