322-modda. Hammaga maʼlum tovar belgisini huquqiy muhofaza qilish
Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida (267-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Hammaga maʼlum tovar belgisiga qonunchilikda belgilangan tartibda Apellyatsiya kengashining qarori asosida huquqiy muhofaza beriladi.
Hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgisi Vazirlik tomonidan Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritiladi.
Hammaga maʼlum tovar belgisiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar ular Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilganidan keyin Vazirlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Hammaga maʼlum tovar belgisiga guvohnoma berish tovar belgisi Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilgan sana boʻyicha Vazirlik tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlanadigan elektron shaklda amalga oshiriladi. Guvohnomaning shakli va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Hammaga maʼlum tovar belgisining huquqiy muhofazasi muddatsiz amal qiladi.
