34-modda. Patent vakillari
Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida (267-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Patent vakili Vazirlikda yuridik va jismoniy shaxslarning vakillik huquqini amalga oshiradi.
Oʻz mamlakati hududida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi patent vakili boʻlishi mumkin. Patent vakillariga qoʻyiladigan malaka talablari, ularni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini yuritishni hamda bu ishlar bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni Vazirlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin vaqtinchalik uning hududidan tashqarida boʻlgan jismoniy shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini va bu ishlar bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni yozishma uchun Oʻzbekiston Respublikasi doirasidagi manzilini koʻrsatgan holda patent vakilisiz amalga oshirishlari mumkin.
Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
